taskin
@taskin – sengacha
sengacha...
sengacha hammasi sarob boʻlgan. sengacha hammasi tush edi. sengacha hammasi mavhum...
sen hayotimga kelgach men qaytadan dunyoga keldim. sening samimiyliging-u sofliging meni-da bolaga aylantirdi. sendagi energiya soʻnib ulgurgan umidlarimni yana tiriltirdi. sening muhabbating oʻtmishimni unuttirdi. ha, u hayotdan hech narsa qolmadi. yangi sahifa ochildi. unga muhabbatimiz ila hikoyalar yozmoqdamiz.
sen men uchun hammasisan: doʻstim, sirdoshim, suhbatdoshim, umryoʻldoshim.
yonimda ekansan, hammasiga yelkama-yelka yetamiz. baland choʻqqilarni zabt etamiz.
sen bilan oʻtayotgan kunlarim — eng farahli damlarim.
hali koʻrasan, ikkimizning muhabbatimiz afsonaga aylanadi.
seni osmoncha yaxshi koʻraman.
@taskin

1❤36
avgust
@taskin
hammasi uchun rahmat, hayot. boriga va bariga shukr. 25-avgustim bu mening. tugʻilishim sarguzasht bilan boshlangan. va mana 25 yildirki, shunday sarguzashtlar ichra yashayapman.
bundan 25 yil oldin men Jizzaxda tugʻilganman. asli Samarqandlikmiz. lekin onam tugʻilishimdan bir necha kun avval (27-iyul, adashmasam) OTM imtihonini topshirish uchun Jizzaxga boradi. soʻng men tugʻilaman. dadamlar va togʻamlar kechasi Samarqanddan oʻrtancha xolamni Jizzaxga olib borishadi. negaki ayamning oʻrinlaridan imtihonga kimdir kirishi kerak edi-da. shunday qilib, xolam imtihonga kiradi.
men mana shunday sarguzasht bilan dunyoga kelganman.
endi kichkina emasman. oilam, oʻzimga yarasha tashvishlarim bor. lekin ichimda 1-avgustda tugʻilgan bolakay hanuz yashamoqda...)
aya, dada, menga hayot berganingiz uchun rahmat. sizlarni yaxshi koʻraman!

1❤54