O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.47K subscribers
12.7K photos
1.16K videos
150 files
3.3K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Қўшни давлатлардан ўқишни кўчириш муддати 15 мартга қадар узайтирилди

Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 2020 йил 4 февралдаги 12-сон баёни билан қўшни давлатлар (Тожикистон, Қирғизистон ва Қозоғистон)даги олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган Ўзбекистон Республикаси фуқароларига ўқишини республикамиз олий таълим муассасаларига кўчириш бўйича ариза топширишга рухсат этилган эди.

Қўшни давлатлар (Тожикистон, Қирғизистон ва Қозоғистон) олий таълим муассасаларида таҳсил олаётган талабалар ва уларнинг ота-оналаридан келиб тушган кўплаб мурожаатларни инобатга олган ҳолда, фуқароларга қўшимча қулайлик яратиш мақсадида аризаларни қабул қилиш муддати 2020 йил 15 мартга қадар узайтирилди.

Республиканинг барча ҳудудларида биттадан олий таълим муассасасида Ҳудудий ишчи гуруҳлари ташкил этилган.

Талабгорлар 2020 йил 15 мартга қадар доимий яшаш ҳудудида ташкил этилган ишчи гуруҳга қуйидаги ҳужжатларни тақдим этишлари лозим:

👉 ариза (жойида тўлдирилади);
👉 рейтинг дафтарчаси ёки академик маълумотнома (транскрипт) нусхаси;
👉 паспорт нусхаси.

Хорижий олий таълим муассасаларидан талабалар ўқишини республика олий таълим муассасаларига кўчириш тўлов-контракт асосида амалга оширилади.

Эслатиб ўтамиз, фуқаролар томонидан Ҳудудий ишчи гуруҳларга зарур ҳужжатлар тўғри ва тўлиқ ҳолатда тақдим этилганда, сўзсиз қабул қилинади.

Ўқишни кўчиришда ҳеч қандай имтиҳон бўлмайди
!

Ҳамюртларимизни ўз хизматларини таклиф қиладиган айрим фирибгарларга алданиб қолмасликка чақирамиз.

Энг кўп бериладиган саволлар 1-қисм,
Энг кўп бериладиган саволлар 2-қисм

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
Forwarded from Edu.uz
2020 йилда 530 та халқаро ва республика миқёсидаги анжуман ўтказилади

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 7 февралдаги 56-ф-сонли фармойиши билан 2020 йилда мамлакатимизда ўтказиладиган халқаро ва республика миқёсидаги илмий ҳамда илмий-техник анжуманлар режаси тасдиқланди.

Унга кўра, 2020 йилда:

👉 186 та халқаро;
👉 344 та республика миқёсида;
👉 жами 530 та илмий ва илмий-техник анжуманлар ўтказилади.

Халқаро ва республика миқёсидаги ўтказиладиган анжуманлар қуйидаги 7 та йўналишда ташкил этилади:

➡️ иқтисодиёт, давлат ва жамият қурилиши;
➡️ нефть ва газ, энергетика, энергия ва ресурс тежамкорлиги;
➡️ ахборот ва ахборот-коммуникациялар технологиялари;
➡️ қишлоқ ва сув хўжалиги;
➡️ тиббиёт, фармакология ва спорт;
➡️ саноат, ишлаб чиқиш, транспорт ва логистика;
➡️ геология-минерология, сейсмология ва сейсмик барқарорлик, қурилиш ва архитектура;
➡️ фан ва таълим.

Ўтказиладиган анжуманларнинг якуний натижаларга кўра қабул қилинган тавсия ва қарорлар асосида ҳар бир ҳудуддан долзарб 3 та мавзуда белгиланган тартибда давлат илмий-техник дастурлари доирасида танлов эълон қилинади.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
Forwarded from Edu.uz
Халқаро анжуманлар-2020.pdf
3.5 MB
2020 йилда ўтказиладиган ХАЛҚАРО илмий ва илмий-техник анжуманлар рўйхати.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
Forwarded from Edu.uz
Республика анжуманлар-2020.pdf
4.4 MB
2020 йилда РЕСПУБЛИКА миқёсида ўтказиладиган илмий ва илмий-техник анжуманлар рўйхати

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ
"Xalqaro ma`lumotlar bazalariga kiruvchi jurnallarda maqolalar e`lon qilish" mavzusida master klas tashkil qilindi.

2020-yil 17-fevral kuni Toshkent davlat pedagogika universitetining anjumanlar zalida doktorant va professor-o`qituvchilar uchun Malaziya universiteti professori Eshquvvatov Zayniddin Karimovich tomonidan "Xalqaro ma`lumotlar bazalariga kiruvchi jurnallarda maqolalar e`lon qilish" mavzusida master klas tashkil qilindi.

http://tdpu.uz/upload/7069_20171.jpg


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining rasmiy kanaliga ulaning
"Xalqaro ma`lumotlar bazalariga kiruvchi jurnallarda maqolalar e`lon qilish" mavzusida master klas tashkil qilindi.

2020-yil 17-fevral kuni Toshkent davlat pedagogika universitetining anjumanlar zalida doktorant va professor-o`qituvchilar uchun Malaziya universiteti professori Eshquvvatov Zayniddin Karimovich tomonidan "Xalqaro ma`lumotlar bazalariga kiruvchi jurnallarda maqolalar e`lon qilish" mavzusida master klas tashkil qilindi.

http://tdpu.uz/upload/7069_20171.jpg


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining rasmiy kanaliga ulaning
🇺🇿Kuni kecha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan “Til xalqning tarixi, madaniyati, turmush tarzi, urf-odatini aks ettiruvchi kо‘zgudir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bо‘lib о‘tdi.
#international_mother_language_day
🔊Kuni kecha universitetimizda Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda Bangladesh elchisi qatnashdi. Qiziq, Bangladesh xalqini Xalqaro ona tili kuniga nima bog'lab turadi? Bu haqida qisqacha quyida tanishishingiz mumkin: http://uza.uz/oz/society/khal-aro-ona-tili-kuni-nishonlanishiga-bangladesh-khal-ining-21-02-2020
#daily_motivation

O'qituvchilar, menimcha, jamiyatning eng mas'uliyatli va muhim a'zolaridir, chunki ularning kasbiy sa'y-harakatlari Yerning taqdiriga ta'sir qiladi.

Helen Colddicott
#ourhero #ourstudent

🔊Universitetimizning Jismoniy madaniyat va ta'lim yo'nalishi 301-guruh talabasi Sobitov Kamron BAAning Dubay shaxrida o'tkazilgan IRONMAN musobaqasida bronza medali sohibi bo'ldi.

IRONMAN - bu o'ziga IRONMAN®️ Triathlon, 5150™️ Triathlon, Rock,n,Roll Marathon, IRONKIDS, Epic Mountain Bike Series kabi ko'ptarmoqli xalqaro sport tadbirlarini o'tkazishni boshqaruvchi guruh. IRONMAN dunyodagi eng katta sport musobaqalari uyushtiradi. Ushbu guruh 1978-yildan beri o'tkazib kelinadi. IRONMAN tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda minglab ishtirokchilar belgilangan masofalarni, qiyin to'siqlarni yengib o'tgan holda bosib o'tishlari kerak.
IRONMAN guruhi 55 ta davlatda o'z vakolatxonasiga ega va har yili dunyo bo'yicha 235 ta xalqaro sport tadbirlarini uyushtirish orqali dunyodagi eng katta sport brendlaridan biriga aylangan.

Shunday ulkan ahamiyatga ega bo'lgan sport tadbirida nafaqat yurtimiz, balki universitetimiz sha'nini ham yuqoriga ko'targan Sobitov Kamronga hayot yo'lida bundan ham kattaroq muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qolamiz.
Diqqat! “Zamonaviy universitet kelajak pedagoglarini tayyorlaydi” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tadi

Bugun, 24 fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida muassasada kutilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan “Zamonaviy universitet kelajak pedagoglarini tayyorlaydi” mavzusida matbuot anjumani bo’lib o’tadi. Anjumanda universitetning yangi tayinlangan rektori A.Umarov amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar to‘g‘risida OAV vakillari bilan ochiq suhbat qiladi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan qo‘yilgan quyidagi muhim masalalar yechimi muhokama qilinishi kutilmoqda:

- Oliy ta’lim muassasasida korrupsiyasiz ta’limni tashkil etish, ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash;

- Yetakchi pedagogik oliy ta’lim muassasasi sifatida jamiyatda pedagoglar mavqeini oshirishga o‘z hissasini qo‘shish, sohaga bilimli, iqtidorli yoshlarni jalb qilish.

Shuningdek, anjumanda Prezident Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi, xususan, ta’limning 6 yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddatini 3 yil etib belgilash bo‘yicha muassasada amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Matbuot anjumaniga jurnalistlar, blogerlar hamda barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.

Tadbir bugun, 24 fevral kuni soat 15: 00 da Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Toshkent shahri Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 27- uy.



Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining rasmiy kanaliga ulaning
🔊Ayni vaqtlarda universitetimizda "Zamonaviy universitet kelajak o'qituvchilarini tayyorlaydi" mavzusi ostida, bir qator OAV xodimlari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Matbuot anjumanida universitet rektori Alisher Umarov zamonaviy dunyoda pedagog kadrlar sifati, ularga bo'lgan milliy ehtiyoj, sohaga yangi kirib kelayotgan tendensiyalar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Rektor o'x so'zi davomida, universitet va o'quv faoliyatiga joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangiliklar, o'zgarishlar haqida atroflicha ma'lumot berib o'tdi.

Matbuot anjumani qizg'in muloqot ruhida davom etmoqda.
🔊"Zamonaviy universitet kelajakka zamonaviy pedagoglarni tayyorlaydi" mavzusi ostida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Matbuot anjumanida universitet rektori Alisher Umarov zamonaviy dunyoda pedagog kadrlar sifati, ularga bo'lgan milliy ehtiyoj, sohaga yangi kirib kelayotgan tendensiyalar haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Rektor o'z so'zi davomida, universitet va o'quv faoliyatiga joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangiliklar, o'zgarishlar haqida atroflicha ma'lumot berib o'tdi:

"Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti sentyabrda 85 yoshga kirgan bo'lsa-da, bu universitet eng yosh universitetlardan biri. Sababi, bu yerda 12 mingga yaqin talabalar tahsil oladi. Pedagogika universitetini bitirgan talabalar nafaqat ta'lim sohasida, balki boshqaruv sohasida, biznesda, boringki, jamiyatimizni barcha jabhasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Biz universitetda kelajak pedagoglarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Ayni paytda o‘qituvchilarning oylik-maoshlari oshdi, jamiyatdagi pedagoglarning nufuzini oshirishga e'tibor qaratildi.

Muxtaram prezidentimizning tashabbuslari bilan yurtimizda o‘qituvchilarga bo‘lgan e'tibor, uning mavqei, unga bo‘lgan hurmat-e'tibor nihoyatda kuchaydi. Shuning orqasidan bizning oliy ta'lim muassasasida o‘qiyman deb kelayotgan yoshlar ko‘paydi. Oliy ta'lim muassasalari oldiga mamlakatimiz iqtisodi uchun ham yetuk kadrlarni yetkazib berish vazifasi qo‘yildi. Biz nazariy bilimlarni berish bilan birga amaliyotni ham yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Bu bilan kadrlarimizni ish jarayoniga tayyor holatda yetib borishlarini ta'minlagan va o‘z navbatida ularning ish sifatini oshirgan bo‘lamiz. O‘qituvchilarni halollik vaksinasi bilan ta'minlashimiz kerak. Farzandlarimizga halol, adolatli yashashni o‘rgatish uchun aynan bizning universitetimiz korrupsiyadan xoli hududga aylanishi darkor. Universitet rektori sifatida shuni ta'kidlamoqchimanki, bizning muassasada har qanday kichkina korrupsiya hodisasiga ham murosasiz bo‘lamiz. Korrupsiya holatining biror ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymaymiz, mening asosiy vazifalarimdan biri ham ana shu.

Bizning har bir bitiruvchimiz AT sohasida sertifikatga ega bo‘lib chiqadi, har bir bitiruvchimiz biror chet tili bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lib chiqadi, har bir bitiruvchimiz o‘z mutaxassisligidan tashqari yana bir qo‘shimcha mutaxassislikka ega bo‘lib chiqadi. Masalan, Maxsus pedagogika fakulteti bitiruvchilari faqatgina nogiron bolalar bilan ishlaydigan mutaxassis bo‘lib qolmay, ingliz tili bo‘yicha mutaxassis va tarjimon bo‘lib chiqishi imkoniyatini yaratamiz. Buning uchun biz universitetda kredit-modul tizimini joriy qilamiz. Jismoniy tarbiya yo‘nalishimizda jahon grossmeysterligini qo‘lga kiritgan shaxmatchilar bilan maxsus to‘garaklar ochib, shaxmat sirlarini yoshlarimizga o‘rgatamiz.

Xalq ta'limi vazirligi bilan maxsus kelishuvga asosan, magistratura yo‘nalishi bitiruvchilari orasidan 10 nafarini universitetni bitirishi bilan maktab direktorligiga tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishdik. Yosh va kreativ fikrlaydigan yoshlarimizni maktablarda ta'limni rivojlantirishga, yangi pedagogik texnologiyalarni aynan maktablarimizga olib kirishga jalb etamiz."
🔊Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Facebook: https://www.facebook.com/nizamitdpu/

Twitter: https://twitter.com/nizamitdpu

Instagram:
https://www.instagram.com/nizomiytdpu/

Telegram: https://t.me/TDPU_uz