Taslimiyat ...
3.83K subscribers
2.46K photos
246 videos
23 files
725 links
Ish Robbining huzurida boshlanib, Robbining huzurida tugaydi.
Bandalar huzurida ko'p qolib ketmagin..

@Sh_Abduraimov
Download Telegram
Tashqi go'zallik o'tkinchidir.
Alloh iymon go'zalligi bersin ekan...


@taslimiyaat
Ey yigit, oʻqi..

•• @Taslimiyaat 🍃
Savol :
- Erimni Jannatda hurlardan qanday tiysam bo‘ladi?

Javob :
- Iltimos , shu er bechorani hech bo‘lmasa jannatda tinch qo‘ysangizchi!?

#Rashk #Hajv

@Taslimiyaat 🍃
#tabassum

Odam:
— Koʻz charchab qolyapti baliq-maliq yeb koʻzni ravshanlantiraylik.

Baliq:

— Oʻ nomard, telefonga kamroq qara. Akula yesang ham foydasi yoʻq, kun boʻyi telefoningga tikilib yotsang..

•• @Taslimiyaat 🍃
Ilm koʻp, umr qisqa...

•• @Taslimiyaat 🍃
Axloqning haqiqati salqin joyda qahva ichayotib zohir boʻlmaydi. Balki, olomon ichra, kun issigʻida, qiyin vaziyatlarda va munosabatlar soʻngida boʻy koʻrsatadi..

•• @Taslimiyaat 🍃
Yillar davomida oilasidagi qiyinchiliklarga to'la hayotni ko'rib katta bo'lgan bola - yoshligidan erkakga aylanib bo'ladi!

Aynan shu erkak kambag'allik zanjirini uzib, oilasiga orzu qilgan hayotni berishga tirishadi va bir kun kelib u o'ylagan niyatiga albatta erishadi. Muhimi harakatdan to'xtamaslik, halol ish qilishlik. Allohga oson, Alloh albatta u tomon ko'tarilgan qo'llarni bo'sh qaytarmaydi!

•• @Taslimiyaat 🍃
Ha, bugun sizga bir xushxabar aytaymi?

Ramazonimiz yaqin! 🌙

•• @Taslimiyaat 🍃
Dunyodagi hamma narsani aralashtirib tashlashni istayman.
Bugun ellik yoshligimning bir soatini
yoki bir kunini,
keyin o'ttiz yoshligimning,
undan keyin esa
sakson yoshligimning bir kunini
yashasam deyman.
Yilma-yil yashashni istamayman,
o'zim istagan tartibdagi
yillarda yashagim keladi.
Vaqtning zanjiriga
bog'lanib yashashni istamayman.
Meni tushunmaysan,
har qanday sehr - jodu bilan bo'lsa-da,
men hech qachon yashay olmaydigan yillarimni o'limning qo'lidan yulib
olishni istashimni tushunmaysan...

— Qarzga olingan umr

•• @Taslimiyaat 🍃
Hayotimning eng baxtli lahzalari ro‘yxatini tuzib, ularning birortasi pul bilan bog‘liq emasligini ko‘rdim.

•• @Taslimiyaat 🍃
Jumaning xayri va barokati sizga bo'lsin...

Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga mukammal va cheksiz durudu - salavotlar bo'lsin...

اللهمَّ صلِّ على سيِّدنا محمَّد

Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad ﷺ


@Taslimiyaat 🍃
Allohning bandalar ustidagi haqlari ular qoim qilayotganlaridan koʻra ulkanroqdir. Albatta, Allohning neʼmatlari hisobsiz, beadaddir. Shuning uchun ham (ushbu narsalarni yaxshi his qilganlar) tavba qilgan hollarida tong ottirib, tavba qilgan hollarida kech kirgizadilar.


@Taslimiyaat
Juma muborak azizlar.

@Taslimiyaat 🍃
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkakning kiyimi ayolning naqadar
ozoda ekanini koʻrsatadi,

Ayolning kiyimi esa erkakning naqadar
rashkli, erkak ekanini koʻrsatadi..

Doimgidek xulosani oʻzingizga
qoldiramiz..

@Taslimiyaat 🍃
Yigʻlayapsan... yigʻlayapsan, inson. Yigʻlayapsanki, insonsan, insonsanki, yigʻlayapsan!
Lekin sen gʻofil, "Yigʻlasam, hammasi oʻtib ketadi", deb oʻylayapsan. Yoʻq, yigʻi malham emas, anglash malhamdir!
Sen esa anglamayapsan...

— Fotix Duman "Men"

@Taslimiyaat 🍃
Ketishni o'rgandim.
So'ng, chidolmay
qaytishni o'rgandim.

Keyin esa,
ketsam qaytmasligim
kerakligini bildim
va yo qaytishim
ehtimoli bo'lsa
qolishim kerak deb o'yladim.

@Taslimiyaat 🍃
Bir zot, Uvays Qaroniy hazratlarining ziyoratlariga bordi va oralarida shunday suhbat bo'lib o'tdi:
-"Ey Allohning suyukli quli! Menga bir nasihat qiling!"
-"Alloh taoloni bilasanmi?"
-"Ha, bilaman!"
-"Unday bo'lsa, Alloh taolodan o'zga narsalarni bilma. Uning o'zi senga kifoya qiladi!"
-"Ey hazrat, menga yana bir nasihat qiling!"
-"Nima deysan, Alloh taolo seni biladimi?"
-"Ha, albatta biladi!"
-"Unaqada, Allohdan o'zgasi seni (kimligingni) bilmasin. Alloh taoloning bilishi, sening uchun kifoyadir!"

🔗
@taslimiyaat
Xafa bo‘lmang, oyog‘ingizga botayotgan tikonlar siz qidirib borayotgan gulning xabarchisidir...

🔗 @Taslimiyaat
Allohni koʻp eslang!
Uni eslash shifodir...

— Umar roziyallohu anhu

@Taslimiyaat
Yangi hayot uchun imkon tug’iladi


Kit o’lgach, tanasi suv tubiga cho’kadi. Bir kilometrlik chuqurlikda uning tanasidan boshqa ozuqa bo’lmaydi.

Bir yil ichida tananing atrofida yangi ekosistema paydo bo’ladi.

Suyaklardan ozuqlanuvchi bakteriyalar, bakteriya bilan oziqlanadigan chuvalchanglar, chuvalchang bilan oziqlanadigan molyuska va qisqichbaqalar.

Bu ekosistema 50 yildan oshiq yashaydi.

Avvaliga qayg’uli ko’ringan o’lim, minglab hayotning boshlanishiga sabab bo’ladi.

Hayotimizda ham shunday o’limlar bo’lib turadi.

Ishingizni yo’qotasiz. Yaxshirog’ini qidirishga vaqt topiladi.

Qarzga botasiz. Yangi kasb o’rganishga kuch topiladi.

Buvingiz vafot etadi. Ota - onani ko’proq qadrlashni boshlaysiz.

Xiyonat qilishadi. Sodiqlarni sevib qolasiz.

Qaysi sohada o’limga uchrab, burchakka taqalsak, o’sha sohada yangi hayot uchun imkon tug’iladi.

@Taslimiyaat 🍃