Tech domla👨‍🏫
1.87K subscribers
788 photos
133 videos
56 files
333 links
TEXNOLOGIYA VA TA'LIM HAMKORI
Murojat: @techdomla_admin
AI va dasturlardan foydalanish 👨‍💻
Videolarga qo'shimcha kodlar, bepul PowerPoint shablonlari va texno yangiliklar
Samaradorlik sirlari va online darslar
Ta'lim tizimidagi vizual materiallar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Suno’ga bepul va kuchli raqib: Google’dan Lyria 3!

Musiqa generatsiyasi endi yanada oson va sifatli! Google o‘zining yangi musiqiy sun’iy intellekti — Lyria 3 ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Gemini chat-botiga integratsiya qildi.

Nimalar qila oladi?
📝 Matndan musiqa: O‘z she’ringizni yozing yoki shunchaki kayfiyat, janr va uslubni ta’riflang — AI sizga tayyor qo‘shiq va musiqa yozib beradi.
🖼 Rasmdan ilhom: Chatga rasm yuborsangiz, Lyria uning atmosferasiga mos keladigan kuy bastalaydi.
🎨 Avto-muqova: Tayyor bo‘lgan qo‘shiq uchun Nano Banana (rasm generatori) darhol mos albom muqovasini ham chizib beradi.

Sifati qanday?
Dasturchilarning va’dasiga ko‘ra:
Hi-Fi sifat: 48 kGs chastotada tiniq ovoz.
Realistik vokal: So‘zlar “yutilib” ketmaydi yoki chaynalmaydi, ijro jonli insondek yangraydi.

🚀 Qayerda sinab ko‘ramiz?
Hozircha Gemini (https://gemini.google.com/app) ilovasida mutlaqo bepul ishlatib ko‘rish mumkin (izoh: ishlashi uchun chet el IP manzili talab qilinishi mumkin).

Yaqinlarga ulashing
🔔 Kanalimizga obuna bo'ling:
👉 @techdomla

🌐Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👎1
⚡️ Gemini endi bastakor! Chatning o‘zida musiqa tayyorlang

Gemini’ga kutilmagan va qiziqarli yangilanish qo‘shildi. Endi sun’iy intellekt nafaqat matn yoki rasm, balki qo‘shiq ham tayyorlaydi!

Nimalar o‘zgardi?
Chat-bot to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat oynasining o‘zida sizga kuy, qo‘shiq va hatto unga mos AI-muqova (oblojka) ham generatsiya qilib beradi.

Texnik tomoni:
Ushbu yangilanish bo‘yicha hozircha rasmiy blog-post e’lon qilinmadi. Shu sababli, aynan qaysi model ishlatilayotgani — hozircha noma’lum.

Hoziroq sinab ko‘ring:
Yangi imkoniyat allaqachon ishga tushgan (ba’zi hududlarda VPN talab qilinishi mumkin):
👉 https://gemini.google.com/app

Yaqinlarga ulashing
🔔 Kanalimizga obuna bo'ling:
👉 @techdomla

🌐Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😑Biz jim kuzatayotgan dahshatli haqiqatlar | Ijtimoiy rolik

Fanlar ijtimoy muammolar bilan bog'langanda

Biz dunyoning ishlariga ulgurishga shoshamiz. Mansab, pul, karyera... Lekin uyda eshikka termulib, bizning birgina qo‘ng‘irog‘imizni kutayotganlarni unutamiz.
Haqiqiy darslik — bu hayot, bu OTA-ONAMIZning namlangan ko‘zlari.
Ko‘zingizni oching. Ertaga kech bo‘lishi mumkin. Bugun borib xabar oling...
Bu video kimgadir yetib borishini istasangiz, ulashing.

TINIQ FORMATDA TOMOSHA QILISH

Yaqinlaringizga albatta ulashing!
🔔 Kanalimizga obuna bo'ling:
👉 @techdomla

🌐Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥72🕊21
🚀 Google Gemini 3.1 Pro chiqdi — murakkab vazifalar uchun yangi top model! 🤯

Bu shunchaki chat-bot emas, qiyin kod yozish, ilmiy-muhandislik masalalari va mantiqiy topshiriqlarni "chaqadigan" kuchli vosita. U yangi mantiqiy testlarda (ARC-AGI-2) 77.1% natija bilan ko'pchilik raqobatchilardan o'zib ketdi!

🔥 Asosiy imkoniyatlari:
📊 Ma'lumotlarni real vaqtda jonli grafiklarga (interaktiv dаshbordlarga) aylantira oladi.
🎨 Oddiy matn orqali to'g'ridan-to'g'ri animatsiyali SVG yaratadi (piksel emas, kod orqali ishlaydi).
🕹 Interaktiv 3D sahnalar prototipini yasab, unga sun'iy intellekt orqali ovoz qo'sha oladi.

Ayniqsa, dasturchi va dizaynerlar uchun ajoyib ish quroli!

🌐 Modelni Gemini rasmiy saytida yoki dasturchilar uchun AiStudio platformasida sinab ko'rishingiz mumkin.

👉 Texnologiyalar olamidagi eng so'nggi yangiliklar — @techdomla kanalida!

🌐Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32🔥1
💖💖💖🩷🩷🩷
🤍🤍

🤍

🎨 Sun'iy intellekt + Kreativlik: Ajoyib natija!

Ko'rib turganingizdek, murakkab mavzularni (masalan, shamolning paydo bo'lishi yoki tranzistorlar ishlashini) juda sodda va chiroyli tushuntirish mumkin.

Bu rasmlar sun'iy intellekt yordamida "yumshoq o'yinchoqlar" (felt & plush) uslubida tayyorlandi. Bu uslub har qanday ma'lumotni ko'zga yoqimli qilib ko'rsatadi.

Sizga ham shunday infografikalar kerakmi? Unda quyidagi promtdan foydalaning. Faqatgina to'rtburchak qavs ichidagi [MAVZU] joyiga o'zingizga kerakli mavzuni yozsangiz kifoya!

👇 MAXSUS UNIVERSAL PROMTNI NUSXALAB OLING:

3D cute infographic poster rendered in a soft felt fabric and plush toy style with visible stitching textures. The subject is [MAVZU]. The scene is a playful, soft landscape divided into four zones. Each zone has adorable, stuffed fabric characters and elements representing data points about the topic. Clouds and soft shapes contain clear, accurate Uzbek text written in a playful font. The colors are pastel and comforting.  --ar 16:9


🚀 Ijodkorlikni ishga soling! Albatta sinab ko‘ring va natijalarni izohlarga yuboring! Qolganlarga foydali bo'lishi mumkin!

✈️ Yaqinlarga esa ulashishni unutmang.
Bu sizning EHSONINGIZDIR
. Ularni ham ishi yengillashsin. Hamma birdek foydalansin.
🔔 Kanalimizga obuna bo'ling:
👉 @techdomla

🌐Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥32🤩1🕊1🏆1
KECHA VA BUGUN

Qadimgi tushunchalar qanday qilib zamonaviy texnologiyalarga aylandi? Har bir suratda turli g'oyalarning butun rivojlanish yo'li sodda va tushunarli qilib ko'rsatilgan.

Tarix va kelajak bitta kadrda.

👉 @techdomla - Texnologiya va fan hamkori

🌐Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥2
Bolalikdagi qiziqarli ensiklopediyalarni eslatuvchi sahifa. 📜

Ilm-fan va san'at uyg'unlashganda shunday ajoyib ko'rinish hosil bo'ladi. Go'yoki qo'l mehnati bilan yaratilgan sehrli daftar.

Yangi bilimlarni mana shunday go'zal shaklda qabul qiling!

🔥 Foydali deb topsangiz, do'stlaringizga ulashing.

👉 @techdomla - Texnologiya va fan hamkori

🌐Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍31