TechCore
37 subscribers
156 photos
5 videos
8 links
Smartfonlar va gadjetlar olamidagi eng so‘nggi texno-yangiliklar.

Eng birinchi faktlar, real tahlillar va jonli muhokama faqat bizda!

Reklama va hamkorlik: @UZBEK_ALP
Download Telegram
Motorola kompaniyasi 4-iyun kuni o‘zining flagmani — Motorola Edge 70 Pro+ modelini taqdim etadi:

🎨 Smartfon uch xil rangda chiqadi va har birining orqa paneli turlicha vayb beradi:
Qizil ranglisi: ushlab ko‘rganda mayin satin matosini eslatadi.
Jigarranglisi: xuddi tabiiy yog‘ochdek tuyuladi.
Moviy ranglisi: haqiqiy jinsi matosi uslubida qilingan.
📷 Orqa panelda 50 MP lik periskopik sensor joylashgan, 50x AI-zoom. Asosiy kamera, ultra-keng burchakli kamera va old selfi kamera ham 50 MP aniqlikda!
🔋 Yupqa va premial korpus ichiga 6500 mAh batareya joylangan. U 90W tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Sizningcha, orqa paneli yog‘och yoki jinsidan qilingan bunaqa noodatiy dizaynli flagmanlar O‘zbekiston bozorida ommalashib keta olardimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
📱 May oyida texnobozorda biroz kam bo‘lsa-da smartfonlar sotuvga chiqishga ulgurdi:

🇯🇵 1. Sony bozorda yomon sotilayotgan telefonini deyarli o‘zgartirmasdan Sony Xperia 1 VIII ni 1400 yevro narxda qayta chiqardi.
Oʻzgarish: Ichiga Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori va zum kamerasi 12 MP dan 48 MP ga ko‘tarildi.
Fishkasi: Ekrani Bravia televizorlari, audiosi Walkman pleyerlari texnologiyasiga asoslangan. Lekin uning rasmiy saytidagi AI rasmlarni oʻta xunuk "yaxshilab" bergani uchun hozir butun internet Sony ustidan kulmoqda.
🇨🇳 2.Vivo o‘zining flagmani VIVO X300 Ultrani ~1300$ narxda taqdim etdi.
📸Asosiy kamera 200 MP (Gimbal OIS bilan) va qo‘shimcha 200 MP periskop kamera o‘rnatilgan! Optika to‘liq Zeiss tizimida.
🤩 Snapdragon 8 Elite Gen 5, super silliq 144Hz AMOLED ekran va 6600 mAh Si-C batareya (100W zaryad). Reklamasiz OriginOS 6 tizimida.
📱 3. HUAWEI o‘zining kuchli va o‘ta mustahkam ekranli yangi Fold modeli HUAWEI Mate X7 ni chiqardi.
Korpusi ochiq holatda atigi 4.5 mm, yopiqligida 9.5 mm. Ekranlari ikkinchi avlod Kunlun shishasi bilan himoyalangan, urilishlarga o‘ta chidamli va IP59 suvdan himoyasi bor.
😎 Kirin 9030 Pro 6 nm chipi, 5600 mAh batareya va o‘zgaruvchan diafragmali (F1.49-F4.0) top XMAGE kameralar tizimi.
📐 4. Katta ekran ishqibozlari uchun HUAWEI 1HUAWEI Pura X Max ni taqdim etdi.
Telefon ochilganda kvadrat format emas, balki 7.7 dyuymli (4:3 nisbatga yaqin) haqiqiy to‘liq planshetga aylanadi. Video ko‘rish va ko‘p oynada ishlash uchun qulay. Kameralari esa mashhur Pura 90 Pro flagmani bilan bir xil darajada.
😎 5. Galaxy A57 ning eng asosiy va kuchli raqibi bo‘la oladigan hamyonbop model HONOR 600 (~450$).
O‘rta sinf uchun 7000 mAh batareya, 80W simli va 27W teskari zaryadlash (boshqa telefonlarni quvvatlaydi).
😄 Yangi Snapdragon 7 Gen 4 chipi (AnTuTu 1.4 mln ball), 200 MP kamera, 8000 nitlik pik yorqinlikka ega ekran va IP69 himoyasi. Hatto AI yordamida rasmlarni videoga aylantirib bera oladi.

Sizningcha, bu beshlik ichida 200 MP periskopga ega vivo X300 Ultra qirolmi yoki 7000 mAh batareyali hamyonbop Honor 600 mi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 HUAWEI kompaniyasi xalqaro ISCAS 2026 simpoziumida yangi avlod Kirin 9050 (muhandislik nomi Kirin 2026) chipini e’lon qildi. Chip Xitoyning SMIC zavodida tayyorlangan bo‘lsa-da, TSMC ning 3-nm flagmanlari bilan bemalol bellasha oladi:

📝 HUAWEI o‘ta qimmat EUV apparatlari taqiqida qolgani sababli, mikrosxemalarni gorizontal emas, balki 3D IC tizimida ustma-ust taxlash uslubini o‘ylab topdi. Natijada kristal ichidagi tranzistorlar zichligi 53.5% ga oshib, har bir kvadrat millimetrga 238 million tranzistor to‘g‘ri keldi. Bu TSMC’ning ilk 3-nm chiplari darajasidir.
🚀 Analitiklarning ta’kidlashicha, ushbu arxitektura inqilobi evaziga Kirin 9050 o‘zining sof quvvati bo‘yicha iPhone 16 seriyasidagi Apple A18 chipidan o‘zib ketdi va eng top 3-nm yechimlarga maksimal darajada yaqinlashdi.
🧠 Kirin chiplari tarixida ilk bor yadrolar chastotasi 3.0 GHz dan yuqorilab, 3.1 - 3.4 GHz gacha ko‘tarildi. CPU strukturasi 1+3+4 sxemasida qilingan. Shunga qaramay, energiya tejamkorligi oldingi avlodga qaraganda sezilarli 41% ga yaxshilangan.
📆 Ushbu chip 2026-yilning sentyabr oyida, yangi flagman HUAWEI Mate 90 seriyasi bilan birgalikda rasman sotuvga chiqadi.

Sizningcha, HUAWEI kompaniyasi g‘arb sanksiyalarini butkul aylanib o‘tib, smartfon protsessorlari bozorida Apple va Qualcomm’ni taxtdan ag‘dara oladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nufuzli CNET nashri bozordagi 33 ta eng mashhur smartfonni simli va simsiz zaryadlash bo‘yicha laboratoriya testidan o‘tkazdi. Yakuniy o‘rtacha natijalarga ko‘ra, iPhone 17 Pro umumiy reytingda 1-o‘rinni egallabdi. Manba

🔬 Ekspertlar har bir smartfonni ikki xil rejimda qiynashdi: 30 daqiqa simli zaryadlash (10% dan boshlab) va 30 daqiqa simsiz zaryadlash (Qi2 / Qi2.2 standartida). Keyin ikkala natijaning o‘rtacha qiymati hisoblandi.
🥇 Nega aynan iPhone 17 Pro?
Bu yerda asosiy hiyla batareya hajmida. iPhone 17 Pro atigi 4252 mAh li ixcham batareyaga ega. Hajm kichik bo‘lgani uchun u foiz hisobida tezroq to‘ladi. Smartfon 40W simli va yangi Qi2.2 standarti orqali 25W simsiz zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi.
🔌 Simli zaryadlash bo‘yicha TOP-5 (30 daqiqada):
🏆 Samsung Galaxy S26 Ultra — 76% (60W quvvatlagich bilan Apple'ni ortda qoldirib, simli quvvatlashda yetakchi bo‘ldi).
🍏 iPhone 17 Pro / Moto G Stylus 2025 — 74%
📱 OnePlus 15 — 72%
iPhone 17 / 17 Pro Max / Galaxy S25 FE — 69%
💋 Simsiz zaryadlash bo‘yicha TOP-5 (30 daqiqada):
🏆 iPhone 17 Pro — 55%
iPhone 17 Pro Max — 53%
iPhone 17 — 49%
iPhone Air — 47%
Samsung Galaxy S26 Ultra — 39%
📊 Apple o‘zining barcha iPhone 17 va iPhone Air modellari bilan yuqori darajada stabil natija ko‘rsatib, o‘rtacha 54.6% ball oldi. Taqqoslash uchun, testdan o‘tgan 9 ta Samsung smartfonining o‘rtacha ko‘rsatkichi atigi 38.5% ni tashkil etdi.
💡 Ekspertlarning ta'kidlashicha, foiz hisobida Apple yutgan bo‘lsa-da, haqiqiy texnologik choʻqqini OnePlus 15 ko‘rsatgan. U o‘zining 7300 mAh li kremniy-uglerodli batareyasini 80W zaryad yordamida bor-yo‘g‘i 30 daqiqada naqd 72% ga to‘ldira olgan! Apple va Samsung esa hali ham bu texnologiyaga o‘tmasdan, eski litiy-ion batareyalardan foydalanmoqda.

Sizningcha, batareyasi kichikligi hisobiga foizda tez zaryadlangan iPhone 17 Pro'ni chindan ham "eng tezkor" deb hisoblasa bo‘ladimi yoki 7300 mAh ni tez to‘ldirgan OnePlus 15 haqiqiy gʻolibmi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Taniqli tahlilchi Mark Gurman bergan insaydga ko‘ra, Apple kompaniyasi mavjud MacBook Pro modellariga tegmagan holda MacBook Ultra ustida ishlamoqda.

🔃 Yangi MacBook Ultra hozirgi Pro modellaridan ancha yupqa va yengil bo‘ladi. Eng asosiy "fishka" si unda Apple noutbuklari tarixida ilk bor sensorli ekran qo‘llaniladi.
⚠️ Korpusni o‘ta yupqa qilish uchun Apple noutbukdagi portlar sonini kamaytirishga va uning ichiga og‘ir yuklamalarga chidashi uchun nisbatan kamroq qizıydigan (lekin unchalik kuchli bo‘lmagan) protsessor o‘rnatishga majbur bo‘ladi.
🛑 Kompaniya 2016-yilda yangilangan MacBook Pro’ga o‘ta nozik "kapalak" klaviaturasini qo‘yib, hamma kerakli portlarni olib tashlagan va nafratga uchragan edi. Professional foydalanuvchilar talabi bilan bu xatolarni to‘g‘rilashga naqd 5 yil ketdi.
🎯 MacBook Ultra liniyasining alohida ochilishi Apple’ga noutbuklar dizayni bilan dars ketgandek tajribalar o‘tkazishga yo‘l ochadi. Og‘ir dasturlar, render va portlar bilan ishlaydigan professionallar esa tinchgina o‘zlarining klassik MacBook Pro modellarini sotib olishda davom etaverishadi. Foydalanuvchilar noroziligi boʻlmaydi.

Sizningcha, noutbukda sensor ekran rostdan ham kerakli funksiyami yoki Apple shunchaki iPad sotuvlarini himoya qilish uchun uni noutbuklarga qo‘shmay kelayotgan edimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Xiaomi navbatdagi hamyonbop Redmi Note 17 seriyasi ustida ish boshlaganini, GSMA IMEI bazasidagi rasmiy ro‘yxatdan o‘tish tasdiqladi. Eng qizig‘i, "Note 16" nomini tashlab o‘tib, darrov Note 17 nomidan foydalanmoqda.
Insayderlar sizdirgan xarakteristikalarni ko‘rib chiqamiz:
📺 Seriyaning katta versiyalari 7 dyuymli ulkan displey bilan jihozlanishi aytilmoqda.
🔋 Korpus ichiga naqd 10 000 mAh quvvatli batareya joylanadi va u 100W tezkor zaryadlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
📷 Uning asosiy kamerasi (marketing hiylasi) 200 megapikselli aniqlikda bo‘ladi.
🌐 Qurilmaning global va Lotin Amerikasi uchun mo‘ljallangan versiyalari bazada ko‘ringan. Odatda yil yakunida chiqadigan Note seriyasi bu yil kutilganidan ancha erta taqdim etilishi mumkin.
Xiaomi ushbu seriya orqali hamyonbop smartfonlar segmentida batareya va ekran bo‘yicha yangi standart o‘rnatmoqchi.

Sizningcha, hamyonbop telefonda 10 000 mAh batareya va 7 dyuymli ekran bo‘lishi bozorda tengsiz qiladimi yoki u haddan tashqari og‘ir va noqulay "g‘isht"ga aylanib qoladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎 Honor bugun Xitoy bozorida o‘zining navbatdagi plansheti — Honor Pad 20 modelini rasman sotuvga chiqardi. Smartfon narxi bor-yo‘g‘i 315 dollardan boshlanadi.

📺 Planshet 12.1 dyuymli, 3K (3000x1872) aniqlikdagi, 120Hz va 700 nit yorqinlikka ega IPS displey bilan jihozlangan. Shuningdek, uning maxsus Soft Light Edition versiyasi ham bor — u xuddi haqiqiy qog‘oz teksturasini beradi va ko‘zni charchatmaydigan matoviy qoplamaga ega.
🍏 Tizim nafaqat Android va HarmonyOS, iOS bilan ham to‘liq gibrid holatda ishlaydi. Siz unga muammosiz AirPods’ni ulashingiz, iPhone’dan fayllarni yuqori tezlikda tashlashingiz va Apple qurilmalaridagi fayllarni kross-platformada tahrirlashingiz mumkin.
😎 Ichiga Snapdragon 7 Gen 3 chipi o‘rnatilgan. Android 16 (MagicOS 10). O‘qituvchi va talabalar uchun maxsus AI funksiyalar qo‘shilgan - ma’ruzalarni avtomatik matnga aylantiradi, konspektlarni tartiblaydi va imtihonga tayyorlovchi aqlli assistent vazifasini bajaradi.
🔋 Korpus ichiga 10,100 mAh batareya joylangan, 66W tezkor zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi (qutidan 45W lik adapter chiqadi). Kinoteatr effektini berish uchun 6 ta stereo dinamik o‘rnatilgan. Shuningdek, u Magic-Pencil 4s stilusi bilan ham ishlaydi.
💵 Narxlar (Xitoyda):
Standart (6/128 GB) — 315$
Soft-Light (Qog‘oz ekran, 12/256 GB gacha) — 375$ dan 510$ gacha.

Sizningcha, 315 dollarga 3K ekran, 10 100 mAh batareya va hatto Apple ekotizimini qo‘llab-quvvatlaydigan bu planshet sotib olishga arziydimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰 Nufuzli "Light: Science and Applications" ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot texnologiya olamida mutloq inqilob qildi. Olimlar lazer nurlari yordamida lahzalarda (sekundning milliondan bir milliard ulushida) zaryad oladigan birinchi ishchi kvant batareyasi prototipini muvaffaqiyatli yaratishdi:
⚡️ Kimyoviy batareyalardan farqli o‘laroq, kvant fizikasida molekulalarning kollektiv effekti ishlaydi. Hajm qanchalik ulkan bo‘lsa, energiya tortish kuchi million marta tezlashadi. Lazer yordamida quvvatlash tijoriy bosqichga chiqqanda, ulkan batareyalar bor-yo‘g‘i 1 daqiqada to‘ladi. Yetakchi olim, doktor Jeyms Kuachning ta’kidlashicha, ushbu quvvat qurilmalarni yillar davomida tinimsiz ishlatishga yetadi.

📱 Bu smartfonlar kelajagini qanday o‘zgartiradi?
Telefonlarda Type-C porti ham, simsiz zaryadlash stansiyalari ham yoʻqoladi. Energiyani shahar bo‘ylab o‘rnatilgan maxsus lazer uzatkichlari masofadan turib havoning o‘zidan smartfoningizga "otib" beradi.
🔌 Smartfonni sotib olayotganda do‘konda 1 daqiqa zaryadlab olasiz va keyingi 3-5 yil ichida umuman rozetka qidirmaysiz. Batareya foizi degan tushuncha ma’nosini yo‘qotadi.
💎 Hozirgi telefonlarning ichki korpusini deyarli 40-50% qismini ulkan batareyalar egallab turibdi. Kvant batareyalari o‘ta ixcham bo‘lgani uchun, bo‘shagan joyga qoʻshimcha chiplar, katta sovutish tizimlari va koʻproq yangi datchiklarni joylashtirish imkoni tug‘iladi. Telefonlar qalinligi qog‘ozdek yupqa holatga kelishi mumkin.
Oksford universiteti 2025-yilda kvant kompyuterlari o‘rtasida lahzali ma’lumot uzatishni uddalagan edi, bu batareya esa insoniyatni simlardan butkul ozod qiluvchi ikkinchi ulkan qadam bo‘ldi.

Sizningcha, smartfonni bir marta zaryadlab, yillar davomida ishlatish hayotimizni qanchalik o‘zgartirib yuboradi? Bu texnologiyaga ishonasizmi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ Smartfonlar o‘rtasida simsiz maʼlumot almashish tizimida qulaylik paydo bo‘ldi. Hozirda ishlab chiqilish bosqichida bo‘lgan Bada ilovasi Apple dan tashqari barcha yirik brendlarni bitta ekotizimga birlashtirmoqda.

🌏 Smartfoningiz Samsung, Oppo, Vivo, Xiaomi, Honor yoki hatto HarmonyOS tizimidagi Huawei bo‘lishidan qat’i nazar, Bada orqali barchasiga birdek tez fayl uzatish mumkin.
⚡️ Ilova o‘zida tizimli Quick Share funksiyasi bo‘lmagan Android va HarmonyOS qurilmalariga xuddi Samsung’ning tezkor fayl almashish texnologiyasidek yuqori imkoniyatni vaqtincha taqdim eta oladi.
📲 Taniqli insayder Ice Universe ushbu tizimni Samsung Galaxy S26 Ultra va Huawei Pura 90 Pro Max (ZhuoyiTong orqali Bada
o‘rnatilgan) o‘rtasida testdan o‘tkazdi va jarayon muvaffaqiyatli yakunlandi. Fayl uzatish juda oddiy:
Galereyadan rasm yoki videoni tanlaysiz;
Xuddi Samsung ning o‘zida ulashgandek "Bada" tugmasini bosasiz;
Ikkinchi telefonda "Tasdiqlash" tugmasini bossangiz, fayl darrov
qabul qilinadi.
Ushbu ilova yordamida ekotizimlararo toʻsiqlar yana bir bor kamaymoqda va endi boshqa brendga fayl tashlash ancha osonlashadi.

Sizningcha, uchinchi tomon dasturi bo‘lgan Bada ilovasi vaqt o‘tishi bilan xavfsizlik va tezlik borasida Google va Samsung’ning rasmiy Quick Share tizimidek mukammal ishlay oladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗓 29-may kunining eng muhim va saralangan texno-yangiliklari bilan tanishamiz:
📱 Samsung o‘zining One UI 8.5 yangilanishi doirasida Camera Assistant ilovasi endi yana 19 ta yangi Galaxy qurilmasini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.
Bu ro‘yxatga Galaxy A va M seriyasidagi o‘rta segment modellari, shuningdek, Galaxy Tab S8, Tab S9, Tab S10 flagman planshetlari va ularning Fire Emblem versiyalari kiritilgan.
Ilova yordamida foydalanuvchilar ob’ektivlarning avtomatik almashishini o‘chirish, tasvir yumshoqligini sozlash, zoom yorliqlarini qo‘shish va fokus aniqligini ustun qo‘yish kabi professional funksiyalardan foydalana olishadi.
Shuningdek, unda avtomatik HDR, taymer suratlari soni, video silliqligi va HDR10+ yozishni boshqarish imkoniyati bor.
📱 Apple dasturchilar uchun iOS 26.6 va iPadOS 26.6 ning birinchi beta-versiyalarini rasman chiqardi.
Ushbu yangilanish WWDC 2026 konferensiyasida taqdim etiladigan iOS 27 oldidan yakuniy tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tizimda yangi global funksiyalar yo‘q, u asosan xatoliklarni tuzatish va barqarorlikni oshirishga qaratilgan. Apple bir vaqtning o‘zida macOS, watchOS, tvOS va visionOS beta-versiyalarini ham sinxron ravishda yangiladi.
🔣 Logitech’dan uzoq vaqt ishlaydiganlar uchun Signature Comfort Plus liniyasi: M850 L sichqonchasi va MK880 klaviaturalarini taqdim etdi.
Sichqonchaning o‘ziga xosligi — unda kaftni charchatmaydigan maxsus amortizatorli podstavka bor, biroq u faqat o‘ng qo‘lda ishlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.
Mahsulotlar plastik qismlarining 49% dan 77% gacha bo‘lgan miqdori qayta ishlangan plastikdan tayyorlangan. Klaviatura AAA batareyalari bilan naqd 3 yilgacha ishlaydi va bir vaqtning o‘zida 3 ta qurilmaga ulanadi. Liniya iyun oyidan boshlab 39.99$ dan 109.99$ gacha bo‘lgan narxlarda sotuvga chiqadi.

Sizga ishonchli va tezkor kargo xizmati kerakmi - @realexpress_uz xizmatingizga muntazir, Xitoydan smartfonlar ham buyurtma berishingiz mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎 Honor kompaniyasi flagmanlar bozorida oʻzini koʻrsatish uchun navbatdagi Honor Win 2 seriyasi ustida tajribalarni boshladi. Insayderlar bu versiyaning barcha xususiyatlarini sizdirishdi:

📱 Smartfon 6.89 dyuymli, 2K aniqlikdagi tekis LTPS-panel bilan, ekran yangilanish chastotasi 185 Hz ga yetadi! Tizim silliqligi bo‘yicha u barcha raqobatchilarni ortda qoldirishi mumkin.
🧠 Smartfonga kuchli va energiya tejamkor 2-nanometrli Snapdragon 8 Elite Gen 6 chipi o‘rnatiladi. Protsessor og‘ir o‘yinlarda qizib ketmasligi uchun korpus ichiga maxsus o‘rnatilgan kuler joylashtiriladi.
🔋 Uning korpusiga sig‘imi kamida 10 000 mAh bo‘lgan batareya joylanadi. Zaryad muammosi butkul unutiladi.
📊 Honor jami uchta versiyani sinovdan o‘tkazyapti:
🏆 Win 2 Pro / Pro Max: Snapdragon 8 Elite Gen 6, 2K 185Hz ekran va faol kuler.
⚙️ Win 2 (Bazaviy): Bir pog‘ona pastroq Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi bilan chiqadi.
📉 Win 2 (Kichik versiya): Standart Snapdragon 8 Elite chipi va 1.5K ekran bilan jihozlanadi.
Taqdimot sanasi hozircha nomaʼlum.

Sizningcha, Win seriyasidan sezilarli oʻzgarish boʻladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🍎 Apple kompaniyasi iPhone ni himoya g‘iloflari va aksessuarlariz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv ostida professional suratga oladigan qurilmaga aylantirish ustida ishlamoqda. Kompaniyaning yangi patenti aynan shu texnologiyaga bag‘ishlangan:
🌊 Odatda suv ostida rasmga olish uchun maxsus gidrog‘iloflar yoki linza himoyachilari kerak bo‘ladi. Apple ta’kidlashicha, bunday katta va noqulay aksessuarlar suv keltirib chiqaradigan tasvir buzilishini to‘g‘rilash o‘rniga, ba’zida o‘zlari yangi vizual nuqsonlarni hosil qiladi.
💎 Apple taklif qilayotgan yechim ancha nafis va ixcham. Kelajakdagi iPhone’larda har bir kamera ob’ektivi uchun alohida suv o‘tkazmaydigan qismlar qilinmaydi. Buning o‘rniga, barcha kameralar ustini yopib turuvchi va linza vazifasini bajaruvchi yagona tekis optik qatlam joylashtiriladi.
😍 Patent mualliflaridan biri Benjamin Bakner avvalroq Apple bilan linzalar keltirib chiqaradigan "fish-eye" (tasvirning chetlari qayrilib qolishi) nuqsonini tuzatish ustida ishlagan. Bu tajriba suv ostida yorug‘lik sinishi oqibatida suratlar buzilib ketmasligini ta’minlashda qo‘llanadi.
Ushbu tizim iPhone korpusining o‘ziga to‘liq integratsiya qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, kelajakda foydalanuvchilar hech qanday qo‘shimcha gadjetsiz dengiz va basseyn ostida tiniq kadrlar olishi mumkin bo‘ladi.

Sizningcha, iPhone’ning o‘zini to‘g‘ridan-to‘g‘ri dengiz suviga mutloq himoya bilan tushirish imkoniyati paydo bo‘lsa, bu aksessuarlar bozorini bankrot qila oladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎮 Red Magic kompaniyasi geymerlar uchun mo‘ljallangan o‘zining navbatdagi flagmani — Red Magic 11S Pro modelining global versiyasini rasman e’lon qildi. Smartfon dizayndagi noodatiy yechimlari va kuchli xarakteristikalari bilan ajralib turadi:

💻 Smartfonda hech qanday kesiklar yo‘q — 16 MP li old kamera 6.85 dyuymli (1.5K, 144Hz, BOE X10 OLED) displey ostiga yashirilgan. Korpusning orqa tomonida ham kameralar mutloq tekis joylashgan bo‘lib, sirtdan bo‘rtib chiqib turmaydi.
🧠 Qurilmaga 4.74 GHz gacha tezlashadigan Snapdragon 8 Elite Gen 5 Leading Version chipi o‘rnatilgan. Android 16 (Red Magic OS 11.5) bazasida ishlaydi va unga Google Gemini’ning Circle to Search hamda real vaqtda tarjima qilish kabi aqlli funksiyalari integratsiya qilingan.
📷 Orqa panelda OIS ega 50 MP asosiy kamera va 50 MP ultrakeng burchakli linza javob beradi.
✈️ Smartfon ichiga 24 000 aylanish/daqiqa tezlikda ishlaydigan ichki ventilyator va ftorlangan suyuqlik aylanadigan "AquaCore" tizimi o‘rnatilgan. Ushbu sovutish sirkulyatsiyasini korpusning shaffof qismidan ko‘rib turish mumkin. Korpus IPX8 suvdan himoya tizimiga ega.
🔋 7500 mAh li ulkan batareya, 80W simli va simsiz zaryadlash va teskari quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
💵 Smartfon "Nightfreeze" va "Subzero" ranglarida chiqariladi:
12 / 256 GB (Faqat Nightfreeze rangi) — 849$ / €799
16 / 512 GB (Ikkala rangda ham bor) — 949$ / €899
Rasmiy oldindan buyurtmalar 2026-yil 9-iyundan, ochiq sotuvlar esa 10-iyundan boshlanadi.

📦 Kanaldagi gadjetlarni qayerdan olamiz?
Xitoy bozoridagi eng so‘nggi smartfon, planshet va gadjetlarni hamyonbop narxlarda, ishonchli va tezkor yetkazib berishga
@realexpress_uz kargo xizmati yordam beradi. Xitoydan smartfonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma bering va uyingizda qabul qiling!


Sizningcha, geyming smartfoniga Google Gemini’ning Circle to Search kabi kundalik AI funksiyalari qo‘shilgani to‘g‘ri qarormi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🧠 Dunyodagi eng yirik yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchisi TSMC kompaniyasi yarimo‘tkazgichlar sanoatida yangi davr boshlanganini e’lon qildi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, AI tizimlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi keskin o‘sib borayotgani sababli, kelajakdagi chiplarni loyihalashda asosiy cheklovchi omil hisoblash quvvati emas, aynan energiya tejamkorligi bo‘ladi:

📉 Sanoat yetakchilari energetik jihatdan og‘ir bo‘lgan AI vazifalarida unumdorlikni oshirish uchun tranzistorlar sonini oshirish endi yetarli emasligini tan olishmoqda. Chiplar nafaqat tez ishlashi, balki minimal quvvat sarlashi shart bo‘lib qoldi.
🌐 TSMC kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Kevin Chjanning Amsterdamdagi konferensiyada ma’lum qilishicha, smartfon ishlab chiqaruvchilardan tortib AI ma’lumotlar markazlari operatorlarigacha bo‘lgan barcha mijozlar elektr energiyasining narxi oshishi va taqchilligi muammosiga duch kelishmoqda.
📱 Kevin Chjanning so‘zlariga ko‘ra, hozirda barcha sohalarda mijozlar eng katta e’tiborni aynan energiya tejamkorligiga qaratishmoqda.
Ushbu yangi yondashuv yaqin yillarda protsessorlar bozoridagi poyga faqat gigagerslar yoki yadro soni ortidan quvish emas, balki batareya quvvatini maksimal darajada tejaydigan eng aqlli arxitekturalarni yaratishga qaratilishini anglatadi.

📦 Kanaldagi gadjetlarni qayerdan olamiz?
Xitoy bozoridagi eng so‘nggi smartfon, planshet va gadjetlarni hamyonbop narxlarda, ishonchli va tezkor yetkazib berishga
@realexpress_uz kargo xizmati yordam beradi. Xitoydan smartfonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma bering va uyingizda qabul qiling!


Sizningcha, protsessor ishlab chiqaruvchilarning bor e’tiborini quvvat tejamkorligiga qaratishi smartfonlarning avtonomlik vaqtini sezilarli darajada oshira oladimi yoki sun’iy intellekt baribir hamma energiyani yeb bitiradimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇺 Mustaqil Linux tizimida ishlaydigan yangi Jolla Phone (Sep-II 2026) taqdim etildi
Evropaning Jolla kompaniyasi marketing hiylalaridan charchagan va shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligini birinchi o‘ringa qo‘yadiganlar uchun noodatiy smartfon loyihasini e’lon qildi. Ushbu qurilma xususiyatlari foydalanuvchilarning o‘zlari ovoz berish orqali tanlangan:

🛡 Tizimda hech qanday yashirin tahlillar, kuzatuvlar yoki ma’lumotlarni serverga yuborish funksiyalari yo‘q. Korpusda maxsus jismoniy tugma (Privacy Switch) bor bo‘lib, u orqali mikrofon, Bluetooth, Android ilovalari yoki o‘zingiz istagan funksiyani mexanik ravishda butkul o‘chirib qo‘yish mumkin.
🐧 Smartfon muqobil Sailfish OS 5 Linux operatsion tizimida ishlaydi. Shu bilan birga, Jolla AppSupport texnologiyasi yordamida unda odatiy Android ilovalarini ham muammosiz ishlatish imkoniyati mavjud.
🛠 Zamonaviy trendlarga zid ravishda, qurilmaning 5450 mAh li batareyasini va orqa qopqog‘ini foydalanuvchi hech qanday usta yordamisiz, o‘zi osongina almashtira oladi. Skandinavcha uslubda ishlangan orqa qopqoqlar 3 xil rangda (Snow White, Kaamos Black, The Orange) taklif etiladi.
🤩 Mediatek Dimensity 7100 5G platformasi.
📱 6.36 dyuymli, FullHD AMOLED, Gorilla Glass himoya oynasi.
😀 Standart 8/128 GB (2 TB gacha microSD qo‘llaydi) hamda sotib olish jarayonida 12/256 GB talqiniga (upgrade) imkoniyati bor.
📸 Sony sensorlariga asoslangan 50 MP asosiy + 13 MP ultrakeng burchakli kamera, old tomonda 32 MP selfie kamera.
Yig‘ilish joyi: Finlandiya.
💵 Smartfon umumiy hisobda bor-yo‘g‘i 2000 dona cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi. To‘liq narxi 649€ bo‘lib, hozir 99€ oldindan to‘lov evaziga buyurtma berish mumkin. Qurilmalarni yetkazib berish 2026-yil sentabr oyi oxiriga mo‘ljallangan. Tizim rasman Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shvetsariya bozorlarida sotiladi.

📦 Kanaldagi gadjetlarni qayerdan olamiz?
Xitoy bozoridagi eng so‘nggi smartfon, planshet va gadjetlarni hamyonbop narxlarda, ishonchli va tezkor yetkazib berishga
@realexpress_uz kargo xizmati yordam beradi. Xitoydan smartfonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma bering va uyingizda qabul qiling!


Sizningcha, Google va Apple ekotizimlaridan butkul mustaqil bo‘lgan, foydalanuvchi nazoratidagi bunday Linux smartfonlari kundalik hayotda odatiy telefonlar o‘rnini bosa oladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Xiaomi kompaniyasi arzon smartfonlar bozorida o‘zining navbatdagi hamyonbop Redmi Note 17R modelini Xitoyning MIIT sertifikatlashtirish bazasiga kiritdi.

🧠 Smartfon Qualcomm dan yangi avlod Snapdragon 4 Gen 4 chipi bilan jihozlanadi. "Ushbu protsessor boshlang‘ich segment qurilmalari uchun yuqori energiya tejamkorlik, barqaror harorat nazorati, yaxshilangan o‘yin jarayoni va optimallashtirilgan AI (sun’iy intellekt) imkoniyatlarini taqdim etadi." Marketingni yorvorishibdi 😄
🔋 Smartfonning ichiga sig‘imi 7000 mAh batareya o‘rnatilgan. "Bu ko‘rsatkich Redmi Note 17R modelini hozirgi kundagi 5G smartfonlar orasida quvvati eng uzoqqa yetadigan qurilmalardan biriga aylantiradi." 😨
📺 Kundalik foydalanishda silliq ishlashni ta’minlovchi yuqori yangilanish chastotasiga ega LCD displey.
📸 50 MP aaniqlikdagi orqa kamera, 8 MP li selfie
🌍 Smartfon Xitoy va Hindiston bozorlari uchun alohida model raqamlari ostida sertifikatdan o‘tgan. Xalqaro bozorda Xiaomi ushbu qurilmani nomlash tizimini soddalashtirish uchun Redmi 17 5G nomi ostida chiqarishi kutilmoqda. Smartfonning Hindiston bozoridagi taxminiy narxi 20 000 rupiy (taxminan 240$ atrofida) bo‘lishi aytilmoqda.

📦 Kanaldagi gadjetlarni qayerdan olamiz?
Xitoy bozoridagi eng so‘nggi smartfon, planshet va gadjetlarni hamyonbop narxlarda, ishonchli va tezkor yetkazib berishga
@realexpress_uz kargo xizmati yordam beradi. Xitoydan smartfonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyurtma bering va uyingizda qabul qiling!


Sizningcha, bu modelni sotib olgan ma’qulmi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM