Taskin Books
38 subscribers
704 photos
17 videos
2 files
26 links
Download Telegram
Farzandlar aytadi
“bizga suyaning” deb;

doʻstlar yelkasini tutadi;

tugʻishganlaring dalda berar:
— Biz bormiz!

Ularni xafa qilma:
mayli,
farzandlaring
bizga suyandi, deb oʻylasin;

doʻstlar
yelkalarida
sezsin qoʻlingni;

borligini
his qilsin
tugʻishganlaring
Ammo sen oʻzingga suyan.

Chunki inson juda ogʻir,
juda ulkan,
osmonlar qadar yuksak —
uni
oʻzidan boshqa
hech kim
koʻtarolmaydi.

#UsmonAzim

@Taskinbooks
🔥7👍32
Jalb etmoqlik uchun e'tiboringiz,
O'zimni ming kuyga solib netaman?!
Ketish yo qolmoqlik– ixtiyoringiz,
Men o'zim bo'lishda davom etaman!

@Taskinbooks
11👍3🔥1
Hazrati Umar roziyallohu anhuga musibat yetsa, "Shu musibat dinimga yetmagani uchun alhamdulillah",- der edilar...

@Taskinbooks
6👍5🔥3🥰1
Kunlarning birida ba'zi kimsalar Imom Shofe'iyning huzurlariga kelib, Alloh azza va jallaning borligiga bitta dalil aytishini so'rashdi.
U kishi biroz o'yga cho'mib : "Allohning borligiga tutning bargi dalildir",- dedilar.
"Qanday qilib?"- deya so'rashdi.
Imom shunday javob berdilar : "Tut bargining ta'mi bir xil, lekin uni ipak qurti yesa, ipak beradi. Asalari yesa, asal beradi. Kiyik yesa, undan mushki anbar olinadi. Axir bu narsalarning aslini bir, chiqishini har xil qilgan kim?! Aniqki, Alloh Taolodir!"

@Taskinbooks 🍃
13
Bir kuni hammasi tugaydi!
Alloh : "Bitdi",- deydi...va bitadi!

@Taskinbooks
14
Xush keldingiz, safolar keltirdingiz)

@Taskinbooks 🌷
12
- Mendan ham xato o'tgan. Seni tushunishga harakat qilmadim, undan ko'ra qochishni afzal ko'rdim. Biz erkaklarga jang qil yoki qoch usulini o'rgatishgan. Shunga ko'ra, yo janjal qildim, yo qochdim. Menga hech kim ayolni tushunishni, unga shafqat ko'rsatishni o'rgatmadi!
Hech kim o'rgatmadi! Biz ham bir - birimizni tanish uchun urinib ko'rmadik. Agar o'lmasak, ilk qiladigan ishimiz bir - birimiz bilan tanishish bo'ladi. Biz sen bilan tanishishni unutibmiz, azizam!

Buyurtma uchun : @Taskinkitob

@Taskinbooks
9👍2
...Sizga ishingiz bo'lsa, bo'ldi! Uyga kelgach esa, televizordan beri kelmaysiz! Biz - bitta uyda yashaydigan ikki begonamiz! Siz ijara haqini to'lab, moddiy ehtiyojlarni qondirasiz, men uyni tozalayman, idish - tovoq yuvaman, ovqat pishiraman. Oila shumi, sevgi deganlari shumi?!

@Taskinbooks
8😁3
Qishda uyda shippaksiz yurganimda, ba'zan oyog'ingizdagini yechib menga berardingiz, ba'zan esa menikini olib kelib berardingiz. "Shamollab qolasan, shippaksiz yurma",- derdingiz...o'sha paytlar qanchalar xursand bo'lganimni bilmaysiz!
(...o'sha kunlarni sog'indim)

Sema Marashli)

@Taskinbooks 🌻
7👏4
👒- Sen aqlli bir erkak sifatida ayolingga "Ko'p gapirma, asosiy fikrga o't, qisqaroq qil",- demasliging kerak! Xoh shunday de, xoh "Seni sevmayman",- de. Har ikki holatda ham "Seni sevmayman",- degan bo'lasan.
👒- "Qisqaroq gapir!",- deyishning "Seni sevmayman" ga nima aloqasi bor?
- Juda aloqasi bor- da, ayollar ularni eshitishmasa, demak, sevmaydi, degan fikrga borishadi.
👒 Masalan, onangga yillar oldin buving haqida "Biroz xasis",- degandim. Haligacha "Onamni yoqtirmaysiz",- deydi, onasi bizga biror narsa olib kelsa, ko'zimga suqadi, eng yaxshi ko'rinadigan joyga qo'yadi.
👒 Ayolning og'zidan chiqadigan "Xo'p, bo'pti, mayli" so'zlari doim xavflidir. Bu "Hozir mayli deyapman, ammo alamini keyinroq olaman",- degani. Seni tez orada jazolashi aniq!
👒 "Nima bo'ldi?"- deganingda, "Hech narsa!"- deb javob qaytarsa, hammasi joyida ekan deb o'ylay ko'rma! "Hech narsa" degani "Aslida, ko'p narsa bor, menga e'tibor qarating",- deganidir.

Sema Marashli
"Tanishishni unutibmiz" kitobidan)

@Taskinbooks
8😁5
Gunoh shunday yomon narsaki, har bir qilingan gunoh evaziga xotiradan bir qism yo'qoladi. Shuning uchun ba'zi gunohkor insonlar qariganda o'zining ismini ham esdan chiqarib qo'yadilar. Bu - qarilik asorati emas, balki insonning gunohlarda bardavom bo'lgani, tavba qilmagani uchundir. Chunki yuz yoshida ham tabiiy fanlarni egallaganlarni, hatto Qur'onni xatm qilganlarni ko'rganmiz.

Ali Fuad Bashgil
"Kelajak dushmanlari"

@Taskinbooks 🎨
12👍4
Vafo umid qilma oʻtgan zamondan,
Fasllar - vafosiz, yillar - vafosiz.
Bir umid kutmagin, sevgidan, ishqdan,
“Sevaman” degan bu tillar - vafosiz.

Kun kelar, koʻngilda soʻlar chechaklar,
Yolgʻonga qorishar bor haqiqatlar.
Sevganlar ketganni bekorga kutar,
Yoʻlovchi - vafosiz, yoʻllar - vafosiz.

Bir dunyo xayol et - vafodan yiroq,
Umringni berganing - doʻstlar vafosiz.
Bir dunyo xayol et, sevgidan yiroq,
Joningni berganing jonlar - vafosiz...

@Taskinbooks 🍃
7🔥7
Robbisidan tongan bir yigit...
Razil da'vatlarga qarshi chinakam sabot...
Keskin imtihon...
Muhabbatli qalblarning fojiaviy firoqi...
Jannatmakon ustoz...va tengsiz ishq qissasi...
Iztiroblari davosini sajdada, hech kimlik maqomida topgan yuraklarning iymon hikoyasi...

Ahmad Gunbay Yildiz)

@TaskinBooks 📚
🔥97
Kim bilsin bu shaharda kuniga qancha yig'i ovozi ufqqa ko'tariladi? Kim bilsin masjidlarning musalla toshlaridan qancha janoza ovozlari yangraydi? Men ularni eshitar, ko'rar, biroq anglolmasdim. Tushunmasdim...ko'ksimga hech o'sha tomonlarning shamollari urilmagan ekan. O'lim nimaligini sen orqali angladim! Odamlarning quvonch va qayg'ulari, bitmas - tuganmas hislari, sevgilari, yashab qolishga bo'lgan taraddudlari tuproqqa ko'milgach, hammasi sas - sadosiz tuproqqa qorishib ketishini tushunib yetdim...

@Taskinbooks 🌾
14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xoliqning har ishi adolat bilan,
Kel...baxtli bo'lamiz qanoat bilan!

Behzod Fazliddin

@Taskinbooks 🎈
😢64👍3
Uni e'tiborsiz qoldirma, unga muhabbat, mehr va omonlik hadya et. Chunki u ayollik tabiati ila mazkur narsalarga muhtojdir.

©Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh

@TaskinBooks
12
"Hijob - yuk, uning o'ziga yarasha yuki bor"- deyishganini ko'p eshitamiz.
Aslida, nomahramlarning nigohini ortib yurish - yuk, nomahramni zinoga yetaklagan sochlar - yuk...bularning gunohi - buyuk yuk!

©notes

@Taskinbooks
14
🌿 Ey odam farzandi, sabr qilib, tavozeli bo'l!
O'zim seni baland qilaman!
🌿 Menga shukr qil!
O'zim ziyoda qilaman!
🌿 Menga istig'for ayt, O'zim gunohlaringni kechiraman!
🌿 Menga duo qil! O'zim ijobat etaman!
🌿 Menga tavba qil! O'zim qabul etaman!
🌿 Sadaqa ulash, rizqingni barakali qilib qo'yaman!
🌿 Davomli sihat bilan mendan ofiyatni talab qil!

"Qirq hadisi qudsiy"

@Taskinbooks
11
Muhabbat haqidagi hech bir izhor Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning "Ey Robbim! Qalbimga qarshi chiqa olmayabman, Oishani juda yaxshi ko'raman"-
deganlari qadar go'zal emas...

@Taskinbooks 🍃
12
Atrofimga qarab, Robbul Olamiynning Nur sifati ila bifazlillah ziynatlangan insonlarni ko'raman. Yonginamda, meni O'ziga mahbublarga mahbub qilganidan behad sevinaman.

Men uchun duo qilib, Al Mujib Zotdan menga mag'firat, ofiyat so'rab, haqimga duo qilishlaringizni yaxshi ko'raman!
Men Muallimi avval sollallohu alayhi vasallam haqlarida gapirsam, shoshibgina "Allohumma Solli Ala Sayyidina Muhammad" deyishlaringizni yaxshi ko'raman!
Har gapimga "SubhaanAlloh" deya lutf etishlaringizni yaxshi ko'raman))

Yaxshiyam borsiz...
Yaxshiki, borsiz!

06. 07. 22))🤍

@Taskinbooks 🎡
🔥65