Forwarded from A'lamiy
Omonatsan endi...
Ismingni o'chirdim duolarimdan,
Ammo suratlaring saqlab kelyapman.
"Bunchalar hayosiz", dema iltimos,
Chin so'zim, ularga qaramayapman.
O'ylardan otilib ketadi boshim,
Sen bilan sinalish naqadar og'ir.
"Yasholmayman", deya to'kdim ko'z yoshim,
Mana, sensizlikka ko'nyapman oxir.
Sen-ku o'z olaming qo'ynida erkin,
Men esa ohlarim domida talash.
Na-da begonamiz, na-da parvona,
Uyat bo'lar axir "meniki" atash?
G'alati tugadi bizning hikoya,
Boshi berk ko'chada qolganday bo'ldim.
Go'yo qilganlarim barchasi zoye,
O'sha kuni xuddi o'lganday bo'ldim.
"Alvido" demadik, "xayr" demadik.
Intiqomiz menga alam qilar gah.
Shuncha taqdir ko'rib odam bo'lmadik,
Omonatsan endi… Fi amanillah..
#Malika Yoqubzoda
@alamiy_uz
Ismingni o'chirdim duolarimdan,
Ammo suratlaring saqlab kelyapman.
"Bunchalar hayosiz", dema iltimos,
Chin so'zim, ularga qaramayapman.
O'ylardan otilib ketadi boshim,
Sen bilan sinalish naqadar og'ir.
"Yasholmayman", deya to'kdim ko'z yoshim,
Mana, sensizlikka ko'nyapman oxir.
Sen-ku o'z olaming qo'ynida erkin,
Men esa ohlarim domida talash.
Na-da begonamiz, na-da parvona,
Uyat bo'lar axir "meniki" atash?
G'alati tugadi bizning hikoya,
Boshi berk ko'chada qolganday bo'ldim.
Go'yo qilganlarim barchasi zoye,
O'sha kuni xuddi o'lganday bo'ldim.
"Alvido" demadik, "xayr" demadik.
Intiqomiz menga alam qilar gah.
Shuncha taqdir ko'rib odam bo'lmadik,
Omonatsan endi… Fi amanillah..
#Malika Yoqubzoda
@alamiy_uz
Forwarded from A'lamiy
— Chiroyli keta olmayotgan
odam, aslida, hikoyaning
tugaganini tan olgisi
kelmayotgan yozuvchiga o'xshaydi.
U nuqta qo'yilishi
kerak bo'lgan joyga tinimsiz
vergullar, izohlar va ortiqcha
gaplar qo'shaveradi.
— Insonlar ko'pincha chiroyli
xotiralarni saqlab qolishdan ko'ra,
ketish paytida hamma narsani
vayron qilishni afzal ko'rishadi.
— Ko'pchilik ketishni sahnadan
tushish deb biladi va oxirgi
soniyagacha diqqat markazida
qolishga urinadi.
— Sahnadan ta'zim bilan vaqtida
chiqib ketish ham san'at.
Chiroyli ketolmaganlar esa parda
yopilayotganda ham sahna
chetiga yopishib olib
tomoshabinni charchatadigan
aktorlarni eslatadi.
— "Mensiz hamma narsa tugaydi",
degan xayoliy tuyg'u insonni
kulgili va achinarli ahvolga solib qo'yadi.
— Eshikni shunday yopib ketish
kerakki, ortingdan eshitilgan ovoz
qarsillash emas, senga nisbatan
hurmatning sukunati bo'lsin.
#Jamoliddin Muhammadjon
@alamiy_uz
odam, aslida, hikoyaning
tugaganini tan olgisi
kelmayotgan yozuvchiga o'xshaydi.
U nuqta qo'yilishi
kerak bo'lgan joyga tinimsiz
vergullar, izohlar va ortiqcha
gaplar qo'shaveradi.
— Insonlar ko'pincha chiroyli
xotiralarni saqlab qolishdan ko'ra,
ketish paytida hamma narsani
vayron qilishni afzal ko'rishadi.
— Ko'pchilik ketishni sahnadan
tushish deb biladi va oxirgi
soniyagacha diqqat markazida
qolishga urinadi.
— Sahnadan ta'zim bilan vaqtida
chiqib ketish ham san'at.
Chiroyli ketolmaganlar esa parda
yopilayotganda ham sahna
chetiga yopishib olib
tomoshabinni charchatadigan
aktorlarni eslatadi.
— "Mensiz hamma narsa tugaydi",
degan xayoliy tuyg'u insonni
kulgili va achinarli ahvolga solib qo'yadi.
— Eshikni shunday yopib ketish
kerakki, ortingdan eshitilgan ovoz
qarsillash emas, senga nisbatan
hurmatning sukunati bo'lsin.
#Jamoliddin Muhammadjon
@alamiy_uz
Forwarded from A'lamiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Nega bunaqaman" - degan savolni,
Bilmaysan, necha bor berdim o'zimga.
Kunduz kun yod olib qolaman hayron,
Tun bo'yi o'zimga aytgan so'zimga.
Ba'zan o'zimni ham tushunmay qolib,
Fikrimni ifoda etolmayman ham.
Shu qadar yaqinman o'zimga go'yo,
Shu qadar uzoqman — yetolmayman ham.
"Nega bunaqaman?" — deyman yana jim,
Go'yo javob bordek yurak tubida.
Ammo u javobni aytishga qo'rqib,
Yashirinib yotar sukut qo'ynida.
Balki men shunchaki ortiqcha sezgir,
Balki ko'nglim yupqa, so'zim og'irroq.
Yoki bu dunyoga sig'may qolganim,
Shu savol ostida yashash to'g'riroq.
Ha men shunaqaman, sal g'alatiroq,
Har neni yutaman ko'ngil ichiga.
Lol qolib jilmayib qo'yaman ba'zan,
Tangrim menga bergan sabr kuchiga..
Ha men shunaqa...
#Malika Yoqubzoda
@alamiy_uz
Bilmaysan, necha bor berdim o'zimga.
Kunduz kun yod olib qolaman hayron,
Tun bo'yi o'zimga aytgan so'zimga.
Ba'zan o'zimni ham tushunmay qolib,
Fikrimni ifoda etolmayman ham.
Shu qadar yaqinman o'zimga go'yo,
Shu qadar uzoqman — yetolmayman ham.
"Nega bunaqaman?" — deyman yana jim,
Go'yo javob bordek yurak tubida.
Ammo u javobni aytishga qo'rqib,
Yashirinib yotar sukut qo'ynida.
Balki men shunchaki ortiqcha sezgir,
Balki ko'nglim yupqa, so'zim og'irroq.
Yoki bu dunyoga sig'may qolganim,
Shu savol ostida yashash to'g'riroq.
Ha men shunaqaman, sal g'alatiroq,
Har neni yutaman ko'ngil ichiga.
Lol qolib jilmayib qo'yaman ba'zan,
Tangrim menga bergan sabr kuchiga..
Ha men shunaqa...
#Malika Yoqubzoda
@alamiy_uz
🔥1
Forwarded from Ikrom Sharif
Чин қалбдан истасанг ҳам, энг қимматли вақтларингни сарфласанг ҳам, дуо эшиги остонасида ётиб олсанг ҳам — ҳа, баъзан бўлмайди.
Бу бўлмаслик сенинг ҳаракатсизлигингдан ҳам, бахтга лойиқ эмаслигингдан ҳам эмас. Бу — насиба масаласидир. Ҳар бир насибнинг рўёбга чиқадиган вақти бор ва ўша вақт келса, албатта бўлади!
@IkromSharif
Бу бўлмаслик сенинг ҳаракатсизлигингдан ҳам, бахтга лойиқ эмаслигингдан ҳам эмас. Бу — насиба масаласидир. Ҳар бир насибнинг рўёбга чиқадиган вақти бор ва ўша вақт келса, албатта бўлади!
@IkromSharif
Forwarded from A'lamiy
Sinchiklab qaraganingdan
so'ng so'rading:
— Nima uchun aynan men?!
— Chunki sen sensan!
— Bu javob bo'lolmaydi.
— Agar senga boshqa
gap aytsam,
yolg'on gapirgan bo'laman.
Chunki go'zalsan desam,
adolatdan bo'lmaydi,
agar senda o'zgacha
joziba bor desam,
boshqa jihatlarni nazardan
qochirgan bo'laman,
agar sen o'zgachasan
desam bu haqida
ertalabgacha gapirib
chiqishim mumkin,
sen.. sen bularni
barchasisan,
uni to'liq tushintirib
berish uchun butun
umrim ham yetmaydi.
Shuning uchun ham
sen sensan!
#Tomchi
@alamiy_uz
so'ng so'rading:
— Nima uchun aynan men?!
— Chunki sen sensan!
— Bu javob bo'lolmaydi.
— Agar senga boshqa
gap aytsam,
yolg'on gapirgan bo'laman.
Chunki go'zalsan desam,
adolatdan bo'lmaydi,
agar senda o'zgacha
joziba bor desam,
boshqa jihatlarni nazardan
qochirgan bo'laman,
agar sen o'zgachasan
desam bu haqida
ertalabgacha gapirib
chiqishim mumkin,
sen.. sen bularni
barchasisan,
uni to'liq tushintirib
berish uchun butun
umrim ham yetmaydi.
Shuning uchun ham
sen sensan!
#Tomchi
@alamiy_uz
Forwarded from Ikrom Sharif
“Ухлама, бироз гаплашайлик”, деган ҳам севади.
“Ёт ухла, кеч бўлиб қолди”, деган ҳам севади.
Иккисининг фарқи шундаки,
биринчиси севгилисидан айрилгиси келмайди, иккинчиси эса севгилисини чарчатгиси келмайди.
Севгининг изҳори — тиллари кўп, фақат уни тушуниш, ҳис қилиш керак.
@IkromSharif
“Ёт ухла, кеч бўлиб қолди”, деган ҳам севади.
Иккисининг фарқи шундаки,
биринчиси севгилисидан айрилгиси келмайди, иккинчиси эса севгилисини чарчатгиси келмайди.
Севгининг изҳори — тиллари кўп, фақат уни тушуниш, ҳис қилиш керак.
@IkromSharif
Forwarded from A'lamiy
Ko'k choyga ne deysan? Ichamizmi-a?
Choydan til, ishqdan dil? Kuydiramizmi?
Ko'chada sharroslab quymoqda yomg'ir?
Ustida sakrashib, Ho'l bo'lamizmi?
Dunyoning ishidan ortmadik sira,
Tugamas ishlarni unutamizmi?
Taqdir ustimizdan qildi ko'p mayna,
Uni ham bariga ko'ndiramizmi?
Yashashga qanotdir ertaki umid,
Umidsiz kunlarni o'ldiramizmi?
Axir yonish kerak, yondirish kerak?
Jahonni sevgi-la yondiramizmi?
Muhabbat olami cho'llashgan biroz,
Baxtning nihollarin undiramizmi?
Bir lahza tabassum qilmadik biroq,
Kelasi kunlarni kuldiramizmi?
Orzu osmonida bulutlar qaro,
Umid shamolida uchuramizmi?
Nechalar dilimiz og'ritmadi-a?
Kel, ko'ngil barini kechiramizmi?
Qora ro'yxatingdan o'chiramizmi?
Ko'k choyga ne deysan? Ichamizmi-a?
Choydan til, ishqdan dil? Kuydiramizmi?....
#Malika Yoqubzoda
@alamiy_uz
Choydan til, ishqdan dil? Kuydiramizmi?
Ko'chada sharroslab quymoqda yomg'ir?
Ustida sakrashib, Ho'l bo'lamizmi?
Dunyoning ishidan ortmadik sira,
Tugamas ishlarni unutamizmi?
Taqdir ustimizdan qildi ko'p mayna,
Uni ham bariga ko'ndiramizmi?
Yashashga qanotdir ertaki umid,
Umidsiz kunlarni o'ldiramizmi?
Axir yonish kerak, yondirish kerak?
Jahonni sevgi-la yondiramizmi?
Muhabbat olami cho'llashgan biroz,
Baxtning nihollarin undiramizmi?
Bir lahza tabassum qilmadik biroq,
Kelasi kunlarni kuldiramizmi?
Orzu osmonida bulutlar qaro,
Umid shamolida uchuramizmi?
Nechalar dilimiz og'ritmadi-a?
Kel, ko'ngil barini kechiramizmi?
Qora ro'yxatingdan o'chiramizmi?
Ko'k choyga ne deysan? Ichamizmi-a?
Choydan til, ishqdan dil? Kuydiramizmi?....
#Malika Yoqubzoda
@alamiy_uz
❤1❤🔥1🔥1
Forwarded from Ikrom Sharif
Эр кутди, “севса келади”, деди ўзига ўзи.
Хотин кутди, “севса келади”, деди ўзига ўзи.
…Иккиси ҳам йўқотди!
Сизга келмаган сизни севмаганидан ёки истамаганидан эмас, балки сизни кутганидан бўлиши мумкин. Сиз қадам ташланг, сиз боринг, сиз тузатинг.
@IkromSharif
Хотин кутди, “севса келади”, деди ўзига ўзи.
…Иккиси ҳам йўқотди!
Сизга келмаган сизни севмаганидан ёки истамаганидан эмас, балки сизни кутганидан бўлиши мумкин. Сиз қадам ташланг, сиз боринг, сиз тузатинг.
@IkromSharif
