Taskin Books
38 subscribers
704 photos
17 videos
2 files
26 links
Download Telegram
- Mendan ham xato o'tgan. Seni tushunishga harakat qilmadim, undan ko'ra qochishni afzal ko'rdim. Biz erkaklarga jang qil yoki qoch usulini o'rgatishgan. Shunga ko'ra, yo janjal qildim, yo qochdim. Menga hech kim ayolni tushunishni, unga shafqat ko'rsatishni o'rgatmadi!
Hech kim o'rgatmadi! Biz ham bir - birimizni tanish uchun urinib ko'rmadik. Agar o'lmasak, ilk qiladigan ishimiz bir - birimiz bilan tanishish bo'ladi. Biz sen bilan tanishishni unutibmiz, azizam!

Buyurtma uchun : @Taskinkitob

@Taskinbooks
9👍2
...Sizga ishingiz bo'lsa, bo'ldi! Uyga kelgach esa, televizordan beri kelmaysiz! Biz - bitta uyda yashaydigan ikki begonamiz! Siz ijara haqini to'lab, moddiy ehtiyojlarni qondirasiz, men uyni tozalayman, idish - tovoq yuvaman, ovqat pishiraman. Oila shumi, sevgi deganlari shumi?!

@Taskinbooks
8😁3
Qishda uyda shippaksiz yurganimda, ba'zan oyog'ingizdagini yechib menga berardingiz, ba'zan esa menikini olib kelib berardingiz. "Shamollab qolasan, shippaksiz yurma",- derdingiz...o'sha paytlar qanchalar xursand bo'lganimni bilmaysiz!
(...o'sha kunlarni sog'indim)

Sema Marashli)

@Taskinbooks 🌻
7👏4
👒- Sen aqlli bir erkak sifatida ayolingga "Ko'p gapirma, asosiy fikrga o't, qisqaroq qil",- demasliging kerak! Xoh shunday de, xoh "Seni sevmayman",- de. Har ikki holatda ham "Seni sevmayman",- degan bo'lasan.
👒- "Qisqaroq gapir!",- deyishning "Seni sevmayman" ga nima aloqasi bor?
- Juda aloqasi bor- da, ayollar ularni eshitishmasa, demak, sevmaydi, degan fikrga borishadi.
👒 Masalan, onangga yillar oldin buving haqida "Biroz xasis",- degandim. Haligacha "Onamni yoqtirmaysiz",- deydi, onasi bizga biror narsa olib kelsa, ko'zimga suqadi, eng yaxshi ko'rinadigan joyga qo'yadi.
👒 Ayolning og'zidan chiqadigan "Xo'p, bo'pti, mayli" so'zlari doim xavflidir. Bu "Hozir mayli deyapman, ammo alamini keyinroq olaman",- degani. Seni tez orada jazolashi aniq!
👒 "Nima bo'ldi?"- deganingda, "Hech narsa!"- deb javob qaytarsa, hammasi joyida ekan deb o'ylay ko'rma! "Hech narsa" degani "Aslida, ko'p narsa bor, menga e'tibor qarating",- deganidir.

Sema Marashli
"Tanishishni unutibmiz" kitobidan)

@Taskinbooks
8😁5
Gunoh shunday yomon narsaki, har bir qilingan gunoh evaziga xotiradan bir qism yo'qoladi. Shuning uchun ba'zi gunohkor insonlar qariganda o'zining ismini ham esdan chiqarib qo'yadilar. Bu - qarilik asorati emas, balki insonning gunohlarda bardavom bo'lgani, tavba qilmagani uchundir. Chunki yuz yoshida ham tabiiy fanlarni egallaganlarni, hatto Qur'onni xatm qilganlarni ko'rganmiz.

Ali Fuad Bashgil
"Kelajak dushmanlari"

@Taskinbooks 🎨
12👍4
Vafo umid qilma oʻtgan zamondan,
Fasllar - vafosiz, yillar - vafosiz.
Bir umid kutmagin, sevgidan, ishqdan,
“Sevaman” degan bu tillar - vafosiz.

Kun kelar, koʻngilda soʻlar chechaklar,
Yolgʻonga qorishar bor haqiqatlar.
Sevganlar ketganni bekorga kutar,
Yoʻlovchi - vafosiz, yoʻllar - vafosiz.

Bir dunyo xayol et - vafodan yiroq,
Umringni berganing - doʻstlar vafosiz.
Bir dunyo xayol et, sevgidan yiroq,
Joningni berganing jonlar - vafosiz...

@Taskinbooks 🍃
7🔥7
Robbisidan tongan bir yigit...
Razil da'vatlarga qarshi chinakam sabot...
Keskin imtihon...
Muhabbatli qalblarning fojiaviy firoqi...
Jannatmakon ustoz...va tengsiz ishq qissasi...
Iztiroblari davosini sajdada, hech kimlik maqomida topgan yuraklarning iymon hikoyasi...

Ahmad Gunbay Yildiz)

@TaskinBooks 📚
🔥97
Kim bilsin bu shaharda kuniga qancha yig'i ovozi ufqqa ko'tariladi? Kim bilsin masjidlarning musalla toshlaridan qancha janoza ovozlari yangraydi? Men ularni eshitar, ko'rar, biroq anglolmasdim. Tushunmasdim...ko'ksimga hech o'sha tomonlarning shamollari urilmagan ekan. O'lim nimaligini sen orqali angladim! Odamlarning quvonch va qayg'ulari, bitmas - tuganmas hislari, sevgilari, yashab qolishga bo'lgan taraddudlari tuproqqa ko'milgach, hammasi sas - sadosiz tuproqqa qorishib ketishini tushunib yetdim...

@Taskinbooks 🌾
14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xoliqning har ishi adolat bilan,
Kel...baxtli bo'lamiz qanoat bilan!

Behzod Fazliddin

@Taskinbooks 🎈
😢64👍3
Uni e'tiborsiz qoldirma, unga muhabbat, mehr va omonlik hadya et. Chunki u ayollik tabiati ila mazkur narsalarga muhtojdir.

©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh

@TaskinBooks
12
"Hijob - yuk, uning o'ziga yarasha yuki bor"- deyishganini ko'p eshitamiz.
Aslida, nomahramlarning nigohini ortib yurish - yuk, nomahramni zinoga yetaklagan sochlar - yuk...bularning gunohi - buyuk yuk!

©notes

@Taskinbooks
14
🌿 Ey odam farzandi, sabr qilib, tavozeli bo'l!
O'zim seni baland qilaman!
🌿 Menga shukr qil!
O'zim ziyoda qilaman!
🌿 Menga istig'for ayt, O'zim gunohlaringni kechiraman!
🌿 Menga duo qil! O'zim ijobat etaman!
🌿 Menga tavba qil! O'zim qabul etaman!
🌿 Sadaqa ulash, rizqingni barakali qilib qo'yaman!
🌿 Davomli sihat bilan mendan ofiyatni talab qil!

"Qirq hadisi qudsiy"

@Taskinbooks
11
Muhabbat haqidagi hech bir izhor Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning "Ey Robbim! Qalbimga qarshi chiqa olmayabman, Oishani juda yaxshi ko'raman"-
deganlari qadar go'zal emas...

@Taskinbooks 🍃
12
Atrofimga qarab, Robbul Olamiynning Nur sifati ila bifazlillah ziynatlangan insonlarni ko'raman. Yonginamda, meni O'ziga mahbublarga mahbub qilganidan behad sevinaman.

Men uchun duo qilib, Al Mujib Zotdan menga mag'firat, ofiyat so'rab, haqimga duo qilishlaringizni yaxshi ko'raman!
Men Muallimi avval sollallohu alayhi vasallam haqlarida gapirsam, shoshibgina "Allohumma Solli Ala Sayyidina Muhammad" deyishlaringizni yaxshi ko'raman!
Har gapimga "SubhaanAlloh" deya lutf etishlaringizni yaxshi ko'raman))

Yaxshiyam borsiz...
Yaxshiki, borsiz!

06. 07. 22))🤍

@Taskinbooks 🎡
🔥65
TANOSIB

Ismingni ismimning yonida yozdim,
Yuzlarin berkitib kuldi tanosib.
Oqligi yanayam oshdi qog‘ozning,
Tunga oy,
Suvga soy,
So‘zga kuy
va kiyimga tugma munosib.

Kechaman. Kunduzsan. Sahar bu – visol.
Tuproqman. Ildizsan. Ishqimiz – nihol.
Yaqinman. Olissan, shunga ehtimol
Ismingni ismimning yonida yozdim.

Xayolim havoda suzmaydi yengil,
Na she’r bor, na ohang ,
turar iymanib.
Dastavval so‘z bo‘lgan,
So‘z beraman, kel,
Qo‘shiqlar to‘qiysan qishda kiygani.

Bu safar gullarni uzmayman, kechir,
Izhorim zarqog‘oz ostida bo‘lmas.
Bu gal may o‘rniga jasorat ichir,
Qutilmas baloga qolay, qutilmas…

Shamshirlar boshimga inmasmi ortiq?
Bu achchiq firoqdan bezdim, sirasi –
Jon shirin!
Diydor-chi?
Undan-da totlig‘!
Hozircha nasibam – isming shirasi.

Surat muallifi : Iymonali Kitobaliyev)

@TaskinBooks 🪴
8👍4
"Mol mulkingni o'zing bilan olib keta olmaysan, lekin ularni o'zingdan oldin jo'natishing mumkin!"

Sadaqa haqida go'zal tushuncha...

@TaskinBooks 🐝
5🔥5
Tabiat ham to'kmaydi ko'zyosh,
Ko'zlarini yumib turgancha...

Quyushqondan chiqmoqda quyosh...

Faxriyor Baxtiyorov)

@TaskinBooks 👒
12
"Ahlim"...deya atalish bir ayol uchun bunchalar yarashishini bilmagan edim...
Yangi bunyod etilajak oilaning axloqi haqida so'zlaydi bu jumlalar...

Bog'lanayotgan nikohingiz sizlarga Allohning rahmati o'laroq yog'ilsin!

#TaskinKitoblarmijozidan

@TaskinBooks 🌷
9😢4
Ey oshiq!
O'zingga boq, insonlarning ishiga aralashma.
U uni so'zladi, bu buni so'zlamoqda deb o'tirma!
Falonchi meni tikan deyabdi, falonchi yosuman deb chaqirmoqda degan xayollarga berilma! Falonchi kofir deyabdi, falonchi taqvodor deya atamoqda...
Har so'zga, har kimga e'tibor berma!
Voz kech bulardan...ko'zingni och!
Alloh senga basirat ko'zini, ko'ngil ko'zini bergandir.
Ey Haq oshig'i, sening yuksaklarga uchiradigan qanotlaring bo'lgandan keyin, odamlardan senga ne g'am?
Ey o'z xato kamchiliklarini ko'rmasdan, boshqalarning yaxshi - yomoniga qarab qolgan bechora!
Alloh sening yordamching bo'lsin!
Qayt Allohga!

Mavlono Jaloliddin Rumiy

@TaskinBooks
11
Jobir roziyallohu anhu Nabiyulloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi :

"Juma o'n ikki soatdir. Undan bir soatda qaysiki musulmon Allohdan biror narsani so'rasa, Alloh azza va jalla unga o'sha narsani berur. Bas, uni asrdan keyingi oxirgi soatda izlanglar"

Dovon. 2021


@TaskinBooks 🌼
11