TechCore
37 subscribers
157 photos
5 videos
8 links
Smartfonlar va gadjetlar olamidagi eng so‘nggi texno-yangiliklar.

Eng birinchi faktlar, real tahlillar va jonli muhokama faqat bizda!

Reklama va hamkorlik: @UZBEK_ALP
Download Telegram
📱📱 Samsung Galaxy Tab S12+ va S12 Ultra MediaTek Dimensity 9500 chipi bilan keladi!
Kompaniyaning AI Core ilovasi ichidagi kodlarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Galaxy Tab S12+ va Tab S12 Ultra modellari Qualcomm emas, balki MediaTek'ning eng so‘nggi Dimensity 9500 protsessorida ishlaydi!

😄 TSMC'ning eng ilg‘or 3-nm texnologiyasida ishlab chiqarilgan ushbu chip Mali-G1 Ultra MP12 grafik protsessoriga ega. Bu esa og‘ir geyming va ko‘p vazifalilikda (multitasking) daxshatli tezlik beradi.
💻 Yuqori chastotali premium OLED displey va 4 ta stereo karnaylar orqali kontent ko‘rish va o‘yin o‘ynash mutloq boshqa darajaga chiqadi.
✍️ Har doimgidek, biznes va ijod uchun S Pen stilus, IP68 suvdan himoya, Wi-Fi 7 hamda 45W tezkor quvvatlash tizimi saqlab qolingan.
🤖 Planshetlar yilning ikkinchi yarimida, eng so‘nggi Android 17 va One UI 9.0 qobig‘i bilan sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

Samsung va MediaTek hamkorligi planshetlar bozorida iPad Pro'larga jiddiy zarba bera oladimi? Fikrlaringizni yozib qoldiring! 👇

#samsung #tab #planshet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏▶️📱 Android va iPhone o‘rtasida AirDrop uslubida ma’lumot uzatish tizimi kelmoqda!
Android 17 chiqishi bilan yangilangan Quick Share tizimi orqali uchinchi tomon ilovalarisiz yoki bulutli xizmatlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Android va iOS o‘rtasida simsiz ma’lumot almashish imkoniyati paydo bo‘ladi!
Bu shunchaki rasm yoki video uzatish emas, balki butun boshli ekosistemani ko‘chirishdir:
📂 Kontaktlar, xabarlar, qo‘ng‘iroqlar tarixi, eslatmalar, kalendarlar va ilovalarning ichki ma’lumotlari.
⚙️ Ekran fon rasmlari, vidjetlar joylashuvi, budilniklar, saqlangan parollar, elektron pochtalar va hatto eSIM profillari ham osonlikcha bir telefondan ikkinchisiga o‘tadi.
Google ushbu funksiyani birinchi bo‘lib qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlar ro‘yxatini rasman e’lon qildi:
📱📱 Samsung: Galaxy S25 / S24 seriyalari, Galaxy Z TriFold (uch buklamali), Z Fold 7 / 6 va Z Flip 7 / 6
📱 OnePlus: OnePlus 15
🆕 OPPO: Find X8 va X9 liniyasi
😎 Honor: Magic V6 va Magic 8 Pro
(Ma'lumot uchun, ushbu funksiya Pixel 10 va Galaxy S26 seriyalarida allaqachon mavjud).
Nihoyat, Android'dan iPhone'ga yoki aksincha o‘tishdagi eng katta va asabni buzadigan muammo hal bo‘lyapti.
Bu yangilikka qanday baho berasiz? 👇

#ios #android #airdrop
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 OPPO kompaniyasi 25-may kuni Xitoyda o‘zining Reno16 smartfonlari bilan birga ekotizimning yangi va noodatiy a’zolari - 3K ekranli Pad 6 plansheti va smartfon orqasiga yopishadigan "Bubble" mini-ekrani taqdim etadi!
Insayderlar bo‘lajak qurilmalarning xarakteristikalarini sizdirishdi:
💻 OPPO Pad 6 (Flagman planshet) - Qurilma 12.1 dyuymli, 3K aniqlikdagi va ish/o‘qish uchun o‘ta qulay bo‘lgan 7:5 nisbatdagi LCD displeyga ega bo‘ladi. Ekran yangilanishi — 144 Hz.
📱 Dimensity 9500s protsessori
🔋 10 420 mAh li ulkan batareya (67W tezkor zaryad) joylashgan. Korpus qalinligi esa hayratlanarli darajada yupqa — bor-yo‘g‘i 5.99 mm!
🔮 OPPO Bubble - Bu taqdimotning eng antiqa gadjeti! Smartfonning orqa paneliga magnit yordamida yopishadigan mini-selfi ekran. U orqali siz smartfoningizning asosiy kamerasida o‘zingizni ko‘rib, ideal selfilar olishingiz mumkin. Shuningdek, u har xil emojilar va rasmlarni chiqarib, telefoningizga o‘zgacha dizayn berib turadi.
🎧 Enco Air 5s: Brend o‘zining yangi hamyonbop simsiz quloqchinlarini ham shu kuni ko‘rsatadi.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

🆕 OPPO bu safar shunchaki gadjet emas, haqiqiy kreativ yechimlar taklif qilmoqda. Ayniqsa smartfon orqasiga yopishadigan mini-ekran geymerlar va bloggerlar uchun dahoona g‘oya, to‘g‘rimi? 🤯🔥

#oppo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 🤝 📱📱
Google va Samsung telefoningizni "boshqaradigan" birgalikda tayyorlangan aqlli ko‘zoynakni ko‘rsatdi!
Google I/O 2026 konferensiyasida dunyoga mashhur Warby Parker va Gentle Monster brendlari bilan hamkorlikda yaratilgan Android XR aqlli ko‘zoynak prototipini rasman e’lon qildi.
Xo‘sh, bu ko‘zoynak nima qila oladi va u bizga nega kerak?
Ekrani yo‘q, lekin yetarlicha aqlli - bu 1-avlod ko‘zoynaklarida hech qanday oynali ekran bo‘lmaydi. U quloq va ko‘zingizga aylangan holda, ichki dinamiklar, mikrofoni va maxfiy kameralari orqali ishlaydi. Shuning uchun ham u juda yengil va oddiy ko‘zoynakdek ko‘rinadi.
🤖 Gemini AI ko‘zoynak ichiga integratsiya qilingan. Masalan, ko‘chada ketayotganingizda u sizga qayerga burilishni ovozli aytib turadi, kelgan xabarlarni o‘qib beradi va eng asosiysi — chet ellik odam gapirsa yoki biror matnga qarasangiz, uni real vaqt rejimida tarjima qilib, qulog‘ingizga pichirlab turadi!
📲 Lekin ko‘zoynak bor quvvatni cho‘ntagingizdagi smartfondan (Bluetooth va Wi-Fi orqali) oladi. Ya'ni barcha og‘ir hisob-kitoblarni telefon bajaradi, ko‘zoynak esa shunchaki uning "ko‘zi va qulog‘i" bo‘lib xizmat qiladi. Bu bir minuslaridan biri 🤷‍♂
😎 Dizayn borasida xunuk bo‘lib qolmagan. Klassikani xohlovchilar uchun Warby Parker uslubi, o‘zgacha va zamonaviy ko‘rinish istovchilar uchun esa Gentle Monster brendi chiroyli ramkalar tayyorlagan.
Qurilma 2026-yilning kuz oylarida sotuvga chiqishi e’lon qilindi (Narxi hozircha sir).
🔔 Xulosa: Apple o‘zining Vision Pro kabi og‘ir va qimmat "shlem"lari bilan adashganini tushunib yetdi. Google va Samsung esa kreativ yo‘ldan ketishmoqda: odamlar ko‘chada taqib yurishga uyalmaydigan, yengil va eng asosiysi — kundalik hayotda Google xaritalari va tarjimonidan qo‘lsiz foydalanishga imkon beradigan gadjet yaratyapti. Agar narxi 300-400$ atrofida bo‘lsa, bu ko‘zoynaklar kelajakda smartfonlarning o‘rnini qisman bosishi aniq.

Siz shunday ko‘zoynak taqib yurgan bo‘larmidingiz? Fikrlaringizni yozib qoldiring! 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Xiaomi’dan mega-taqdimot
300 km/s tezlikka chiquvchi sportkar va quloqqa qisib qoʻyiladigan titan quloqchinlar namoyish etildi!
Xiaomi bugun (21-may) Xitoyda o‘zining navbatdagi eng shov-shuvli ko‘rgazmasini o‘tkazdi. Keling, taqdimotning eng asosiy qismlarini ko‘rib chiqamiz:
🚗 Xiaomi YU7 GT (Super sport-krossover)
Bu uzoq masofalarga sayohat qilish uchun mo‘ljallangan va poyga treki talablariga javob beradigan kuchli elektromobildir! Dvigatel quvvati 738 kVt bo‘lib, u soatiga 300 km tezlikgacha chiqa oladi. Bir marta to‘liq quvvatlanish bilan (CLTC tizimi bo‘yicha) 705 km masofani bemalol bosib o‘tadi — voha va vodiy o‘rtasida qatnaydiganlar uchun ayni muddao!
🎁 Xiaomi’ning ilk ochiq "Clip-on" quloqchini
Oddiy quloqchinlar kabi quloq teshigiga kirmasdan, quloq daxasiga qisqich kabi qadaladigan antiqa audio-gadjet. Har birining vazni atigi 5.5 gramm bo‘lib, quloqda borligi ham bilinmaydi. Ichki asosi shaklini yo‘qotmaydigan titan simdan ishlangan. Ichiga 11 mm li metall membranali dinamiklar o‘rnatilgan bo‘lib, Hi-Res Gold va eng so‘nggi LHDC 5.0 audio kodeklarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ya'ni ovoz sifati yuqori darajada tiniq va silliq chiqadi.
⌚️ Xiaomi Smart Band 10 Pro (Aqlli braslet)
Alyuminiy korpusli yangi braslet bor-yo‘g‘i 9.7 mm yupqalikka ega va bir marta zaryad bilan 21 kungacha ishlaydi. Eng muhimi — iPhone ishlatadiganlar uchun xabarnomalarni o‘ta aniq sinxronizatsiya qiladigan chuqur tizimli integratsiya qo‘shilgan.
📱 Xiaomi 17 Max
Avvalgi insaydlardan tashqari, uning ekrani oʻta yupqa ramkalar va burchaklari silliq aylana shaklidagi yassi dizaynga ega ekanligi rasman tasdiqlandi.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi
🔔 Xulosa - Xiaomi endi shunchaki arzon smartfon chiqaradigan brendmas, u yuqori tezlikdagi sportkarlar va kundalik kiyimingizga mos tushadigan aqlli gadjetlar ishlab chiqaruvchisidir. Narxlari e’lon qilinishi bilan kanalga joylaymiz!

Ushbu gadjetlar orasida sizni eng ko‘p qaysi biri hayratda qoldirdi? 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Huawei yaqinda planshetlar tarixidagi "yirtqich" MatePad Pro Max modelini taqdim qilmoqchi. Bu Xitoy ichki bozori uchun chiqarilayotgan maxsus versiya bo'ladi.
Insayderlar tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, planshetning xarakteristikasi hayratlanarli:
🚀 Planshetlar orasida hali bunaqasi bo'lmagan. Yuqori versiyasiga 20 GB tezkor xotira va 1 TB ichki xotira qo'yiladi. Oddiy variantlari esa 16 GB RAM bilan chiqadi. Jami 7 xil xotira kombinatsiyasi bo'ladi.
😎 Ichiga yangi geymerlarbop T93 chipi yoki Kirin 9030 protsessori qo'yiladi. Tizimi esa o'sha shov-shuvli, Androiddan butunlay mustaqil bo'lgan HarmonyOS ning yangi 6.1 versiyasida 🚀 dek ishlaydi.
🔋 10 400 mAh li ulkan batareya qo'yilgan. Lekin qiziq tomoni, shuncha batareya bilan ham u Huawei tarixidagi eng yupqa flagman planshet bo'ladi. Buni qanday uddalashganiga qoyil qolish kerak.
🎨 Qora, kulrang va oq ranglarda chiqadi. Eng muhimi — Xitoy ichki bozori uchun chiqarilgani sababli, narxi biz kutgandan ancha arzon bo'lishi aniq.
Narxlar qiziq boʻlsa savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

Kompyuterlarga o'zi 16 GB RAM qo'yilayotgan paytda planshetga 20 GB nima uchun kerak deb o'ylaysiz? Fikrlarni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Kecha Xitoyda taqdimoti bo‘lgan yangi Xiaomi 17 Max modeli Geekbench 6 "sintetik" testida premium - Ultra modelini ham ortda qoldirib ketdi. Bir yadroli rejimda 3750, ko‘p yadrolida esa 11 674 ball oldi — hozircha sintetik testlar, ozgina kutsak haqiqiy quvvati oshkor boʻladi
Telefon bizga nima bera olishini oddiy tilda ko‘rib chiqamiz:
📺 Ekrani: 6.9 dyuymli, mutloq yassi katta displey. 3800 nit yorqinlikka ega, ya'ni yorqin quyosh ostida ham bemalol ko‘rinadi. Tunda ko‘zni charchatmaydi (3840Hz PWM dimming bor). Dragon Crystal Glass 3.0 oynasi bilan himoyalangan, yerga tushganda osonlikcha sinmaydi.
😄 Eng so‘ngi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi o‘rnatilgan. Eng tezkor LPDDR5X va UFS 4.1 xotiralari bor — o‘yinlarda qotmaydi, o‘yin ichiga kirish tezligi yuqori bo‘ladi.
🔋 8000 mAh lik ulkan batareya qo‘yilgan! Bu batareya bemalol 2-2,5 kunga yetadi. Unda 100W simli va 50W simsiz tezkor zaryadlashi ham bor, katta batareya ham tezda to‘lib oladi.
📸 Orqa panelda 200 MP lik asosiy kamera (Samsung HP9 sensori va OIS tizimi), 50 MP keng burchakli va 50 MP li 3X yaqinlashtirib beradigan periskop linza bor. Sifati yuqori bo‘lishi aniq.
🛠 Qo‘shimchalari baquvvat metall ramka, suv va changdan himoya (IP68), ekranning o‘zida suvda ham barmoqni tez taniydigan ultra-tezkor 3D skaner va uy odatidagi texnikalarni boshqarish uchun pult (IR blaster).

Xiaomi bu safar narx borasida ham, batareya borasida ham iPhone va Samsung’ni o‘yindan chiqarib yuboradigan ko‘rinadi. Qimmat boʻlmagan narxga 8000 mAch batareya, 200 MP Leica kamera va premium smartfon - bu shunchaki "wow"
Narxlar qiziq boʻlsa savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi, tezda javob berishadi 😊

Sizningcha, ushbu model O‘zbekistonga qanchadan kirib keladi va kelganda sotib olgan bo‘larmidingiz? 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰 iQOO geymerlar uchun kuchli gadjetlar taqdim qildi, xarakteristikasini ko'rib o'zim ham hayronman
😨 iQOO Pad 6 Pro plansheti:
😄Eng so'nggi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipini qo'yishgan. AnTuTu testida naqd 4.4 milliondan ko'p ball to'plabdi, planshetlar tarixida bunaqa rekord hali bo'lmagan.
📺 Ekrani 13.2 dyuymli ulkan 4K displey, 144Hz yangilanish tezligi. 🔋Batareyasi esa naqd 13 000 mAh, soatlab o'yindan chiqmaydiganlar uchun ayni muddao. Telefon qizib qotmasligi uchun ichiga katta maydonli bug'li sovutish tizimi (VC cooling) o'rnatishgan.
📱 iQOO 15T smartfoni. Bu ham faqat o'yin uchun sozlangan smartfon, yuqorida toʻliq texnik xususiyatlari yozilgan.

Sizlar nima deysizlar, 13 000 mAch batareya va 4.4 million ball planshet uchun yetarlimi? Commentda yozinglar 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💼 Lenovo o‘zining geymerlarbop Legion Y70 modelini taqdim qildi.
Keling, bu "monster" da nimalar borligini ko‘rib chiqamiz:
🗃 Gʻaroyib tomonidan boshlasak - smartfon ichiga (jami 4 ta) 2 ta jismoniy SIM-karta va qo‘shimcha 2 ta eSIM qo‘yish mumkin. 4 tala raqam ham bir vaqtda tarmoqda aktiv turadi. (Oldinroq Huawei Pura 90 Pro Max da bor edi lekin bir vaqtning oʻzida faqat 2 tasidan foydalanish mumkin edi)
🔋 Batareyasi 8000 mAh, kamiga Lenovo agar 4 yil ichida batareya salomatligi 80% dan pastga tushib ketsa, kompaniya tekinga yangisiga almashtirib beradi. Yana bir qulayligi — "Bypass charging" tizimi bor, ya'ni zaryadnikda o‘yin o‘ynaganingizda tok batareyani chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri protsessorga boradi. Bu telefon qizib ketishining oldini oladi.
📱 Displey 2K OLED 144Hz chastotada ishlaydi. Hayratlanarlisi yorqinligi naqd 7000 nit
😎 Ichiga eng so‘nggi Snapdragon 8 Gen 5 protsessori o‘rnatilgan. Telefon qizib, qotmasligi uchun uning ichida maxsus suyuq metall va sovutish gellari bor.
🛡 Korpus korroziyaga va yuqori bosimli issiq suvga chidamli qilib ishlangan - IP69

💵Xitoy ichki bozoridagi narxlar:
12 / 256 GB versiyasi — 310$
16 GB / 1 TB versiyasi — 560$

Sizningcha, 310 dollarga bunchalik kuchli "gadjet" berayotgan Lenovo O‘zbekiston bozoriga kelsa Xiaomi'ni siqib chiqara oladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇

#lenovo #legion
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹 Tarmoqlarda yangi iPhone 18 seriyasining g‘iloflari (chexol) surati tarqaldi. Suratlar doimiy ravishda aniq ma’lumotlar chiqaradigan taniqli insayder Majin Bu tomonidan taqdim etilgan.

📱 Oddiy iPhone 18 dizayni deyarli o‘zgarmaydi. Lekin 18 Pro va 18 Pro Max modellarining kamera qismi sezilarli bo‘rtib chiqadi. 18 Pro Max modelining umumiy qalinligi kamera bilan 13,77 mm, (17 Pro Max kamera bilan 12,92 mm). Apple kameraga kuchli optika joylashtirmoqchi shekilli
🛡 Telefon korpusi alyuminiydan qilinadi, kamera atrofidagi oyna esa zarbalarga chidaydigan Ceramic Shield oynasi bilan qoplanadi. Shuningdek, chiroyli va yangi Dark Cherry (to‘q gilos) rangi qo‘shiladi.
🧠 Yangi modellarda TSMC ning eng so‘nggi texnologiyali ilk 2 nanometrli A20 Pro protsessori debyut qilishi aytilmoqda. Quvvat va energiya tejamkorligi bo‘yicha yangi rekord kutilyapdi
🗓 iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellari odatdagidek kuzda taqdim etiladi. Lekin qiziq tomoni, bazaviy oddiy iPhone 18 modeli keyingi yilning boshigacha kechikishi mumkin.

Sizningcha, kameraning yanada bo‘rtib chiqishi telefondan foydalanishda noqulaylik tug‘dirmaydimi? Kommentariyada yozamiz 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1