Tech domla👨‍🏫
1.83K subscribers
797 photos
139 videos
56 files
341 links
TEXNOLOGIYA VA TA'LIM HAMKORI
Murojat: @techdomla_admin
AI va dasturlardan foydalanish 👨‍💻
Videolarga qo'shimcha kodlar, bepul PowerPoint shablonlari va texno yangiliklar
Samaradorlik sirlari va online darslar
Ta'lim tizimidagi vizual materiallar
Download Telegram
🇺🇿 Madhiya – Elning sadosi, Yurtning iftixori!
​Bugun, 10-dekabr sanasida qalbimizda o‘zgacha bir g‘urur jo‘sh uradi. Bundan 33 yil avval xuddi shu kuni mustaqil O‘zbekistonimizning bosh qo‘shig‘i – Davlat madhiyasi qabul qilingan edi.

​Har safar bu ulug‘vor sadolar yangraganda:
🏆 Sportchilarimiz g‘alaba shohsupasida turganda ko‘zimizga yosh keladi;
🕊 Tinch va osuda tonglarimizni shu kuy bilan qarshi olamiz;
🥇Jahon minbarlarida O‘zbekiston nomi shu sado bilan ulug‘lanadi.

🕊 Madhiyamiz doimo dunyo minbarlarida O‘zbekiston g‘alabasini sharaflab, baralla yangrayversin!
​Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Hurmat va ehtirom ila,
@techdomla jamoasi.

👉@techdomla — IT, grafika va motivatsiya: Zamon bilan hamnafas bo‘ling!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
🏎 FIZIKA POYGASI 🏁

Bugun "ILMIY OSHXONA"da tezlik va kuch sinovi bo'lib o'tadi!!! Quvvatning mohiyati haqida gaplashamiz (Ish va vaqt poygasi).

Mavzu: ⚡️ QUVVAT RETSEPTI: Kim haqiqiy pahlavon?

Tasavvur qiling: Siz va do'stingiz 5-qavatga yuk olib chiqishingiz kerak. Siz 1 daqiqada yugurib chiqdingiz, do'stingiz esa 10 daqiqada sekin chiqdi. Ikkovinigiz ham bir xil ish qildingiz, lekin kim "BAQUVVATROQ"? 🤔

Javobni poyga oshxonasidan topamiz!

📝 KERAKLI MASALLIQLAR:
📦 Ish (Joul): Og'ir yuklar (Masalan, g'isht yoki sumka).
⏱️ Vaqt (Sekund): Qancha tez bajarilishi.
⚡️ Quvvat: Natija!

👨‍🍳 TAYYORLANISHI:

1️⃣ Robot bir uyum yukni 2 sekundda marraga olib bordi. U juda tez! 🚀
2️⃣ Shilliqurt xuddi o'sha yukni 60 sekundda sudrab keldi. U juda sekin... 🐌
3️⃣ Xulosa: Ish bir xil bo'lsa ham, uni kam vaqtda bajargan kishi eng katta QUVVATga ega bo'ladi!

Formula oddiy:
Quvvat = Ish / Vaqt
(N = A/t).

💡 Uyga vazifa: Farzandingiz bilan "O'yinchoq yig'ish poygasi" o'ynang. Kim tez yig'sa — o'sha eng katta quvvatga ega "motor" bo'ladi! 😉

@techdomla — Fizika mushaklarini chiqaradi!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Hamma uchun tanish va qiziq mavzu....

🐴 OT KUCHI KOKTEYLI 🍹

"ILMIY OSHXONA"da g'aroyib kokteyl tayyorlaymiz! Quvvat birliklari (Vatt va Ot Kuchi) haqida gaplashamiz.

Mavzu: 💡 OT KUCHI vs VATT: Mashinada ot nima qiladi?

Nega mashinalarning kuchini "Ot kuchi"da, dazmol yoki lampochkani esa "Vatt"da o'lchaymiz? Bularning nima aloqasi bor? Keling, mikserda aralashtirib ko'ramiz! 🌪

📝 KERAKLI MASALLIQLAR:
🐎 1 dona baquvvat Ot: (Tarixiy o'lchov birligi).
💡 735 dona Lampochka: (Zamonaviy Vatt birligi).
🥤 Blender: Ularni tenglashtiruvchi vosita.

👨‍🍳 TAYYORLANISHI:

1️⃣ Qadimda Jeyms Vatt o'z dvigatelini sotish uchun uning kuchini tirik otlarga tenglashtirgan. "Mening motorim 1 ta otning o'rnini bosadi!" degan. 🗣
2️⃣ Fizika oshxonasida hisoblab ko'rsak: 1 Ot kuchi chamasi 735 Vatt**ga teng ekan! ⚖️
3️⃣ Demak, bitta ot — 735 ta kichkina lampochkani yoqa oladigan quvvatga ega!

⚡️ **Qiziqarli fakt:
Sizning changyutgichingiz (masalan 1600 W) deyarli 2 ta otning kuchiga ega! Tasavvur qilyapsizmi, uyda 2 ta ot gilam tozalayapti! 😂

🚗 Savol: Mashinangizda nechta "ot" yashiringan? (Izohlarda yozib qoldiring!)

@techdomla — Kuchingizga kuch qo'shamiz!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍2👏2👌1
💙💙💙💛💛💛💛💛💛

InshaAlloh kelayotgan yangi yildan o'zim foydalanadigan barcha sun'iy intellektlardan foydalanish bo'yicha video darslar tayyorlab kanalga tashlashni boshlayman. O'ylaymanki bu albatta foydali bo'ladi.

@techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏31🤩1
Mavzu: 🔥❄️ ISSIQ VA SOVUQ JANGI: Kakao nega qumoqlanib qoldi?

Ertalab shoshganda sovuq sutga kakao qo‘shib, aralashtirolmay qiynalganmisiz? Nega issiq choyda shakar tez eriydi-yu, sovuq suvda erinchoqlik qiladi? Javob oddiy — Energiya! ⚡️

📝 KERAKLI MASALLIQLAR:
🏃‍♂️ Issiq suv: Juda tez yuguradigan molekulalar (Sportchilar).
🥱Sovuq suv: Uyqusiragan, sekin harakatlanuvchi molekulalar (Dangasalar)
🍫 Eruvchi: Kakao yoki shakar.

👨‍🍳 TAYYORLANISHI:

1️⃣ Issiq tomonda: Suv juda issiq bo‘lsa, uning zarrachalari xuddi futbolchidek tez yugurib, kakaoni "tepib", tezda parchalab tashlaydi. Natija: 5 soniyada tayyor! ⏱️
2️⃣ Sovuq tomonda: Suv sovuq bo‘lsa, zarrachalar bir-biriga yopishib, qimirlagisi kelmaydi. Kakao esa erimay, "Qumoqlanib" suvning ustki qismida to'planib qoladi.
3️⃣ Xulosa: Eritish uchun — qizdirish kerak!

💡 Fakt: Zarrachalar harakati haroratga bog‘liq. Issiqda — hayot qaynaydi!

@techdomla — Fizikani yeb qo‘yamiz!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21
👐 OpenAI GPT-5.2 ni taqdim etdi!

OpenAI kompaniyasi yangi GPT-5.2 modelini chiqardi va u sun’iy intellekt olamida navbatdagi katta sakrash bo‘lishi kutilmoqda.

Asosiy o‘zgarishlar nimalarda?

🧠 Aniqroq va ishonchli: Yangi model GPT-5.1 ga nisbatan 30% ga kamroq "galyutsinatsiya" qiladi (faktlarni to‘qib chiqarish kamaygan). Bu esa uni aniq ma'lumotlar bilan ishlash uchun xavfsizroq qiladi.

💼 Biznes va koding ustasi: Biznes vazifalari, murakkab jadvallar (tahlil qilish) va dasturlash (kod yozish) bo‘yicha samaradorlik keskin oshgan.

📚 Uzun matnlar muammo emas: "Long context" (uzun matnni eslab qolish) bilan ishlash qobiliyati deyarli ikki barobar yaxshilandi. Model 8 ming tokendan to 256 ming tokengacha bo‘lgan hajmdagi ma’lumotda ham birdek barqaror va sifatli ishlaydi.

🎨 Vizual va mustaqillik: Rasmlarni tushunish va qayta ishlash darajasi ko‘tarildi. Shuningdek, modelning "agentlik" (agency) qobiliyati kuchaytirildi — endi u murakkab vazifalarni mustaqil rejalashtirib, bajarishi osonroq.

🚀 Sinab ko‘rishga ulgurdingizmi? Yangi imkoniyatlar biznes va dasturlash sohasida katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

🔗 Do‘stlaringizga ham ulashing
⚡️ @techdomla — Kelajak texnologiyalari haqida sodda tilda.

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🔥 BUNAQASI HALI BO'LMAGAN!
Butun boshli fan haqidagi eng muhim ma'lumotlar – bitta "vintage" posterda! 😍

TECH DOMLA sizlar uchun haqiqiy "bilim bombasi"ni tayyorladi. Biz yuzlab sahifalik darsliklardagi eng muhim sanalar, tushunchalar va qiziqarli faktlarni mana shunday ajoyib san'at asariga aylantirdik.

📜 Har bir infografikada nimalar bor?
Fanning qisqacha tarixi (Xronologiya)
Eng asosiy tushunchalar va "shargalka"lar
Siz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar
Aniq statistika va ishonchli manbalar

P.S. Ilmga chanqoq tanishlaringizga yuboring. Bunday kontent tarqalishga arziydi!

Kanaga ulanish👇👇
👉 @techdomla - Biz bilan osonroq!

#TechDomla #Infographics #Bilim #Foydali

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
2🔥2👍1