TechCore
37 subscribers
157 photos
5 videos
8 links
Smartfonlar va gadjetlar olamidagi eng so‘nggi texno-yangiliklar.

Eng birinchi faktlar, real tahlillar va jonli muhokama faqat bizda!

Reklama va hamkorlik: @UZBEK_ALP
Download Telegram
😎Honor kompaniyasi 29-may kuni o‘zining yangi — Honor Win Turbo smartfonini rasman taqdim etadi. Taniqli insayder Digital Chat Station modelning barcha yashirin xarakteristikalarini sizdirib yubordi:

🔋 10 080 mAh batareya bilan telefon bemalol 3-4 kunlik faol foydalanishga yetadi. Shuningdek, u 80W tezkor zaryadlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
😜 Cooler (ventilyator) yo‘q. Buning o‘rniga bugʻli yoki suyuq sovutish tizimi o‘rnatilishi mumkin, u batareyani va protsessorni qizitmaydi.
📸 Orqa panelda noodatiy gorizontal matritsali 50 MP lik asosiy kamera joylashgan bo‘lib, u optik stabilizatsiya (OIS) tizimiga ega. Ya’ni videolar silliq va sifatli chiqadi.
📱 Old tomonda 1.5K aniqlikdagi LTPS tekis ekran joylashgan. Korpus mustahkamligi uchun smartfonga metal ramka o‘rnatilgan.
🤩 Dimensity 8500 Elite protsessori bilan. Yuqori versiyasida 16 GB RAM va 512 GB xotira taklif etiladi.
💵 Hozircha aniq narxi e’lon qilinmadi, lekin insayderlar u hamyonbop Power 2 liniyasining kloni bo‘lishini, narxi ham arzon chiqishini aytishmoqda.

Sizningcha, xitoyliklar batareya hajmini 10 000 mAh dan oshirib, powerbankka hojat qoldirishmaydimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
😎 Janubiy Koreya giganti Samsung Display yaqindagina o‘tgan ko‘rgazmada smartfonlar kelajagini butkul o‘zgartiradigan ikkita yangi ekran texnologiyasini namoyish qildi: YouTube video

🩸 Bu 6.8 dyuymli ekran nafaqat tasvir ko‘rsatadi, balki ichiga o‘rnatilgan maxsus datchiklar (organik fotodiodlar) yordamida qon bosimi va pulsni o‘lchay oladi. Buning uchun shunchaki barmoqni ekranga tekkizish kifoya — ortiqcha aqlli soatlar kerak boʻlmaydi. Hayratlanarli tomoni , muhandislar bu datchiklarni ekran piksellari bilan bir qatlamga joylab, 500 PPI zichlikka erisha olishgan.
👁‍🗨 Davleniya o‘lchayotganingizda yoki shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rayotganingizda, ekran avtomatik ravishda yon tomondan qaraganlarga ko‘rinmaydigan "anti-shpion" rejimga o‘tadi.
👁 Ikkinchi ekran ranglar olamida inqilob boʻladi. U quyosh ostida 3000 nit yorqinlikka chiqadi va eng yuqori BT.2020 rang formatini 96% gacha qamrab oladi. Bu hozirgi smartfonlar ichida eng aniq, boy va kuchli rang uzatish deganidir.
Bu texnologiyalar hozircha tayyor konsept variantda ko‘rsatildi. Yaqin yillardagi yangi flagmanlarda (balki Galaxy S27 yoki S28 seriyalarida) ushbu ekranlarni ko‘rishimiz mumkin.

Sizningcha, ekranga barmoq tekkizib davleniya o‘lchash funksiyasi smartfonlarda rostdan ham keraklimi yoki bu shunchaki marketingmi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎 Honor bugun Xitoyda Honor 600 Pro ni sotuvga chiqardi. Xitoy versiyasi Yevropa va Global variantidan ancha kuchliroq bo‘ladi.

🔋 Global versiyada batareya 7000 mAh edi, xitoy versiyada unga naqd 8000 mAh batareya joylashdi. Smartfon 80W simli va 50W tezkor simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
📸 Orqa panelda uchta kamera bor: Asosiy kamera - 200 MP (OIS) bilan, 50 MP periskop va 12 MP ultra-keng burchakli.
Selfi kamera — 50 MP!
📱 6.57 dyuymli, 120Hz chastotali AMOLED ekran o‘rnatilgan. ShIM (miltillash) chastotasi 3840 Hz ga teng. Qorong‘uda kino ko‘rsangiz ko‘zingiz charchamaydi.
⚙️ Tizim Yevropadagidek Snapdragon emas, balki yangi va energiya tejamkor Dimensity 8550 Elite protsessorida ishlaydi. Korpus IP68/IP69K standarti bilan suvdan va issiq bosimli oqimdan to‘liq himoyalangan. Shuningdek, eng oxirgi Wi-Fi 7 va Bluetooth 6.0 chiplari bor.
💵 Narxlar: 12 GB / 256 GB — 500$
12 GB / 512 GB — 560$
16 GB / 512 GB — 615$
(Eslatma: Birinchi xaridorlardan keyin narxlar 75$ ga qimmatlashadi).
Kompaniya tez orada bundan ham arzonroq va batareyasi kattaroq Honor 600 Super Edition modelini ham chiqarishni va’da qildi.

Sizningcha, 500 dollarga shuncha narsa berayotgan bu flagman Xiaomi va Samsung'ni smartfonlarini o‘yindan chiqarib yuboradimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱📱 Samsung kompaniyasi 2026-yilda buklanadigan smartfonlar bozorida inqilob qilmoqchi. Yangi sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya o‘ta yupqa va kengaytirilgan Galaxy Z Fold 8 Wide modelini taqdim etadi.
Asosiy fishkalari:
💻 Fold 8 ning "Wide" versiyasi kaltaroq va eniga kengroq bo‘ladi (Huawei Pura X Max kabi). Ichki ekran xuddi iPad'lar kabi 4:3 nisbatga keladi. Bu internetda kezish, hujjatlar va multimedia uchun mutloq qulaylik deganidir.
✂️ Ekran maydoni kattalashganiga qaramay, Samsung muhandislari korpusni yaxshigina yupqa qilishgan. Telefon taxlangan holatda atigi 9.8 mm qalinlikda. Taqqoslash uchun, uning asosiy raqibi Huawei Pura X Max 11.2 mm qalinlikda.
⚖️ Standart Galaxy Z Fold 8 modeli o‘zidan oldingi Fold 7 (215 g) gа qaraganda yengillashib, atigi ~210 gramm vaznga kelgan. "Wide" versiyasi esa oʻta yupqaligi evaziga shu ulkan ekranda ham o‘ta yengil bo‘lishi aytilmoqda.
🤩 Smartfon so‘nggi avlod Snapdragon flagman protsessori va to‘liq yangilangan Galaxy AI sun’iy intellekt ekotizimi bilan ishlaydi.
Samsung bu model orqali buklanadigan telefonlarning katta kamchiligi — og‘irlik va qalinlik muammosiga butkul nuqta qo‘ymoqchi.

Sizningcha, eniga keng va yupqa formatdagi Fold 8 Wide oddiy uzunchoq Fold'lardan ko‘ra ommalashib keta oladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Motorola kompaniyasi 4-iyun kuni o‘zining flagmani — Motorola Edge 70 Pro+ modelini taqdim etadi:

🎨 Smartfon uch xil rangda chiqadi va har birining orqa paneli turlicha vayb beradi:
Qizil ranglisi: ushlab ko‘rganda mayin satin matosini eslatadi.
Jigarranglisi: xuddi tabiiy yog‘ochdek tuyuladi.
Moviy ranglisi: haqiqiy jinsi matosi uslubida qilingan.
📷 Orqa panelda 50 MP lik periskopik sensor joylashgan, 50x AI-zoom. Asosiy kamera, ultra-keng burchakli kamera va old selfi kamera ham 50 MP aniqlikda!
🔋 Yupqa va premial korpus ichiga 6500 mAh batareya joylangan. U 90W tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Sizningcha, orqa paneli yog‘och yoki jinsidan qilingan bunaqa noodatiy dizaynli flagmanlar O‘zbekiston bozorida ommalashib keta olardimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
📱 May oyida texnobozorda biroz kam bo‘lsa-da smartfonlar sotuvga chiqishga ulgurdi:

🇯🇵 1. Sony bozorda yomon sotilayotgan telefonini deyarli o‘zgartirmasdan Sony Xperia 1 VIII ni 1400 yevro narxda qayta chiqardi.
Oʻzgarish: Ichiga Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori va zum kamerasi 12 MP dan 48 MP ga ko‘tarildi.
Fishkasi: Ekrani Bravia televizorlari, audiosi Walkman pleyerlari texnologiyasiga asoslangan. Lekin uning rasmiy saytidagi AI rasmlarni oʻta xunuk "yaxshilab" bergani uchun hozir butun internet Sony ustidan kulmoqda.
🇨🇳 2.Vivo o‘zining flagmani VIVO X300 Ultrani ~1300$ narxda taqdim etdi.
📸Asosiy kamera 200 MP (Gimbal OIS bilan) va qo‘shimcha 200 MP periskop kamera o‘rnatilgan! Optika to‘liq Zeiss tizimida.
🤩 Snapdragon 8 Elite Gen 5, super silliq 144Hz AMOLED ekran va 6600 mAh Si-C batareya (100W zaryad). Reklamasiz OriginOS 6 tizimida.
📱 3. HUAWEI o‘zining kuchli va o‘ta mustahkam ekranli yangi Fold modeli HUAWEI Mate X7 ni chiqardi.
Korpusi ochiq holatda atigi 4.5 mm, yopiqligida 9.5 mm. Ekranlari ikkinchi avlod Kunlun shishasi bilan himoyalangan, urilishlarga o‘ta chidamli va IP59 suvdan himoyasi bor.
😎 Kirin 9030 Pro 6 nm chipi, 5600 mAh batareya va o‘zgaruvchan diafragmali (F1.49-F4.0) top XMAGE kameralar tizimi.
📐 4. Katta ekran ishqibozlari uchun HUAWEI 1HUAWEI Pura X Max ni taqdim etdi.
Telefon ochilganda kvadrat format emas, balki 7.7 dyuymli (4:3 nisbatga yaqin) haqiqiy to‘liq planshetga aylanadi. Video ko‘rish va ko‘p oynada ishlash uchun qulay. Kameralari esa mashhur Pura 90 Pro flagmani bilan bir xil darajada.
😎 5. Galaxy A57 ning eng asosiy va kuchli raqibi bo‘la oladigan hamyonbop model HONOR 600 (~450$).
O‘rta sinf uchun 7000 mAh batareya, 80W simli va 27W teskari zaryadlash (boshqa telefonlarni quvvatlaydi).
😄 Yangi Snapdragon 7 Gen 4 chipi (AnTuTu 1.4 mln ball), 200 MP kamera, 8000 nitlik pik yorqinlikka ega ekran va IP69 himoyasi. Hatto AI yordamida rasmlarni videoga aylantirib bera oladi.

Sizningcha, bu beshlik ichida 200 MP periskopga ega vivo X300 Ultra qirolmi yoki 7000 mAh batareyali hamyonbop Honor 600 mi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 HUAWEI kompaniyasi xalqaro ISCAS 2026 simpoziumida yangi avlod Kirin 9050 (muhandislik nomi Kirin 2026) chipini e’lon qildi. Chip Xitoyning SMIC zavodida tayyorlangan bo‘lsa-da, TSMC ning 3-nm flagmanlari bilan bemalol bellasha oladi:

📝 HUAWEI o‘ta qimmat EUV apparatlari taqiqida qolgani sababli, mikrosxemalarni gorizontal emas, balki 3D IC tizimida ustma-ust taxlash uslubini o‘ylab topdi. Natijada kristal ichidagi tranzistorlar zichligi 53.5% ga oshib, har bir kvadrat millimetrga 238 million tranzistor to‘g‘ri keldi. Bu TSMC’ning ilk 3-nm chiplari darajasidir.
🚀 Analitiklarning ta’kidlashicha, ushbu arxitektura inqilobi evaziga Kirin 9050 o‘zining sof quvvati bo‘yicha iPhone 16 seriyasidagi Apple A18 chipidan o‘zib ketdi va eng top 3-nm yechimlarga maksimal darajada yaqinlashdi.
🧠 Kirin chiplari tarixida ilk bor yadrolar chastotasi 3.0 GHz dan yuqorilab, 3.1 - 3.4 GHz gacha ko‘tarildi. CPU strukturasi 1+3+4 sxemasida qilingan. Shunga qaramay, energiya tejamkorligi oldingi avlodga qaraganda sezilarli 41% ga yaxshilangan.
📆 Ushbu chip 2026-yilning sentyabr oyida, yangi flagman HUAWEI Mate 90 seriyasi bilan birgalikda rasman sotuvga chiqadi.

Sizningcha, HUAWEI kompaniyasi g‘arb sanksiyalarini butkul aylanib o‘tib, smartfon protsessorlari bozorida Apple va Qualcomm’ni taxtdan ag‘dara oladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Nufuzli CNET nashri bozordagi 33 ta eng mashhur smartfonni simli va simsiz zaryadlash bo‘yicha laboratoriya testidan o‘tkazdi. Yakuniy o‘rtacha natijalarga ko‘ra, iPhone 17 Pro umumiy reytingda 1-o‘rinni egallabdi. Manba

🔬 Ekspertlar har bir smartfonni ikki xil rejimda qiynashdi: 30 daqiqa simli zaryadlash (10% dan boshlab) va 30 daqiqa simsiz zaryadlash (Qi2 / Qi2.2 standartida). Keyin ikkala natijaning o‘rtacha qiymati hisoblandi.
🥇 Nega aynan iPhone 17 Pro?
Bu yerda asosiy hiyla batareya hajmida. iPhone 17 Pro atigi 4252 mAh li ixcham batareyaga ega. Hajm kichik bo‘lgani uchun u foiz hisobida tezroq to‘ladi. Smartfon 40W simli va yangi Qi2.2 standarti orqali 25W simsiz zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi.
🔌 Simli zaryadlash bo‘yicha TOP-5 (30 daqiqada):
🏆 Samsung Galaxy S26 Ultra — 76% (60W quvvatlagich bilan Apple'ni ortda qoldirib, simli quvvatlashda yetakchi bo‘ldi).
🍏 iPhone 17 Pro / Moto G Stylus 2025 — 74%
📱 OnePlus 15 — 72%
iPhone 17 / 17 Pro Max / Galaxy S25 FE — 69%
💋 Simsiz zaryadlash bo‘yicha TOP-5 (30 daqiqada):
🏆 iPhone 17 Pro — 55%
iPhone 17 Pro Max — 53%
iPhone 17 — 49%
iPhone Air — 47%
Samsung Galaxy S26 Ultra — 39%
📊 Apple o‘zining barcha iPhone 17 va iPhone Air modellari bilan yuqori darajada stabil natija ko‘rsatib, o‘rtacha 54.6% ball oldi. Taqqoslash uchun, testdan o‘tgan 9 ta Samsung smartfonining o‘rtacha ko‘rsatkichi atigi 38.5% ni tashkil etdi.
💡 Ekspertlarning ta'kidlashicha, foiz hisobida Apple yutgan bo‘lsa-da, haqiqiy texnologik choʻqqini OnePlus 15 ko‘rsatgan. U o‘zining 7300 mAh li kremniy-uglerodli batareyasini 80W zaryad yordamida bor-yo‘g‘i 30 daqiqada naqd 72% ga to‘ldira olgan! Apple va Samsung esa hali ham bu texnologiyaga o‘tmasdan, eski litiy-ion batareyalardan foydalanmoqda.

Sizningcha, batareyasi kichikligi hisobiga foizda tez zaryadlangan iPhone 17 Pro'ni chindan ham "eng tezkor" deb hisoblasa bo‘ladimi yoki 7300 mAh ni tez to‘ldirgan OnePlus 15 haqiqiy gʻolibmi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍏 Taniqli tahlilchi Mark Gurman bergan insaydga ko‘ra, Apple kompaniyasi mavjud MacBook Pro modellariga tegmagan holda MacBook Ultra ustida ishlamoqda.

🔃 Yangi MacBook Ultra hozirgi Pro modellaridan ancha yupqa va yengil bo‘ladi. Eng asosiy "fishka" si unda Apple noutbuklari tarixida ilk bor sensorli ekran qo‘llaniladi.
⚠️ Korpusni o‘ta yupqa qilish uchun Apple noutbukdagi portlar sonini kamaytirishga va uning ichiga og‘ir yuklamalarga chidashi uchun nisbatan kamroq qizıydigan (lekin unchalik kuchli bo‘lmagan) protsessor o‘rnatishga majbur bo‘ladi.
🛑 Kompaniya 2016-yilda yangilangan MacBook Pro’ga o‘ta nozik "kapalak" klaviaturasini qo‘yib, hamma kerakli portlarni olib tashlagan va nafratga uchragan edi. Professional foydalanuvchilar talabi bilan bu xatolarni to‘g‘rilashga naqd 5 yil ketdi.
🎯 MacBook Ultra liniyasining alohida ochilishi Apple’ga noutbuklar dizayni bilan dars ketgandek tajribalar o‘tkazishga yo‘l ochadi. Og‘ir dasturlar, render va portlar bilan ishlaydigan professionallar esa tinchgina o‘zlarining klassik MacBook Pro modellarini sotib olishda davom etaverishadi. Foydalanuvchilar noroziligi boʻlmaydi.

Sizningcha, noutbukda sensor ekran rostdan ham kerakli funksiyami yoki Apple shunchaki iPad sotuvlarini himoya qilish uchun uni noutbuklarga qo‘shmay kelayotgan edimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Xiaomi navbatdagi hamyonbop Redmi Note 17 seriyasi ustida ish boshlaganini, GSMA IMEI bazasidagi rasmiy ro‘yxatdan o‘tish tasdiqladi. Eng qizig‘i, "Note 16" nomini tashlab o‘tib, darrov Note 17 nomidan foydalanmoqda.
Insayderlar sizdirgan xarakteristikalarni ko‘rib chiqamiz:
📺 Seriyaning katta versiyalari 7 dyuymli ulkan displey bilan jihozlanishi aytilmoqda.
🔋 Korpus ichiga naqd 10 000 mAh quvvatli batareya joylanadi va u 100W tezkor zaryadlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
📷 Uning asosiy kamerasi (marketing hiylasi) 200 megapikselli aniqlikda bo‘ladi.
🌐 Qurilmaning global va Lotin Amerikasi uchun mo‘ljallangan versiyalari bazada ko‘ringan. Odatda yil yakunida chiqadigan Note seriyasi bu yil kutilganidan ancha erta taqdim etilishi mumkin.
Xiaomi ushbu seriya orqali hamyonbop smartfonlar segmentida batareya va ekran bo‘yicha yangi standart o‘rnatmoqchi.

Sizningcha, hamyonbop telefonda 10 000 mAh batareya va 7 dyuymli ekran bo‘lishi bozorda tengsiz qiladimi yoki u haddan tashqari og‘ir va noqulay "g‘isht"ga aylanib qoladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎 Honor bugun Xitoy bozorida o‘zining navbatdagi plansheti — Honor Pad 20 modelini rasman sotuvga chiqardi. Smartfon narxi bor-yo‘g‘i 315 dollardan boshlanadi.

📺 Planshet 12.1 dyuymli, 3K (3000x1872) aniqlikdagi, 120Hz va 700 nit yorqinlikka ega IPS displey bilan jihozlangan. Shuningdek, uning maxsus Soft Light Edition versiyasi ham bor — u xuddi haqiqiy qog‘oz teksturasini beradi va ko‘zni charchatmaydigan matoviy qoplamaga ega.
🍏 Tizim nafaqat Android va HarmonyOS, iOS bilan ham to‘liq gibrid holatda ishlaydi. Siz unga muammosiz AirPods’ni ulashingiz, iPhone’dan fayllarni yuqori tezlikda tashlashingiz va Apple qurilmalaridagi fayllarni kross-platformada tahrirlashingiz mumkin.
😎 Ichiga Snapdragon 7 Gen 3 chipi o‘rnatilgan. Android 16 (MagicOS 10). O‘qituvchi va talabalar uchun maxsus AI funksiyalar qo‘shilgan - ma’ruzalarni avtomatik matnga aylantiradi, konspektlarni tartiblaydi va imtihonga tayyorlovchi aqlli assistent vazifasini bajaradi.
🔋 Korpus ichiga 10,100 mAh batareya joylangan, 66W tezkor zaryadni qo‘llab-quvvatlaydi (qutidan 45W lik adapter chiqadi). Kinoteatr effektini berish uchun 6 ta stereo dinamik o‘rnatilgan. Shuningdek, u Magic-Pencil 4s stilusi bilan ham ishlaydi.
💵 Narxlar (Xitoyda):
Standart (6/128 GB) — 315$
Soft-Light (Qog‘oz ekran, 12/256 GB gacha) — 375$ dan 510$ gacha.

Sizningcha, 315 dollarga 3K ekran, 10 100 mAh batareya va hatto Apple ekotizimini qo‘llab-quvvatlaydigan bu planshet sotib olishga arziydimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰 Nufuzli "Light: Science and Applications" ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqot texnologiya olamida mutloq inqilob qildi. Olimlar lazer nurlari yordamida lahzalarda (sekundning milliondan bir milliard ulushida) zaryad oladigan birinchi ishchi kvant batareyasi prototipini muvaffaqiyatli yaratishdi:
⚡️ Kimyoviy batareyalardan farqli o‘laroq, kvant fizikasida molekulalarning kollektiv effekti ishlaydi. Hajm qanchalik ulkan bo‘lsa, energiya tortish kuchi million marta tezlashadi. Lazer yordamida quvvatlash tijoriy bosqichga chiqqanda, ulkan batareyalar bor-yo‘g‘i 1 daqiqada to‘ladi. Yetakchi olim, doktor Jeyms Kuachning ta’kidlashicha, ushbu quvvat qurilmalarni yillar davomida tinimsiz ishlatishga yetadi.

📱 Bu smartfonlar kelajagini qanday o‘zgartiradi?
Telefonlarda Type-C porti ham, simsiz zaryadlash stansiyalari ham yoʻqoladi. Energiyani shahar bo‘ylab o‘rnatilgan maxsus lazer uzatkichlari masofadan turib havoning o‘zidan smartfoningizga "otib" beradi.
🔌 Smartfonni sotib olayotganda do‘konda 1 daqiqa zaryadlab olasiz va keyingi 3-5 yil ichida umuman rozetka qidirmaysiz. Batareya foizi degan tushuncha ma’nosini yo‘qotadi.
💎 Hozirgi telefonlarning ichki korpusini deyarli 40-50% qismini ulkan batareyalar egallab turibdi. Kvant batareyalari o‘ta ixcham bo‘lgani uchun, bo‘shagan joyga qoʻshimcha chiplar, katta sovutish tizimlari va koʻproq yangi datchiklarni joylashtirish imkoni tug‘iladi. Telefonlar qalinligi qog‘ozdek yupqa holatga kelishi mumkin.
Oksford universiteti 2025-yilda kvant kompyuterlari o‘rtasida lahzali ma’lumot uzatishni uddalagan edi, bu batareya esa insoniyatni simlardan butkul ozod qiluvchi ikkinchi ulkan qadam bo‘ldi.

Sizningcha, smartfonni bir marta zaryadlab, yillar davomida ishlatish hayotimizni qanchalik o‘zgartirib yuboradi? Bu texnologiyaga ishonasizmi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM