MILLIY SERTIFIKAT Gulshan Mardanova 📝
3.71K subscribers
376 photos
57 videos
266 files
786 links
Ushbu kanalda
- Milliy sertifikat uchun g'azallar tahlili
- Ona tili va adabiyot fanidan foydali ma'lumotlar
- Online testlar
- Essey yozish sirlari tajribali o'qituvchi tomonidan o'rgatiladi
Ma'lumot un : tel : +998939975044
@GulshanMardanova
Download Telegram
📌 Грантга ўқиш бўйича янги тартиб кимларга татбиқ этилади?

🔹 Давлат гранти фақат 1 йилга берилиши ҳақидаги янги тартиб фақат жорий йилда ўқишга кирадиган 1-босқич талабалари учун тааллуқли бўлади.

🔸 Ҳозирда грантда таҳсил олаётган биринчи ва ундан юқори босқичдаги талабаларда ўқишининг охиригача давлат гранти сақланиб қолади, уларга ушбу янги тартиб амал қилмайди.


https://t.me/teacher_Gulshan
Ekran ko'rinyaptimi
Savollar bormi
Live stream finished (39 minutes)
❗️❗️❗️ Diqqat, diqqat. Barcha eshitsin☝️☝️☝️

https://t.me/teacher_Gulshan
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿A.Chexov hikoyasi bilan tanishib chiqing.
Shu hikoya asosida badiiy matn bilan qanday ishlash lozimligini va testlarni oson yechish texnikasini oʻrganamiz!!!


⚡️SEMIZ VA ORIQ⚡️
(Hikoya)
Nikolaev temir yo‘lining vokzalida ikki oshna uchrashib qoldi. Biri semiz, biri oriq. Semiz hozirgina vokzalda ovqat yegan — yog‘liq labi pishgan olchaday yaltirab turibdi. Undan xeres vinosi va flerd oranje degan atirning hidi kelar edi. Oriq esa vagondan hozirgina tushgan va chemodan, tugun, kartonlar ko‘tarib olgan edi. Undan vetchina va qahva hidi kelar edi. Uning orqasida oriq, cho‘ziq yuzli xotini, qisiq ko‘zli novcha gimnazist o‘g‘li turibdi.
— Porfiriy! — dedi semiz, oriqni ko‘rib. — Senmisan! Bo‘talog‘im! Necha-necha yoz, necha-necha qishlar o‘tib ketdi!
— E! — dedi oriq hayron qolib. — Misha! Birodarim! Qadrdonim. Xo‘p eson-omon bormisan?
Oshnalar qayta-qayta, uch marta, og‘iz-burun o‘pishgandan keyin ko‘zlariga yosh olib tikilishdi. Ikkovi ham o‘zida yo‘q xursand bo‘lib dovdirab qoldi.
— Azizim! — dedi oriq og‘iz-burun o‘pishgandan keyin. — Buni qara-ya! Xo‘p uchrashib qoldik-da! Qani menga tuzukroq qarachi! Hali ham o‘sha ilgarigidek, chiroyliksan-a! Hamon o‘shanday jonon, olifta! Obbo sen-ey! Xo‘sh qalaysan? Boyidingmi? Xotin oldingmi? Men uylandim, mana... Bu xotinim, Luiza Vantsenbax... Lyuteran mazhabida... Bu esa o‘g‘lim Nafanail, uchinchi sinfda o‘qiydi... Nafanail, bu kishi mening qadrdon do‘stim! Gimnaziyada birga o‘qiganmiz.
Nafanail biroz o‘ylab turib, shapkasini boshidan oldi.
— Gimnaziyada birga o‘qiganmiz,— dedi oriq davom etib. — Esingda bormi, seni nima deb kalaka qilishardi? Hukumat kitobini papiros bilan kuydirganing uchun seni Gerostrat* deb kalaka qilishar edi. Men chaqimchi bulganim uchun Efialt* deb kalaka qilishardi. Ha-ha... Bola edik! Tortinma, Nafanya! Yaqinroq kel... Bu mening xotinim Vantsenbax... O‘zi lyuteran...
Nafanail biroz o‘ylab turib, o‘zini otasining orqasiga oldi.
— Xo‘sh, ishlar qalay, do‘stim? — dedi semiz, do‘stiga nazar tashlab. — Biron joyda xizmat qilasanmi? Kattaroq amalga mindingmi?
— Xizmat qilaman, do‘stim! Ikki yildan beri kollejskiy asessorman, Stanislav* oldim. Maoshning mazasi yo‘q... Sadqaiysar-kuya! Xotinim muzika darsi beradi, men uyda yog‘ochdan portsigar qilib sotaman. Juda g‘alati portsigarlar yasayman. Bittasi bir so‘m. Ulgurji oladigan odamga arzonroq qilib beraman. Sababi tirikchilik-da. Departamentda xizmat qilar edim, shu mahkama bo‘yicha bu yoqqa ishlar mudiri bo‘lib keldim... Shu yerda xizmat qilaman. Xo‘sh, senchi? Statskiy sovetnik bo‘lgandirsan, deyman? A?
— Yo‘q, azizim, yuqoriroqdan kelaver, — dedi semiz. — Men tayniy sovetnik bo‘lib qoldim... Ikkita Yulduzim* bor.
Birdaniga oriqning rangi oqarib ketdi, toshday qotib qoldi, lekin sal o‘tmay yuzi tarvayib, kuydirgan kalladay irjaydi; xuddi yuz-ko‘zidan uchqunlar yog‘ilayotganga o‘xshar edi. O‘zi qo‘nishdi, bukchaydi... chamadoni, tuguni va kartonlari ham burishib qolganday bo‘ldi... Xotinining cho‘ziq yuzi yana ham cho‘zildi; Nafanail g‘oz turib, mundirining hamma tugmalarini soldi...
— Men janobi oliylari... Ko‘p yaxshi!.. Bolaligingdan beri do‘st bo‘lib yurgan kishing shunday martabaga yetsa! Hi-hi!
— Qo‘ysangchi! — dedi semiz aftini burishtirib. — Bu gaplarning nima keragi bor? Birga, ko‘rpa tepishib katta bo‘lgan odamlarmiz, muncha ehtirom-u qo‘l qovushtirishning nima keragi bor!
— Qo‘l qovushtirmasdan bo‘lar ekanmi... Nainki... — dedi oriq yana ham qo‘nishib, janoblarining nazari marhamatlari!.. Go‘yoki obihayot... Bu janobi oliylari, o‘g‘lim Nafanail... xotinim Luiza, lyuteran, bir daraja...
Semiz unga qarshi nimadir demoqchi edi, uning yuzidagi ortiq darajada bo‘lgan mutelik, xoksorlik alomatlari ensasini qotirib yubordi. U o‘girilib, xayrlashgani qo‘l uzatdi.
Oriq butun vujudi bilan ta’zim qilib xayrlashdi va xitoyday hi-hiladi. Xotin iljaydi. Nafanail tovoni bilan qadam tashlayman deb shapkasini qo‘lidan tushirib yubordi. Uchchovi ham o‘zida yo‘q xursand edi.

Abdulla Qahhor tarjimasi
https://t.me/teacher_Gulshan
Hozircha hikoya bilan tanishib turing. Keyinroq testini ham tashlayman.

Darsimizga yaqinlaringizni ham taklif qiling!!!

https://t.me/teacher_Gulshan
Semiz va oriq (2).docx
26.1 KB
❗️❗️❗️Mana shu faylda hikoyadan soʻng testlar ham bor. Oʻzimiz uchun yechib olamiz.

Bugun 21:30 da hikoyani tahlil qilamiz.

Darsga faol qatnashishga harakat qiling❗️❗️❗️
Milliy sertifikat imtihonlarida test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi

🔰 Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“ 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

📱 Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertiikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

🌐 Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.

👨🏻‍🦽 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

▶️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Shuhratova Ohista tomonidan ğazal tahlili