O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali
7.48K subscribers
12.7K photos
1.16K videos
150 files
3.3K links
Download Telegram
#TDPU_rektor  | #mahalla_yoshlari

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron va muammoli yoshlarimizni holidan xabar olish, ularni manzilli o‘rganish, zaruriy yordamlarni ko‘rsatish, muammolarini hal etishga ko‘maklashish maqsadida Sergeli va Yangihayot tumanlarida istiqomat qiluvchi, o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga takroriy tashriflarini amalga oshirdi. Tashrif davomida yoshlarning har biriga zamonaviy planshetlar sovg‘a qilindi.

🌐 @TDPU_UZ
#TDPU_rektor | #mahalla_yoshlari

Shuningdek, mahalla yoshlariga tashrif davomida universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi Axunxodjayevlar oilasiga avtomat kir yuvish mashinasini  sovg‘a qildi.

🌐
@TDPU_UZ
#TDPU_rektor  | #mahalla_yoshlari

Tashrif davomida universitet rektori tomonidan Sergeli va Yangihayot tumanlarida istiqomat qiluvchi Li Vlad, Jasurbek Gapparov, Po‘latova Zeboxonlarning har biriga zamonaviy planshetlar topshirildi.

Bundan tashqari Chilonzor tumanda istiqomat qiluvchi Kamronbek Rustamovga dars tayyorlashi uchun stol-stullar bilan birga unga  ham  zamonaviy planshet sovg‘a qilindi.

🌐 @TDPU_UZ
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 9-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo'lib o'tadi. Biz kelajagimiz uchun ovoz beramiz! Siz-chi?

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalaridan saylovda faol ishtirok etish bo'yicha chorlov.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#Futbol | #TDPU

Ayni damda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “CAFA Nationʼs Cup” turniridagi ishtirokini davom ettirmoqda. "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston - Turkmaniston o'rtasida o'yin bo'lib o'tmoqda.

Yurtimiz jamoasini qo'llab-quvvatlaah maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosarlari va talabalari "Bunyodkor" stadionida futbol musobaqalarini tomosha qilmoqdalar.

🌐
@TDPU_UZ
#Yoshlar_oyligi | #Osh_chempionati

Ertaga, 15-iyun soat 19.00da Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Talabalar turar joyida fakultetlarning Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosarlari, Yoshlar ittifoqi jamoalari va talabalar oʻrtasida milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi "Osh chempionati" o'tkaziladi.

Hurmatli Ustozlar, aziz talabalar, Sizda ham chempionatda ishtirok etish istagi bo'lsa, jamoangiz bilan osh damlab faol ishtirok etishingiz mumkin. Milliy taomlar namunasi boʻlgan eng mazali Palovxontoʻrani tayyorlagan jamoalar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlanadi.

🇺🇿 @TDPU_UZ
#TDPU_rektor  | #mahalla_yoshlari

Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyevga biriktirilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va muammoli yoshlar holidan munrazan xabar olinmoqda.

Sergeli va Chilonzor hududidagi yoshlarning ayrimlari universitet hududiga chaqirilib, ularning muammolari o'rganildi vazaruriy yordamlarni ko‘rsatildi. Xususan ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash hamda muayyan sohalarga qiziqishi bor yoshlarni to'garaklarga jalb etish masalasi ko'rib chiqildi. Bu bo'yicha tegishli mas'ullarga vazifalar belgilandi.

🌐 @TDPU_UZ
#Xalqaro_hamkorlik

Nizomiy nomidagi TDPU va Maksim Tank nomidagi BDPU hamkorlik memorandumi asosida Innovatsion pedagogika qo‘shma fakultet bitiruvchi talabalardan yakuniy davlat  imtixonlarini o‘tkazish bo‘yicha BDPU dan komissiya a’zolari tashkrif buyuri.

BDPU yakuniy imtixon komissiya a’zolari bilan TDPU rektori A.K.Qirg‘izboyev bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv  davomida qo‘shma fakultetda o‘quv, ilmiy va ma’naviy -tarbiyaviy  faoliyatda amalga oshirilgan ishlarni yuqori baxo berib, kelgusida istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

 Komissiya a’zolari TDPU rektoriga o‘quv jarayonlarini tashkil  etishda talabalar uchun yaratilgan   shart-sharoitlar  uchun o‘z minatdorchiliklarini  bildirdilar.

@TDPU_UZ