Taskinimiz
115 subscribers
266 photos
198 videos
3 files
31 links
Kanal shaxsiy blog tarzida yuritilib boriladi.

Shaxsingizni yashirgan holda so'rovlar uchun:
http://t.me/anonquebot?start=2os9p

Fikr va mulahazalar:
https://t.me/+g0gI_xEoJmxjNzIy

Admin: @KhasanIlkhamjanovich
Download Telegram
Boysun, Surxondaryo
🤩1
Forwarded from Ikrom Sharif
Мажбурият бўлмаган ишни қилиш шарт эмас. Аммо мажбурияти билан чекланганлар муҳаббат талаб қилмасин. Чунки у қилиши лозим бўлган ишни қилаяпти.
Мажбурият бўлмаган ишни қилиш — ҳиммат. Ҳиммат эса муҳаббатнинг энг асосий боиси.
Муҳаббат истаганлар ҳиммат кўрсатсин!

Бу аввало оилада муҳим. Бошқа муносабатларда ҳам ишлайди.

@IkromSharif
Forwarded from A'lamiy
Faqat seni sevish menga yoqardi

Bilardim bu yo'lning oxiri tugun,
Gunohdan o'zimni oqlamaganman...
Men uchun eng muhim kun edi bugun,
Ertani o'ylashni xohlamaganman...

Shundoq ham yetardi dardlarim soni,
Uchragan nechi g'am menga boqardi...
Biroq, baxtlarimning yo'q edi nomi,
Faqat seni sevish menga yoqardi...

Sezardim, bo'lishing eng shirin armon,
Shunda ham ortimga qaytolmaganman...
Arz qilib, taqdirni etgancha yomon,
Oxirgi so'zimni aytolmaganman...

Shunchaki bir lahza, shunchaki bir on,
Sevgi deb aqldan ozdim, kechirgin...
Kimnidir sen kabi sevmadim, ishon,
Ishqingda shu she'rni yozdim, kechirgin...

#Jaloliddinova O'g'iloy

@alamiy_uz
💯1
Channel name was changed to «Taskinim»
Forwarded from Ikrom Sharif
Яқинлари бўлатуриб: “Юсуфни ўлдиринглар..”, дейишди.
Бир бегона эса: “Унга (Юсуфга) яхши жой бер..”, деди.

Муҳаббат ҳам ризқдир. Шу ризқинг қайси қалбда эканини билмас экансан.

@IkromSharif
«Men bir insonni qoralash yoki g‘iybat qilishdan ko‘ra, unga 72 ta uzr topishni afzal bilaman.»

Ma’nosi: boshqalarning xato yoki noaniq ko‘ringan ishlariga darhol yomon gumon qilmasdan, avvalo yaxshi tomondan talqin qilishga, uzrli sabablarini izlashga harakat qilish.
Bu ibora Islom axloqidagi husni-zan (musulmon haqida yaxshi gumonda bo‘lish) tushunchasiga mos keladi. 72 soni ko‘pincha ko‘plab uzr-sabablarni izlash kerakligini ta’kidlash uchun ishlatiladi.
Forwarded from Ikrom Sharif
Йигит:
— Кошки, Сулаймоннинг хизматчиларидек иккита жиним бўлса эди, сени олиб келиш учун ҳозир уйинга жўнатар эдим!..
Қиз:
— Худо хайрингни бергур, ота-онанга айтиб, иккита совчи жўнатсанг ўзим бораман!..

@IkromSharif
"Qush qanoti qalam bo‘lsa, yozilmas edi dardim"
Forwarded from A'lamiy
Omonatsan endi...

Ismingni o'chirdim duolarimdan,
Ammo suratlaring saqlab kelyapman.
"Bunchalar hayosiz", dema iltimos,
Chin so'zim, ularga qaramayapman.

O'ylardan otilib ketadi boshim,
Sen bilan sinalish naqadar og'ir.
"Yasholmayman", deya to'kdim ko'z yoshim,
Mana, sensizlikka ko'nyapman oxir.

Sen-ku o'z olaming qo'ynida erkin,
Men esa ohlarim domida talash.
Na-da begonamiz, na-da parvona,
Uyat bo'lar axir "meniki" atash?

G'alati tugadi bizning hikoya,
Boshi berk ko'chada qolganday bo'ldim.
Go'yo qilganlarim barchasi zoye,
O'sha kuni xuddi o'lganday bo'ldim.

"Alvido" demadik, "xayr" demadik.
Intiqomiz menga alam qilar gah.
Shuncha taqdir ko'rib odam bo'lmadik,
Omonatsan endi… Fi amanillah..

#Malika Yoqubzoda

@alamiy_uz
Forwarded from A'lamiy
— Chiroyli keta olmayotgan
odam, aslida, hikoyaning
tugaganini tan olgisi
kelmayotgan yozuvchiga o'xshaydi.

U nuqta qo'yilishi
kerak bo'lgan joyga tinimsiz
vergullar, izohlar va ortiqcha
gaplar qo'shaveradi.

— Insonlar ko'pincha chiroyli
xotiralarni saqlab qolishdan ko'ra,
ketish paytida hamma narsani
vayron qilishni afzal ko'rishadi.

— Ko'pchilik ketishni sahnadan
tushish deb biladi va oxirgi
soniyagacha diqqat markazida
qolishga urinadi.

— Sahnadan ta'zim bilan vaqtida
chiqib ketish ham san'at.
Chiroyli ketolmaganlar esa parda
yopilayotganda ham sahna
chetiga yopishib olib
tomoshabinni charchatadigan
aktorlarni eslatadi.

— "Mensiz hamma narsa tugaydi",
degan xayoliy tuyg'u insonni
kulgili va achinarli ahvolga solib qo'yadi.

— Eshikni shunday yopib ketish
kerakki, ortingdan eshitilgan ovoz
qarsillash emas, senga nisbatan
hurmatning sukunati bo'lsin.

#Jamoliddin Muhammadjon

@alamiy_uz
Forwarded from A'lamiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Nega bunaqaman" - degan savolni,
Bilmaysan, necha bor berdim o'zimga.
Kunduz kun yod olib qolaman hayron,
Tun bo'yi o'zimga aytgan so'zimga.

Ba'zan o'zimni ham tushunmay qolib,
Fikrimni ifoda etolmayman ham.
Shu qadar yaqinman o'zimga go'yo,
Shu qadar uzoqman — yetolmayman ham.

"Nega bunaqaman?" — deyman yana jim,
Go'yo javob bordek yurak tubida.
Ammo u javobni aytishga qo'rqib,
Yashirinib yotar sukut qo'ynida.

Balki men shunchaki ortiqcha sezgir,
Balki ko'nglim yupqa, so'zim og'irroq.
Yoki bu dunyoga sig'may qolganim,
Shu savol ostida yashash to'g'riroq.

Ha men shunaqaman, sal g'alatiroq,
Har neni yutaman ko'ngil ichiga.
Lol qolib jilmayib qo'yaman ba'zan,
Tangrim menga bergan sabr kuchiga..

Ha men shunaqa...

#Malika Yoqubzoda

@alamiy_uz
🔥1
Forwarded from Ikrom Sharif
Чин қалбдан истасанг ҳам, энг қимматли вақтларингни сарфласанг ҳам, дуо эшиги остонасида ётиб олсанг ҳам — ҳа, баъзан бўлмайди.
Бу бўлмаслик сенинг ҳаракатсизлигингдан ҳам, бахтга лойиқ эмаслигингдан ҳам эмас. Бу — насиба масаласидир. Ҳар бир насибнинг рўёбга чиқадиган вақти бор ва ўша вақт келса, албатта бўлади!


@IkromSharif