TechCore
36 subscribers
154 photos
5 videos
8 links
Smartfonlar va gadjetlar olamidagi eng so‘nggi texno-yangiliklar.

Eng birinchi faktlar, real tahlillar va jonli muhokama faqat bizda!

Reklama va hamkorlik: @UZBEK_ALP
Download Telegram
📷 Yilning eng yaxshi va eng yomon Ultra-kamerofonlari aniqlandi!
Mashhur TechNick YouTube kanali 4 ta eng yangi flagmanlarni (Galaxy S26 Ultra, Xiaomi 17 Ultra, OPPO Find X9 Ultra va vivo X300 Ultra) o‘zaro solishtirdi.

Natijalar quyidagicha:
🥇: ViVO X300 Ultra (Eng yaxshisi). Detalizatsiya, tabiiy ranglar va daho darajasidagi periskop kamera. Faqat tunda video olishi biroz zaif.

2-o‘rin: OPPO Find X9 Ultra. Eng yaxshi selfi va ekstremal zoom. Kamchiligi — keng burchakli (0.6x) kamerasi kuchsiz.

3-o‘rin: Xiaomi 17 Ultra. Asosiy kamerasi va tungi syomkasi daho darajasida, lekin rasvo selfi va shirik kamera (0.6x) tufayli pastga tushgan.

4-o‘rin: Galaxy S26 Ultra. Yilning eng katta umidsizligi. Video stabilizatsiyasi va mikrofoni zo‘r, lekin kamerasi ma’nan eskirgan: detallar yetishmaydi, ranglar yo o‘ta sun’iy, yo zerikarli.

Batafsil YouTube videoda: havola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Redmi Note 17 va Note 17 Pro taqdimotiga 2 kun qolganda hamma sirlari ochildi!

Insayder Experience More yangi modellarning texnik xususiyatlarini sizdirib yubordi. Ushbu seriyada asosiy urg‘u batareyalarga berilgan.

Redmi Note 17:
Snapdragon 4 Gen 4 chipi, ulkan 7 dyuymli ekran, 8000 mAh batareya (45W zaryadka) va IP65 himoyasi.

Redmi Note 17 Pro: Snapdragon 6s Gen 4 protsessori, 1.5K ekran (3500 nit yorqinlik), 9000 mAh batareya (67W zaryadka) va IP69K maksimal himoyasi.

Umumiy jihatlar: Ikkalasida ham Sony kamerasi, ekrandagi optik skaner va plastik ramka
Kafolat: Pro versiyaga 5 yillik batareya kafolati beriladi — agar 5 yilda batareya sig‘imi 80% dan tushib ketsa, Xiaomi tekinga 10 000 mAh batareya qo‘yib beradi.

Taqdimot va Narx: 14-iyul kuni chiqadi. Xiaomi narxlar oshishiga "ruhiy tomondan tayyor turishni" so‘ragan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Samsung xarajatlarni kamaytirish uchun Galaxy S27 seriyasida o‘zgarish qiladi.

Sun’iy intellekt (AI) rivojlanishi ortidan xotira chiplari (DRAM, HBM, NAND) narxi keskin oshib ketdi. Smartfonlar tannarxi qimmatlashgani sababli, Samsung MX daromadni saqlab qolish uchun kutilmagan qadam tashlamoqchi.

Nima o‘zgaradi?
Samsung ko‘p yillardan beri flagmanlarida o‘zining (System LSI bo‘linmasi) displey drayver chiplaridan (DDI) foydalanardi. Endi esa arzonroq uchinchi tomon yetkazib beruvchilariga o‘tadi.

Modellar bo‘yicha taqsimot: Oddiy Galaxy S27 va S27+ modellariga begona kompaniyalarning displey chiplari qo‘yiladi. Qimmatroq S27 Pro va S27 Ultra modellarida esa ekran sifati pasaymasligi uchun Samsung ning o‘z drayverlari qoladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🆕 "Bukilgan joyi umuman bilinmaydigan ilk Fold" deya katta shov-shuv bilan reklama qilingan OPPO Find N6 smartfonida jiddiy muammo aniqlandi. Smartfon bor-yo‘g‘i 200 marta ochib-yopilganidan keyin, uning asosiy (ichki) ekranining qoq markazida bukilish izi yaqqol ko‘rina boshlagan.

200 marta ochib-yopish — smartfondan oddiy foydalanish rejimida bor-yo‘g‘i 2-3 kunlik muddat deganidir. Kompaniyaning dabdabali va’dalari amalda o‘zini oqlamadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Motorola Edge 70 Max flagmanining barcha sirlari ochildi!

Motorola o‘zining yangi flagmani taqdimot sanasini (15-iyul, Hindiston) e’lon qildi va asosiy xarakteristikalarini rasman tasdiqladi.

⚙️Protsessor va Quvvat:
Eng so‘nggi Snapdragon 8 Gen 5 chipi (AnTuTu’da 3 milliondan ko‘p ball) va 12 GB tezkor xotira. Qizishdan saqlash uchun 5500 mm² li sovitish tizimi bor.

🛜 Ekran:
2K (QHD+) o‘lchamli LTPO panel, 144 Gts chastota va rekord darajadagi 7000 nit yorqinlik! Gorilla Glass 7i oynasi bilan himoyalangan.

🔋 Batareya va Zaryadka:
7100 mAch sig‘imli ulkan akkumulyator, 90W simli va seriyadagi ilk 25W simsiz magnitli zaryadka (Apple MagSafe o‘xshashi).

Korpus va Kamera:
Alyumin rom, shisha orqa panel va 50 MP li Sony kamerasi. Narxi hozircha sir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kvant kompyuterlarida inqilob: Shveytsariyada "mexanik xotira" li chip yaratildi!

ETH Zurich olimlari ma’lumotlarni elektromagnit maydonlarda emas, balki mikroskopik mexanik tebranishlar (vibratsiya) ko‘rinishida saqlaydigan mutlaqo yangi kvant protsessorini ishlab chiqishdi.

Asosiy g‘oya: Oddiy kompyuterlardagi kabi protsessor va operativ xotira (RAM) ajratildi. O‘ta o‘tkazuvchan kubit hisob-kitob qiladi, mexanik rezonatorlar esa xotira vazifasini bajaradi

Afzalliklari: Bu mexanik tebranishlar kvant qonunlariga (superpozitsiya va chigallik) bo‘ysunadi. Tizim kam joy egallaydi, kvant holatlarini uzoqroq saqlaydi va kelajakda minglab kubitli yirik tizimlarni qurishni osonlashtiradi.

Natija: Olimlar 7.5 mm li chipda kvant amallarini (shu jumladan, Fure kvant almashtirishini) muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi.
1👍1🔥1
🆕 Oppo ning 50W li magnitli simsiz zaryadlagichi global bozorga chiqdi!

Oppo Find N6 bilan birga taqdim etilgan AIRVOOC 50W Magnetic Charger 2 endi dunyo bozorida sotila boshladi.

Oppo va OnePlus smartfonlarini 50W tezlikda quvvatlaydi (Find N6 ni 34 minutda 50% gacha to‘ldiradi).

Qi2.2 standarti: Yangi standart tufayli u xuddi Apple MagSafe kabi universal — boshqa brend telefonlarini ham 25W tezlikda zaryadlay oladi.

Ichiga maxsus ventilyator o‘rnatilgan. Uning 3 xil rejimi bor: aktiv sovitish, shunchaki xolodilnik (sovitish) rejimi va kechasi uchun sokin rejim.

Narxi: Mamlakatga qarab farq qiladi: Malayziyada ~$75, Yaponiyada ~$80, Yevropada esa 80 dan 130 yevrogacha.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
📱 One UI 9.0 va Android 17 bilan Samsung smartfonlariga keladigan asosiy yangiliklar!

One UI 9.0 eksklyuzivlari:
Good Lock moduli orqali ekran boʻylab bir necha barmoq bilan bajariladigan maxsus harakatlar (masalan, ovoz boshqarish yoki ekranda kichik oyna ochish) qoʻshiladi.

Samsung Browser AI: Brauzerga "Ask AI" funksiyasi kirib keladi — u sahifadagi matnlarni tahlil qilib, tezkor savol-javob oʻtkazish imkonini beradi.

Android 17 tizimli funksiyalari (Barcha smartfonlar uchun):
Endi faqat telegram yoki messenjerlar emas, balki istalgan ilovani ekranda suzib yuruvchi "pufakcha" koʻrinishida ochish mumkin.

Ilovalarga butun telefon kontaktlari emas, faqat siz tanlagan maʼlum kontaktlarni koʻrishga ruxsat berish funksiyasi qoʻshiladi

Dasturchilar endi ekran burilishini majburlab toʻliq bloklay olmaydi — bu buklama va planshet kabi turli oʻlchamdagi ekranlarda ishlashni ancha qulay qiladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
Xitoyda 1000 yil xizmat qiladigan yadroviy batareya yaratildi!

Xitoylik olimlar uglerod-14 radioaktiv izotopi va kremniy karbidli yarimo‘tkazgichga asoslangan "Qianjiyuan Tianshu" deb nomlangan yangi radioizotop batareyani taqdim etishdi.

Beta-parchalanish energiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tokiga aylanadi. Isitish yoki issiqlik elementlari shart emas, shuning uchun gadjet o‘ta ixcham.

2024-yilgi avvalgi modelga nisbatan quvvat 2,6 barobar oshgan, hajmi esa 17% ga kichraygan (atigi 16,8 sm³). Quvvati 1,13 mikrovatt, kuchlanishi 2,06 voltni tashkil etadi.
Xizmat muddati: Uglerod-14 ning yarim yemirilish davri 5730 yil. Batareya nazariy jihatdan ming yillab ishlashi mumkin, biroq amalda uning umri yarimo‘tkazgichning chidamliligiga qarab (taxminan 1000 yil) cheklanadi.

Qayerda ishlatiladi: Kosmik apparatlar, olis datchiklar va tibbiy implantlar (kardiostimulyatorlar) kabi zaryadini almashtirish imkonsiz bo‘lgan joylarda.
1👍1🔥1
Red Magic Gaming Tablet 5 Pro: Ertadan savdoga chiqadigan o‘yin plansheti!

Gadjet o‘yinbop funksiyalarga to‘lib-toshgan:
Korpusining orqa qismi yarim shaffof bo‘lib, ostida maxsus ICE Magic Cooling suvli sovitish tizimi ko‘rinib turadi.

Eng so‘nggi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi va o‘yinlar uchun maxsus Red Core R4 yordamchi chipi o‘rnatilgan

Batareya: 8300 mAch batareya (80W zaryadlagich). Korpusda 2 ta USB-C porti bor va tokni batareyani chetlab o‘tib to‘g‘ridan-to‘g‘ri plataga berish funksiyasi mavjud (bu o‘ynayotganda qizishni keskin kamaytiradi)

Qoʻshimcha: Steam o‘yinlarini ishlatish uchun maxsus emulyator, o‘yin ichida yordam beradigan AI taktik murabbiy va DeepSeek neyrotarmog‘iga asoslangan aqlli ovozli yordamchi bor.

Narxi: 4999 yuandan (taxminan 690 dollar) boshlanadi.
1👍1🔥1
🏮 Xiaomi 17 seriyasi Android 17 bazasidagi HyperOS 3 yangilanishini olishni boshladi!

Xiaomi kompaniyasi oʻzining eng soʻnggi flagmanlari uchun Android 17 ga asoslangan oraliq HyperOS 3.3 yangilanishini tarqatishga kirishdi:
Xiaomi 17 va Xiaomi 17 Ultra smartfonlarining global va yevropa versiyalari ommaviy relizni qabul qilmoqda. Bu test varianti emas, barchaga keladigan rasmiy proshivka.

Vizual jihatdan deyarli hech qanday oʻzgarish yoʻq, yangilanish shunchaki telefonni yangi Android 17 tizim bazasiga oʻtkazadi.

Hajmi taxminan 9.5 GB boʻlib, u 2026-yil iyun oyi xavfsizlik patchini oʻz ichiga olgan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Rasman: OnePlus Yevropa va AQSh bozorini butunlay tark etmoqda!

Oppo kompaniyasi gʻarb bozoridan chiqib ketishini shu hafta oxirigacha, ya’ni 19-iyulgacha rasman e’lon qiladi.
Iyul oyi boshidan boshlab AQSh doʻkonlaridan eng soʻnggi OnePlus 15 seriyasidagi flagmanlar sotuvdan butunlay olib tashlangan.
OnePlus yangi smartfon va gadjetlarini Yevropa hamda AQShda boshqa sotmaydi. Do‘konlardagi qoldiqlari sotib bo‘lingach, yangi partiyalar olib kelinmaydi.
Sotib olingan smartfonlar o‘z hayotiy sikli tugagunicha rasmiy yangilanishlar va texnik yordamni olishda davom etadi.

So‘nggi yillarda OnePlus o‘z mustaqilligini yo‘qotib, shunchaki Oppo modellarining nusxasiga aylanib qolgan edi. Endi asosiy urg‘u faqat Oppo brendiga qaratiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏮 Xiaomi kutilmaganda Redmi Note 16 ni oʻtkazib yuborib, Note 17 seriyasini taqdim etdi!

Kecha, 14-iyul kuni Xitoyda yangi flagmanlar bilan nomni bir xillashtirish uchun Note 16 seriyasiz, srazi Redmi Note 17 turkumi sotuvga chiqdi. Asosiy e’tibor — katta batareyalarga qaratilgan:

Redmi Note 17: 7 dyuymli 120 Gts OLED ekran, 8000 mAch batareya (45W zaryadka, 22.5W reverse), Snapdragon 4 Gen 4 chipi va 50 MP kamera. Boshlangʻich narxi: $180 (CNY 1 299).

Redmi Note 17 Pro: 6.83 dyuymli 1.5K OLED tekis ekran (3500 nits), 9000 mAch batareya (67W zaryadka) va IP69K himoyasi. Xiaomi agar 5 yil ichida batareya sigʻimi 80% dan tushib ketsa, uni tekinga almashtirib berishni va’da qilmoqda! Boshlangʻich narxi: $225 (CNY 1 599).

Redmi Note 17 Pro Max (Insayd): Yil oxiriga kutilayotgan model. 10 000 mAch+ batareya, 100W tezkor zaryadka va Dimensity 7500 chipi boʻlishi aytilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Huawei global bozorda yangiliklarini taqdim etdi!

Kecha, 14-iyul kuni Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan global taqdimot tafsilotlari:
Huawei Pura 90s Pro va Pro Max:
Pro Max modeliga 200 MP periskop/tele-obektiv, 50 MP asosiy (f/1.4-4.0) va 40 MP ultra-keng burchakli kameralar hamda 2-avlod XMAGE optikasi o‘rnatilgan. Offline ishlaydigan yangi AI Composition 3.0 sizga kamerani qanday to‘g‘ri ushlashni o‘rgatadi.

Pro 6.58 dyuymli, Pro Max esa 6.87 dyuymli porlashga qarshi (anti-glare) LTPO OLED ekranlar bilan chiqdi.

Ikkala model ham Kirin 9030S chipida ishlaydi. Batareya 6000 mAh. Pro Max da 100W, Pro versiyada esa 66W simli zaryadka bor. Korpus to‘liq IP69 suv o‘tkazmaslik standartiga ega.
Narxi: Pura 90s Pro €899 dan, Pro Max esa €1149 dan boshlanadi.

MatePad Air plansheti:
O‘ta ingichka (5.3 mm) va yengil (509 g) korpus. 12 dyuymli PaperMatte (qog‘ozsimon, ko‘zni toliqtirmaydigan) OLED ekranga ega. Kirin T93C protsessori, 10 100 mAh batareya va stilus qo‘llab-quvvatlashi bor. Narxi klaviatura bilan birga €849 dan boshlanadi.

FreeClip 2S quloqchinlari:
Klipsali dizayndagi quloqchinlar yangi dumaloq keysga ega bo‘ldi. Korpus IP57 himoyali, og‘irligi — 5.1 gramm. Narxi: €229.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1