TechCore
37 subscribers
162 photos
5 videos
8 links
Smartfonlar va gadjetlar olamidagi eng so‘nggi texno-yangiliklar.

Eng birinchi faktlar, real tahlillar va jonli muhokama faqat bizda!

Reklama va hamkorlik: @UZBEK_ALP
Download Telegram
🚀 iQOO brendi smartfonlar bozorida shov-shuv ko‘targan yangi iQOO 15T flagmanini rasman namoyish etdi. Davlat subsidiyasi bilan qurilmaning boshlang‘ich narxi daxshatli darajada arzon — 485 dollardan boshlanadi!
Xo‘sh, bu pulga iQOO bizga nimalar beryapti?
🔋 Smartfonga 8000 mAch li ulkan, lekin o‘ta yupqa (korpus qalinligi bor-yo‘g‘i 8.4 mm) batareya o‘rnatilgan. Ertalab soat 08:00 dan kechki 23:00 gacha faol o‘ynaganda ham zaryadi 50% dan ortib qoladi! 100W tezkor quvvatlash.
🎮 Tizim Dimensity 9500 Monster flagman chipida ishlaydi. Unga o‘rnatilgan "Monster Engine" o‘yinlarda FPS barqarorligini 34% ga oshiradi. Qo‘shimcha Q3 geyming chipi esa 140 tadan ortiq o‘yinda 144 FPS va 2K sifatni bir vaqtda ochib beradi. Sensorning sezgirligi daxshat — 4000Hz (bosish kechikishi atigi 30.42ms).
📱 6.82 dyuymli, 2K (3186×1440) aniqlikdagi BOE Q10+ AMOLED displey. Yorqinligi — 4500 nit! Ko‘zni charchatmaslik uchun 2592Hz chastotali PWM bor.
📸 iQOO tarixida ilk bor 200 MP li professional asosiy sensor va CIPA 4.5 darajali kuchli optik stabilizatsiya ishlatdi (4x gacha sifatni yo‘qotmasdan yaqinlashtirish). Ikkinchi kamera — 50 MP ultra-keng burchak va makro.
🧠 Smartfon OriginOS 6 tizimida ishlaydi va kompaniya 5 yil davomida qotmasdan silliq ishlashini kafolatlaydi. Korpus metall ramkali, barmoq izi skaneri esa ultratovushli. IP68/IP69 suv va changdan himoyasi bor.
Narxlar qiziqmi unda @ahzabmarketadmin ga murojaat qiling

PUBG va og‘ir o‘yinlar uchun bundan yaxshi va arzon "monstr" topilmasa kerak!

#iqoo #vivo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📱 OnePlus kompaniyasi yangi flagmanlari — OnePlus 16 va Ace 7 modellarini bir vaqtda taqdim etishga tayyorlanmoqda. Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yangi geyming "monstr" Ace 7 ning muhandislik prototipiga tegishli xarakteristikalar paydo bo‘ldi:
🧫 Qurilma eng so‘nggi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipida ishlaydi.
💻 6.78 dyuymli, 1.5K aniqlikdagi tekis OLED displey. Eng daxshatli tomoni — ekran yangilanish chastotasi 185 Hz dan 240 Hz gacha bo‘lishi kutilmoqda.
🔋 Smartfonga 9000 mAh ulkan akkumulyator va 100W tezkor quvvatlash tizimi o‘rnatiladi.
⚙️ Hatto muhandislik versiyasida ichki faol parrakli (ventilyator) sovutish tizimi ham sinovdan o‘tkazilmoqda (yakuniy modelda qolish-qolmasligi hozircha savol ostida).
📸 Smartfon o‘yinlarga moslashtirilgani sababli kameralar oddiyroq bo‘ladi. Katta ehtimol bilan o‘tgan yilgi kabi 50 MP + 8 MP asosiy va 16 MP old kamera kombinatsiyasi saqlanib qoladi.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

Siz qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? ⚔️🔥

#oneplus #oneplus_ace
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Red Magic 11S Pro+ tarixiy rekord o‘rnatdi!
🎮 Nubia geymerlar uchun mo‘ljallangan yangi Red Magic 11S Pro+ flagmanini Geekbench 6 testidan o‘tkazdi. Smartfon Geekbench tarixida birinchi marta bir yadroli (single-core) rejimda 4000 balldan yuqori natija ko‘rsatgan ilk Android qurilma bo‘ldi! Ko‘p yadroli (multi-core) testda esa ko‘rsatkich 12 000 balldan oshib ketdi.

🥇 Nubia chip arxitekturasidan eng yuqori unumdorlik bera oladigan, maxsus saralab olingan Snapdragon 8 Elite Gen 5 chiplarini o‘rnatgan.
⚙️ Bu quvvat uzoq vaqt pasayib ketmasligi (throttling) uchun smartfonga yangilangan faol ventilyator, ulkan bug‘lanish kamerasi va suyuqlik yordamida sovutish tizimi o‘rnatilgan.
📝 Qurilmaga "Redcore R4" o‘yin chipi va "CUBE Sky" drayveri o‘rnatilgan. Bu texnologiya evaziga smartfon 200 dan ortiq o‘yinlarda tasvir sifatini sun'iy oshirgan holda 2K va 144 FPS tezlikda daxshatli silliqlik bilan natija koʻrsata oladi.
Kompaniya ushbu o‘yin monstrini va yangi geymerlar planshetini shu kunlarda rasman sotuvga chiqaradi.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

iQOO 15T va OnePlus Ace 7 dan keyin Red Magic ham o‘z "karta" sini ochdi. Xo‘sh, gaming smartfonlar taxtiga bu yil qaysi chiqadi deb o‘ylaysiz?

#redmagic #nubia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
TechCore
Android 17 QPR1 Beta 3 chiqdi: Google I/O 2026 tugashi bilan tizimning navbatdagi choraklik yangilanishi (QPR1) uchinchi beta-versiyada taqdim etildi. Sentabrda barqaror versiyasi chiqadigan bu tizimda qanday yangiliklar bor? 🌟 Material 3 Expressive dizayn…
📱 Google I/O 2026 konfransiyasida kompaniya bu yil Android 17 tizimida paydo bo‘ladigan, smartfon ishlatish tajribangizni butunlay o‘zgartirib yuboradigan top funksiyalarni ko‘rsatdi. Eng asosiylarini qisqacha havola qilaman:
🤖 Gemini shunchaki chat-bot emas. Masalan, biron bir restoran menyusi yoki sayohat marshrutini rasmga olib Gemini'ga tashlasangiz, u Gmail va Google Calendar ma'lumotlaringizga tayanib, formalar to‘ldirish, chipta bron qilish yoki savatchani yig‘ish kabi murakkab ishlarni bir urinishda o‘zi bajaradi. Shuningdek, o‘zingiz xohlagan shaxsiy vidjetlarni yaratish funksiyasi qo‘shildi.
🍔 Noto 3D Emojilar: Telefoningizdagi zerikarli va tekis emojilar o‘rniga real tekstura va chuqurlikka ega daxshatli chiroyli 3D emojilar to‘plami keladi. Xabarlar ancha jonli ko‘rinish oladi.
🧘 Pause Point (Telefonga qaramlikka qarshi) - Ijtimoiy tarmoqlarni tinimsiz va maqsadsiz "aylantiraveradiganlar" uchun ajoyib yechim. Instagram yoki TikTok'ni ochganingizda tizim ilovani silliq ochishdan oldin 10 soniyalik majburiy pauza beradi. Shu vaqtda u sizga nafas mashqlarini taklif qiladi yoki maqsadlaringizni eslatadi. Bu bemaqsad vaqt yo‘qotishni keskin kamaytiradi.
🎥 "Screen Reactions": Ekranni yozib olayotganda old kamerani ham qo‘shib, daxshatli silliq "reaksiya video" olish imkoni beriladi (Pixel 10 seriyasida birinchi chiqadi).
📱 Endi Instagram'ning o‘zida Ultra HDR rasm va videolar, tungi rejim va daxshatli kuchli stabilizatsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydi. Sun'iy intellekt esa videodagi ortiqcha shovqinlarni o‘zi tozalab beradi.

Ushbu yangilanishlar yil davomida birinchi bo‘lib Pixel va Samsung flagmanlarida paydo bo‘lishni boshlaydi.
Yangi funksiyalar sizga yoqdimi? 👇

#google #android
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TechCore
Photo
🥺 RedMagic Tablet 5 Pro iyun oyida taqdim etiladi!
Kompaniya o‘zining Red Magic 11S Pro smartfonlari taqdimoti davomida yangi avlod o‘yin planshetini ham rasman tizer qildi. Qurilma Xitoyda Tablet 5 Pro, global bozorda esa Astra 2 nomi ostida sotuvga chiqadi (Xitoy madaniyatidagi irmlar sababli 4 raqami o‘tkazib yuborildi).
Insayderlar sizdirgan xarakteristikalar bilan tanishing:
🚀 Eng so‘nggi va o‘ta baquvvat Snapdragon 8 Elite Gen 5 flagman chipi.
📺 Mobil geyming uchun mutloq rekord — 200 Hz yangilanish chastotasiga ega o‘ta silliq displey!
🔋 Og‘ir o‘yinlarda uzoq vaqt chidab berish uchun 9000 mAch atrofidagi ulkan akkumulyator.
RedMagic qurilmada 10 ta eng ilg‘or va maxfiy texnologiya ishlatilganini e’lon qildi. Katta ehtimol bilan uning ichida xuddi smartfonlaridagidek faol kulerli sovutish tizimi bo‘ladi.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

🌟 PUBG yoki og‘ir o‘yinlar uchun ekran kattaroq bo‘lishini xohlaganlar uchun ayni muddao! 🕹🔥

#redmagic
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📸 OPPO smartfonlar tarixidagi ilk 100 MP li selfi "Kvadrat Kamera" ustida ishlamoqda!
OPPO kompaniyasi smartfonlar bozorida selfi olish standartlarini butunlay o‘zgartirib yuboradigan yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazyapti. Insayderlarga ko‘ra, brend o‘zining bo‘lajak flagmanlarida (katta ehtimol bilan Find X10 seriyasida) noodatiy 1:1 (kvadrat) nisbatdagi 100 MP old kamerani taqdim etadi.

📐 Sensor kvadrat shaklda bo‘lgani uchun, rasm yoki videoni sifati zarracha yomonlashmasdan ham vertikal (9:16 — TikTok/Reels uchun), ham gorizontal (16:9 — YouTube uchun) formatga kesib olish mumkin. Bunda smartfonni burish ham shart emas!
☀️ Kvadrat sensor an’anaviy to‘rtburchak sensorlarga qaraganda ko‘proq yorug‘lik to‘playdi. 100 MP o‘ta yuqori aniqlik esa piksellarni birlashtirish (pixel-binning) texnologiyasi orqali hatto tunda ham shovqinsiz va tiniq selfilar olish imkonini beradi.
⚔️ Mish-mishlarga ko‘ra, Apple o‘zining iPhone 18 seriyasida 18 MP li old kamerani rejalashtirayotgan bir paytda, OPPO raqamlar borasida daxshatli ustunlikka erishmoqchi.
Hozircha muhandislar oldida turgan eng katta vazifa — 100 MP li ulkan ma'lumotni rasmga olish paytida telefonni qizitmasdan va kechikishlarsiz qayta ishlash algoritmini sozlash hisoblanadi.

#oppo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱📱 Samsung Galaxy Tab S12+ va S12 Ultra MediaTek Dimensity 9500 chipi bilan keladi!
Kompaniyaning AI Core ilovasi ichidagi kodlarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Galaxy Tab S12+ va Tab S12 Ultra modellari Qualcomm emas, balki MediaTek'ning eng so‘nggi Dimensity 9500 protsessorida ishlaydi!

😄 TSMC'ning eng ilg‘or 3-nm texnologiyasida ishlab chiqarilgan ushbu chip Mali-G1 Ultra MP12 grafik protsessoriga ega. Bu esa og‘ir geyming va ko‘p vazifalilikda (multitasking) daxshatli tezlik beradi.
💻 Yuqori chastotali premium OLED displey va 4 ta stereo karnaylar orqali kontent ko‘rish va o‘yin o‘ynash mutloq boshqa darajaga chiqadi.
✍️ Har doimgidek, biznes va ijod uchun S Pen stilus, IP68 suvdan himoya, Wi-Fi 7 hamda 45W tezkor quvvatlash tizimi saqlab qolingan.
🤖 Planshetlar yilning ikkinchi yarimida, eng so‘nggi Android 17 va One UI 9.0 qobig‘i bilan sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

Samsung va MediaTek hamkorligi planshetlar bozorida iPad Pro'larga jiddiy zarba bera oladimi? Fikrlaringizni yozib qoldiring! 👇

#samsung #tab #planshet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏▶️📱 Android va iPhone o‘rtasida AirDrop uslubida ma’lumot uzatish tizimi kelmoqda!
Android 17 chiqishi bilan yangilangan Quick Share tizimi orqali uchinchi tomon ilovalarisiz yoki bulutli xizmatlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri Android va iOS o‘rtasida simsiz ma’lumot almashish imkoniyati paydo bo‘ladi!
Bu shunchaki rasm yoki video uzatish emas, balki butun boshli ekosistemani ko‘chirishdir:
📂 Kontaktlar, xabarlar, qo‘ng‘iroqlar tarixi, eslatmalar, kalendarlar va ilovalarning ichki ma’lumotlari.
⚙️ Ekran fon rasmlari, vidjetlar joylashuvi, budilniklar, saqlangan parollar, elektron pochtalar va hatto eSIM profillari ham osonlikcha bir telefondan ikkinchisiga o‘tadi.
Google ushbu funksiyani birinchi bo‘lib qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlar ro‘yxatini rasman e’lon qildi:
📱📱 Samsung: Galaxy S25 / S24 seriyalari, Galaxy Z TriFold (uch buklamali), Z Fold 7 / 6 va Z Flip 7 / 6
📱 OnePlus: OnePlus 15
🆕 OPPO: Find X8 va X9 liniyasi
😎 Honor: Magic V6 va Magic 8 Pro
(Ma'lumot uchun, ushbu funksiya Pixel 10 va Galaxy S26 seriyalarida allaqachon mavjud).
Nihoyat, Android'dan iPhone'ga yoki aksincha o‘tishdagi eng katta va asabni buzadigan muammo hal bo‘lyapti.
Bu yangilikka qanday baho berasiz? 👇

#ios #android #airdrop
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 OPPO kompaniyasi 25-may kuni Xitoyda o‘zining Reno16 smartfonlari bilan birga ekotizimning yangi va noodatiy a’zolari - 3K ekranli Pad 6 plansheti va smartfon orqasiga yopishadigan "Bubble" mini-ekrani taqdim etadi!
Insayderlar bo‘lajak qurilmalarning xarakteristikalarini sizdirishdi:
💻 OPPO Pad 6 (Flagman planshet) - Qurilma 12.1 dyuymli, 3K aniqlikdagi va ish/o‘qish uchun o‘ta qulay bo‘lgan 7:5 nisbatdagi LCD displeyga ega bo‘ladi. Ekran yangilanishi — 144 Hz.
📱 Dimensity 9500s protsessori
🔋 10 420 mAh li ulkan batareya (67W tezkor zaryad) joylashgan. Korpus qalinligi esa hayratlanarli darajada yupqa — bor-yo‘g‘i 5.99 mm!
🔮 OPPO Bubble - Bu taqdimotning eng antiqa gadjeti! Smartfonning orqa paneliga magnit yordamida yopishadigan mini-selfi ekran. U orqali siz smartfoningizning asosiy kamerasida o‘zingizni ko‘rib, ideal selfilar olishingiz mumkin. Shuningdek, u har xil emojilar va rasmlarni chiqarib, telefoningizga o‘zgacha dizayn berib turadi.
🎧 Enco Air 5s: Brend o‘zining yangi hamyonbop simsiz quloqchinlarini ham shu kuni ko‘rsatadi.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

🆕 OPPO bu safar shunchaki gadjet emas, haqiqiy kreativ yechimlar taklif qilmoqda. Ayniqsa smartfon orqasiga yopishadigan mini-ekran geymerlar va bloggerlar uchun dahoona g‘oya, to‘g‘rimi? 🤯🔥

#oppo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥 🤝 📱📱
Google va Samsung telefoningizni "boshqaradigan" birgalikda tayyorlangan aqlli ko‘zoynakni ko‘rsatdi!
Google I/O 2026 konferensiyasida dunyoga mashhur Warby Parker va Gentle Monster brendlari bilan hamkorlikda yaratilgan Android XR aqlli ko‘zoynak prototipini rasman e’lon qildi.
Xo‘sh, bu ko‘zoynak nima qila oladi va u bizga nega kerak?
Ekrani yo‘q, lekin yetarlicha aqlli - bu 1-avlod ko‘zoynaklarida hech qanday oynali ekran bo‘lmaydi. U quloq va ko‘zingizga aylangan holda, ichki dinamiklar, mikrofoni va maxfiy kameralari orqali ishlaydi. Shuning uchun ham u juda yengil va oddiy ko‘zoynakdek ko‘rinadi.
🤖 Gemini AI ko‘zoynak ichiga integratsiya qilingan. Masalan, ko‘chada ketayotganingizda u sizga qayerga burilishni ovozli aytib turadi, kelgan xabarlarni o‘qib beradi va eng asosiysi — chet ellik odam gapirsa yoki biror matnga qarasangiz, uni real vaqt rejimida tarjima qilib, qulog‘ingizga pichirlab turadi!
📲 Lekin ko‘zoynak bor quvvatni cho‘ntagingizdagi smartfondan (Bluetooth va Wi-Fi orqali) oladi. Ya'ni barcha og‘ir hisob-kitoblarni telefon bajaradi, ko‘zoynak esa shunchaki uning "ko‘zi va qulog‘i" bo‘lib xizmat qiladi. Bu bir minuslaridan biri 🤷‍♂
😎 Dizayn borasida xunuk bo‘lib qolmagan. Klassikani xohlovchilar uchun Warby Parker uslubi, o‘zgacha va zamonaviy ko‘rinish istovchilar uchun esa Gentle Monster brendi chiroyli ramkalar tayyorlagan.
Qurilma 2026-yilning kuz oylarida sotuvga chiqishi e’lon qilindi (Narxi hozircha sir).
🔔 Xulosa: Apple o‘zining Vision Pro kabi og‘ir va qimmat "shlem"lari bilan adashganini tushunib yetdi. Google va Samsung esa kreativ yo‘ldan ketishmoqda: odamlar ko‘chada taqib yurishga uyalmaydigan, yengil va eng asosiysi — kundalik hayotda Google xaritalari va tarjimonidan qo‘lsiz foydalanishga imkon beradigan gadjet yaratyapti. Agar narxi 300-400$ atrofida bo‘lsa, bu ko‘zoynaklar kelajakda smartfonlarning o‘rnini qisman bosishi aniq.

Siz shunday ko‘zoynak taqib yurgan bo‘larmidingiz? Fikrlaringizni yozib qoldiring! 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM