Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy kanali
975 subscribers
3.1K photos
122 videos
65 files
1.45K links
Манзил: Самарқанд вилояти, Оқдарё тумани, Даҳбед қўрғони, А.Темур кўчаси 7
Тел: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88
Facebook: fb.com/SamARU23
Veb-sayt: www.samaguni.uz
Download Telegram
TDAU Samarqand filialida xalqaro konferensiya: Qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohasida taʼlim sifatini oshirish

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida qishloq xoʻjaligini rivojlantirishdagi yangiliklar va qishloq xoʻjaligi taʼlimini jozibador qilishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Unda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian, Germaniya, Portugaliya, Italiya, Estoniya davlatlarining professor-oʻqituvchilari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va qishloq xoʻjaligi vazirligi vakillari ishtirok etdi.
- Qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohasida taʼlim tizimi sifatini oshirish borasida hamkorlikda loyiha ishlab chiqildi, - dedi Portugaliyaning Porto universiteti professori Avgusto Faustino. - Loyiha doirasida ushbu konferensiyaga qatnashayotgan davlatlar oliy taʼlim muassasalari bilan chorvachilik sohasida onlayn platforma yaratildi. Natijada taʼlim sifati oshdi.
- Men Oʻzbekistondagi professor-oʻqituvchilar va talabalarning malakasini oshirish borasida oʻz hissamni qoʻshib kelmoqdaman, - dedi Estoniyalik professor-olim Devid Arni. - Oʻzbekistonda chorva mollarining oziq-ovqat mahsulotlariga oid muammolar va chorva mollarida uchraydigan kasalliklar mavjud. Bu muammolar boshqa davlatlarda ham bor, albatta. Konferensiya ishida chorva hayvonlariga ozuqa bazasini yaratish masalalariga ham yechim izlanmoqda. Bu borada bir qancha loyihalar olib borilyapti.
Ikki kun davom etgan ilmiy amaliy anjumanda qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohasidagi yutuq va muammolar muhokama etildi. Sohadagi kamchiliklarga yechim izlandi.
Shuningdek, tadbir doirasida „Erasmus+“ dasturining qishloq xoʻjaligi va veterinariya sohasidagi istiqbolli loyihalariga bagʻishlangan yakuniy sammiti ham boʻlib oʻtdi.
- „Erasmus+“ dasturi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dastur hisoblanadi, - dedi „Erasmus+“ dasturi eksperti Qudratxon Bahodirov. - Dastur oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar boʻyicha 500 mingdan 1 mln yevrogacha mablagʻ ajratadi. Dastur doirasida har yili tanlov eʼlon qilib boriladi. Oliy taʼlim muassasalari oʻzlarining salohiyatini oshirish uchun ushbu dasturda qatnashadi.
Ushbu nufuzli konferensiyaning aynan Samarqandda oʻtkazilishiga sabab, yosh boʻlsada xorijiy davlatlarda malaka orttirib, bilim olib kelgan professor olimlarning filialda mehnat qilayotganidir. Bu kabi hamkorlikdagi ilmiy anjumanlar yaqin kelajakda oʻz samarasini beradi, albatta.

Toshkent davlat agrar universiteti
Samarqand filiali axborot xizmati.
Forwarded from Deleted Account
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ТДАУ САМАРҚАНД ФИЛИАЛИДА ЎТКАЗИЛГАН ХАЛҚАРО АНЖУМАН
Forwarded from Edu.uz
#Saylov_2021_tanlov

Talaba-yoshlar diqqatiga!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talaba-yoshlar uchun “Saylov bilimdoni” onlayn test tanloviga start beradi.

🗓Onlayn tanlov:

1-bosqich: 9–11-oktabr kunlari;
2-bosqich: 13–15-oktabr kunlari;
3-bosqich: 19-oktabr kuni boʻlib oʻtadi.

✔️Tanlovda respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari 1 nafar 1-o‘rin sohibi noutbuk, 2 nafar 2-o‘rin sohiblari planshet, 3 nafar 3-o‘rin sohiblari smartfon sovg‘alari bilan mukofotlanadilar.

☝️Tanlovda ishtirok etuvchi talabalar http://sb.bimm.uz tizimiga kirib, o‘zlariga tegishli bo‘lgan JSHIR (shaxsiy identifikatsiya raqami) orqali ro‘yxatdan o‘tadilar.

❗️Ishtirokchilarga faqat bir marta test topshirishga ruxsat beriladi.
_______
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2021 йил 25 ноябрь куни Тошкент шаҳрида "Фан ва инновация" ёш олимлар халқаро илмий анжумани бўлиб ўтади.
Анжуман ташқилотчиси: Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги ҳузуридаги ИЛҒОР ТЕХНОЛОГИЯЛАР МАРКАЗИ
Анжуман ташкилий кўмитаси сизни илм-фан ва инновацион жараёнларнинг долзарб муаммоларига бағишланган “Фан ва инновация” ёш олимлар халқаро илмий анжуманида иштирок этишга таклиф қилади.
Анжуман илмий ютуқлар ва инновацион жараёнларнинг ўзаро боғлиқлиги бўйича илмий ва амалий тажриба, фикрлар алмашинувини ўз ичига олади.
Анжуманнинг асосий мақсади илмий жамоатчиликка ва салоҳиятли инвесторларга биология, физика, кимё ва геология каби табиий фанлар соҳасидаги замонавий ютуқларини тақдим этиш, шунингдек муаммоларга ойдинлик киритиш ва замонавий тенденциялар ва илм-фан, муҳандислик ва технологиянинг устувор йўналишларида олиб борган тадқиқотларимизнинг натижалари билан бўлишиш.
Тезислар қуйидаги йўналишлар бўйича қабул қилинади:
• Геология фанлари
• Биология фанлари
• Физика фанлари
• Кимёвий фанлар
• Тиббиёт фанлари
• Фармацевтика фанлари
• Қишлоқ хўжалиги фанлари
• Иқтисодиёт фанлари
• ИТМ миллий тизими ва илм-фан ривожланишидаги IT-технологияларнинг ўрни
Анжуман тиллари: ўзбек, рус, инглиз тиллари.
Анжуманда иштирок этиш учун 2021 йил 25 октябргача ариза ва маъруза тезиси (2 бетдан ошмаслиги керак) илова қилинган файллар conference2021@yandex.com ёки cat-conference@yandex.com электрон манзилига юборилиши керак.
Filial Rossiya fanlar akademiyasining O‘simliklar fizilologiyasi instituti bilan shartnoma imzoladi
www.samaguni.uz
Facebook: fb.com/tdausf
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini oshirish, saylov qonunchiligi haqida yoshlarga keng tushuncha berish hamda ularning saylovdagi faolligini oshirishga qaratilgan videodarslar ishlab chiqildi.

Agentlik tomonidan taqdim etilayotgan videodarslarda saylov bilan bog'liq barcha ma'lumotlar sodda tilda tushuntirib berilgan. Quyidagi havolalar orqali videodarslarni tomosha qilishingiz mumkin. Kiring, ko'ring, huquqiy bilimlaringizni yana-da oshiring!

1. Saylov nima?
2. Saylov prinsiplari
3. Aktiv saylov va passiv saylov
4. Saylovchilarning huquqlari
5. Saylovchilarning majburiyatlari
6. Saylov kuni
7. Saylovlarda ovoz berish tartibi
8. Saylovlarda siyosiy partiyalarning ishtiroki
9. Saylov okruglari va uchastkalari
10. Saylovchilar ro'yxati qanday shakllantiriladi?
11. Saylovchilar ro'yxatidan familiya va ismini topolmaganda qanday chora ko'rishi kerak?
12. Saylov byulleteni va uni to'ldirish tartibi
13. Saylovchining turgan joyida ovoz berish tartibi
14. Saylovchining chet davlatda turgan joyida ovoz berish tartibi
15. Muddatidan oldin ovoz berish
16. Saylov ovozlarini hisoblab chiqish
17. Saylov natijalarini e'lon qilish
18. Takroriy ovoz berish va takroriy saylov qanday hollarda o'tkaziladi?
19. Saylov komissiyalari
20. Saylovni moliyalashtirish

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
“IQTIDORLI YOSHLARNI ILMIY-TADQIQOT faoliyatiga jalb etishda yaponiya tajribasi” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING
www.samaguni.uz
Saylash va tanlash huquqi - sizning qo‘lingizda!
www.samaguni.uz
Facebook: fb.com/tdausf
Filialida “Biz buyuk allomalar- vorisimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
www.samaguni.uz
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Факт 24 | Ёш тадқиқотчилар ноёб доривор ўсимликлар устида изланмоқда
#13oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
“IQTIDORLI YOSHLARNI ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATIGA JALB ETISHDA YAPONIYA TAJRIBASI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING
www.samaguni.uz
Facebook: fb.com/tdausf
OLIYGOH O‘QITUVCHILARI VA OLIMLAR UCHUN GЕRMANIYADA ILMIY MALAKA OSHIRISH GRANTI
www.samaguni.uz
TADQIQOTCHILAR VA YOSH OLIMLAR UCHUN ILMIY – TADQIQOT STIPЕNDIYALARI
(1-10 oy)
www.samaguni.uz
Aholini ro’yxatga olish tadbiri to’g’risida seminar
www.samaguni.uz
Facebook: fb.com/tdausf
“Til millat ko’zgisi” mavzusida diktant tanlovi o’tkazildi.
batafsil:👇👇👇
www.samaguni.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 8 kun qoldi.
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали таълим гранти эълон қилади

Хабарингиз бор, 1 йил аввал MetsenatUz лойиҳасини бошлаган эдик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди. Тома-тома кўл бўлур деганидай, 1 йил давомида жами 5 млрд сўмдан ошиқроқ қийматдаги таълим гранти ва стипендиялар эълон қилинди.

Биз бу лойиҳани тўхтатмоқчи эмасмиз, бор куч ва имкониятларимиз билан ушбу лойиҳани ривожлантириш устида бош қотиряпмиз. Бугун мамнуният билан MetsenatUz лойиҳасида навбатдаги таълим грантини эълон қиламиз.

XushnudbekUz Телеграм канали номидан жорий қилинган таълим грантида 35 нафар талабага 3 млн сўмдан, жами 105 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.

Балки бу катта сумма эмасдир, балки кимларгадир ярим йиллик контрактини қоплаш учун ҳам етмас, лекин имкон қадар эҳтиёжманд толиби илмларга ёрдам бўлади, деган умиддаман.

ℹ️ Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.

📲
ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

Таълим гранти ҳақида маълумот:

Қайси ОТМлар учун:
Барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи ва кечки
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 35 нафар (бунинг 10 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 3 млн сўм (жами 105 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 31 октябрь

📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

P.S.: электрон тизим тўлиқ янгилангани учун, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈