O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.44K subscribers
12.6K photos
1.16K videos
150 files
3.29K links
Download Telegram
​​⭕️ #bitiruvchi_pedagog #pedagog_challenge

Diqqat barcha pedagogik ta'lim mussasalari bitiruvchi talabalari uchun #bitiruvchi_pedagog, #pedagog_challenge e'lon qilinadi.

Challenge Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan tashkil etilayotgan “Eng faol bitiruvchi” videoroliklar tanlovi doirasida o'tkaziladi.

Videorolikda bitiruvchi talabaning nima uchun pedagog bo'lishni xohlagani va kelajakdagi maqsadlariga oid fikrlari va hayotdagi shiori bayon etilishi kerak. Shuningdek, videorolik davomida talabalik yillaridagi o’quv jarayonlari, bitiruv amaliyot davriga oid lavhalar aks etishi mumkin.

Videorolikka qo‘yiladigan talablar:

• davomiyligi maksimal 3 daqiqa;
• hajmi maksimal 50 mb;
• tanlov yo‘nalishi, ishtirokchining F.I.Sh. va fakulteti to’liq yozilishi shart.

Tayyorlangan videoroloklarni joriy yilning 19-aprelidan 30-mayiga qadar @tdpumanaviyat telegram manziliga yuborishingiz mumkin. Shuningdek, #bitiruvchi_pedagog, #pedagog_challenge orqali ijtimoiy tarmoqlardagi o'z sahifangizga joylashingiz mumkin.

Videorolikni baholash jarayonlari quyidagicha:

🔷 Videorolik tayyorlagan bitiruvchi talaba #bitiruvchi_pedagog, #pedagog_challenge orqali o'zining ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirgan videoroliklariga berilgan ovozlar (like) orqali;
🔷 Belgilangan manzillarga yuborilgan va Facebook hamda @TDPU_Yoshlar telegram ijtimoiy tarmoqlari manzillariga joylashtirilgan videoroliklarga berilgan ovozlar (like) orqali baholanadi.
🔷 Eng ko’p onlayn ovoz olgan videorolik egasi g’olib deb topiladi.

G‘oliblarni taqdirlash jarayoni:

G'olib bo’gan 1,2,3 o'rin sovrindorlari 1 iyun kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti faollar zalida tantanali taqdirlanadilar.

Tanlovda faol ishtirok eting va g'olib bo'ling!

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
#rektor_va_yoshlar
#rektor_tdpu

Rektor Tarix fakulteti yoshlari bilan uchrashdi

Mamlakatimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor, o‘sib kelayotgan barkamol avlodga bo‘lgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani bilan ahamiyatlidir.

Kuni kecha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti rektori Alisher Umarov universitetning asosiy binosidan uzoqda bo'lgan fakultetlar, xususan Tarix fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda rektor fakultet miqyosida olib borilayotgan ishlar, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarga to’xtalib, amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar xususida takliflar berdi.

Jumladan talabalarning ilimiy ish bilan shug’illanishlariga ko’proq vaqt ajratishlari zarur ekanligi, xorijiy tillardan kamida ikkitasini mukammal bilishlari, talabalar tamonidan professor-o’qituvchilarning dars mashg’ulotlarida ko'proq savollar berish orqali ularni yanada o’z ustilarida ishlashga undashlari zarur ekanligi ta'kidlandi.
⭕️ #TDPU #musiqa_madaniyati_fakulteti

Ushbu daqiqalarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Musiqa madaniyati fakulteti tashkil etilishi va O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning 85 yilligi munosabati bilan konsert dasturi tashkil etilmoqda.

Musiqa madaniyati fakulteti ijodkor yoshlarimizni yetishtirishda, yangi yulduzlarni tarbiyalashda yetakchilik qilishiga ishonchimiz komil.
⭕️ #TDPU_rektori #intervyu

TDPU rektori yoshlar siyosati haqida

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov, kuni kecha davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar siyosatiga oid bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida ta'kidlangan masalalar, qabul qilingan qarorlar haqida O'zbekiston 24 radiokanali ijodkorlariga intervyu berdi.

Intervyuda yoshlarga oid davlat siyosati TDPUda qay darajada bajarilayotganligi, yoshlarimizga qanday imtiyoz va yengilliklar yaratilayotganligi haqida so'z bordi.

Yoshlar bandligi, talabalar turar joylari bilan ta'minlanishi, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlarida yordam berilishi, ayollar va temir daftardagi yoshlarimizga bepul o'quv va kasbga o'rgatish kurslarining tashkil etilayotganligi suhbat chog'ida tahlil etildi.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
​​⭕️ #international_conference

Toshkent davlat pedagogika universitetida «BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi o'tkaziladi.

Ushbu xalqaro konferensiyada ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda ishtirok etish uchun 2021-yil 15-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin:

https://us02web.zoom.us/j/3263630846?pwd=VGNLekZNTmtMaFJRem1TMEZaUEdGdz09

Konferensiya identifikatori: 326 363 0846

Parol: 123456

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
​​⭕️ #TDPU #maktab_bitiruvchilari

Toshkent davlat pedagogika universiteti yurtimiz yoshlarini kasbga yo'naltirish, ularning orasidan pedagoglik kasbiga nisbatan qobiliyati bo'lganlarni saralab olish bo'yicha muntazam hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Bugun ham Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani 3-maktab bitiruvchilari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurishdi va universitet faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Shaxsan universitet rektori Alisher Umarov maktab bitiruvchilari bilan muloqot qilib oliy ta'lim dargohi, pedagoglik kasbining qanchalik sharafli kasb ekanligi haqida tushunchalar berdi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni shaxsan universitet rektoridan oldilar.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram