TASKIN - Psixologik markazi
2.65K subscribers
8.14K photos
4.05K videos
48 files
1.13K links
Ҳар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️

Консультацияга ёзилиш учун:
@azimov_admin

Асосий гурухимиз:
@naimjon_azimov 🟢
Download Telegram
Aziz do’stlar, bizda ertaga 14-iyun soat 14:00 da “Amaliy psixologiya” kursimizni yangi guruhi darslari boshlanadi🤩🥳

Ushbu kursda siz:
- Avvalo o’zingizni psixologik muammolaringiz ustida ishlaysiz;
- Amaliy psixologiyani nozik sirlaridan voqif bo’lasiz;
- Konsultatsiya qilishni o’rganasiz.

Kursdan so’ng, yaxshi o’qiganlar biz bilan hamkorlikda ishlashi mumkin bo’ladi🔥

1-darsdan qatnashmoqchi bo’lganlar
@azimov_admin ga murojaat qiling!
👍53🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zo’r yangilik🤩🥳🚀

Bizda qurbon hayiti munosabati bilan 14-dan 20-iyungacha konsultatsiyaga yozilganlarga 50% lik CHEGIRMA🎁

Konsultatsiya olishim kerak deb lekin ikkilanib yurganlar uchun ajoyib imkoniyat. Foydalanib qolish kerak!

Konsultatsiyaga yozilish uchun
@azimov_admin

Psixologga borishi kerak bo’lgan do’stingizga ushbu xabarni yuborib qo’ying.
▶️
@taskin_markaz
6👍1
Forwarded from Muslim.uz
#ҒАФЛАТДА_ҚОЛМАНГ!
🌙 АРАФА КУНИ ТУТИЛГАН РЎЗА
2 ЙИЛЛИК ГУНОҲЛАРГА КАФФОРАТ


2024 йил 15 июнь шанба куни зулҳижжа ойининг 9-куни – арафа кунидир.


🌙 Абу Қатода розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: “Арафа кунининг рўзаси ўзидан аввалги бир йил ва ўзидан кейинги бир йилнинг гуноҳларига каффорат бўлишини Аллоҳдан умид қиламан”, дедилар (Имом Муслим ривояти).

Оғиз ёпиш ва очиш вақти (Тошкент вақти билан):
Саҳарлик (оғиз ёпиш) вақти: 03:04
Ифторлик (оғиз очиш) вақти: 20:00

🤲 Саҳарлик дуоси:
Холис Аллоҳ учун нафл рўза тутишни ният қилдим.

🤲 Ифторлик дуоси:
Аллоҳумма лака сумту ва бика аманту ва аълайка таваккалту ва аъла ризқика афторту, фағфирлий я Ғоффару ма қоддамту ва ма аххорту.

Аллоҳим, ушбу рўзамни Сен учун тутдим ва Сенга иймон келтирдим ва Сенга таваккал қилдим ва берган ризқинг билан ифтор қилдим. Ё гуноҳларни кечирувчи Зот, менинг аввалги ва кейинги гуноҳларимни мағфират қилгин.

🟢Ғафлатда қолманг! Арафа куни рўзасини тутишни ўтказиб юборманг! Буни бошқаларга ҳам эслатинг. Эҳтимол Сиз сабабли бошқалар ҳам рўза тутар.

🕓 Юртимиз ҳудудларидаги саҳарлик ва ифторлик вақтларининг Тошкент вақтига нисбатан тафовути:

Тошкентдан олдин: Ангрен - 1/4,  Андижон - 9/14,  Хонобод - 11/17, Шаҳрихон - 7/13, Хўжаобод - 9/16, Наманган - 7/11, Поп - 4/9, Чортоқ - 8/11, Чуст - 6/9, Фарғона - 4/13, Риштон - 2/12, Қўқон - 2/10, Қува - 6/14.

Тошкентдан кейин: Бекобод - 6/(-3), Бухоро - 29/15, Газли - 31/19,  Ғиждувон - 26/14, Қоракўл - 33/15, Гулистон - 7/0, Сардоба - 9/1, Жиззах - 14/1, Зомин - 12/0, Фориш - 14/5, Ғаллаорол - 15/2, Навоий - 24/11, Конимех - 23/13, Нурота - 19/12, Учқудуқ - 18/26, Нукус - 31/42, Мўйноқ - 23/49, Тахтакўпир - 24/42, Тўрткўл - 32/30, Қўнғирот - 29/47, Самарқанд - 20/4, Иштихон - 20/6, Мирбозор - 22/9, Каттакўрғон - 21/7, Ургут - 20/2, Термиз - 24/(-5), Бойсун - 31/(-3), Шўрчи - 26/(-5), Қарши - 29/6, Деҳқонобод - 29/1, Косон - 29/7,  Муборак - 29/10, Шаҳрисабз - 24/2, Ғузор - 29/3, Урганч - 35/35.

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
#arafa #roza #vaqtlar
MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu aleykum🌙

Hayt ayyomi muborak bo’lsin azizlarim.

Allohdan nimaiki yaxshi niyatlar ila so’raganingiz bo’lsa, Allohim xayrlisi bilan ijobat aylasin
🤲

Alloh hammamizni o’zi suygan bandalari qatoridan qilsin☝🏻
▶️
@taskin_markaz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍3
Assalomu aleykum!

Konsultatsiyamizga 50% Chegirmalarimiz hali ham davom etmoqda. 20-iyungacha konsultatsiyalarga yarim pulini to’lab yozilishingiz mumkin.

Ma’lumot olish uchun:
@azimov_admin
6👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Psixologiya bilan tibbiyotni bog’lab o’rganish uchun tibbiyotga bog’liq kitoblar ham buyurtma qilgandim.

Bugun buyurtmamni yarmi keldi. Birinchi kitobimni o’qishni boshlab yubordim. Ijtimoiy tarmoqlarda yana kamnamo bo’lib turaman endi☝🏻😉

▶️ @taskin_markaz
16👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo’layotgan mavzuga ko’zim tushib qoldi…

Videodagi mavzuga siz nima deysiz? Sizni fikringiz qanaqa?

Har biringizni fikringiz qiziq. Iloji bo’lsa, fikr bildirayotganda oilali yoki turmush qurmaganligingizni ham bildirib ketsangiz.

Bu mavzuga oilalilar qay fikrda va hali turmush qurmaganlar qay fikrda ekanligini ham ko’ramiz.
▶️
@taskin_markaz
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Psixolog konsultatsiyasi sizga foyda berayotganini qayerdan bilsa bo’ladi…?

Chegirmali konsultatsiyamizning ohirgi kuni 20-iyun.
▶️
@taskin_markaz
👍7😁42😢1
Yaqinda bir ezoterik opamizni vebinarlariga kirib qoldim…

Telegramdagi psixologik deb bilgan kanallarim orasida audiochat bo’layotgan ekan. Qiziqib kirdim. Gap so’zlardan na ilmiy na diniy bilimi yetarli bo’lmagan ayol bir nimalarni gapirayotgandi.

Gapini bo’lmay naqd 1 soatga yaqin eshitibman (yaxshiyam asablarim metindan ekan)

Keyin esa savol-javob qismida o’z fikrlariga nisbatan savollar bera boshladim:

💁🏻‍♂️
: Assalamu aleykum opa, juda chiroyli o’zizga ishonch bilan gapirar ekansiz. Bitta narsani bilsam bo’ladimi, gapirgan gaplaringizni qaysi kitoblardan o’qigansiz? Qaysi faktlarga tayanib gapirayapsiz? Xafa bo’lmang, man shunaqa biroz skeptik odamman. Har bir jumladan faktlar qidiraman.
👩🏼: Bilasizmi, men hozir kitob o’qimay qo’yganman. Meni o’zi ongimga keladi shu ilmlarni ulashaman.
(O’zi shu joyidan bilvosa bo’lardi. Kitob bu hech qachon eskirmaydigan va eng qadrli ilm. Hozirgi zamonda faqat ahmoqlargina “kitob o’qimayman, hayotni o’zi manga o’rgatib qo’ygan” deydi. Lekin qiziqqonligim qurisin, yana savollar bera boshladim)

💁🏻‍♂️: Unda ongizga kelayotgan ilmlarni to’g’ri noto’g’riligini qayerdan bilasiz?
👩🏼: ….. (birnarsalar deb gapni aylantirdi)

💁🏻‍♂️: Yaxshi. Qaytalanish, aks ettirish qonuni deb qayta qayta aytayapsiz. Ularni qayerdan olib gapirayapsiz?
👩🏼: Siz “Sekret” kinosini ko’rib chiqing. Shu savollarizga javob topasiz.

💁🏻‍♂️: Man Sekret filmini ham ko’rganman, kitobini ham o’qiganman. U bizni dinimizga to’g’ri kelmaydiku…?
👩🏼: Siz nima kirvolib meni “kritikovat” qilayapsiz? Kimsiz o’zi?

💁🏻‍♂️: Man sizni “kritikovat” qilmayapmanku opa? O’ziz jonli efirda gapirgan gaplarizga nisbatan savol berayapman. Hali tanqid qilib yoki kamsitganim yo’qku sizni?
👩🏼: ….

💁🏻‍♂️: Sizga savol berishsa boshiz og’risa mana bu, mana bu masalada muammoyiz bor shuni hal qilishiz kerak deb tashlayapsiz. Ularni qayerdan olayapsiz? Nimaga asoslanib aytayapsiz bu gaplarni?
👩🏼: Boya qaysi kitoblarni o’qigansiz degandiz, Valeriy Sinelnikovni kitoblarida ham yozilgan bu narsalar.

💁🏻‍♂️: A Valeriy Sinelnikovni ham asarlari mumkinmasku. Uni kimligini bilasizmi o’zi? Ezoterik bo’lgan. Asosiy fikrlari boshqa din ta’limotlariga tayanadi. U biz uchun xatarliku?
👩🏼: Siz bilasizmi hozir “bo’lish ongidasiz”.

💁🏻‍♂️: Obboo u bo’lish ongi nima bo’ldi endi?🤯
👩🏼: Siz hamma narsalarni bo’layapsiz. Oq va qoraga ajratayapsiz. Sizni hali ongiz tayyor emas. Bu ilmlarni bilmisiz siz. Iymoniz sust hali sizni.

💁🏻‍♂️: Nima? Demak kim sizni gapizga qo’shilmasa iymoni sust bo’laveradimi? Nimaga asoslanib mani iymonimni darajasiga aniqlik bilan javob berayapsiz? Hali mani ko’rmagansiz, tanimisiz hamku.
👩🏼: ….. (birnarsa birnarsa)

💁🏻‍♂️: Qattan olasila shunaqa gaplarni a?😡
👩🏼: Sizga savolda, Valeriy Sinelnikovni kim yaratgan?

💁🏻‍♂️: Bu qanaqa savol? Nafaqat uni, balki olamdagi barcha mavjudotu mahluqotlarni Alloh yaratgan.
👩🏼: Yo’q siz aniq javob bering, Valeriy Sinelnikovni kim yaratgan? (Yana qanaqa aniqlik xohladi bu opa hayronman)

💁🏻‍♂️: Xop uniyam Alloh yaratgan. Iii chto?
👩🏼: Nimaga unda Alloh yaratgan insonni inkor qilayapsiz? Uni qabul qilmayapsiz?

💁🏻‍♂️: Opa siz qiziqmisiz? Man Alloh yaratgan narsani inkor qilmayapmanku. Uni ilmini inkor qilayapman. U Sinelnikovga nisbatan hech qanaqa adovatim yo’q. Shunchaki ilmi to’g’ri emas deyapman.
👩🏼: Bo’ldi men siz bilan gaplashgim kemayapti. O’zi erkaklar bilan ishlamayman, gaplashmayman. O’chiraman hozir efirni.

💁🏻‍♂️: Mayli to’xten, sizga bitta savolimni bervoli boshqa savolim yo’q.
Siz ayttizki, Valeriy Sinelnikovni Alloh yaratgan, nega uni inkor qilayapsiz? Nega uni qabul qilmayapsiz dediz to’g’rimi?

👩🏼: Xa.

💁🏻‍♂️: Unda sizga bitta savol, shaytonni ham Alloh yaratgan. Uni ham qabul qilishimiz, har bir gapiga qo’shilishimiz kerakmi?
👩🏼: …. (EFIR O’CHIRILDI)


Fikrlaringizni bildiring!
P.s. U opani shaxsiyatini muhokama qilmagan holda ism familiyasini berkitdik. Barcha ma’lumotlari bizga ma’lum!
▶️
@taskin_markaz
👍14😁11🔥32
Internetda ochiq manbalarda ma’lumotlar ko’p bu haqida…

https://24smi.org/celebrity/101819-valerii-sinelnikov.html
Bir necha kun oldin salkam 6 yildan beri ko’rmagan kursdoshim qo’ng’iroq qildi…

- Do’stim yaxshimisiz? Man *falonchiman. Bezovta qilmadimmi?
- Iye xa do’stim tanidim. Qanaqasiz? Bemalol.
- Shu disez sizga bitta masalada telefon qilayotgandim. Keliniz bilan azgina…. Endi ayollarni bilasizuu. Haligii…


Men ko’p do’stlarim asosan oilaviy masalada, er-xotin kelishmovchiliklarida murojaat qilishgani uchun navbatdagi shu kabi muammolardan bo’lsa kerak deb o’ylab turgandim.

- Haligiii. Qanaqa tushuntirsam ekan, xullas keliniz bitta psixologda o’qiyotgan edi. Darslarini eshitib yurgandi.
- Xo’sh? (Ishqilib men o’ylagan narsa bo’lmasinda degan hayol o’tdi)
- Ohirgi paytlarda g’alati gaplarni gapiradigan bo’lib qoldi. Agressiv, o’zini tutishlari, gap so’zlari adekvat emas. Gapi gapiga to’g’ri kelmay qoldi. Keyin o’zimni bir tanish psixiatrim bor edi. Uni qabuliga olib bordim. Ayolim bilan suhbatlashib ayoliz “ezoterika” degan narsaga o’ralashib qolgan. Shuni ta’siri dedi. Sizdan so’ramoqchi bo’lganim do’stim, bu narsalar rostanam odamni miyasiga shu darajada ta’sir qilishi, psixikasini buzish darajasigacha olib borishi mumkinmi? Hozir ayolimni ruqiya o’qiydigan domlaga olib borib dam ham soldirayapmiz. Lekin nima qilishni bilmayapman?


U do’stimga kerakli tavsiyalarni berib go’shakni qo’ydim.

Endi sizga savol, deyarli har kuni shu kabi voqealarni eshitsangiz, siz qanaqa holatga tushar edingiz?

Oliy ong, chakralar, turli xil kodlarni hayotingizga ta’siri, astral olam, ruhingiz boshqa olamda qolib ketgan kabi gaplar bilan insonlarni ongini chalkashtirishgacha borishmoqda. Bu kabi ma’lumotlarga ko’p qiziqaversa, bora bora atrofdagi voqelikni real baholashda buzilish kuzatila boshlaydi. Bu esa vaqt o’tib ruhiy buzilishlar, psixik kasalliklarga eshik ochadi.

Shizofreniyaga moyilligi bor insonga bu kabi g’oyalar qanchalik ta’sir qilishini endi tasavvur qilib ko’ring…

Vahima kasaliga chalinganlarni qay holatga tushirib qo’yishiniku gapirmasa ham bo’ladi.

Eslatib o’taman, biz ezoterikani 100% inkor etmaymiz! Ezoterika bu insonni ichki dunyosiga yo’nalgan ilmdir. Ilm-fan tomonidan isbotlanmagan, qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan holatlar o’rganiladi asosan. Va bu ilmlar har bir millat, elatni o’z diniy qarashlaridan kelib chiqib o’rganiladi. Biz musulmonlar farishtalar, shayton va boshqa shu kabi masalalarni o’z dinimiz e’tiqodiy masalalaridan kelib chiqqan holda o’rganamiz, iymon keltiramiz. Xuddi shunday har bir dinda ruh, jon, yondosh olamlar haqida turli qarashlar bor. Va bu ularni e’tiqodini bir bo’lagi sanaladi. Bizdagi aksariyat ezoterika namoyondalarining xavfli tomoni shundaki, ulardagi ma’lumotlar har xil diniy ta’limotlar, boshqa dinlarning ibodatlari, boshqa dinlarning qarashlariga tayanganidir! Siz texnika deb o’ylaydigan amaliyotlar aslida boshqa bir dinning ibodati bo’lishi mumkin !!!
Boshqa din qarashlariga ishonch bildirish bu o’sha dinga iymon keltirish bilan barobardir!

Unutmang, har xil din ortidan yugurgan odam aslida dinsizdir!

*Haqiqiy psixologlar sizga dindan dars bermaydi! Muammoyingizni yechishda sizga diniy ibodatlar bilan bog’liq vazifalar bermaydi. Sizni e’tiqodingizga, diniy qarashlaringizga aralashmaydi.
Hatto shukronalik, istig’for aytish bilan bog’liq sizga berilayotgan vazifalar ham psixologiyadan emas.
▶️
@taskin_markaz
💯21👍72🔥2👏2
TASKIN - Psixologik markazi
Bir necha kun oldin salkam 6 yildan beri ko’rmagan kursdoshim qo’ng’iroq qildi… - Do’stim yaxshimisiz? Man *falonchiman. Bezovta qilmadimmi? - Iye xa do’stim tanidim. Qanaqasiz? Bemalol. - Shu disez sizga bitta masalada telefon qilayotgandim. Keliniz bilan…
Kechagi postimizdan manfaat o’rniga xato qidirganlar, bu postni yaxshilab o’qib, vaziyat qanchalik jiddiy ekanligini xis qiling!

Biz ham indamasak, hamma bilganini qilaversa, qanaqa ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin ahir bu kabi vaziyatlar.

Gap insonlarni dindan chiqib ketishi, oilasi buzilishi, psixikasiga jiddiy zarar yetib hatto, “jinni” bo’lib qolishi haqida ketayapti. Bu maynavozchilik emas. Qanchadan qancha insonlarni butun boshli hayoti, taqdiri haqida gap ketayapti…

Maqsadimiz shunchaki, xalqqa to’g’ri noto’g’rini ko’rsatish, tushuntirish! Kimga ergashish esa har kimni o’z erki !
💯233👍2🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamlar psixologga borib o’z “travma”larini ishlashni xohlamagan bir paytda, boshqa odamlar onlayn massaj qilib davolayapti😁

Tibbiyot rivojlanib xirurgik amaliyotlar ham onlayn bo’lib ketsaya? Tasavvur qivordim)

Bizdayam shunaqalar paydo bo’lsa, tugaganimiz shu bo’ladi !☝🏻
▶️
@taskin_markaz
😁32💯3👍2😢2
«Внутренний ребёнок»
«Инфантилизм»
«Детская травма»
«Сепарация»

Shu kabi mavzulardagi muammolarni hal qilishda yordam beruvchi kurs qilmoqchiman. Nima deysiz? Sizga qiziqmi? Kursda o’qigan bo’larmidingiz?

Men esa chetdan buyurtma bergan kitoblarimni birma bir o’qishni boshladim… :)

▶️ @taskin_markaz
👍32🔥83💯3
Ilmiy psixologiyada shukronalik, istig’for haqida hech qanday ma’lumot yo’q desam ishonarmidingiz?

Chuqur psixologik jarohatlarda ham, turli psixologik muammolarda ham istig’for va boshqa shu kabi diniy vazifalar berish qanchalik to’g’ri?

Bu holat Allohga shart qo’yish bo’lib qolishidan xabaringiz bormi?

Yopiq klubimizda shu haqida to’liq ma’lumot berib o’tganman.
▶️
@taskin_markaz
👍73🔥2
“Erimni 2-xotini bor edi. Shu 2-xotinidan qutilish uchun shukronalik yozib yurgan ekanman…”

“Premium klub” dagi JONLI EFIRDAN olingan xulosalar☝🏻

▶️
@taskin_markaz
👏5🔥2💯1