TATU NURAFSHON FILIALI | RASMIY
754 subscribers
4.26K photos
519 videos
29 files
1.76K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Yaponiya 🇯🇵
#xalqaro_hamkorlik

🤩 Filial delegatsiyasining navbatdagi manzili Nagoya universiteti boʻldi! Ushbu universitetga tashrifning asosiy maqsadi ta'lim sohasidagi imkoniyatlarni koʻzdan kechirish va kelajakda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

🎓 Talabalar va professor-o'qituvchilar bilan uchrashuvlar, zamonaviy o'quv auditoriyalari va laboratoriyalarni ko'zdan kechirish orqali universitetning ilg'or ta'lim uslublarini yaqindan o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldik.
Kutubxona boshqaruv tizimi talaba va professor oqituvchilarga yaratilgan sharoitlar oʻrganildi. Ushbu tajribalar kelajakda filialda kutubxona faoliyatiga innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni jalb etish imkoniyatlarini ochadi.

Kelajakda universitetlar o'rtasidagi aloqalar mustahkamlanib, ilmiy va oʻquv sohasidagi hamkorligimiz yangi imkoniyatlarni ochib beradi!

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#Tabrik

📆 Bugun Filial Axborot Texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi Karimov Sodiqjon Shodiyor o‘g‘lining tug'ilgan kunlari!

🎁 Shu munosabat bilan Filial nomidan sizga avvalo sog'lik, oilaviy baxt-saodat, mehnat faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ChatGPT #bilasizmi?

🤖 ChatGPT ham TATU ni birinchi raqamli IT universiteti sifatida e'tirof etmoqda.

Ayni vaqtda ChatGPT ga "O'zbekistonda IT sohasida ta'lim olish uchun qaysi universitet yaxshi?" deya so'rov bersangiz, u birinchi o'rinda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) ni "Eng nufuzli IT universiteti" sifatida taklif etadi.



🤖 Chatgpt также признает ТУИТ ведущим университетом в области IT.

В настоящее время если спросить у ChatGPT "какой университет лучше всего подходит для обучения в сфере IT в Узбекистане?" он в первую очередь, посоветует Ташкентский университет информационных технологий (ТУИТ) " как - самый престижный IT университет в Узбекистане.

✈️@tuituz_official
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#eslatma #HuaweiUzbekistan #SeedsForTheFuture2024

👥 Bugun Seeds for the Future 2024 dasturiga hujjat topshirishning so'nggi kuni!

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Seeds for the Future 2024 mintaqaviy taʼlim dasturida qatnashish uchun ariza topshirish muddati 2024-yil 20-iyungacha uzaytirildi. Ushbu noyob taʼlim loyihasi ishtirokchilari safiga qo‘shilish imkonini boy bermang.

Kerakli hujjatlar va saralash mezonlari bilan Huawei ning rasmiy sahifasida tanishish mumkin.



👥 Сегодня последний день подачи заявок на Seeds for the Future 2024!

Срок подачи заявок на участие в региональной образовательной программе Seeds for the Future 2024 для стран Ближнего Востока и Центральной Азии продлен до 20-го июня 2024 года. Не упустите возможность присоединиться к уникальному образовательному проекту.

Ознакомиться с необходимыми документами и критериями отбора можно на официальной странице Huawei.

#HuaweiUzbekistan #SeedsForTheFuture2024

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#ochiq_muloqot

🤩 Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filialida joriy yilning 21- iyun kuni soat 11: 30 da filial direktori N.Nasrullayev ishtirokida "Direktor va yoshlar" ochiq muloqoti bo'lib o'tadi.

🔈 Ushbu ochiq muloqotda barcha talaba- yoshlarimizni faol ishtirok etishga chorlaymiz.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#siyosiy_huquqiy_seminar

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali hamda O‘zbekiston "Adolat" SDP Toshkent viloyati Kengashi bilan birgalikda "O‘zbekiston-2030" strategiyasi bo‘yicha siyosiy- huquqiy seminar bo‘lib o‘tdi.

🖥 Seminarda O‘zbekiston "Adolat" SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi G.Ahmedova, filial Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Boboyorov, professor-o‘qituvchi xodimlar hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar "O‘zbekiston-2030" strategiyasi doirasida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan va amalga oshirilishi davom etayotgan, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan barcha maqsadlarga erishish va dolzarb vazifalari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.

🖋 Seminar davomida "O‘zbekiston-2030" strategiyasi borasida partiyaning olib borayotgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu yig‘ilishda talabalar ham faol ishtirok etib, o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi. Seminar yakunida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan O.Qo‘ldoshev, A.To‘xtasinov, D.Xamroyeva hamda A.Mamajonov singari o‘ndan oshiq talaba- xodimlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi. Eng faol qatnashgan talabalarga va ishtirokchilarga "Adolat" SDP Toshkent viloyati Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#huquqiy_profilaktik_tadbir

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filialida "Yoshlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish" mavzusida huquqiy-profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nurafshon filiali Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Boboyorov, Toshkent viloyati IIBB boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Sodiqova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i K.Pardaboyeva, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar. B.Boboyorov tadbir ishtirokchilariga mehmonni tanishtirib, filialda yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda turli tadbirlar, seminarlar va treninglar muntazam tashkil etilayotgani, bu esa, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllanishida ijobiy ahamiyat kasb etayotganini alohida qayd etdi.

🎙 Tadbirda so‘zga chiqqan podpolkovnik Sh.Sodiqova yoshlarga nisbatan tazyiq zo‘ravonlikni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni o‘z huquqlari va majburiyatlari haqida xabardor qilish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarning huquqlari poymol qilinishiga qarshi kurashishda oila, jamoat tashkilotlari va davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

👩🏻‍🎓 Huquqiy-profilaktik tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, talaba- yoshlar kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM