Tazkira
63 subscribers
396 photos
73 videos
4 files
67 links
Dard faqat menda bor, deb o'kinma, sendagi dardni ne'mat bilganlar ham bor! Unutma, toki nafas olar ekansan, hali imkon bor!
Download Telegram
The owner of this channel has been inactive for the last 11 months. If they remain inactive for the next 29 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Channel photo updated
Faqirlik cho’ntak bo’shligida emas, asli faqirlik qalb bo’shligida!

@tazkiraa
Ifloslik zamonida pokligingni, xiyonat zamonida vafoyingni, axloqsizlik zamonida odobingni, qabohat zamonida yaxshiligingni va safsata (g'iybat) zamonida sukutingni saqlab qol.

@Tazkiraa
The owner of this channel has been inactive for the last 17 months. If they remain inactive for the next 30 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
The owner of this channel has been inactive for the last 18 months. If they remain inactive for the next 7 days, they may lose their account and admin rights in this channel. The contents of the channel will remain accessible for all users.
Forwarded from The Stranger
Ilgari telegram kanallarda koʻp odam boʻlmasdi. Kundalik sifatida yuritardi koʻpchilik. Ularni oʻqish juda yoqimli edi. Hislar samimiy edi, ular oʻzini juda yaxshi tahlil qilardi, izohlardi. Hozir kanallar kattarib ketdi. Kundalik sifat kanalchalar haliyam bor, biroq endi ularda shaxs yoʻq. Yoshlar quruq zerikish, ma'nisiz mashgʻulotlar, hamma narsadan norozilik, manzilsiz isyon, haddan ziyoda ikir-chikir mavzular bilan band. Men bir oyda oʻnlab shunday kanallarga kirib chiqaman. Bitta boʻlsa ham fikrlovchi insonni izlayman. Lekin topolmayman. Yana oʻsha eski, necha yillardan beri yozilmaydigan kanallarga qaytaman. Adminlarning hozirgi hayotiga qiziqaman. Oʻzlarini, oʻzliklarini saqlab qolishganmikin deb oʻylayman. Yoʻq, bu oʻtmish nostalgiyasi emas. Haqiqatan ham gohida kechamiz bugunimizdan yaxshi boʻladi.
Inson toki boshqalarga qilganini o‘z boshidan kechirmas ekan—bu dunyoni tark etmaydi.

Bu shunchaki ogohlantirish emas.
Bu—hayot qonuni.
Uni chetlab o‘tib bo‘lmaydi.
Har bir so‘z, har bir amal, hatto har bir fikr—barchasi o‘z egasiga qaytadi.
Biz unutib yuborishimiz mumkin, ammo Alloh hech narsani unutmaydi.
Eng mayda amallarimiz ham, xuddi soya kabi, ortimizdan ergashib, bir kun kelib qarshimizga chiqadi.

Yaxshilik qilganingizda, siz faqat birovga emas, avvalo o‘zingizga foyda qilayotgan boʻlasiz.
O‘sha yaxshiliklaringiz siz haqingizda yozilayotgan kitobning sahifalariga aylanadi—va aynan o‘sha sahifalar eng muhim kunda ochiladi.
Biroq, agar siz kimgadir ozor yetkazgan bo‘lsangiz, bilingki, u azob bir kun sizning eshigingizni taqillatishi mumkin.
U sizni sindirish uchun emas, adolat borligini eslatish uchun keladi.
Islomda “bumerang” tushunchasi yo‘q.
Lekin undan ham chuqur va mukammalroq narsa bor—bu Allohning adolatidir.
Forwarded from Tundalik
Namozingni qanchalik chiroyli va vaqtida o‘qisang, hayoting ham shunchalik chiroyli bo‘ladi. Rizqingda, turmushingda, ishingda, sog‘lig‘ingda nega kechikishlar bo‘layotganidan hayron bo‘lsang — avval namozingga bir nazar tashla: uni kechiktiryapsanmi?

Hasan Basriy rohimahulloh