Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy kanali
881 subscribers
2.68K photos
100 videos
64 files
1.33K links
Манзил: Самарқанд вилояти, Оқдарё тумани, Даҳбед қўрғони, А.Темур кўчаси 7
Тел: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88
Facebook: fb.com/SamARU23
Veb-sayt: www.samaguni.uz
Download Telegram
Forwarded from Muhiddin B
✔️ Ҳурматли талабалар ва ота-оналар!

Ипотека-банк Сизларга банк томонидан имтиёзли шартларда таълим кредити ажратилаётганини маълум қилади.

Таълим кредит қуйидаги шартларда ажратилади:
👉 миқдори – тўлов контракти шартнома суммаси;
👉 фоизи – Марказий банкнинг амалдаги асосий ставкасида (бугунги кунда 14%);
👉 муддати – асосий қарз талабанинг расмий ўқиш муддати тугаганидан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади.

❗️Кафилликка 18 ёшга тўлган доимий даромадга эга жисмоний шахслар қабул қилинади.

Кредит олиш учун Ипотека-банк филиаллари ва банк хизматлари марказларига мурожаат қилишингиз мумкин.

Батафсил.

📞 Қўшимча маълумотлар учун 78-150-11-22 ва 1233 қисқа рақам орқали боғланишингиз мумкин.
🚀STARTAP LOYIHALARI MOLIYALASHTIRILADI

🎙 O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi startap loyihalari tanlovini e'lon qiladi❗️❗️❗️

⭕️Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin
⭕️Tanlov muddati chegaralanmagan
⭕️Ishtirok etuvchi nomzodlarga Samarqand viloyati hududiy Innovatsion rivojlanish boshqarmasi tomonidan konsultatsiya beriladi

🌐Tanlov haqida batafsil ma'lumot va ishtirok etish uchun ariza shaklini quyidagi link orqali olishingiz mumkin:

https://drive.google.com/drive/folders/1Uam2oqsFolXt9YvL0OicdsFD3DGRzg2-?usp=sharing

☎️Savollar va konsultatsiya uchun:
+998-97-287-99-91

♻️Yangiliklarni kuaztib boring:
https://t.me/MinInnovation_Samarkand
E’lon!
2021 yil 31 Avgust, soat 11-00 da Toshkent Davlat agrar universiteti Samarqand filiali “Agrobiznes va Logistika” fakul'teti “Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo‘jaligi va raqamli texnologiyalar” kafedrasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
KUN TARTIBI:
1. Kafedra assistenti, mustaqil tadqiqotchi Babaxolov Sherzod Baxtiyorovichning 08.00.04 – «Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti» ixtisosligi bo‘yicha taqdim etilgan «Qishloq xo‘jaligida iqlim omillari o‘zgarishining ta'siri va adaptatsiya jarayonlarini iqtisodiy baholash (Samarqand viloyati misolida)» mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan dissertatsiyasining ilmiy-texnik seminardagi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: i.f.d., dotsent Sh.T.Hasanov
2. Turli masalalar
Barcha xoxlovchilar taklif etiladi.
Forwarded from OQDARYO YOSHLARI (Dilshod Movlonov)
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali “Direktor Kubogi” shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2021-yil 28-avgust kuni Oqdaryo tumani 2-sektor shtabi binosida O‘zbekiston Reaspublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali “Direktor Kubogi” shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Oqdaryo tuman 2-sektori bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur musobaqada 2-sektor hududida joylashgan to‘qqizta mahalldan jami 48 nafar mahalla yoshlari ishtirok etdilar.
Qizg‘in o‘tgan ushbu musobaqada: Dahbed mahallasidan, 2013-yilda tug‘ilgan Saidaliyev Ma’dixon 1-o‘rinni, Po‘latdarxon mahallasidan, 2008-yilda tug‘ilgan Abduraufov Akobir 2-o‘rinni, Chorbog‘ mahallasidan, 2012-yilda tug‘ilgan Haydarov Jahongir 3-o‘rinni egalladilar.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

https://t.me/oqdaryo_yangiliklari
Forwarded from Glocals Bookshop
#Intervyu

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Sardorbek Usmanov Kun.uz muxbiriga Prezidentimizning yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyalash borasidagi farmonida belgilangan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi vazifasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
____________________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bir guruh jamoadoshlarimizga “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi Batafsil👇👇👇 https://samaguni.uz/uz/bir-guruh-jamoadoshlarimizga-%E2%80%9Co%E2%80%99zbekiston-respublikasi-mustaqilligining-30-yilligi%E2%80%9D-esdalik-nishoni
Ҳукумат қарори билан стипендия миқдорлари ошди:

стажёр-тадқиқотчиликда таҳсил олувчи шахсларга стажёр-тадқиқотчи лавозим маошининг базавий миқдорига тенглаштирилган миқдорда (4,760 млн. сўм);

таянч докторантурада таҳсил олувчи шахсларга илмий даражага ёки илмий унвонга эга бўлмаган (2 йилгача илмий фаолият тажрибасига эга бўлган) кичик илмий ходим лавозим маошининг базавий миқдорига тенглаштирилган миқдорда (5,377 млн. сўм);

докторантурада таҳсил олувчи шахсларга фан номзоди ёки фалсафа доктори (PhD) илмий даражасига ёки хорижий давлатларнинг унга тенглаштирилган бошқа илмий даражаларига ёки илмий унвонга эга бўлган етакчи илмий ходим лавозим маошининг базавий миқдорига тенглаштирилган миқдорда (6,612 млн. сўм) стипендия тўланади.