O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.47K subscribers
12.7K photos
1.16K videos
150 files
3.3K links
Download Telegram
⭕️ #TPDU #Avgust_Kengashi #2021

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida, "Oliy pedagogik ta'limda yangi mazmun yangi sifat" mavzusida, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining Respublika Avgust Pedagogik Kengashi bo'lib o'tmoqda.

Ushbu onlayn kengashda respublikamizdagi 19 ta pedagogik mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari vakillari, soha ekspertlari, ta'lim tashkilotlaridan pedagoglar va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Anjuman "Pedagogik ta'lim muassasalarining milliy assotsiatsiyasi" bilan hamkorlikda o'tkazilmoqda.

Pedagogika sohasidagi OTMlar uchun ushbu kengash an'anaviy tarzda doimiy o'tkazilishiga kelishib olindi. Mamlakatimiz oliy pedagog kadrlar tayyorlash sohasida katta ahamiyatga ega bo'lgan ushbu kengash haqida, navbatdagi postlarimizda ma'lumot berib boramiz.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
⭕️ #TPDU #Avgust_Kengashi #2021

Xabar berganimizdek, bugun pedagogik oliy ta'lim muassasalarining Respublika Avgust Kengasiga start berildi.

Anjuman davomida kengash sho'balarga bo'lingan holda davom etdi:

1. Fizika matematika
2. Tabiiy fanlar
3. Professional ta'lim
4. Musiqa madaniyati
5. Maktabgacha ta'lim
6. CHXT

Kengash ishtirokchilari va soha mutaxassislari yuqoridagi yo'nalishlar kesimida muhokama va taqdimotlarni davom ettirdilar.

Taqdimot va muhokamalarda yangi fanlar, yangi o'quv, ishchi rejalar, yangi mutaxassisliklar, ta'lim berish nazariyasining yangiliklari, kredit-modul tizimida o'qitish kabi mavzular diqqat-e'tiborda bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, bo'lib o'tayotgan pedagogik oliy ta'lim muassasalarining RESPUBLIKA AVGUST KENGASHI yurtimizdagi pedagogik OTMlariga yangi sifat, yangi mazmun va yangicha yondashuvlarni yetkazish uchun Nizomiy nomidagi TDPU tomonidan tashkil etilmoqda.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
​​⭕️ #magistratura #chet_tili_imtihonlari

Magistratura uchun chet tili bo‘yicha test sinovlari

2021-2022-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 28-29-avgust kunlari 3 smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari:

1-smenada 08:00 dan 09:00 ga qadar;
2-smenada 17:30 dan 18:30 ga qadar;
3-smenada 20:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Bunda talabgorlarga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘zlari tanlagan chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i beriladi va 1 soat vaqt ajratiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-qaroriga muvofiq test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 50 ballni tashkil etadi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari so‘raladi.

Manba: @dtmuzb

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ #TDPU #Respublika_Avgust_Kengashi

Yurtimiz oliy pedagog kadrlar tayyorlash sohasi qiyofasini yangilash, xalqaro va zamonaviy ta'lim berish bo'yicha yangiliklar qilish, pedagoglar ko'nikmalarini oshirish, soha OTMlari o'rtasida faol muloqot platformasini yaratish bo'yicha o'tkazilayotgan pedagogik oliy ta'lim muassasalarining "RESPUBLIKA AVGUST KENGASHI"ning birinchi kuni yakunlandi.

Anjuman ertaga o'z ishini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida davom ettiradi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
​​⭕️ #TDPU #tadqiqotchi

TDPU tadqiqotchisi tanlov g'olibi bo'ldi.

Universitetimiz tadqiqotchisi Aziza Turg'unova "Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari" nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovida g'oliblar qatoridan joy oldi.

Bugun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida bo'lib o'tgan taqdirlash marosimida Aziza Turg'unova shaxsan vazir tomonidan 3 mln so'm pul mukofoti, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Ushbu yutuq bilan Aziza Turg'unovani butun universitet jamoasi nomida muborakbod etib, kelasi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
⭕️ #TDPU_talabasi #ijodkor

TDPU talabasi E'zoza Alimovaning she'rlari Turkiyada chop etildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O'zbek tili va adabiyoti bo'limi, 401-guruh talabasi E'zoza Alimovaning she'rlari Turkiya davlatida chop etildi.

Shuningdek, ijodkor talabamiz o'zining yangi maqolasi bilan MDH davlatlari o'rtasida o'tkaziladigan "Eng yaxshi olima" tanlovida ham g'olib bo'ldi. Maqolasi xalqaro jurnalning 4-soniga qabul qilindi.

E'zoza Alimova yaqindagina bo'lib o'tgan Zomin seminarida ham faol ishtirok etib, yutuqlarni qo'lga kiritgan edi.

O'qish va ijodiy faoliyatda na'muna bo'lgan talabamizni yutuqlar bilan butun universitet jamoasi nomidan chin dildan tabriklaymiz. Muvaffaqiyatlar bardavom bo'lsin!

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ #TDPU #perevod #xorijiy_OTM

Diqqat! O'qishni ko'chirish bo'yicha ijodiy imtihon natijalari!

Xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo'nalishlariga o'qishni ko'chirish bo'yicha o'tkazilgan ijodiy imtihon natijalari ma'lum bo'ldi.

O'z natijangizni bilish uchun quyidagi amallarni bajaring:

✴️ 1-qadam - O'z ID raqamingizni quyidagi havolada ochilgan "ID raqamingizni kiriting" degan joyga joylashtiring.

✴️ 2-qadam - "Natijani ko'rish" tugmasini bosing.

Eslatib o'tamiz, yuqoridagi natijalar faqatgina universitet tomonidan o'tkazilgan ijodiy imtihonlarining natijalaridir.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
⭕️ #TDPU_rektori #bayram_tabrigi

"Assalom alaykum hurmatli yurtdoshlar, qadrli ustoz-pedagoglar, aziz talaba-yoshlar!

Sizlarni eng qutlug' bayram - yurtimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklayman! Sog'lik-salomatlik, baxtu-omad, ishlaringizda muvaffaqiyatlar doimo sizlarga hamroh bo'lsin!

Yurtimizda bugun har tomonlama katta o'zgarishlar yuz bermoqda. Yangi O'zbekistonda "Uchinchi Renessans"ga tamal toshlari shaxsan yurtboshimiz boshchiligida qo'yilmoqda. Ilm-fan va ta'limga qaratilayotgan e'tibor, oldinga qo'ygan marralarimiz nechog'lik buyuk ekanligidan dalolat berib turibdi.

Mamlakatimiz hozirda yangicha qiyofa kasb etib, dunyo jamoatchiligi nigohini o'ziga qaratgan. Ayniqsa ta'lim-tarbiya sohasidagi o'zgarishlar, barcha islohotlar asosi ekanligini barchamiz chuqur his qilib turibmiz. Ilm-fan, ta'lim-tarbiya sizu-bizning, vatanimizning ertasi qanday bo'lishini hal etuvchi eng muhim omil. Shu sababli ham, yurtimiz ta'lim sohasining muhim bo'g'inlaridan biri sifatida, bugun pedagoglar kelajak, xalq va davlat oldida ma'suliyatlidirlar. Ular bugun chuqur ta'lim olishlari, sifatli ta'lim berishlari, xalqaro darajada raqobatbardosh kadrlar bo'lib yetishishlari, sohasining chinakam mutaxassisi, jonkuyar fidoyisi, bir so'z bilan aytganda Yangi O'zbekistonning, yangi, zamonaviy pedagoglari bo'lishlari shart.

So'nggi yillarda yurtimiz oliy ta'lim tizimi - ta'lim qamrovi ortishi, sifat darajasi ko'tarilishi, ta'lim muassasalari sonining keskin ko'payishi, xalqaro aloqalarning kuchayishi, korrupsiyaga keskin barham berilishi ortidan mutlaqo o'zgacha qiyofa kasb etmoqda. Shu tizimning bir qanoti sifatida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ham islohotlarning faol markazi bo'lib turibdi. Pedagogika universiteti qabul kvotalari, "Pedagog bo'laman, xalqimni, yoshlarni ziyoli qilaman" - deganlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. 2021-2022-o'quv yili uchun 30 mingga yaqin abituriyentlar universitetimizga o'qishga kirish istagida hujjat topshirgani biz uchun ham g'urur, ham ma'suliyatdir. Test sinovlari va kasbiy-ijodiy imtihonlarda eng yaxshi natijalarni qo'lga kiritgan yoshlarimiz Pedagogika universiteti talabasi bo'lishdek baxtga muyassar bo'ladilar.

Nizomiy nomidagi TDPU pedagogika sohasida flagman, yetakchi oliy ta'lim muassasasi degan nomga munosib bo'lishi, chinakam mutaxassislarni yetishtirishi uchun bugun biz katta maqsadlar sari dadil qadam bosishimiz shart. O'zbekistonning eng qadimiy oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Pedagogika universiteti Abdurauf Fitrat, Mirmuhsin, Shukrullo va Maqsud Shayxzoda kabi fan fidoyilari uchun millatga ilm-ziyo tarqatish maskani bo'lgan. Yuqoridagi kabi ulug' insonlarning universitetimiz tarixida faoliyat yuritgani biz uchun namuna va sharaf bo'lmog'i lozim.

Aziz hamkasblar! Sohamizning yetuk mutaxassisi, chinakam pedagog bo'lish, zamonaviy ilmlarni muntazam o'zlashtirib borish, yoshlarimizni vatanparvarlik, tarixga hurmat, kelajakka ma'suliyat ruhida tarbiyalash eng oliy maqsadlarimizdan biri bo'lishi kerak.

Kelajak umidimiz bo'lgan qorako'z yoshlar! Ulug' muhaddis, olim ajdodimiz Imom Buxoriy "Ilmdan boshqa najot yoq' va bo'lmagay" deb aytgan purma'no so'zlari hamisha yuraklarimizda bo'lishi lozim. Sizlarni ilmli bo'lishingizda hissa qo'shish, baxtingizni ko'rish eng oliy maqsadimizdir.

Barcha yurtdoshlarimizni yana bir bora mustaqilligimizning 30 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklayman. Sog'lik, xotirjamlik va tinchlik aslo sizni tark etmasin!"

Alisher Umarov
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
​​⭕️ #TDPU #talabalar_diqqatiga

Toshkent davlat pedagogika universitetiga talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 26-avgustdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida 2021-2022-oʻquv yilini boshlash toʻgʻrisida”gi 366-sonli buyrugʻi va Nizomiy nomidagi TDPU rektorining 355-U sonli buyrug'iga asosan, Toshkent davlat pedagogika universitetida yangi 2021-2022-oʻquv yilini joriy yilning 6-sentyabridan anʼanaviy taʼlim shaklida boshlanishi belgilangan.

Buyruqqa koʻra, talabalikka tavsiya etilganlar shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlagunga qadar farmoyish asosida oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishlariga ruxsat beriladi.

1-bosqichga talabalikka qabul qilingan talabalarni 2021-yil 6-sentyabr kuni soat 8:30dan kechikmasdan oʻzlari tahsil oladigan fakultet dekanatiga quyidagi manzillar bo'yicha kelishlarini soʻraymiz:

✴️ 1. Pedagogika va psixologiya, Maxsus pedagogika, Tabiiy fanlar, Maktabgacha ta'lim, Xorijiy tillar, Tillar, Innovatsion pedagogika fakultetlari
Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi, 27-uy manzili;

✴️ 2. Boshlang'ich ta'lim fakulteti
Yashnobod tumani, Farg'ona yo'li ko'chasi, 101-uy;

✴️ 3. Professional ta'lim fakulteti
Yakkasaroy tumani, Shota Rustavelli ko'chasi, 105-uy;

✴️ 4. Fizika-matematika va Tarix fakultetlari
Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko'chasi, 103-uy;

✴️ 5. Harbiy ta'lim fakulteti
Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Kensoy MFY, Kensoy ko'chasi 1-uy manziliga kelishlari mumkin.

1-bosqichga qabul qilingan talabalar o'zlari bilan quyidagi xujjatlarni olib kelishlari kerak:

- diplom va ilova (kollej yoki litsey bitiruvchisi) yoki shahodotnomaning asl nusxasi ( maktab bitiruvchisi);

- pasport nusxasi - 3 dona;

- abituriyent qayd varaqasi;

- javoblar varaqasi;

- 3x4 rasm - 6 ta;

- imtiyozi bo’lsa asoslovchi hujjatning asl nusxasi va bog’ichli papka.

Talabalikka qabul qilingan barcha yoshlarimizni universitet rahbariyati nomidan tabriklaymiz va o'qish jarayonida muvaffaqiyat tilaymiz!

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
​​⭕️ #TDPU #TTJ #talabgor

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining talabalari diqqatiga!

Talabalar turar joylarida joylar chegaralanligi sababli 2021-2022-o'quv yili uchun quyidagi mezonlarga mos talabalar ariza topshirishlari mumkin:

- uzoq hududlardan kelgan 1-bosqich talabalari;

- nogironligi bor barcha kurs talabalari;

- chin yetimlar (barcha kurslardagi);

- universitet Yoshlar ittifoqining yetakchilari va ittifoq Kengashi a'zolari;

- TTJ tarbiyachisi tavsiyasiga ko'ra, o'tgan o'quv yilida namunali yashagan, uzoq hududdan kelgan 2-bosqich talabalari (qavat sardori sifatida).

TTJga talabgor talabalar arizalari joriy yilning 6 sentabr kunidan boshlab 8 sentabr soat 18.00ga qadar elektron shaklda yuqoridagi QR kod yoki quyidagi manzil orqali to'ldiriladi:

https://forms.gle/39D6bRah43tqWz3Z8

Arizalar universitet rahbariyati, kasaba uyushmasi, jamoat faollaridan tashkil topgan Universitet komissiyasi tomonidan tezkorlik bilan ko'rib chiqiladi.

Talabgorlarga TTJdan joy Universitet komissiyasi xulosasiga ko'ra ajratiladi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
⭕️ #TDPU #taklif

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidan ijaraga uy beruvchilarga rasmiy taklif.

Toshkent shahrida yashovchi qoʻshimcha yashash maydoniga ega fuqarolar va oʻz uyida yoki ijarada yashovchi talabalar diqqatiga.

Agar Siz, xonadoningizga TDPU talaba yoshlarini ijaraga joylashtirsangiz, ularning yashash vaqtidagi nazoratni oʻz zimmamizga olamiz.

Talabalarimizdan doimiy xabar olib, Siz bilan aloqada boʻlamiz, toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilamiz.

Murojaat uchun: @Murojaatlar_uchun_ochilgan_bot ga yozing.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
⭕️ #KONTRAKT_MIQDORI

DIQQAT MUHIM YANGILIK!!!

Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan pandemiya sharoitida respublika aholisining toʻlov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, farzandi toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi.

Bunda, oliy ta’lim muassasalarining KUNDUZGI ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma berilishi belgilandi.

Manba: @eduuz

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube
⭕️ #TDPU #mehribonlik_uyi #hamkorlik

O'qituvchi bo'laman, harbiy bo'laman, sportchi bo'lishni xohlayman...

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov boshchiligida jamoa Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi.

U yerda tarbiyalanuvchilar bilan yaqindan suhbatlar tashkil etildi va yangi o'quv yili munosabati bilan ularga o'quv qurollari sovg'a qilindi.

Ularning kelajaldagi orzu intilishlari va maqsadlari bilan tanishildi. Tarbiyalanuvchilarning aksariyat qismi kelajakda o'qituvchi, harbiy, sportchi bo'lishni xohlashlarini aytib o'tishdi.

Universitet tomonidan tarbiyalanuvchilarga kasb-hunar, xorijiy tillar va sport yo'nalishlarida muntazam to'garaklar tashkil etishga kelishib olindi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram | You tube