hozirgina «osmondagi bolalar» filmining 1-qismini koʻrib tugatdim. va oxirida yigʻladim. filmni anchadan beri koʻraman derdim-u, negadir koʻrishga hafsala qilmasdim. bugunga nasib etgan ekan.
film bir qaraganda juda sodda, doim guvoh boʻladigan voqealarimiz yigʻindisidan tashkil topgandek taassurot qoldiradi. chunki hammamizning atrofimizda Hamdamlar, Baxtiyorlar, Javohirlar-u Xurshidlar talaygina. ehtimol, oʻzimiz oʻsha osmondagi bolalardirmiz. dadasi uydagi hamma narsani sotib, aroqqa almashadigan, oʻz oilasi boʻla turib boshqasi bilan turmush qurgan, kasbi sabab oʻzi bilan oʻzi ovoralarning bolalari...
hammasi oʻzimizgagina ayon. oilamiz, ota-onalarimiz va yoki oʻzimiz haqimizdagi turli xil fikrlar, taassurotlar va yoki gap-soʻzlarning salmoqlisi haqiqat emas. oʻylab topilgan uydirma ular. fantaziya. lekin oʻzimizni yaxshi taniymiz. ichimizda nima kechayotgani yuzimizda akslanmaydi baʼzan. yuzimizdagi tabassum baxtli ekanimizni anglatmaydi. koʻzimizdagi yoshlar esa qaygʻu sabab emas, shunchaki ong ostida qolgan gʻira-shira xotira sabab qalqigan boʻlishi mumkin.
«men qanday yashashni bilaman, ammo nima uchun yashayotganimni bilmayman» deyiladi filmda. oʻyga toldiradi. atrofga boqing. hamma hayotiy tashvishlari bilan band. kimdir ishga yugurgan, kimdir oʻqishga va boshqa kimdir shifoxonaga. kimdir har kuni ichib kelib janjal qiladi uyda, kimdir hayotning ogʻirligidan noliydi, yana kimnidir hammasiga qoʻl siltagan va jimgina, sassizgina gʻimir-gʻimir qilib kun kechiradi. lekin ularning necha foizi nima uchun yashayotganini biladi? deyarli hech kim bilmaydi. nima uchun yashayapsan desangiz, sizga siyqasi chiqqan gaplardan boshqasini aytishmaydi.
@taskin

5❤29
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
oʻzining bir umrlik muhabbatini boy bergan inson oxir-oqibat qalbidagi pushaymonlik hissi bilan yolgʻiz qoladi.
@taskin
@taskin
❤33
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
xayr, avgust — xayr, yoz
har faslning oʻz tarovati, oʻz gashti boʻlganidek, har fasldagi xotiralar ham oʻzgacha. fasllar almashadi, yillar oʻtadi, lekin xotiralar abadiy qoladi.
yoz — pishiqchilik fasli. nafaqat meva-sabzavotlar, balki odamlar ham pishadi. men uchun shunday, masalan. men har yozda pishaman. men har yozda ham jismonan, ham maʼnan yetilaman. oʻzim uchun xulosalar yasayman. odamlarni kuzataman, ularning ichiga nazar solaman. qoraygan yuzlarning gurunglariga quloq osaman.
men yozda kitob oʻqiy olmayman deyarli. chunki jismoniy mehnatdan keyin hech narsa qila olmaysan, ochigʻi. ishdan kelasan, ovqatlanasan, biroz suhbat va uyqu. baʼzan shu qadar charchaysanki, tunda yostiqqa bosh qoʻyishing bilan tong otib qoladi. lekin yozda yuzlab odamlarning hikoyalarini kitob oʻqigandek eshitaman.
bu yozgi xotiralarim ham bisyor. men yozdan mamnunman.
kuzdan umidlarim katta...

❤34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
sizga aytsam, oila uchun sevgining oʻzi kamlik qiladi.
yoʻq, uning ahamiyati past demoqchi emasman, shunchaki oilada uning oʻzigina kifoya qilmaydi. bugun kimnidir sevib qolganingiz u bilan umringizni soʻngiga qadar birga yashay olishingizni anglatmaydi. sevgi ham tugaydi, ha, u ham nihoya topadi. faqat sevgi, muhabbat bilan chegaralanayotgan ekansiz, uning ham kun kelib tugashini unutmang!
dunyoda faqatgina ishq-muhabbat bor deb oʻylaysizmi?! naqadar tushunchangiz tor ekan. bu olamda ulardan ham yuqoriroq turadigan ilohiy tuygʻular mavjud. biroq ularga nom berilmagan, nomsizligi uchun ham ehtimol sevgi-muhaabbatni ichiga tiqib qoʻyishar, lekin yoʻq, oilada ana oʻshanday nomsiz, ulugʻ tuygʻu boʻlmas ekan, sevgi bilan uzoqqa borib boʻlmaydi. telbalarcha sevishning oʻzi judayam ozlik qiladi.
kechirasiz-u, bu rost. bir tafakkur qilib koʻrsangiz balki anglab qolarsiz...
***
bilasizmi, umr yoʻldoshim, men sizni oʻsha nomsiz tuygʻular ila suydim. men faqat sevmadim, sevmadim...
malikangizdan
#atalgan

5❤31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
xudo seni qanday yaratdiki, vujudingning har bir nafis egri chizig‘i go‘yo orzularimning ayni timsolidek...
@taskin
@taskin
❤39