Toshkent davlat stomatologiya instituti
3.96K subscribers
11.4K photos
732 videos
288 files
1.22K links
Download Telegram
Toshkent davlat stomatologiya instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” boʻlimi tomonidan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Institut talabalarining huquqiy savodxonligini oshirish, halollik va adolat tamoyillarini chuqur anglab, korrupsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning mas’uliyati naqadar muhim ekaniligi tushuntirildi.
O‘zb.Res. prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ishtirokida 2025 yil 5-martdagi kengaytirilgan yig‘ilishida davlat raxbari tomonidan korrupsiyani oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar to‘g‘risida ham tushunchalar berildi.
Tadbir davomida bilim olish va vatanparvarlik ruhini oshirishga xizmat qilib, institutda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi!

💬Bizning sahifalarimiz:
♻️Telegram
🌎𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
📨Anonim Murojaat
Murojaat uchun pochta manzili👇
📩 anticorrupsiyatdsi@umail.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TDSI Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan 2025-yil 23-mart yakshanba kuni Zomin tumaniga eko turizm tashkil etildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat stomatologiya instituti tibbiy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar uchun yaratilgan  imkoniyatlari haqida "O'zbekiston" kanalining "Yonma-yon" ko'rsatuvi lavhasida.
SAHOVAT OYI - RAMAZON!

2025-yil 26-mart kuni TDSI Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi 1-sonli talabalar turar joyida talaba qizlar va xodimlari uchun iftarlik tashkil etildi, bayram kuy-qo‘shiq, raqslarga ulandi. Qizlar sport bilan ham vaqtini maznunli o‘tkazdi. Iftarlik uchun homiy xodimimizga minnatdorchilik bildiramiz, yuksak fazilatli TDSI professor-ustozlari xalqimiz bahtiga sog‘-salomat bo‘lsin hamisha.
2025-yil 28-mart kuni 1-Stomatalogiya fakulteti 1-kurs 107-109 guruh tyutori tomonidan talabalari bilan "Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o’rni" shiori ostida ma'naviy va ijtimoiy suhbat o’tkazildi.
2025- yil 28-mart kuni Davolash ishi fakulteti 206 A, B guruxlar tyutori Baykabilova Dilfuza Tayirovna tomonidan “Milliy kiyimlar kuni” doirasida suhbat tashkil etildi.