O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.47K subscribers
12.7K photos
1.16K videos
150 files
3.3K links
Download Telegram
⭕️ #onlayn_himoyalar

Toshkent davlat pedagogika universiteti yurtimizda birinchilardan bo'lib pandemiya sharoitida doktorlik dissertatsiyalarining onlayn himoyasini o'tkazishni boshlab bergan edi. Mana shunday onlayn himoyalar hozir ham davom etib kelmoqda. Psixologiya yo'nalishida ilk onlayn himoyalar o'tkazilganligi bir qator OAVlar tomonidan ham keng yoritilmoqda

Toshkent davlat pedagogika universitetida onlayn himoyalar uchun maxsus vebinar platformalar yaratilgan. Universitetda faoliyat olib boruvchi ilmiy darajalar beruvchi Kengash a'zolari tomonidan onlayn himoyalar yashirin ovoz berish yo'li bilan baholanmoqda.

Respublikamizda zamonaviy psixolog kadrlarga bo'lgan ehtiyojning yuqoriligi, ushbu kadrlarni tayyorlovchi ta'lim muassasalari zimmasiga yanada ko'proq ma'suliyat yuklayapti. TDPU esa bu yo'nalishda respublika bo'yicha ilmiy maktab yarata olgan OTMlardan biridir.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
⭕️ #online_communication

Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti bitiruvchi kurs talabalarini qutlash hamda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Bosh boshqarmasi, Toshkent shahri va viloyatlarning Maktabgacha ta'lim tashkilotlari boshqarmalari mutaxassislari bilan "Ishga joylashish" mavzusida onlayn muloqot o'tkaziladi.

Ushbu uchrashuvda ZOOM dasturi orqali onlayn ravishda ishtirok etish uchun 2020-yil 12-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da quyidagi havola orqali o'tishingiz mumkin:

https://us04web.zoom.us/j/4978385534pwd=VTNhU1NBeEd1VXIyODZmUG53YTZWdz09

Identifikator: 497 838 5534
Parol: 9JVHrY

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish

Youtube orqali ko'rish (HD formatda)

Davlat test markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
​​⭕️ #attention

Rektorimiz tomonidan universitetimizda korrupsiyaga qarshi kurash boshlangan. Shu sababli, turli vositalar orqali TDPUda korrupsiya holati qandayligi haqida ma'lumotlar shakllantirilmoqda.

Quyidagi anonim so'rovnomalar orqali o'z fikringizni bildiring va korrupsiyaga qarshi kurashga qo'shiling.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
⭕️ #TDPU_student

Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi Abdulazizova Barnoxon
Koreya Respublikasining Top universitetlaridan biri bo'lgan Kyungpook Milliy Universiteti Magistratura+PhD (combined Master's & Doctoral program) dasturida o'qish huquqini beruvchi KINGS scholarship grantini yutib oldi.
Barnoxon 2020-yil kuzgi semestrdan boshlab,
Kyungpook universiteti
, Professor Hong Joo Kim laboratoriyasida ilmiy ishlarini davom ettiradi.

Barnoxon shu paytgacha TDPU Fizika-Matematika fakulteti FAO'M kafedrasi 402R-guruhida tahsil olib kelayotgan edi.

Abdulazizova Barnoxonni yuksak muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ish, o'qish faoliyatida omad tilab qolamiz.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
⭕️ #TDPU_faol_yoshlari

Toshkent davlat pedagogika universiteti o'z bag'rida turli sohalarda ulkan natijalarni ko'rsatayotgan, salohiyatli, nafaqat Respublika balki jahon miqyosida ham yuqori marralarni egallagan talabalarni yetishtirmoqda. Shunday iqtidor egasi bo'lgan talabalarimizdan biri - Norpulatova Sug'diyonadir.

(Batafsil o'qish - 2 daqiqa)

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
⭕️ #onlayn_uchrashuv

Toshkent davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika fakulteti bitiruvchi kurs talabalarining ish beruvchilar va jamoat tashkilotlari bilan “Raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash hamisha e’tiborda” mavzusida onlayn uchrashuvi o‘tkazildi

Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamiz maxsus ta’lim sohasi uchun yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlar tayyorlovchi yetakchi oliy o‘quv yurti hisoblanadi.

Bitiruuvchilarimizga bo'lgan talab maxsus maktab-internatlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, hattoki televideniye kanallari tomonidan yildan-yilga oshib bormoqda.

2019-2020-o‘quv yilida
TDPU Maxsus pedagogika fakultetini muvaffaqiyatli tamomlagan 132 nafar bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan joriy yilning 22-iyun kuni onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda TDPU rektori Alisher Umarov, O‘zbekiston Republikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 101-sonli kar bolalar maxsus maktab internati direktori Olesiya Ibragimova, bitiruvchi kurs talabalari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spiker o'rinbosari, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov bitiruvchilarga onlayn tabrigini yo‘lladi.

Tadbirda bitiruvchi kurs talabalaridan Luiza Arifjanova va Sayyora Dadajonovalar aziz ustozlarga tashakkur bildirdilar.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram
⭕️ #school_graduates

Toshkent davlat pedagogika universitetida, karantin qoidalariga rioya qilgan holda, Chilonzor tumanida joylashgan maktablarning bitiruvchilariga universitet, hokimlik va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida oltin va kumush medallari bilan taqdirlash tadbiri o'tkazildi.

Chilonzor tumani bo'yicha 41 nafar bitiruvchi oltin, 12 nafar bitiruvchi kumush medallarga munosib ko'rildi. Makatblarning bitiruvchilari TDPU rahbariyati va Chilonzor tumani hokimligi mutasaddilari qo'lidan medallarni qabul qilib olishdi.

Ijobiy jihat shundaki, bu o'quv yili yakunida davlat maktablari bilan bir qatorda, nodavlat maktablarning bitiruvchilari ham e'tirof etilganlar qatorida bo'lishdi.

Bitiruvchilar va ularning ota-onalari o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha ma'sullarga murojaat qilish imkoniyatini ham qo'lga kiritishdi.

Oltin va kumush medal asli oltindan bo'lmasa-da ammo uning qimmati olmosdan-da yuqori ekanligi aniq. Chunki 11 yillik mehnatning e'tirofi millionlab o'quvchilar ichida har kimga ham nasib etavermaydi. Bu e'tirofga loyiq ekanligini isbotlash uchun esa bitiruvchilarni yana yangidan yangi sinovlar va ulkan hayot yo'li kutib turibdi. Bu yo'lda esa barchaga faqat omad va shijoat tilab qolamiz.

TDPU ijtimoiy tarmoq sahifalari:
🌐 Facebook | Twitter | Instagram | Telegram