taskin
8.73K subscribers
133 photos
93 videos
37 links
taskin izlaganlar uchun.
Download Telegram
bilasizmi, baʼzan shu qadar xotirjamlikka toʻyinamizki, ich-ichimizdan entikaveramiz beixtiyor. koʻz oldimizdan oʻsha zimiston tunlarda his qilganimiz ogʻriqlar bir-bir oʻta boshlaydi. soʻng qoʻlimizni kemdir qattiq siqadi. va: «oʻtdi», — deydi koʻzlaringizga tik boqib. ana shu lahzada umrbod yashaging kelib ketadi. soʻng takroran: «oʻtdi», — deysan sen ham.

soʻng oʻrtaga sukunat choʻkadi. soʻzlarsiz suhbat qura boshlaysan. suhbatki, soʻzlarga ehtiyoj yoʻq. izohlar, uzun tasvirlar ham kerak emas.

keyin birdan choʻkib ketasan. nogoh shaffof qorachiqda oʻz aksingni koʻrasan-u, gʻolibona kulasan. chin dildan, soxta tabassumlarni chilparchin qilar darajada kulasan.

@taskin toping 🧸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
26
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
muttasil ravishda behalovat yashashga oʻrganib qolganlar zulmatli kunlarni ortda qoldirib, nurafshon kunlarga yetganlarida oʻzlarini oʻngʻaysiz va koʻpincha oldingidek (oʻsha damlarda qanday boʻlsa, oʻshanday) tutadilar. qarzlar, muammolar, ishlarning yurishmasligi, munosabatlardagi nosamimiylik — hammasi bir boʻlib kishini anchagina toliqtiradi, oromini oʻgʻirlaydi.

nimadir yeysan-u, uning taʼmini bilmaysan. yarim tunda maqsadsiz koʻchalarni sangʻiysan. uyga borging ham kelmaydi oʻshanday paytlarda. odamlardan berkinasan. (ehtimol, qarzing borligidan, ehtimol, hozir senga hech kim yordam bera olmasligini his qilganingdan.)

hammasiga qoʻl siltab bir yoqlarga ketib yuborging keladi-yu, allaqanday chalkash oʻy-xayollar aniq bir qarorga kelishingga yoʻl qoʻymaydi. yechim qidiraverasan, qidiraverasan. hamma narsani sinab koʻrasan. befoyda ekanligi kundek ravshan boʻlsa ham, urinaverasan, urinaverasan. tinmaysan. olayotganing nafasni-da his qilmaysan. doim allaqayerga shoshasan. yelasan, yugurasan.

soʻng, nogoh quyosh chiqadi. bu quyosh oldinlari ham chiqardi. endi aynan sen uchun nur sochayotgandek. zulmatga burkangan xonadan birdan tashqariga chiqsang, koʻzing qamashadi-ku, senda ham shunday boʻladi. bir muddat oʻrgana olmaysan.

bilasizmi, kishi oʻsha zulmatli kunlarda, oʻsha eng ogʻir — yiqilaman-yiqilaman deb turgan paytlarida eng koʻp oʻsgan, eng koʻp rivojlangan boʻladi. butun umrga arzigulik xulosalarni oladi. kimning qanaqa ekanligini — kim haqiqiy doʻst, kim niqobda — hammasini anglaydi.

yuqoridagilarning hammasini his qilganman. uchinchi shaxs tilidan oʻzim haqimda hikoya qildim, ochigʻi.

bularning barchasi uchun rahmat, hayot!

@taskin toping 🧸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
53
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
100
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
92
sen boshqalarga oʻxshamaysan. 😊

@taskin toping 🧸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
103
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
odam boʻlish shunchalik qiyinmi?

@taskin toping 🧸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
82
yuqoridagi parcha shu filmdan edi. oʻzim ham bir necha marotaba koʻrganman. sizlarga ham ilindim. albatta, koʻring.

@taskin — halovat maskani
51
sen bilmaysan!

@taskin toping 🧸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
80
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
hammasini bir-biriga yengib oʻtamiz. orzu-maqsadlarimizning barchasiga qoʻllarimizni tutgancha erishamiz. men zarracha shubha qilmayman bunga. sen yonimda ekansan, albatta, hammasini eplayman.

@taskin
83
#baxt

– seni xursand qilmoqchiman.
– nima olib berasiz?
– baxt...

@taskin
90
61
taskin
Voice message
bu nafislikni hamma ham his eta olmaydi. fikr-u xayoli dunyo matohlari boʻlganlar hech qachon sheʼrdagi, umuman, soʻzdagi lazzatni tuya olmaydi. ular faqat ovqat yeb rohatlanishadi, xolos.

lekin yana bir toifa borki, ular — soʻz oshnolari. ular har bir soʻzning inja maʼnolari-da his eta olishadi. bundan zavqlanishadi.

qarang, sheʼrda nima deyilyapti:

Kel,
yigʻla,
Tuygʻular yildirim...
Shamollar bahr-u bayt toʻqiydi.
Men senga o‘zimni topshirdim —
Boshqalar she’rimni oʻqiydi.


@taskin
59
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ha azizlar, sevaman deyish oson. ammo uni amalda koʻrsatish kitoblardagi kabi oson emas. )

@taskin
68
Behzod oʻqidi

@taskin
59
taskin
Voice message
oʻsha yigʻloqingizga yuborib qoʻying. )
50
endi bemalol oʻlsak ham boʻladi...

@taskin
60
— ketdik...
— qayoqqa?
— baxt tomonlarga...

@taskin
70
bir kunga sehrgar boʻlib qolsangiz, nima qilar edingiz?
40