This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima
xotiralar hech qachon yo‘qolmaydi. inson umri davomida qancha narsani ko‘radi, eshitadi, his etadi… shu lahzalar qayerga ketadi, deb o‘ylaysan? yo‘q, ular g‘oyib bo‘lmaydi, ular qalb qa’rida yashirinib qoladi. hatto ongimiz ularni unutgan taqdirda ham, yurak har bir onni mehr bilan asrab-avaylaydi.
@taskin

1❤67
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
qiziq, kishi yonidagi insonni ham sogʻinishi mumkinmi?
ha, mumkin! chunki hayotdagi yumushlar, vazifalar, majburiyatlar sabab boʻlib, inson ular bilan oʻrlashib qoladi. ularning izmiga tushib qoladi. shunday bir palla keladiki, soʻng asablar tarang tortadi, qoniqmaslik, koʻngil toʻlmaslik, bezovtalik, tajanglik boshlanadi. nimanidir yoʻqotib qoʻygandek izlanadi, taranglik yanada kuchayadi. telefon, ijtimoiy tarmoqlardan izlash boshlanadi, boʻshliqni toʻldirish uchun nimadir... koshki topilsa.
sevgilim, vaqt judayam tez oʻtyapti, sezayotganimizdan-da teez! tong otganidan ketma-ketlik boshlanyapti, toki kun botguniga qadar davomli boʻlib. aslida, ular ham yashash uchun kerak. biroq qoʻrqamanki hislarni xiralatib qoʻymasa. yashash haqidagi, sevish haqidagi, his qilish haqidagi taʼmlar, nozik, qalb bilan tuyish mumkin boʻlgan taʼmlar yoʻqolib qolmasa.
sizni osmoncha sogʻindim! sogʻinchimga guvohlik qilib yoz kunlarida yomgʻir ham yogʻdi.
«yonimda boʻlsangiz-da tushlarimga kirasiz»
malikangiz yozdi

1❤49
«Ayol hayotdagi eng mukammal cholg‘u asbobidir. Lekin afsuski, hamma erkak ham notalarni qanday o‘qishni bilmaydi».
@taskin
Farid Farjad
@taskin
1❤76