TechCore
37 subscribers
157 photos
5 videos
8 links
Smartfonlar va gadjetlar olamidagi eng so‘nggi texno-yangiliklar.

Eng birinchi faktlar, real tahlillar va jonli muhokama faqat bizda!

Reklama va hamkorlik: @UZBEK_ALP
Download Telegram
📱📱Samsung S27’ning bazaviy modeli uchun Xitoyning yirik BOE kompaniyasi ishlab chiqargan OLED ekranlarini sinovdan o‘tkazishni boshladi deb xabar berdi ZDNet Korea nashri.
Ushbu hamkorlik ortidagi asosiy sabablar va kutilayotgan o‘zgarishlar bilan qisqacha tanishamiz:
💵 BOE Samsung'ning "Samsung Display" bo‘linmasiga qaraganda har bir ekran uchun taxminan 5 dollar arzon narx taklif qilgan. Millionlab nusxada sotiladigan flagmanlar uchun bu juda katta mablag‘ni tejash imkonini beradi.
⚙️ Samsung mutaxassislari BOE ekranlariga ilk bosqichda "yomon emas" bahosini berishgan.
Yaqinda ikki kompaniya o‘rtasidagi patent nizolari hal bo‘lib, BOE litsenziya asosida Samsung’ning ilg‘or OLED texnologiyalaridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan.
📉 Xitoy ichki bozorida smartfonlarga bo‘lgan talab pasaygani sababli BOE arzon narx qo‘ymoqda
⚠️ Agar Samsung ushbu shartnomani tasdiqlasa, bu o‘zining "Samsung Display" bo‘linmasiga va Janubiy Koreyadagi butun butlovchi qismlar yetkazib beruvchilar zanjiriga jiddiy zarba bergan bo‘ladi.
Shu paytgacha Galaxy S smartfonlari faqat Samsung'ning o‘z ekranlari bilan jihozlanar edi (Xitoy ekranlari arzonroq Galaxy A seriyasida ishlatilgan).

Sizningcha, ekran sifati bo‘yicha dunyo qiroli Samsung flagmanlariga Xitoy ekranlarini qo‘yishi to‘g‘rimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
🔎 Google yaqinda Android uchun "Gemini Intelligence" AI paketini taqdim qildi. Lekin muammo shundaki, aksar Android telefonlar buni ko‘tara olmaydi.
Asosiy talablar va "фишка"lar bilan tanishamiz:
💾 Google’ning rasmiy talabiga ko‘ra, smartfonda kamida 12 GB RAM, flagman protsessor va tizim darajasidagi AICore dasturiy ta'minoti bo‘lishi shart.
🤖 Bu shunchaki savol-javob qiladigan chat-bot emas, balki telefonni butunlay avtomatlashtiradigan aqlli yordamchi. U ilovalar ichida mustaqil ishlay oladi: masalan, siz skrinshot tashlasangiz, u o‘zi magazinlardan narsalarni savatchaga yig‘adi, taksi buyurtma qiladi yoki darslarga yozilib qo‘yadi. Siz faqat oxirida to‘lov tugmasini bossangiz bo‘ldi.
👽 Tizimni birinchi bo‘lib Samsung’ning yaqin oylarda chiqadigan yangi Galaxy Z Fold 8 va Galaxy Z Flip 8 buklama telefonlariga yuklangan holatda taqdim etiladi. Google’ning Pixel 10 seriyasi va hozirgi Galaxy S26 modellari esa shu yozda yangilanish orqali ushbu sun'iy intellektga ega bo‘ladi.
⚙️ Google faqat "mexanizm" ga emas, xavfsizlikka ham talab qo‘ydi. Telefonlar kamida 5 marta jiddiy Android yangilanishini (OS update) va 6 yil xavfsizlik yangilanishini kafolatlashi kerak.

Sizningcha, Google’ning sun'iy intellekt uchun kamida 12 GB RAM talab qilishi to‘g‘rimi yoki bu shunchaki odamlarga yangi qimmat telefon sotish uchun hiylami? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱 Xiaomi kompaniyasi o‘zining yangi flagmani — Xiaomi 17 Max modelining batareyasini jonli videoda 📱 iPhone 17 Pro liniyasi bilan sinovdan o‘tkazib, Apple ustidan kulgandek bayonot berdi.
Keling, ushbu smartfon nimalarga qodirligini ko‘rib chiqamiz:
🔋 Smartfon brendning so‘nggi texnologiyasi asosida ishlangan, energiya zichligi yuqori bo‘lgan Xiaomi Jinshajiang akkumulyatori bilan jihozlangan.
⚖️ Rasmiy videoda Xiaomi 17 Max tinimsiz video ko‘rish rejimida naqd 33,3 soat ishlashni uddaladi! Taqqoslash uchun: bitta iPhone 17 Pro Max xuddi shu rejimda 16 soatdan keyin oʻchib qoladi. Ya’ni yangi Xiaomi ikkita iPhone batareyasini birga qo‘shgandan ham ko‘proq chidab beryapti.
📱 Qolgan xarakteristikasi bilan yuqorida postda tanishishingiz mumkin!

Sizningcha, Xiaomi batareya borasida rostdan ham Apple’ni o‘yindan chiqarib yuboradimi yoki bular shunchaki marketing uchun quruq raqamlarmi?
Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💼 AQShning Nuu Mobile kompaniyasi bor-yo‘g‘i 250 dollarlik juda antiqa Nuu B40 5G smartfonini taqdim etdi. Uning asosiy innovatsiyasi - orqa panelida ham ekran borligida!
Keling, ushbu arzon va qiziqarli modelni ko‘rib chiqamiz:
📸 Telefonning old tomonida chetlari qayrilgan 6.7 dyuymli, 120Hz chastotali FHD+ AMOLED displey turibdi. Orqasida esa kamera yoniga 1.6 dyuymli kichkina AMOLED ekrancha o‘rnatilgan. U xabarnomalarni, vaqtni ko‘rsatadi va asosiy kamerada sifatli sefli olish uchun oyna vazifasini bajaradi.
😄 Tizim muammosiz ishlashi uchun MediaTek Dimensity 7025 protsessori, 8 GB RAM va 256 GB ichki xotira joylangan. Telefon qutidan Android 15 tizimida chiqadi.
📸 Orqa panelda 64 MP asosiy va 2 MP makro kamera, old qismida esa 16 MP selfi kamera bor. Orqadagi kichik ekran yordamida bemalol asosiy kamerada ham sifatli selfilar qilsa bo‘ladi.
🔋 Korpus ichiga 5000 mAh akkumulyator qo‘yilgan va u 33W tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Barmoq izi skaneri ham zamonaviy qilib ekran ostiga joylashtirilgan.
💵 AQSh bozorida smartfon 250$ etib belgilangan.

Sizningcha, bor-yo‘g‘i 250 dollarga ikkita AMOLED ekran va qayrilgan dizayn berayotgan bu smartfon bizning bozorda ommalashib keta olarmidi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏳️‍🌈 Google taqdim qilgan Gemini Intelligence tizimi bo‘yicha yana bir qator noxush tafsilotlar ma’lum bo‘ldi:
Yuqorida yozilganidek kamida 12 GB RAM va Gemini Nano V3 talabi sababli, o‘tgan yilgi qimmatbaho Pixel 9 seriyasi ham bu yangi kuchli funksiyalarni ololmaydigan bo‘ldi.
💵 Endi Google ning eng aqlli va yangi funksiyalari uchun har oy Google One / AI obunalariga qo‘shimcha pul to‘lashga to‘g‘ri keladi.
📉 Avvalroq Google ilk Pixel egalariga rasmlarni umrbod tekinga saqlashni va’da qilgandi, yaqindagina Pixel 9 bilan Gemini Live funksiyasini maqtagandi. Endi yangi telefon olganingizda atigi bir necha oy tekin muddat beriladi, undan keyin har oy cho‘ntakdan pul chiqib turadi.
🧠 Oxirgi 10 yilda odamlar yaxshi pul to‘lab kuchli "qurilma" sotib olishga, dasturiy ta'minot esa tekinga yangilinishiga o'rganib qolishgandi. Endi top flagmanga ega bo‘lish yanada qimmatga tushadi — chunki telefon narxidan tashqari doimiy dastur uchun ham soliq to‘laysiz.

Sizningcha, flagman telefon sotib olib, kamiga uning ichidagi funksiyalar uchun ham har oy pullik obuna sotib olish adolatdanmi? Yoki kompaniyalar ochko‘zlikni boshlashdimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📱📱 Taniqli PhoneBuff YouTube kanali maxsus robotlar yordamida oltita avlod flagmanlarini (S26 Ultra dan S21 Ultra gacha ) o‘zaro solishtirib ko‘rdi. Oddiy ijtimoiy tarmoqlardan tortib, og‘ir o‘yinlar, video montaj va AI amallarida sinovdan o‘tkazildi.
Eksperimentdan chiqqan asosiy xulosalar bilan tanishamiz:
😎 Ijtimoiy tarmoqlar, QR-kod skanerlash yoki Word hujjatlarida bular o‘rtasidagi farq atigi 1-2 soniyani tashkil qildi. Hatto 5 yillik Galaxy S21 Ultra ham bu borada hali ham yaxshi ishlayapti.
🎮 Haqiqiy farq og‘ir yuklamalarda bilindi. Murakkab Excel jadvallarida S25 va S26 Ultra modellari 2-3 soniya tezroq ishladi. Og‘ir o‘yinlarning yuklanishida esa eng so‘nggi S26 Ultra eski S21 Ultra dan atigi 3 soniyaga tezroq ekan.
🧠 Tizim ichidagi Gemma 4 AI testi eski protsessorlarning "mazzasini" qochirdi. S26 Ultra vazifani 41 soniyada bajargan, S25 Ultra ham deyarli bir xil, S24 Ultra ulardan 6 soniya kechikdi. Eski S21 Ultra hozirgi flagmandan 31 soniyaga ortda qolib ketdi.
📦 Yangi flagmanlar video montajni eksport qilish va og‘ir arxivlarni ochishda S21 Ultra va S22 Ultra’dan naqd ikki barobar tezroq ishladi.
🔥 Testlar tinimsiz, ketma-ket ishga tushirilganda eski modellar (S23 Ultra va undan pastidagilar) tezda qizib, trottlingga uchradi.
⚖️ Agar sizda Galaxy S24 Ultra yoki S25 Ultra bo‘lsa, S26 Ultra ga o‘tishdan ma’no yo‘q — farq juda kichik. Lekin qo‘lingizda S23 Ultra yoki undan eskiroq modellar bo‘lsa, yangisiga o‘tsangiz, farq ancha katta boʻladi. Eski flagmanlar normal ishlatishda qotmaydi, lekin og‘ir ishda "trottling" boʻlyapti.

Sizningcha, Samsung 5 yil ichida protsessor quvvatini rostdan ham yuqori darajada oshira oldimi yoki eski flagmanlar ham hali bemalol xizmat qiladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Yaqindagina Realme va OnePlus brendlari bitta boshqaruv ostiga birlashgani haqida insaydlar tarqalgan edi. Shu hafta ushbu hamkorlikning ilk smartfoni — Realme 16T rasman chiqdi.
Keling, uning asosiy "fishka"lari bilan tanishamiz:
🔋 Realme'ning va’da berishicha, 8000 mAh batareya 3 kunlik quvvatga yetadi va 7 yil davomida o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. U 45W tezkor zaryad oladi, kamiga Powerbank (15W teskari zaryad) vazifasini ham bajaradi. O‘yin vaqtida tokni to‘g‘ridan-to‘g‘ri plataga beradigan "bypass charging" tizimi ham bor.
📱 Korpus zarbalarga chidamli MIL-STD-810H harbiy sertifikatiga ega. Shuningdek IP69K standarti bilan jihozlangan — nafaqat suvga botishdan, balki issiq suv va yuqori bosimli suvdan ham mutloq himoyalangan.
📸 Orqa panel 50 MP lik Sony IMX852 asosiy kameraga ega. U past yorug‘likda studiya effektini beradigan AI Portrait Glow va tana rangini tabiiy ko‘rsatadigan tizim bilan ishlaydi. Orqasida kamera yonida kichik ko‘zgucha bor, unga qarab orqa kamerada chiroyli selfilar olish mumkin.
📱 Old tomonda 6.8 dyuymli, 144Hz chastotali ekran joylashgan. Smartfon eng so‘nggi Android 16 va realme UI 7.0 qobig‘ida chiqadi. Barmoq izi skaneri yon tomondagi yoqish tugmasiga joylangan.
😄 MediaTek Dimensity 6300 protsessori bilan jihozlangan. Grafikasi oʻrtacha o‘yinlarni maksimal ko‘tarib beradi, ichida ulkan 5300 mm² li sovutish tizimi mavjud. Xotirani microSD karta orqali 2 TB gacha kengaytirish mumkin.
💵 Narxlar: 6/128 GB versiyasi - 295$
8/256 GB top versiyasi - 365$

Sizningcha, 295 dollarga 3 kunga yetadigan batareya va harbiy korpus berayotgan bu model yil hiti bo‘la oladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
📱 OnePlus kompaniyasi o‘zining kuchli flagman plansheti OnePlus Pad 4 modelini rasman sotishni boshladi.
Keling, buni nimalarga qodirligini ko‘rib chiqamiz:
🚀 Ichiga Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, 12 GB RAM va UFS 4.1 xotirasi joylangan.
🥺 Planshetga 13.2 dyuymli, 3.4K aniqlikdagi va 144Hz chastotali OLED ekran o‘rnatilgan. Korpus ichiga 8 ta stereo dinamik joylangan. Ovoz sifati va bassi planshetlar ichida yuqori darajada.
🔋 Korpus ichida 13 380 mAh lik ulkan batareya, 80W tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday katta batareyasi bo‘lsa ham, planshet o‘ta yupqa (5.94 mm) va vazni atigi 672 gramm.
🧠 Yangi OxygenOS 16 tizimi bilan birga ko‘plab foydali AI funksiyalar qo‘shilgan. U matnlarni o‘zi yozib beradi, uzoq hujjatlarning qisqacha mazmunini chiqaradi va ovozli yozuvlarni matnga aylantiradi. Ekran gibrid ko‘p oynali rejimda ishlashga mukammal moslashtirilgan.
💵 Aliexpressda planshet barcha chegirmalar bilan taxminan 470-490$ atrofida sotilmoqda.

Sizningcha, shuncha imkoniyati bilan 500 dollar atrofida sotilayotgan bu planshet sotib olishga arziydimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 Xiaomi kompaniyasi Android 17 bazasida ishlaydigan yangi HyperOS 4 tizimi ustida ishlamoqda. Taniqli insayder Digital Chat Station tizimning ilk sinov fayllarini aniqladi.
Keling, asosiy o‘zgarishlar bilan tanishamiz:
💦 iPhonedan oʻgʻirlangan Liquid Glass 🤷‍♂: Elementlar xuddi oynadek shaffof, bir-birining ustiga chiroyli chiquvchi va orqa foni xiralashgan premium ko‘rinishga keladi. Hozirda bu effekt klaviatura sozlamalarida sinovdan o‘tkazilyapti.
🦀 Tizim fayllaridagi "-R" belgisi Xiaomi dasturchilari kod yozishda Rust tiliga o‘tganini ko‘rsatdi. Bu mantiqan tizimdagi qotishlar, xatoliklar va RAM yuklamasini sezilarli darajada kamaytiradi. Tizim ancha xavfsiz va tezkor bo‘ladi.
🌟 Ilovalarni ochib-yopishda yangi (отскок) effekti qo‘shilgan. Silliqlik va svayplar har qachongidan ham premium darajaga chiqadi.
❗️ Suyuq oyna effekti juda ko‘p grafik quvvat talab qiladi. Shuning uchun flagmanlar (Xiaomi 17, 15T Pro, POCO F8 Pro) barcha effektlarni to‘liq oladi, arzonroq modellarda esa barqarorlik uchun grafik effektlar biroz qisqartiriladi.
🫡 Sinovlar birinchi bo‘lib Xiaomi 17, Xiaomi 15T Pro, Xiaomi 14, 13 seriyalari hamda POCO F7 ва F8 liniyalarida boshlanadi.

Sizningcha, Xiaomi nihoyat tizimdagi qotishlarni yo‘qotib, Apple iOS animatsiyalaridan o‘zib keta oladimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
😎Honor kompaniyasi 29-may kuni o‘zining yangi — Honor Win Turbo smartfonini rasman taqdim etadi. Taniqli insayder Digital Chat Station modelning barcha yashirin xarakteristikalarini sizdirib yubordi:

🔋 10 080 mAh batareya bilan telefon bemalol 3-4 kunlik faol foydalanishga yetadi. Shuningdek, u 80W tezkor zaryadlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.
😜 Cooler (ventilyator) yo‘q. Buning o‘rniga bugʻli yoki suyuq sovutish tizimi o‘rnatilishi mumkin, u batareyani va protsessorni qizitmaydi.
📸 Orqa panelda noodatiy gorizontal matritsali 50 MP lik asosiy kamera joylashgan bo‘lib, u optik stabilizatsiya (OIS) tizimiga ega. Ya’ni videolar silliq va sifatli chiqadi.
📱 Old tomonda 1.5K aniqlikdagi LTPS tekis ekran joylashgan. Korpus mustahkamligi uchun smartfonga metal ramka o‘rnatilgan.
🤩 Dimensity 8500 Elite protsessori bilan. Yuqori versiyasida 16 GB RAM va 512 GB xotira taklif etiladi.
💵 Hozircha aniq narxi e’lon qilinmadi, lekin insayderlar u hamyonbop Power 2 liniyasining kloni bo‘lishini, narxi ham arzon chiqishini aytishmoqda.

Sizningcha, xitoyliklar batareya hajmini 10 000 mAh dan oshirib, powerbankka hojat qoldirishmaydimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
😎 Janubiy Koreya giganti Samsung Display yaqindagina o‘tgan ko‘rgazmada smartfonlar kelajagini butkul o‘zgartiradigan ikkita yangi ekran texnologiyasini namoyish qildi: YouTube video

🩸 Bu 6.8 dyuymli ekran nafaqat tasvir ko‘rsatadi, balki ichiga o‘rnatilgan maxsus datchiklar (organik fotodiodlar) yordamida qon bosimi va pulsni o‘lchay oladi. Buning uchun shunchaki barmoqni ekranga tekkizish kifoya — ortiqcha aqlli soatlar kerak boʻlmaydi. Hayratlanarli tomoni , muhandislar bu datchiklarni ekran piksellari bilan bir qatlamga joylab, 500 PPI zichlikka erisha olishgan.
👁‍🗨 Davleniya o‘lchayotganingizda yoki shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rayotganingizda, ekran avtomatik ravishda yon tomondan qaraganlarga ko‘rinmaydigan "anti-shpion" rejimga o‘tadi.
👁 Ikkinchi ekran ranglar olamida inqilob boʻladi. U quyosh ostida 3000 nit yorqinlikka chiqadi va eng yuqori BT.2020 rang formatini 96% gacha qamrab oladi. Bu hozirgi smartfonlar ichida eng aniq, boy va kuchli rang uzatish deganidir.
Bu texnologiyalar hozircha tayyor konsept variantda ko‘rsatildi. Yaqin yillardagi yangi flagmanlarda (balki Galaxy S27 yoki S28 seriyalarida) ushbu ekranlarni ko‘rishimiz mumkin.

Sizningcha, ekranga barmoq tekkizib davleniya o‘lchash funksiyasi smartfonlarda rostdan ham keraklimi yoki bu shunchaki marketingmi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎 Honor bugun Xitoyda Honor 600 Pro ni sotuvga chiqardi. Xitoy versiyasi Yevropa va Global variantidan ancha kuchliroq bo‘ladi.

🔋 Global versiyada batareya 7000 mAh edi, xitoy versiyada unga naqd 8000 mAh batareya joylashdi. Smartfon 80W simli va 50W tezkor simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
📸 Orqa panelda uchta kamera bor: Asosiy kamera - 200 MP (OIS) bilan, 50 MP periskop va 12 MP ultra-keng burchakli.
Selfi kamera — 50 MP!
📱 6.57 dyuymli, 120Hz chastotali AMOLED ekran o‘rnatilgan. ShIM (miltillash) chastotasi 3840 Hz ga teng. Qorong‘uda kino ko‘rsangiz ko‘zingiz charchamaydi.
⚙️ Tizim Yevropadagidek Snapdragon emas, balki yangi va energiya tejamkor Dimensity 8550 Elite protsessorida ishlaydi. Korpus IP68/IP69K standarti bilan suvdan va issiq bosimli oqimdan to‘liq himoyalangan. Shuningdek, eng oxirgi Wi-Fi 7 va Bluetooth 6.0 chiplari bor.
💵 Narxlar: 12 GB / 256 GB — 500$
12 GB / 512 GB — 560$
16 GB / 512 GB — 615$
(Eslatma: Birinchi xaridorlardan keyin narxlar 75$ ga qimmatlashadi).
Kompaniya tez orada bundan ham arzonroq va batareyasi kattaroq Honor 600 Super Edition modelini ham chiqarishni va’da qildi.

Sizningcha, 500 dollarga shuncha narsa berayotgan bu flagman Xiaomi va Samsung'ni smartfonlarini o‘yindan chiqarib yuboradimi? Fikrlaringizni kommentariyada qoldiring 👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM