barcha bitiruvchilarning keyingi hayot yoʻllarida omad tilayman. orzularingiz amalga oshsin. oʻzingiz istagan hayotni quring.
1❤80
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
osmonda oy va yomgʻir yogʻishi...
yashayversang, shunaqa ajabtovur voqealarga guvoh boʻlaverarkansan. )
@taskin

2❤66
shu post izohida oʻzingizning sahifangizni qoldiring. baʼzan kichik sahifalarda dilga yaqin yoziqlar boʻladi. sizni oʻqimoqchiman:
1❤36
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
menga kitob oʻqib ber, erkam,
ovozing ruhimni allasin, ayt.
yosh boladay senga topinay,
ovozing eshitib uxlay umrbod.
sen oʻqiyvergin, toʻxtama, jonim,
vujudim quloqqa aylantiray men.
dunyoning ovozin oʻchirib qoʻyay,
sening ovozlaring tutsin dunyoni.
bu gʻala-gʻovurlar, bu shovqin-suron
meni tiriklayin koʻmmoqda, qara.
oʻlib borayapti ichda nimadir,
va qayerdir nuraydi bir-bir.
kitob oʻqib beruvchim, mening malikam,
oʻzimman yagona tinglovching sening.
shu sabab oʻqiyver va toʻxtatmagin
kitob oʻqishingni — meni sevishni.
Behzod yoz(gan)di
@taskin
ovozing ruhimni allasin, ayt.
yosh boladay senga topinay,
ovozing eshitib uxlay umrbod.
sen oʻqiyvergin, toʻxtama, jonim,
vujudim quloqqa aylantiray men.
dunyoning ovozin oʻchirib qoʻyay,
sening ovozlaring tutsin dunyoni.
bu gʻala-gʻovurlar, bu shovqin-suron
meni tiriklayin koʻmmoqda, qara.
oʻlib borayapti ichda nimadir,
va qayerdir nuraydi bir-bir.
kitob oʻqib beruvchim, mening malikam,
oʻzimman yagona tinglovching sening.
shu sabab oʻqiyver va toʻxtatmagin
kitob oʻqishingni — meni sevishni.
Behzod yoz(gan)di
@taskin
2❤53
taskin
@taskin
ayol hech qachon qarimaydi.
toʻgʻri, vaqtlar oʻtib uning yuzlariga ajin tushishi, koʻzlari xira tortishi, yura olmasligi mumkin, lekin uning qalbi hech qachon keksaymaydi. u hu-u-u-v oʻsha shaddod qizligidagi yurakni hech qachon yoʻqotmaydi.
bu opaning raqsini koʻrib, uning ruhiyati, kayfiyatiga rom boʻlib qoldim. naqadar samimiy xirom ayladi!
ayol hilqati shu qadar sirli va goʻzalki, u doimo bizni oʻziga jalb qiladi. bir kinoda aytilganidek: «ayollardan nigohimiz ayrilgan kun oʻlamiz».
boringizga shukur, aziz ayollar!

2❤34
ruhingizga yaqin boʻlgan insonni topganmisiz? tabriklayman, siz baxtli insonlar qatoridasiz!
chunki hozirgi paytda bir-birini tushuna olish bu judayam katta narsa. yashar ekansiz, ruhingiz taskin topa oladigan maskaningiz boʻlishi kerak! aks holda, hayot rangsizlanib qoladi. unday joy, biron bir goʻsha, maskan yo boʻlmasa, uning qalbi boʻlishi mumkin...
sen haqingda anchadan buyon deyarli hech narsa qoralamay qoʻyibman. ey mening taskinim, yaxshiyam borsan! yaxshiyam yorsan! sen borki, hayot chiroyli. kunduzim quyoshli, tunlarim nurli.
bu dunyoda sensiz men qanday yashashni-da oʻylolmayman.
dunyoda bir bor yashar ekanmiz, sevish kerak, sevilish kerak! shu hislarni menga berganing uchun tashakkur. bu gʻala-gʻovur olamda faqatgina yagona oʻzing qalbimdagi taskinimsan! hamisha bor boʻl!
senga boʻlgan tuygʻularim muhabbatdan ham, sevgidan ham buyukroqdir!

9❤61
— bir kun hamma orzularimizga yetamiz-a?
— albatta!
— qaysi davlatlarga sayohat qilamiz?
— siz bilan istalgan yerga ketaveraman!
— ...
ayolni seving.
ayolni tinglang.
ayolni quvontiring.
ayolni himoya qiling.
ayolni qizgʻaning, asrang.
oʻshanda koʻrasiz uning butun latofatini, energiyasini, fantaziyalarini. ayol sevilsa, tinglansa, quvonsa, yanada gullab-yashnaydi. butun olamni munavvar qiladi uning nuri.
qachondir uylansangiz, ayolingizga malikalardek muomala qiling. u siz uchun hammasidan voz kechib keladi: ota-onasidan, aka-uka, opa-singillaridan, 18-20 yil yashagan ota hovlisidan, u yerdagi unutilmas xotiralaridan...
hammasidan!
— kim uchun?!
— siz uchun!
ayolning sevilmaganini, tushunilmaganini, tinglanmaganini koʻrsam, ichimdan nimadir uzilib ketadi. allaqayerim sanchib ogʻriydi.
iltimos, ayollarni asrang...

1❤106
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
24 yoshga kirguncha menda chin doʻst boʻlmagan deyarli. real hayotda meni men kabi tushuna oladigan biriga koʻp muhtoj boʻlganman. aksiga olib, topa olmaganman. ha, sinfdoshlar, abituriyentdoshlar, kursdoshlar, koʻcha-koʻydagi tanishlarim koʻp edi. lekin men ularning davrasiga sigʻmasdim, ochigʻi.
u davrlardagi suhbatlar, mavzular men uchun emas edi. kim qanaqa mashina olgani, kim uylangani, kim bolali boʻlgani, kimning toʻyi qanday boʻlgani — bularning menga umuman qizigʻi yoʻq edi. va shu uchun oʻzimdan katta kishilar, ustozlar bilan hamsuhbat boʻlardim.
real hayotda topa olmagach, vertual olamdan qidira boshladim doʻst deganini. ularni oʻzimga yaqin olib dardimni dasturxon qildim. oʻzim haqimdagi hamma narsani ularga aytdim. hammasini. ular esa nozik nuqtalarimni nishonga olishdi.
xullas, doʻst borasida omadsiz edim...
lekin sen hayotimga kirib kelgach haqiqiy doʻst qanday boʻlishini his qildim. sen men uchun:
sirdosh;
dildosh;
hisdosh;
soʻzsiz tushuna oluvchi;
qoʻllab-quvvatlovchi va yana koʻplab fazilatlarga ega kishimsan.
sengacha boʻlgan hammasi tush. sen esa yakka-yolgʻiz haqiqatimsan. ha, men yillar davomida uzun tushlar koʻrdim. ularda adashdim. ularda aldandim. oxir-oqibat, haqiqat bilan yuzlashdim.
shu yetti oy ichida million yilga tatigulik shirin xotiralar berding menga, doʻstim...
yaxshiyam borsan!

1❤82