keling, bir dardlashaylik. ))
sizga nima yoki kim taskin bera oladi?
tushkunlikka tushib qolgan paytlarda nima qilasiz?

❤28
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
22-noyabr yoxud SEN bilan 1 yil
noyabr men uchun eng qadrli oylardan biri. negaki unda eng qadrli insonlarimdan biri — ayolimni topganman.
sen haqingda begonalarga nimadir demoqdan tiyilaman. ehtimol, qoʻrqarman. axir qoʻlingda eng qimmat javohirlardan biri tursa, sen ham, shubhasiz, xavotirlangan boʻlar eding.
kitoblarga oshno biz — telbalarning bosib oʻtayotgan yoʻlimiz oʻqishli bir kitob boʻlishiga shubha qilmayman. izn ber, baʼzi xotiralarimizni jonlantiray men. yana ul moziyga qaytaylik bir zum. yana yodga tushsin hu-u-uv oʻsha afsun...
24-noyabr, 2024-yil,
sening tomon odimlar dilim.
qalbim hayajonga toʻla,
limmo-lim.
xayolim parishon,
koʻzlarim giryon,
seni axtaraman,
boqaman
har yon.
kuz...
biroz sovuq,
quyoshli havo.
shamollar kelardi
sening shahringdan.
oʻzgacha kun edi,
va yoki
goʻyo
tushga oʻxshab ketar hammasi.
axir tasavvur qil:
bizlar — begona,
sening shahring boshqa,
meniki boʻlak.
seni tanimayman,
bilmayman hatto
nimalar yoqar-u,
nimalar xato...
yaʼni...
mening oʻylarim.
oʻshalar kemtik.
sening haqda
ular sukutda.
chunki...
sen
sir kabi eding ularga...
kelishilgan joyga keldim. yoʻlning narigi tarafida eding. ming xayollar ogʻushida eding, hoynahoy. bordim. seni tanidim. ilk marta oʻz koʻzlarim bilan koʻrdim seni. senginani. orqangga qarading-u, seskanib ketding.
keyin oʻsha — oʻzimizning oʻrindiq tomon ketdik birga-birga. yoʻlda biroz suhbatlashdik, chamamda. maʼzur tut: xotiram berayapti pand.
yetdik.
ohista oʻtirdik.
koʻzlar suhbatlasha ketdi bizdan ilgari...
bilasanmi, bu ilk uchrashuvimiz emas edi. bu — jasorat edi! sening va mening jasoratimiz. axir hamma ham soʻzlarida tura olmaydi. ularni amalda koʻrsata olmaydi. biz esa uddalay olgandik buni.
senga juda suqlanib qaragan edim. nigohingga, koʻzlaring tub-tubiga choʻkib ketgan edim. seni ilk marta koʻrib turishimga qaramay, koʻpdan beri seni tanigandek edim.
hayajonlangandanmi yo boshqa sababdanmi, senga hech qanday sovgʻa olib bora olmagandim. ammo sumkamda 4-5 ta oʻzim oʻqiyotgan kitoblar, bir qancha markerlar bor edi, xolos. ularning hammasini senga bergandim. oʻrniga sendan ham kitob olgandim.
2025-yil, 22-noyabr. oʻsha kuni judayam ochilib ketgan eding. seni oq libosda koʻrib, qaytadan oshiq boʻlib qolgandim. har qaraganimda ichimga allaqanday iliqlik inar, yelkalarim uzra koʻrinmas qanotlar yozilardi. biz eng chiroyli juftliklardan biri boʻlgan edik oʻsha kuni. yuzlab odamlar orasida faqat ikkimiz bordek bir-birimizga qarab samimiy-samimiy tabassum qilar, yettinchi emas, balki undan-da baland osmonlarda uchardik.
oʻsha kundan boshlab biz bir oila boʻlgandik. oʻzimizning moʻjaz, fayzli oilamiz bor edi bundan bu yogʻiga. oh, hozir birga oʻtkazgan kunlarimiz koʻzim oldida bir-bir gavdalantapti-yu, yuragim hapqirib ketyapti. axir u kunlarning har biri men uchun shu qadar qadrliki, eslashim hamono yuzimga tabassum yuguradi. sen bilan bir yilgina yashadik hali. lekin birga oʻtkazgan har damimiz million yillarga arziydi.
2026-yil, 2-noyabr. menga eng katta hadya — Maryam qizimni berding. yillar davomida orziqib kutganim, u uchun maktublar yozganimni hadya qilding.
bugun 22-noyabr — sen bilan 1 yil! ha, bu kim uchundir arzimas muddat boʻlishi mumkin, lekin men uchun hayotimning eng baxtli, eng goʻzal damlari boʻldi. bu uchun senga rahmat deyman.
qolganini birga eslaymiz, yod etamiz. chunki qizgʻana boshladim. boʻshab qolishdan qoʻrqaman. sen meni toʻldirib turibsan axir!
hayotimda borliging uchun tashakkur!
@taskin

1❤46