Tech domla👨‍🏫
1.83K subscribers
797 photos
139 videos
56 files
341 links
TEXNOLOGIYA VA TA'LIM HAMKORI
Murojat: @techdomla_admin
AI va dasturlardan foydalanish 👨‍💻
Videolarga qo'shimcha kodlar, bepul PowerPoint shablonlari va texno yangiliklar
Samaradorlik sirlari va online darslar
Ta'lim tizimidagi vizual materiallar
Download Telegram
Kiberxavfsizlik

Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda notanish havolalar juda ko'p tarqalmoqda shu maqsadda bu safargi ILMIY OSHXONAMIZda shu mavzuni yoritishga qaror qildik.

​Mavzu: Raqamli dunyoda jang bo'lmoqda! Sizning Qal'angiz himoyalanganmi? 🛡🦠

​Kompyuteringizni himoya qilish — bu shunchaki antivirus o'rnatish emas. Bu haqiqiy o'rta asrlar jangi!
​Ushbu epik diorama orqali kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalarini ko'rib chiqamiz. Manzara ikki qismga ajratilgan:

👿 1. Tashqi Internet (Xavfli Zona) — Chap taraf
Qorong'u, tikonli va qo'rqinchli joy. Bu yerda viruslar, troyanlar va zararli dasturlar (qizil va binafsha yirtqichlar) qal'angizga bostirib kirishga harakat qilmoqda.

🏰 2. Fayrvol (Himoya Devori) — O'rtadagi devor
Firewall — bu sizning birinchi va eng mustahkam himoyangiz. Rasmga qarang, devorga tirmashayotgan viruslar qanday yonib ketmoqda! U ruxsatsiz kirishlarni bloklaydi.

3. Ichki Tarmoq (Xavfsiz Zona) — O'ng taraf
Devor ortidagi oltin shahar — bu sizning xavfsiz ma'lumotlaringiz. U yerda "Ruxsat etilgan" ma'lumotlar (qanotli xat tashuvchilar) bemalol harakatlanmoqda.

⚔️ Antivirus (Ritsar): Eng tepadagi ko'k sovutli ritsar — bu sizning Antivirus dasturingiz. U doim hushyor va sizib o'tgan xavflarni yo'q qilishga tayyor.

🕵️‍♂️ Ayyor Xaker: Pastga e'tibor bering! Bitta xaker devor tagidan la'hm kovlamoqchi edi, lekin robot-it (IDS - Hujumni aniqlash tizimi) uni qopqonga tushirdi.

🛡 Xavfsizlik qoidasi: Hech qachon "Qal'a darvozalarini" (shubhali havolalarni) notanishlarga ochmang!

​Post sizga yoqdimi? Do'stlaringizni ham ogohlantirish uchun ularga yuboring!
💪 — Mening himoyam kuchli!
🤔 — O'ylab ko'rishim kerak ekan...

#CyberSecurity #Firewall #Antivirus #Hacker #KiberXavfsizlik #TechDomla #Education

@techdomla - Raqamli dunyoda xavfsiz bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍21🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8 dekabr KONSTITUTSIYA🇺🇿 bayrami barchaga muborak bo'lsin.

👉 @techdomla - Bayram shukuhini tilab qolamiz

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8 dekabr KONSTITUTSIYA bayrami barchaga muborak bo'lsin.

Bayramga oid rasm va posterlar

👉 @techdomla- Bayram shukuhini tilab qolamiz

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31👍1
⚡️ ELEKTR "SENDVICHI" VA ZARYAD "PAQIRLARI" RETSEPTI 🥪🪣

Bugun "ILMIY OSHXONA"da oshpazimiz bilan birga fizikaning eng "mazali" mavzularidan biri — Kondensatorlarni tayyorlaymiz! Ular qanday tuzilgan va qanday ishlaydi? Keling, retseptni ko'rib chiqamiz! 👨‍🍳

📝 KERAKLI MASALLIQLAR:
🍞 2 bo'lak "Plastina" noni (Musbat va Manfiy).
🍓 Qalin "Dielektrik" nachinkasi (To'siq).
Rang-barang "Zaryad" ziravorlari (+ va -).
🪣 Har xil o'lchamdagi "Sig'im" idishlari.
🚿 "Kuchlanish" nasosi.

👨‍🍳 TAYYORLANISHI:

1️⃣ "ELEKTR SENDVICHI" (Kondensator tuzilishi - 1-rasm):

Oshpaz ikkita plastina (non) orasiga dielektrik (nachinka) qo'yadi.
Nonlarga musbat (+) va manfiy (-) zaryadlar sepiladi.
O'rtadagi nachinka zaryadlarning bir-biriga tegishiga yo'l qo'ymaydi. Natijada, zaryadlar xuddi sendvich ichidagi kabi to'planib qoladi!

2️⃣ "SIG'IM PAQIRLARI" (Elektr sig'imi - 2-rasm):

Elektr sig'imi — bu kondensatorning "ishtahasi". Uni paqirlar misolida ko'ramiz.
"Kuchlanish" nasosi orqali "Zaryad" suyuqligi kelmoqda.
Kichik paqir (Ingichka): Tez to'ladi va suyuqlik toshib ketadi. (Kichik sig'im)
Katta paqir (Keng): Ko'p suyuqlikni bemalol o'ziga sig'diradi. (Katta sig'im)

Xulosa: Idish (kondensator) qanchalik katta va keng bo'lsa, unga shuncha ko'p zaryad sig'adi!

Rasmlarga qarab, bu "retsept"ni eslab qoling va fizikani "yeb qo'ying"! 😋

@techdomla — Fizika endi zerikarli emas!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🥰1
#lirik_chekinish

🌧Bugun Farg'ona....🤩

Bugun dam olish kunini yaxshi o'tkazib ertangi faoliyat uchun tayyorgarlik ko'rayotganlar barcha-barchaga madaniy hordiq tilaymiz. Ertagalik faoliyatingiz barakotli bo'lsin.

Siz ham rasmlaringizni shunday ko'rinishga keltirmoqchi bo'lsangiz quyidagi promptdan foydalaning.
Prompt (Quyuq moybo'yoq uslubi yomg'irli havo uchun):
[Uploaded image], in a cozy heavy rain, whimsical impasto oil painting, rain streaks and droplets depicted with thick paint, wet reflective surfaces, shimmering city lights reflecting on the ground, moody and romantic atmosphere, soft mist, deep blue and purple hues mixed with warm light, palette knife texture, ultra-detailed, cinematic lighting, emotional vibe. --ar 9:16


Ochiq havoda tushilgan oilaviy rasmlarni ham shunday moybo'yoq uslubiga aylantirib beradi. Sinab ko'ring juda ajoyib. Natijangizni izohlarda biz bilan ulashing...

@techdomla - san'at bilan hamohang...

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🤩2🔥1
⚡️ AGAR FIZIKA ASBOBLARI TIRIK BO‘LGANDA... 😍

Assalomu alaykum. Bizning qahramonlar bilan sizlarga xayrli kun tilaymiz!

​Fizika zerikarli darsliklardan iborat deb o‘ylaysizmi? Adashasiz! "Tech Domla" laboratoriyasida bugun asboblar "jonlandi"!
​Sun'iy intellekt yordamida ularga xarakter berdik:

1️⃣ Elektroskop — sochlari tikka, doim "tok"da! ⚡️

2️⃣ Barometr — kayfiyati ob-havoga bog‘liq, haqiqiy bashoratchi 🌤

3️⃣ Optik Prizma — dunyoni oq-qora emas, kamalak rangda ko‘radi 🌈

4️⃣ Magnit — o‘ta "tortishish kuchiga" ega yigit 💪

5️⃣ Termometr — goh issiq, goh sovuq, lekin juda samimiy 🌡

​ Sizga qaysi personaj ko‘proq yoqdi?
Reaksiya qoldiring va do‘stingizga ulashing, tez orada bular gapirishni ham boshlaydi!

#TechDomla #Fizika #AI #Education #VizualTalim

@techdomla - Kelajak ta'limi shu yerda!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏42🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ SOCHI DOIM TIKKA BO‘LGAN FIZIK!

Tanishing, bu — Elektroskop! Laboratoriyamizning eng asabiy va doim "tok urgan" a'zosi. 😂

U tinch turolmaydi, qayerda zaryadlangan jism bo‘lsa, darrov sezadi. Videoda u nega ichidagi "tilla oyoqchalari" bir-biridan qochib ketishini va statik elektr nima ekanligini o‘z tilida tushuntirib beradi.

Elektroskopdan o'zi haqida:
Sochimga qaramang, bu modadan emas, statik tokdan! Men — Elektroskopman.
Mening ishim — jismlarda elektr zaryadi bor-yo'qligini sezish. Agar ichimdagi tilla bargchalarim bir-biridan qochsa — demak, bu yerda kuchli zaryad bor! Ehtiyot bo'ling, tok urmasin!


Videoni ko‘ring va aytingchi, sizni ham oxirgi marta qachon "tok" urgandi? Kommentda yozing!

#TechDomla #Fizika #Elektroskop #Elektr #Animatsiya

@techdomla - Fizika jonlandi

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍21🔥1
🇺🇿 Madhiya – Elning sadosi, Yurtning iftixori!
​Bugun, 10-dekabr sanasida qalbimizda o‘zgacha bir g‘urur jo‘sh uradi. Bundan 33 yil avval xuddi shu kuni mustaqil O‘zbekistonimizning bosh qo‘shig‘i – Davlat madhiyasi qabul qilingan edi.

​Har safar bu ulug‘vor sadolar yangraganda:
🏆 Sportchilarimiz g‘alaba shohsupasida turganda ko‘zimizga yosh keladi;
🕊 Tinch va osuda tonglarimizni shu kuy bilan qarshi olamiz;
🥇Jahon minbarlarida O‘zbekiston nomi shu sado bilan ulug‘lanadi.

🕊 Madhiyamiz doimo dunyo minbarlarida O‘zbekiston g‘alabasini sharaflab, baralla yangrayversin!
​Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Hurmat va ehtirom ila,
@techdomla jamoasi.

👉@techdomla — IT, grafika va motivatsiya: Zamon bilan hamnafas bo‘ling!

✈️Telegram |🖥Youtube |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1