3 DIRHAMGA JANNAT SAVDOSI
Buyuk muhaddis Imom Abu Dovud dengizning qirg’og’ida o’tirsalar, uzoqdagi kemada ovozi baland insonning aksa urganini, so’ng “Alhamdulillah” deganini eshitibdilar.
“Alhamdulillah” deyilgandan keyin “Yarhamukalloh” deyish vojib. Abu Dovud “Yarhamukalloh” demoqchi bo’lsalar, u odam eshitmaydi. Chunki hazratning ovozlari baland emas, aksa urgan odam esa uzoqda. “Alhamdulillah”ni eshitgan odamga “Yarhamukalloh” deyish vojib bo’lishi uchun ular bir joyda turgan bo’lishlari kerak.
Shunda Imom Abu Dovud bir qayiqni
3 dirhamga kira qilib, kemaga borib, haligi aksa urgan odamga “Yarhamukalloh” deb qaytgan ekanlar.
Abu Dovud aytadilar : “Shunga qulog’imga bir nido eshitildi : Ey Abu Dovud,
3 dirhamga jannatni sotib olding."
@Taskinbooks 🎗

❤10
Ilmdir hayotda eng sodiq ulfat,
Ruhtalab qalbingga eng chiroyli zeb.
"O'qi!" deb Buyurgan bir kuni albat,
So'rashi muqarrar "O'qidingmi?!" deb.
(Surat muallifi : Iymonali Kitobaliyev)
(H. Xamidov)
@Taskinbooks ☘
Ruhtalab qalbingga eng chiroyli zeb.
"O'qi!" deb Buyurgan bir kuni albat,
So'rashi muqarrar "O'qidingmi?!" deb.
(Surat muallifi : Iymonali Kitobaliyev)
(H. Xamidov)
@Taskinbooks ☘
❤7👍3🔥3
Ko'pincha Oisha onamiz Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamdan : "Meni qanchalik yaxshi ko'rasiz" - deb so'rar edilar.
Nabiyulloh sollallohu alayhi vasallam har gal "Arqon tugunidek" - deb javob berardilar.
"Ey Rasululloh, siz aytgan tugun qanaqa bo'ladi" - derdilar Oisha roziyallohu anho.
"Tugundek tugun" - deya tabassum qilardilar sollallohu alayhi vasallam.
Anas ibn Molik roziyallohu anhu : "Islomda eng avvalgi sevgi Nabiy alayhissalomning Oisha roziyallohu anhoga bo'lgan sevgisidir"
"Hazrati Oisha roziyallohu anho"

❤9
Haqiqatan, inson shoshqaloq qilib yaratilgandir. Yaqinda men sizlarga O'z oyat - alomatlarimni ko'rsaturman. (Ya'ni, Menga osiy bo'lgan kimsalarni qanday azoblashimni ko'rursizlar.)
Bas, meni shoshtirmangiz.
Anbiyo surasi : 37 - oyat)
Shayx Alouddin Mansur
@Taskinbooks 👒
Bas, meni shoshtirmangiz.
Anbiyo surasi : 37 - oyat)
Shayx Alouddin Mansur
@Taskinbooks 👒
❤10
Farzandlar aytadi
“bizga suyaning” deb;
doʻstlar yelkasini tutadi;
tugʻishganlaring dalda berar:
— Biz bormiz!
Ularni xafa qilma:
mayli,
farzandlaring
bizga suyandi, deb oʻylasin;
doʻstlar
yelkalarida
sezsin qoʻlingni;
borligini
his qilsin
tugʻishganlaring
Ammo sen oʻzingga suyan.
Chunki inson juda ogʻir,
juda ulkan,
osmonlar qadar yuksak —
uni
oʻzidan boshqa
hech kim
koʻtarolmaydi.
#UsmonAzim
@Taskinbooks ☘
“bizga suyaning” deb;
doʻstlar yelkasini tutadi;
tugʻishganlaring dalda berar:
— Biz bormiz!
Ularni xafa qilma:
mayli,
farzandlaring
bizga suyandi, deb oʻylasin;
doʻstlar
yelkalarida
sezsin qoʻlingni;
borligini
his qilsin
tugʻishganlaring
Ammo sen oʻzingga suyan.
Chunki inson juda ogʻir,
juda ulkan,
osmonlar qadar yuksak —
uni
oʻzidan boshqa
hech kim
koʻtarolmaydi.
#UsmonAzim
@Taskinbooks ☘
🔥7👍3❤2
Jalb etmoqlik uchun e'tiboringiz,
O'zimni ming kuyga solib netaman?!
Ketish yo qolmoqlik– ixtiyoringiz,
Men o'zim bo'lishda davom etaman!
@Taskinbooks
O'zimni ming kuyga solib netaman?!
Ketish yo qolmoqlik– ixtiyoringiz,
Men o'zim bo'lishda davom etaman!
@Taskinbooks
❤11👍3🔥1
Hazrati Umar roziyallohu anhuga musibat yetsa, "Shu musibat dinimga yetmagani uchun alhamdulillah",- der edilar...
@Taskinbooks
@Taskinbooks
❤6👍5🔥3🥰1
Kunlarning birida ba'zi kimsalar Imom Shofe'iyning huzurlariga kelib, Alloh azza va jallaning borligiga bitta dalil aytishini so'rashdi.
U kishi biroz o'yga cho'mib : "Allohning borligiga tutning bargi dalildir",- dedilar.
"Qanday qilib?"- deya so'rashdi.
Imom shunday javob berdilar : "Tut bargining ta'mi bir xil, lekin uni ipak qurti yesa, ipak beradi. Asalari yesa, asal beradi. Kiyik yesa, undan mushki anbar olinadi. Axir bu narsalarning aslini bir, chiqishini har xil qilgan kim?! Aniqki, Alloh Taolodir!"
@Taskinbooks 🍃

❤13
- Mendan ham xato o'tgan. Seni tushunishga harakat qilmadim, undan ko'ra qochishni afzal ko'rdim. Biz erkaklarga jang qil yoki qoch usulini o'rgatishgan. Shunga ko'ra, yo janjal qildim, yo qochdim. Menga hech kim ayolni tushunishni, unga shafqat ko'rsatishni o'rgatmadi!
Hech kim o'rgatmadi! Biz ham bir - birimizni tanish uchun urinib ko'rmadik. Agar o'lmasak, ilk qiladigan ishimiz bir - birimiz bilan tanishish bo'ladi. Biz sen bilan tanishishni unutibmiz, azizam!
Buyurtma uchun : @Taskinkitob

❤9👍2
...Sizga ishingiz bo'lsa, bo'ldi! Uyga kelgach esa, televizordan beri kelmaysiz! Biz - bitta uyda yashaydigan ikki begonamiz! Siz ijara haqini to'lab, moddiy ehtiyojlarni qondirasiz, men uyni tozalayman, idish - tovoq yuvaman, ovqat pishiraman. Oila shumi, sevgi deganlari shumi?!
@Taskinbooks
@Taskinbooks
❤8😁3
Qishda uyda shippaksiz yurganimda, ba'zan oyog'ingizdagini yechib menga berardingiz, ba'zan esa menikini olib kelib berardingiz. "Shamollab qolasan, shippaksiz yurma",- derdingiz...o'sha paytlar qanchalar xursand bo'lganimni bilmaysiz!
(...o'sha kunlarni sog'indim)
Sema Marashli)
@Taskinbooks 🌻
(...o'sha kunlarni sog'indim)
Sema Marashli)
@Taskinbooks 🌻
❤7👏4
👒- Sen aqlli bir erkak sifatida ayolingga "Ko'p gapirma, asosiy fikrga o't, qisqaroq qil",- demasliging kerak! Xoh shunday de, xoh "Seni sevmayman",- de. Har ikki holatda ham "Seni sevmayman",- degan bo'lasan.
👒- "Qisqaroq gapir!",- deyishning "Seni sevmayman" ga nima aloqasi bor?
- Juda aloqasi bor- da, ayollar ularni eshitishmasa, demak, sevmaydi, degan fikrga borishadi.
👒 Masalan, onangga yillar oldin buving haqida "Biroz xasis",- degandim. Haligacha "Onamni yoqtirmaysiz",- deydi, onasi bizga biror narsa olib kelsa, ko'zimga suqadi, eng yaxshi ko'rinadigan joyga qo'yadi.
👒 Ayolning og'zidan chiqadigan "Xo'p, bo'pti, mayli" so'zlari doim xavflidir. Bu "Hozir mayli deyapman, ammo alamini keyinroq olaman",- degani. Seni tez orada jazolashi aniq!
👒 "Nima bo'ldi?"- deganingda, "Hech narsa!"- deb javob qaytarsa, hammasi joyida ekan deb o'ylay ko'rma! "Hech narsa" degani "Aslida, ko'p narsa bor, menga e'tibor qarating",- deganidir.
Sema Marashli
"Tanishishni unutibmiz" kitobidan)

❤8😁5
Gunoh shunday yomon narsaki, har bir qilingan gunoh evaziga xotiradan bir qism yo'qoladi. Shuning uchun ba'zi gunohkor insonlar qariganda o'zining ismini ham esdan chiqarib qo'yadilar. Bu - qarilik asorati emas, balki insonning gunohlarda bardavom bo'lgani, tavba qilmagani uchundir. Chunki yuz yoshida ham tabiiy fanlarni egallaganlarni, hatto Qur'onni xatm qilganlarni ko'rganmiz.
Ali Fuad Bashgil
"Kelajak dushmanlari"
@Taskinbooks 🎨
Ali Fuad Bashgil
"Kelajak dushmanlari"
@Taskinbooks 🎨
❤12👍4
Vafo umid qilma oʻtgan zamondan,
Fasllar - vafosiz, yillar - vafosiz.
Bir umid kutmagin, sevgidan, ishqdan,
“Sevaman” degan bu tillar - vafosiz.
Kun kelar, koʻngilda soʻlar chechaklar,
Yolgʻonga qorishar bor haqiqatlar.
Sevganlar ketganni bekorga kutar,
Yoʻlovchi - vafosiz, yoʻllar - vafosiz.
Bir dunyo xayol et - vafodan yiroq,
Umringni berganing - doʻstlar vafosiz.
Bir dunyo xayol et, sevgidan yiroq,
Joningni berganing jonlar - vafosiz...
@Taskinbooks 🍃
Fasllar - vafosiz, yillar - vafosiz.
Bir umid kutmagin, sevgidan, ishqdan,
“Sevaman” degan bu tillar - vafosiz.
Kun kelar, koʻngilda soʻlar chechaklar,
Yolgʻonga qorishar bor haqiqatlar.
Sevganlar ketganni bekorga kutar,
Yoʻlovchi - vafosiz, yoʻllar - vafosiz.
Bir dunyo xayol et - vafodan yiroq,
Umringni berganing - doʻstlar vafosiz.
Bir dunyo xayol et, sevgidan yiroq,
Joningni berganing jonlar - vafosiz...
@Taskinbooks 🍃
❤7🔥7
Robbisidan tongan bir yigit...
Razil da'vatlarga qarshi chinakam sabot...
Keskin imtihon...
Muhabbatli qalblarning fojiaviy firoqi...
Jannatmakon ustoz...va tengsiz ishq qissasi...
Iztiroblari davosini sajdada, hech kimlik maqomida topgan yuraklarning iymon hikoyasi...
Ahmad Gunbay Yildiz)
@TaskinBooks 📚

🔥9❤7
Kim bilsin bu shaharda kuniga qancha yig'i ovozi ufqqa ko'tariladi? Kim bilsin masjidlarning musalla toshlaridan qancha janoza ovozlari yangraydi? Men ularni eshitar, ko'rar, biroq anglolmasdim. Tushunmasdim...ko'ksimga hech o'sha tomonlarning shamollari urilmagan ekan. O'lim nimaligini sen orqali angladim! Odamlarning quvonch va qayg'ulari, bitmas - tuganmas hislari, sevgilari, yashab qolishga bo'lgan taraddudlari tuproqqa ko'milgach, hammasi sas - sadosiz tuproqqa qorishib ketishini tushunib yetdim...
@Taskinbooks 🌾
@Taskinbooks 🌾
❤14