Tizzangda yuragim potirlab tursa,
Lablaring titranib pichirlab tursa,
Yoningda bir ariq jildirab tursa,
Yorim-o
Suyunchim suyunchdan suyunchli…
Azoblar tashlasa choyshab qonlarga,
Fursat yig‘ib bersa uchqur onlardan,
Qo‘l ushlab botardik iliq tonglarga,
Yorim-o
Suyunchim suyunchdan suyunchli…
Xudoyo vujudim ila siylasa,
Qulfu kalitini tortiq aylasa,
Sen ochib kirsangu mangu qulflasang,
Yorim-o
Suyunchim suyunchdan suyunchli…
1989
Abduvali Qutbiddin
@taskin
Lablaring titranib pichirlab tursa,
Yoningda bir ariq jildirab tursa,
Yorim-o
Suyunchim suyunchdan suyunchli…
Azoblar tashlasa choyshab qonlarga,
Fursat yig‘ib bersa uchqur onlardan,
Qo‘l ushlab botardik iliq tonglarga,
Yorim-o
Suyunchim suyunchdan suyunchli…
Xudoyo vujudim ila siylasa,
Qulfu kalitini tortiq aylasa,
Sen ochib kirsangu mangu qulflasang,
Yorim-o
Suyunchim suyunchdan suyunchli…
1989
Abduvali Qutbiddin
@taskin
1❤33
taskin
@taskin – sengacha
sengacha...
sengacha hammasi sarob boʻlgan. sengacha hammasi tush edi. sengacha hammasi mavhum...
sen hayotimga kelgach men qaytadan dunyoga keldim. sening samimiyliging-u sofliging meni-da bolaga aylantirdi. sendagi energiya soʻnib ulgurgan umidlarimni yana tiriltirdi. sening muhabbating oʻtmishimni unuttirdi. ha, u hayotdan hech narsa qolmadi. yangi sahifa ochildi. unga muhabbatimiz ila hikoyalar yozmoqdamiz.
sen men uchun hammasisan: doʻstim, sirdoshim, suhbatdoshim, umryoʻldoshim.
yonimda ekansan, hammasiga yelkama-yelka yetamiz. baland choʻqqilarni zabt etamiz.
sen bilan oʻtayotgan kunlarim — eng farahli damlarim.
hali koʻrasan, ikkimizning muhabbatimiz afsonaga aylanadi.
seni osmoncha yaxshi koʻraman.

1❤36