TechCore
37 subscribers
162 photos
5 videos
8 links
Smartfonlar va gadjetlar olamidagi eng so‘nggi texno-yangiliklar.

Eng birinchi faktlar, real tahlillar va jonli muhokama faqat bizda!

Reklama va hamkorlik: @UZBEK_ALP
Download Telegram
🏳️‍🌈 Google va Meta Android 17 da Instagram sifatini iPhone darajasiga (va ba'zi joylarda undan ham yuqori) olib chiqish bo'yicha shartnoma imzoladi:
📸 Endi Instagram orqali rasmga olganingizda yoki yuklaganingizda ranglar "wow" bo'lib chiqadi. Ya'ni, HDR kontent hech qanday sifat yo'qotishisiz to'g'ridan-to'g'ri Stories va Reels'ga chiqadi.

😀 Instagram kamerasining o'zida Google Pixel’ning mashhur tungi rejim funksiyasi ishlaydi. Endi qorong'u joyda Stories olganda "shum" bo'lmaydi.

🎀 Video Stabilizatsiya:
Instagram kamerasida video olayotganda tizim darajasidagi stabilizatsiya ishga tushadi.

🎞 Faqat Android uchun yangi "Edits" ilovasi chiqdi. Unda Gemini yordamida: Past sifatli videolarni AI yordamida 4K gacha ko'tarish.
Videodagi shovqinlarni o'chirib, faqat ovozni tiniqlashtirish mumkin.

🤨 "Screen Reactions"
Bu yangilik ham Instagram va YouTube Shorts ijodkorlari uchun:
Android 17 tizimida endi alohida montaj ilovasiz "reaksiya video" olish mumkin.
Bir vaqtning o'zida ham ekraningizni, ham old kamerani yozib, ularni bir-birining ustiga qo'yib beradi.

😎 Android XR Glasses: Google uzoq kutilgan aqlli ko'zoynaklarini qaytaradi! Unda real vaqtda tarjima va Gemini yordamchisi ko'z o'ngingizda namoyon bo'ladi.

💻 Nihoyat, Instagram planshetlar uchun to'liq optimallashtirildi. Endi chekkalarda qora chiziqlar bo'lmaydi.

🖥 Google ChromeOS va Android'ni birlashtirib, yangi "Aluminum OS" ustida ishlayotganini rasman tasdiqladi. Bu kelajakda noutbuk va telefon bitta ekotizim bo'lishini anglatadi.

#android #google #ai
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤‍🔥1👍1
Google taqdimotda Android 17 haqida yana bir qancha yangiliklar haqida aytib oʻtdi:
😎 "AI Theft Detection" (O'g'irlikka qarshi AI) - Agar telefoningiz qo'lingizdan yulib olinsa va o'g'ri u bilan qochsa (yugurish, velosiped yoki mashina harakati), AI buni darhol tushunadi va ekranni avtomatik ravishda bloklaydi.
📝 Banklardan kelayotgan qo'ng'iroqlarni tizim darajasida tekshiradi. Agar firibgarlar bank raqamini soxtalashtirgan bo'lsa, Android uni bloklaydi va sizni ogohlantiradi.
📅 "Pause Point" – Raqamli salomatlik 2.0
Ijtimoiy tarmoqlarga juda ko'p kirib ketishni oldini olish uchun yangi usul. Ilovani ochganingizda u darhol ochilmaydi, balki 10 soniyalik pauza beradi. Bu vaqtda ekraningizda nafas mashqlari yoki foydaliroq ilovalar (masalan, kitob o'qish) taklif qilinadi. Bu "avtopilot" rejimida ijtimoiy tarmoqlarga kirib ketishni to'xtatish uchun o'ylangan.
💻 "Magic Pointer" va Googlebook
Google o'zining noutbuklari uchun yangi "Magic Pointer" (Sehrli kursor) funksiyasini ko'rsatdi:
Siz kursorni ekrandagi biror sana ustiga olib borsangiz, AI darhol "Kalendarga qo'shaymi?" deb so'raydi. Rasm ustiga olib borsangiz, "Buni tahrirlaymizmi yoki qidiramizmi?" degan aqlli tugmalar chiqadi.
🤖 "Rambler" - Endi ovozli xabar yuborganingizda yoki Gemini bilan gaplashganingizda:
Sizning "eeeee", "hm-m-m", "haligi" kabi ortiqcha so'zlaringizni AI matndan avtomatik olib tashlaydi. Nutqingizni ravon va professional ko'rinishga keltiradi.
📱 Android Auto 3D va YouTube 60 FPS
Google Maps endi 3D ko'rinishda bo'ladi va sizning aynan qaysi "polosa"da ketayotganingizni aniq ko'rsatadi. Mashina to'xtab turganda YouTube'ni 60 FPS (Full HD) sifatda ko'rish imkoniyati qo'shildi.
⚙️ "Create My Widget"
Endi tayyor vidjetlarni qidirib o'tirmaysiz. Gemini'ga: "Menga (bugungi ob-havo, dollar kursini koʻrsatuvchi) vidjet yasab ber" desangiz, u siz uchun eksklyuziv vidjet dizaynini yaratadi.

#android #ai
👍1🔥1
Xiaomi kutilmaganda barcha rekordlarni yangilashga qaror qildi: Xiaomi 17 Max ni rasman eʼlon qildi

🔋 8000 mA/soat batareya va 100 watt quvvatlash - Zaryad haqida bir necha kun oʻylamasangiz ham boʻladi.
📹 200 MP asosiy, 50 MP telephoto makro - Har bir pikselda professional studiya sifati.
📱 6.9 dyuymli 1.5K displey - odatiy sifatli displey
⚡️ Snapdragon 8 Elite Gen 5 - Unumdorlikning eng yuqori cho'qqisi.
🎨 Ranglar: Qora, ko'k va oq. Dizayn ustida Redmi jamoasi ishlagan bo'lsa-da, qurilma premium segmentni "portlatish" uchun kelmoqda.

Narxlar aniq emas, chiqish sanasi esa shu oy oxirida

#xiaomi #redmi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💘1
🥺 reMarkable o'zining eng mashhur planshetini arzonroq versiyada taqdim etdi - Paper Pure. Bu qurilma sizga haqiqiy daftar va qalamni eslatadi, lekin barcha qaydlaringiz bulutli saqlanadi.
Nega bu planshetni olish kerak?
❇️ Bir marta zaryadlang va 3 hafta quvvatlagichni unuting.
#⃣ Ekran: 10,3 dyuymli "E-ink" (ko'zni asraydi).
O'ta yengil: Atigi 360 gramm — istalgan sumkaga joy bo'ladi.
✍️ Tezkor stilus: 21ms kechikish bilan xuddi qog'ozga yozgandek bo'lasiz.
⚠️ Kichik eslatma: Kechasi o'qish uchun chiroq kerak bo'ladi, chunki ekranda ichki yoritish yo'q — xuddi haqiqiy kitob kabi!
Narxlar: 722$ dan boshlab

#planshet
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Android 17 QPR1 Beta 3 chiqdi:

Google I/O 2026 tugashi bilan tizimning navbatdagi choraklik yangilanishi (QPR1) uchinchi beta-versiyada taqdim etildi. Sentabrda barqaror versiyasi chiqadigan bu tizimda qanday yangiliklar bor?
🌟 Material 3 Expressive dizayn tilida interfeysning xiralashtirish (blur) effektlari yanada ko‘paydi va chiroyli ko‘rinishga keldi.
💬 Tezkor sozlamalar panelini pastga tortganda xabarnomalar oynasidagi kabi (bounce) elastik animatsiya qo‘shildi.
🎥 Endi ekran videosini boshlaganda butun displey emas, sukut bo‘yicha faqat oxirgi ishlatilgan ilovaning o‘zi yozib olinadi (boshqa narsalar tasodifan videoga tushib qolmaydi).
🏠 Muhim toʻgʻrilanish: Avvalgi beta versiyalarda ko‘pchilikni asabini buzgan multimedia ijrosidagi g‘alati audio qirsillashlar va yuqori signalda ham Wi-Fi uzilib qolish muammolari nihoyat tuzatildi.
⬇️ Kimlar o‘rnata oladi? Pixel 6 seriyasidan boshlab barcha yangi Pixel egalari hoziroq sinab ko‘rishlari mumkin

#android #pixel
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
😎Honor kompaniyasi yaqin oylarda bozorni portlatmoqchi. Taniqli insayderlar brendning yangi va sirli taqdimotlar'ini sizdirishdi:
🤩 Honor X80 (Iyun): O‘tgan yilgi X70 modelining vorisi kutilganidan ancha erta — kelasi oy taqdim etiladi. Avtonomlik borasida jiddiy o‘zgarishlar bor.
⌚️ Honor 600 seriyasi (25-May): Yangi planshet va smart-soatlar bilan birga shu hafta oxirida Xitoyda katta premera bo‘ladi.
😍 Honor Robot Phone (Avgust): Eng qizig‘i shu! Dunyodagi birinchi "robot-smartfon" avgust oyida ommaviy ishlab chiqarish bosqichiga o‘tadi.
Kompaniya bosh direktori bu mo‘jizani yilning 3-choragida (iyul-sentabr) sotuvga chiqarishini rasman tasdiqlagan. Taxminlarga ko‘ra, qurilma o‘zining kamera imkoniyatlari bilan hammani hayratda qoldiradi.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

Sizningcha, smartfon ichiga robot texnologiyasini qo‘shish qanchalik o‘zini oqlaydi? Izohlarda muhokama qilamiz! 👇

#Honor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📱 Apple o‘zining an’anaviy WWDC26 konferensiyasiga taklifnomalar jo‘natishni boshladi. Asosiy katta premera 8-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da bo‘lib o‘tadi.
Bu yilgi tadbir "Coming bright up" shiori ostida o‘tadi va u Tim Kuk bosh direktorligidagi eng oxirgi WWDC bo‘ladi.

Xo‘sh, nima yangiliklar?
🤖 Asistent to‘liq sun’iy intellekt (AI) rejimiga o‘tadi. Endi u uzun dialoglarni tushunadi, hujjatlarni tahlil qiladi, rasmlar chizadi va ekraningizda nima borligini ko‘rib, bir nechta ilovada buyruqlarni birdaniga bajaradi
💻 Tizimda Apple'ning kuzda kutilayotgan ilk boflamali (buklanuvchi) iPhone qurilmasi uchun maxsus interfeys, katta ekran moslashuvi va bir vaqtda ikkita ilovada ishlash funksiyalari paydo bo‘ladi.
🚀 "Snow Leopard" ruhiyatida: Apple bu gal faqat yangi funksiyalar ketidan quvgani yo‘q. Bloomberg insaydlariga ko‘ra, tizimda maksimal darajada energiyani tejash, barqarorlik va tezlikka (optimizatsiyaga) urg‘u beriladi.
Taqdimotda yangi devayslar ham ko‘rsatilishi mumkinligi haqida mish-mishlar bor.

Apple bu safar haqiqatan ham "porlay" oladimi yoki Siri baribir o‘sha-o‘sha bo‘lib qoladimi? Fikrlaringizni yozib qoldiring! 👇

#apple #ios
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 iQOO brendi smartfonlar bozorida shov-shuv ko‘targan yangi iQOO 15T flagmanini rasman namoyish etdi. Davlat subsidiyasi bilan qurilmaning boshlang‘ich narxi daxshatli darajada arzon — 485 dollardan boshlanadi!
Xo‘sh, bu pulga iQOO bizga nimalar beryapti?
🔋 Smartfonga 8000 mAch li ulkan, lekin o‘ta yupqa (korpus qalinligi bor-yo‘g‘i 8.4 mm) batareya o‘rnatilgan. Ertalab soat 08:00 dan kechki 23:00 gacha faol o‘ynaganda ham zaryadi 50% dan ortib qoladi! 100W tezkor quvvatlash.
🎮 Tizim Dimensity 9500 Monster flagman chipida ishlaydi. Unga o‘rnatilgan "Monster Engine" o‘yinlarda FPS barqarorligini 34% ga oshiradi. Qo‘shimcha Q3 geyming chipi esa 140 tadan ortiq o‘yinda 144 FPS va 2K sifatni bir vaqtda ochib beradi. Sensorning sezgirligi daxshat — 4000Hz (bosish kechikishi atigi 30.42ms).
📱 6.82 dyuymli, 2K (3186×1440) aniqlikdagi BOE Q10+ AMOLED displey. Yorqinligi — 4500 nit! Ko‘zni charchatmaslik uchun 2592Hz chastotali PWM bor.
📸 iQOO tarixida ilk bor 200 MP li professional asosiy sensor va CIPA 4.5 darajali kuchli optik stabilizatsiya ishlatdi (4x gacha sifatni yo‘qotmasdan yaqinlashtirish). Ikkinchi kamera — 50 MP ultra-keng burchak va makro.
🧠 Smartfon OriginOS 6 tizimida ishlaydi va kompaniya 5 yil davomida qotmasdan silliq ishlashini kafolatlaydi. Korpus metall ramkali, barmoq izi skaneri esa ultratovushli. IP68/IP69 suv va changdan himoyasi bor.
Narxlar qiziqmi unda @ahzabmarketadmin ga murojaat qiling

PUBG va og‘ir o‘yinlar uchun bundan yaxshi va arzon "monstr" topilmasa kerak!

#iqoo #vivo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📱 OnePlus kompaniyasi yangi flagmanlari — OnePlus 16 va Ace 7 modellarini bir vaqtda taqdim etishga tayyorlanmoqda. Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yangi geyming "monstr" Ace 7 ning muhandislik prototipiga tegishli xarakteristikalar paydo bo‘ldi:
🧫 Qurilma eng so‘nggi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipida ishlaydi.
💻 6.78 dyuymli, 1.5K aniqlikdagi tekis OLED displey. Eng daxshatli tomoni — ekran yangilanish chastotasi 185 Hz dan 240 Hz gacha bo‘lishi kutilmoqda.
🔋 Smartfonga 9000 mAh ulkan akkumulyator va 100W tezkor quvvatlash tizimi o‘rnatiladi.
⚙️ Hatto muhandislik versiyasida ichki faol parrakli (ventilyator) sovutish tizimi ham sinovdan o‘tkazilmoqda (yakuniy modelda qolish-qolmasligi hozircha savol ostida).
📸 Smartfon o‘yinlarga moslashtirilgani sababli kameralar oddiyroq bo‘ladi. Katta ehtimol bilan o‘tgan yilgi kabi 50 MP + 8 MP asosiy va 16 MP old kamera kombinatsiyasi saqlanib qoladi.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

Siz qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? ⚔️🔥

#oneplus #oneplus_ace
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Red Magic 11S Pro+ tarixiy rekord o‘rnatdi!
🎮 Nubia geymerlar uchun mo‘ljallangan yangi Red Magic 11S Pro+ flagmanini Geekbench 6 testidan o‘tkazdi. Smartfon Geekbench tarixida birinchi marta bir yadroli (single-core) rejimda 4000 balldan yuqori natija ko‘rsatgan ilk Android qurilma bo‘ldi! Ko‘p yadroli (multi-core) testda esa ko‘rsatkich 12 000 balldan oshib ketdi.

🥇 Nubia chip arxitekturasidan eng yuqori unumdorlik bera oladigan, maxsus saralab olingan Snapdragon 8 Elite Gen 5 chiplarini o‘rnatgan.
⚙️ Bu quvvat uzoq vaqt pasayib ketmasligi (throttling) uchun smartfonga yangilangan faol ventilyator, ulkan bug‘lanish kamerasi va suyuqlik yordamida sovutish tizimi o‘rnatilgan.
📝 Qurilmaga "Redcore R4" o‘yin chipi va "CUBE Sky" drayveri o‘rnatilgan. Bu texnologiya evaziga smartfon 200 dan ortiq o‘yinlarda tasvir sifatini sun'iy oshirgan holda 2K va 144 FPS tezlikda daxshatli silliqlik bilan natija koʻrsata oladi.
Kompaniya ushbu o‘yin monstrini va yangi geymerlar planshetini shu kunlarda rasman sotuvga chiqaradi.
Narxlar maʼlum emas, buyurtma berish boʻyicha savollarni @ahzabmarketadmin ga yozsangiz boʻladi

iQOO 15T va OnePlus Ace 7 dan keyin Red Magic ham o‘z "karta" sini ochdi. Xo‘sh, gaming smartfonlar taxtiga bu yil qaysi chiqadi deb o‘ylaysiz?

#redmagic #nubia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1