taskin
8.84K subscribers
133 photos
92 videos
37 links
taskin izlaganlar uchun.
Download Telegram
ayni holatingizni bir soʻz bilan ifodalang:
31
sevish yo sevilish?
42
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
sevgi siz bilan yashaydigan birini topish emas, u oʻsha birisiz yashay olmaydiganni topishingizdir. sen men uchun oʻsha «birisan».

mening tarjimam gʻaliz boʻlsa, izohda siz ham tarjima qilib koʻring.

egalariga yuboramiz.

@taskin
157
yuzingdagi nurni yoʻqotib qoʻyma.
177
tun choʻkyapti. hademay yerni zulmat qoplaydi. osmonning avzoyi buzuq. u tund kayfiyatda. necha kundan beri ezilib yomgʻir yogʻadi. osmon may oyida bunchalar yigʻloqi boʻlib qoldi.

@taskin
166
sizlarda ob-havo qanday, yaxshilar?
113
yaxshimisiz?
145
barcha bitiruvchilarning keyingi hayot yoʻllarida omad tilayman. orzularingiz amalga oshsin. oʻzingiz istagan hayotni quring.
180
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
osmonda oy va yomgʻir yogʻishi...

yashayversang, shunaqa ajabtovur voqealarga guvoh boʻlaverarkansan. )

@taskin
266
yaxshimisiz?
134
shu post izohida oʻzingizning sahifangizni qoldiring. baʼzan kichik sahifalarda dilga yaqin yoziqlar boʻladi. sizni oʻqimoqchiman:
136
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
menga kitob oʻqib ber, erkam,
ovozing ruhimni allasin, ayt.
yosh boladay senga topinay,
ovozing eshitib uxlay umrbod.
sen oʻqiyvergin, toʻxtama, jonim,
vujudim quloqqa aylantiray men.
dunyoning ovozin oʻchirib qoʻyay,
sening ovozlaring tutsin dunyoni.
bu gʻala-gʻovurlar, bu shovqin-suron
meni tiriklayin koʻmmoqda, qara.
oʻlib borayapti ichda nimadir,
va qayerdir nuraydi bir-bir.
kitob oʻqib beruvchim, mening malikam,
oʻzimman yagona tinglovching sening.
shu sabab oʻqiyver va toʻxtatmagin
kitob oʻqishingni — meni sevishni.

Behzod yoz(gan)di

@taskin
253
the night we met
@taskin
biz uchrashgan tun...))

@taskin
137
121
taskin
@taskin
ayol hech qachon qarimaydi.

toʻgʻri, vaqtlar oʻtib uning yuzlariga ajin tushishi, koʻzlari xira tortishi, yura olmasligi mumkin, lekin uning qalbi hech qachon keksaymaydi. u hu-u-u-v oʻsha shaddod qizligidagi yurakni hech qachon yoʻqotmaydi.

bu opaning raqsini koʻrib, uning ruhiyati, kayfiyatiga rom boʻlib qoldim. naqadar samimiy xirom ayladi!

ayol hilqati shu qadar sirli va goʻzalki, u doimo bizni oʻziga jalb qiladi. bir kinoda aytilganidek: «ayollardan nigohimiz ayrilgan kun oʻlamiz».

boringizga shukur, aziz ayollar!

@taskin
234
sheʼr oʻqishni sogʻindim.
233
men senga oʻzimni topshirdim,
boshqalar sheʼrimni oʻqiydi...

Behzod oʻqidi

@taskin
135
ruhingizga yaqin boʻlgan insonni topganmisiz? tabriklayman, siz baxtli insonlar qatoridasiz!

chunki hozirgi paytda bir-birini tushuna olish bu judayam katta narsa. yashar ekansiz, ruhingiz taskin topa oladigan maskaningiz boʻlishi kerak! aks holda, hayot rangsizlanib qoladi. unday joy, biron bir goʻsha, maskan yo boʻlmasa, uning qalbi boʻlishi mumkin...

sen haqingda anchadan buyon deyarli hech narsa qoralamay qoʻyibman. ey mening taskinim, yaxshiyam borsan! yaxshiyam yorsan! sen borki, hayot chiroyli. kunduzim quyoshli, tunlarim nurli.
bu dunyoda sensiz men qanday yashashni-da oʻylolmayman.

dunyoda bir bor yashar ekanmiz, sevish kerak, sevilish kerak! shu hislarni menga berganing uchun tashakkur. bu gʻala-gʻovur olamda faqatgina yagona oʻzing qalbimdagi taskinimsan! hamisha bor boʻl!

senga boʻlgan tuygʻularim muhabbatdan ham, sevgidan ham buyukroqdir!

@taskin
961