Tech domla👨‍🏫
1.83K subscribers
797 photos
137 videos
56 files
340 links
TEXNOLOGIYA VA TA'LIM HAMKORI
Murojat: @techdomla_admin
AI va dasturlardan foydalanish 👨‍💻
Videolarga qo'shimcha kodlar, bepul PowerPoint shablonlari va texno yangiliklar
Samaradorlik sirlari va online darslar
Ta'lim tizimidagi vizual materiallar
Download Telegram
⚡️ AGAR FIZIKA ASBOBLARI TIRIK BO‘LGANDA... 😍

Assalomu alaykum. Bizning qahramonlar bilan sizlarga xayrli kun tilaymiz!

​Fizika zerikarli darsliklardan iborat deb o‘ylaysizmi? Adashasiz! "Tech Domla" laboratoriyasida bugun asboblar "jonlandi"!
​Sun'iy intellekt yordamida ularga xarakter berdik:

1️⃣ Elektroskop — sochlari tikka, doim "tok"da! ⚡️

2️⃣ Barometr — kayfiyati ob-havoga bog‘liq, haqiqiy bashoratchi 🌤

3️⃣ Optik Prizma — dunyoni oq-qora emas, kamalak rangda ko‘radi 🌈

4️⃣ Magnit — o‘ta "tortishish kuchiga" ega yigit 💪

5️⃣ Termometr — goh issiq, goh sovuq, lekin juda samimiy 🌡

​ Sizga qaysi personaj ko‘proq yoqdi?
Reaksiya qoldiring va do‘stingizga ulashing, tez orada bular gapirishni ham boshlaydi!

#TechDomla #Fizika #AI #Education #VizualTalim

@techdomla - Kelajak ta'limi shu yerda!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ SOCHI DOIM TIKKA BO‘LGAN FIZIK!

Tanishing, bu — Elektroskop! Laboratoriyamizning eng asabiy va doim "tok urgan" a'zosi. 😂

U tinch turolmaydi, qayerda zaryadlangan jism bo‘lsa, darrov sezadi. Videoda u nega ichidagi "tilla oyoqchalari" bir-biridan qochib ketishini va statik elektr nima ekanligini o‘z tilida tushuntirib beradi.

Elektroskopdan o'zi haqida:
Sochimga qaramang, bu modadan emas, statik tokdan! Men — Elektroskopman.
Mening ishim — jismlarda elektr zaryadi bor-yo'qligini sezish. Agar ichimdagi tilla bargchalarim bir-biridan qochsa — demak, bu yerda kuchli zaryad bor! Ehtiyot bo'ling, tok urmasin!


Videoni ko‘ring va aytingchi, sizni ham oxirgi marta qachon "tok" urgandi? Kommentda yozing!

#TechDomla #Fizika #Elektroskop #Elektr #Animatsiya

@techdomla - Fizika jonlandi

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍21🔥1
🇺🇿 Madhiya – Elning sadosi, Yurtning iftixori!
​Bugun, 10-dekabr sanasida qalbimizda o‘zgacha bir g‘urur jo‘sh uradi. Bundan 33 yil avval xuddi shu kuni mustaqil O‘zbekistonimizning bosh qo‘shig‘i – Davlat madhiyasi qabul qilingan edi.

​Har safar bu ulug‘vor sadolar yangraganda:
🏆 Sportchilarimiz g‘alaba shohsupasida turganda ko‘zimizga yosh keladi;
🕊 Tinch va osuda tonglarimizni shu kuy bilan qarshi olamiz;
🥇Jahon minbarlarida O‘zbekiston nomi shu sado bilan ulug‘lanadi.

🕊 Madhiyamiz doimo dunyo minbarlarida O‘zbekiston g‘alabasini sharaflab, baralla yangrayversin!
​Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Hurmat va ehtirom ila,
@techdomla jamoasi.

👉@techdomla — IT, grafika va motivatsiya: Zamon bilan hamnafas bo‘ling!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
🏎 FIZIKA POYGASI 🏁

Bugun "ILMIY OSHXONA"da tezlik va kuch sinovi bo'lib o'tadi!!! Quvvatning mohiyati haqida gaplashamiz (Ish va vaqt poygasi).

Mavzu: ⚡️ QUVVAT RETSEPTI: Kim haqiqiy pahlavon?

Tasavvur qiling: Siz va do'stingiz 5-qavatga yuk olib chiqishingiz kerak. Siz 1 daqiqada yugurib chiqdingiz, do'stingiz esa 10 daqiqada sekin chiqdi. Ikkovinigiz ham bir xil ish qildingiz, lekin kim "BAQUVVATROQ"? 🤔

Javobni poyga oshxonasidan topamiz!

📝 KERAKLI MASALLIQLAR:
📦 Ish (Joul): Og'ir yuklar (Masalan, g'isht yoki sumka).
⏱️ Vaqt (Sekund): Qancha tez bajarilishi.
⚡️ Quvvat: Natija!

👨‍🍳 TAYYORLANISHI:

1️⃣ Robot bir uyum yukni 2 sekundda marraga olib bordi. U juda tez! 🚀
2️⃣ Shilliqurt xuddi o'sha yukni 60 sekundda sudrab keldi. U juda sekin... 🐌
3️⃣ Xulosa: Ish bir xil bo'lsa ham, uni kam vaqtda bajargan kishi eng katta QUVVATga ega bo'ladi!

Formula oddiy:
Quvvat = Ish / Vaqt
(N = A/t).

💡 Uyga vazifa: Farzandingiz bilan "O'yinchoq yig'ish poygasi" o'ynang. Kim tez yig'sa — o'sha eng katta quvvatga ega "motor" bo'ladi! 😉

@techdomla — Fizika mushaklarini chiqaradi!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Hamma uchun tanish va qiziq mavzu....

🐴 OT KUCHI KOKTEYLI 🍹

"ILMIY OSHXONA"da g'aroyib kokteyl tayyorlaymiz! Quvvat birliklari (Vatt va Ot Kuchi) haqida gaplashamiz.

Mavzu: 💡 OT KUCHI vs VATT: Mashinada ot nima qiladi?

Nega mashinalarning kuchini "Ot kuchi"da, dazmol yoki lampochkani esa "Vatt"da o'lchaymiz? Bularning nima aloqasi bor? Keling, mikserda aralashtirib ko'ramiz! 🌪

📝 KERAKLI MASALLIQLAR:
🐎 1 dona baquvvat Ot: (Tarixiy o'lchov birligi).
💡 735 dona Lampochka: (Zamonaviy Vatt birligi).
🥤 Blender: Ularni tenglashtiruvchi vosita.

👨‍🍳 TAYYORLANISHI:

1️⃣ Qadimda Jeyms Vatt o'z dvigatelini sotish uchun uning kuchini tirik otlarga tenglashtirgan. "Mening motorim 1 ta otning o'rnini bosadi!" degan. 🗣
2️⃣ Fizika oshxonasida hisoblab ko'rsak: 1 Ot kuchi chamasi 735 Vatt**ga teng ekan! ⚖️
3️⃣ Demak, bitta ot — 735 ta kichkina lampochkani yoqa oladigan quvvatga ega!

⚡️ **Qiziqarli fakt:
Sizning changyutgichingiz (masalan 1600 W) deyarli 2 ta otning kuchiga ega! Tasavvur qilyapsizmi, uyda 2 ta ot gilam tozalayapti! 😂

🚗 Savol: Mashinangizda nechta "ot" yashiringan? (Izohlarda yozib qoldiring!)

@techdomla — Kuchingizga kuch qo'shamiz!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥4👍2👏2👌1
💙💙💙💛💛💛💛💛💛

InshaAlloh kelayotgan yangi yildan o'zim foydalanadigan barcha sun'iy intellektlardan foydalanish bo'yicha video darslar tayyorlab kanalga tashlashni boshlayman. O'ylaymanki bu albatta foydali bo'ladi.

@techdomla - IT, fan va vizual grafikalar jamlangan muhit
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏31🤩1
Mavzu: 🔥❄️ ISSIQ VA SOVUQ JANGI: Kakao nega qumoqlanib qoldi?

Ertalab shoshganda sovuq sutga kakao qo‘shib, aralashtirolmay qiynalganmisiz? Nega issiq choyda shakar tez eriydi-yu, sovuq suvda erinchoqlik qiladi? Javob oddiy — Energiya! ⚡️

📝 KERAKLI MASALLIQLAR:
🏃‍♂️ Issiq suv: Juda tez yuguradigan molekulalar (Sportchilar).
🥱Sovuq suv: Uyqusiragan, sekin harakatlanuvchi molekulalar (Dangasalar)
🍫 Eruvchi: Kakao yoki shakar.

👨‍🍳 TAYYORLANISHI:

1️⃣ Issiq tomonda: Suv juda issiq bo‘lsa, uning zarrachalari xuddi futbolchidek tez yugurib, kakaoni "tepib", tezda parchalab tashlaydi. Natija: 5 soniyada tayyor! ⏱️
2️⃣ Sovuq tomonda: Suv sovuq bo‘lsa, zarrachalar bir-biriga yopishib, qimirlagisi kelmaydi. Kakao esa erimay, "Qumoqlanib" suvning ustki qismida to'planib qoladi.
3️⃣ Xulosa: Eritish uchun — qizdirish kerak!

💡 Fakt: Zarrachalar harakati haroratga bog‘liq. Issiqda — hayot qaynaydi!

@techdomla — Fizikani yeb qo‘yamiz!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21