2024-yil 6-may kuni Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi bilan hamkorlikda "Turizm sohasida kasbni ommalashtirish" loyihasi doirasida yoshlar uchun turizm sohasidagi imkoniyatlarni namoyish etish va kelajakdagi kasbni ongli ravishda tanlashga qaratilgan kompleks kasb-hunarga yo'naltirish tadbirini tashkil etdi.
🔹Mazkur tadbir "Toshkent bitiruvchilari va talabalari" tashabbusi doirasida o'rta ta'lim maktablari bitiruvchilari uchun Turizm qo'mitasi va Toshkent shahar hokimligi ko'magida o'tkazildi.
🔹Kompleks kasbga yo'naltirish tadbirida Institut xodimlari: I.Ahmedjanova, D.Uralova, F.Boyko va S.Egamberdiyev faol ishtirok etdilar.
🔹"Turizm sohasida kasbni ommalashtirish" tadbiri doirasida yigit-qizlar mehmonxona va turizm sohalaridagi imkoniyat va vazifalar bilan tanishdilar.
🔹Bitiruvchilar va talabalar uchun turizm va mehmondo'stlik sohasida muvaffaqiyatli martaba uchun zarur bo'lgan talablar va fazilatlar bo'yicha tushuntirishlar berildi, shuningdek amaliy mahorat darslari - master-klasslar tashkil etildi (shu jumladan WorldSkills misolida).
🔹Tadbirda Yashnobod tumani hokimligi vakillari, HotelPro konsalting kompaniyasi, Shosh Palace mehmonxonasi, Crowne Plaza mehmonxonasi, Markaziy Osiyo turizm va mehmondo'stlik universiteti, O'zbekiston oshpazlar uyushmasi, WorldSkills Uzbekistan assotsiatsiyasi mutaxassislari, shuningdek, kollej/texnikum o'qituvchilari so'zga chiqib, turizm va mehmondo'stlik yo'nalishi bo'yicha ta'lim olish bo'yicha qimmatli amaliy maslahatlar bilan o'rtoqlashdilar.