O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.47K subscribers
12.7K photos
1.16K videos
150 files
3.3K links
Download Telegram
#hayrlashuv

Bugun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi tomonidan shu kunga qadar universitetda birinchi prorektor sifatida faoliyat olib borayotgan Feruza Madraximova bilan hayrlashuv marosimi bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun, Feruza Madraximova joriy yilning 2-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Urganch davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan edi.

Bugun TDPU rektori Abdug'affor Qirg'izboyev boshchiligidagi universitet jamoasi Feruza Madraximovaning keyingi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar. Shuningdek, rektor tomonidan Feruza Madraximovaning TDPUdagi 3 yillik faoliyati davomida universitetning ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishi yuqori bosqichga ko'tarilganligi, yangi iqtidorli va lider yoshlar kashf etilganligini alohida e'tirof etilib, aytib o'tildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi nomidan Feruza Ruzimbayevnaning keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz!

🌐 @TDPU_UZ
#Test_2023

#LIVE

📺📺 Habaringiz bor Bugun,test jarayonlarining 5-kuni,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti vakillaridan iborat "Volontyorlar guruhi" targ’ibot ishlarini olib bormoqda.

Ota-onalar hamda abituriyentlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika univeristeti vakillaridan iborat "Volontyorlar guruhi" tashkil etildi.

Mazkur guruh ayni damda ota-onalar va abituriyentlarning vakillari bilan suhbatlar olib bormoqda, sotsiologik so'rovnomalar o’tkazilmoqda, hamda oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar tizimi to'g'risida ma'lumotlar berib bormoqda.

🌐 @TDPU_UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE | #beshinchi_kun_test

OTMlarga kirish imtihonlari o'tkazilayotgan UzEXPO markazining Toshkent davlat pedagogika universitetiga ajratilgan hududidan fotolavhalar.

Hozir ushbu manzilda test sinovlari o'tkazilmoqda. Ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilingan, havo sovutish moslamalari va suvli ventilyatorlar o‘rnatilgan.

Test o‘tkaziladigan kunlari ota-onalar bilan suhbatlashish va ularni qiziqtirgan savollarga javob berish uchun ko‘ngillilar guruhi shakllantirilgan.

Shu bilan bir qatorda abituriyent ruxsatnomasini qog‘ozga chiqarish imkoniyati mavjud. Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkazilmoqda va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

🌐
@TDPU_UZ
#test_jarayoni_2023
#5_kunning_ikkinchi_yarmi

Bugun 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni

Ushbu imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari uchun salqin joylar, farzandlarini imtihon jarayonida onlayn kuzatib borishlari uchun katta monitorlar tashkil etilgan.

Mazkur joylarda faol harakat olib borayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rahbariyati hamda "Volontyorlar guruhi" tomonidan ota-onalar ishtirokida ijtimoiy so'rovnomalar o'tkazish ishlari davom etmoqda.

Bunda ota-onalar sotsiologik tadqiqot vositasida yangi tartibda tashkil etilgan test jarayoni, yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarga bo'lgan munosabatlarini erkin ifoda etmoqdalar.

🌐 @TDPU_UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#test_jarayoni_2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Uzexpo markazi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga biriktilgan hududda o’tkazilayotgan test sinovlari jarayonlarini ko’zdan kechirdi.

Shuningdek, shu yerda abituriyentlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi.

ota-onalar ham bu yilgi qabul jarayonida yoshlarni oliy ta’limga qamrov koʻrsatkichlarining oshirilgani, ota-onalar uchun kutish joylari tashkil qilingani hamda ularning taklif va tavsiyalari oʻrganilayotganligini mamnuniyat bilan aytib o‘tdilar.

🌐 @TDPU_UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM