This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
aynan!
mening fikrimcha, baxtli odamlar oʻzining baxtli ekanini, farovon hayotini koʻz-koʻz qilishga ehtiyoj sezmaydi. asl baxtsizlar bunga muhtoj. ijtimoiy tarmoqlarda yangi olgan uy, mashina va shunga oʻxshash matohlarni baxt deb ommaga koʻz-koʻz qilayotganlardan baxtsizroq odam yoʻq, men uchun.
baxt — nisbiy tushuncha. uni qandaydir moddiyat bilan tenglashtirish, meningcha, ahmoqlikdan boshqa narsa emas.
baxtli inson oʻsha baxtli onlarida chinakam yashaydi. har lahzasidan bahra oladi.
badbaxtlar esa: «MEN BAXTLIMAN», — deb chinqirgani chinqirgan. goʻyo ularning baxtliligini (aslida, bu — baxtsizlik) hamma bilishi kerak...
aslini olganda, har doim baxtli boʻlish yaxshi emas. chunki baxt sizning koʻzingizni koʻr qilib qoʻyadi. dunyoga faqat «pushti koʻzoynak» bilan boqadigan boʻlib qolasiz.
odam baxtli boʻlgan paytlarida koʻp narsalarni unutadi. masʼuliyatlari, oldidagi burchlari, majburiyatlari va hokazo...
qaygʻu, dard, ketma-ket keladigan sinovlar esa sizni haqiqiy jangchiga aylantiradi. mana shular sizni asl inson qilib tarbiyalaydi.
baxtdan sarxushlar esa vaqtinchalik «kayf» bilan ovora boʻlib qolishadi...
xulosa oʻzingizdan...
Behzod yozdi
@taskin

1❤53
Sen aziz boshingni ko‘ksimga qo‘yding,
Men mag‘rur boshimni oyoqlaringga.
Sen mening yuragim urishin tuyding,
Men to‘yib tikildim qaroqlaringga.
Endi sening boshing toshdan qattiqroq,
Mening uchrashishga hafsalam yo‘qroq.
Sen yomg‘irli yo‘lda pinjimga kirding,
Men sening belingdan quchardim mahkam.
Bo‘sa olganimda kelardi kulging,
Qo‘shilib kulardim o‘shanda men ham.
Endi sening g‘amgin paytlaring ko‘proq,
Mening jilmayishga hafsalam yo‘qroq.
Sen tunda sim qoqib sirlashar eding,
Men noma yozardim samimiy, dalli.
Muhabbat tilida tillashar edik,
Beg‘ubor so‘zlaring eslayman hali...
Endi sening tiling ancha achchiqroq,
Mening so‘zlashishga hafsalam yo‘qroq.
O, mahzun oqshomlar, sokin xiyobon,
Ko‘cha chirog‘iyu kuyli favvora...
Sen o‘sha ko‘chadan o‘tarsan mudom,
Men ham o‘tayapman bir necha bora.
Sen menga qayrilib boqmaysan biroq,
Mening chorlamoqqa hafsalam yo‘qroq.
Biz aniq bilardik bir-birimizsiz
Uzoq yasholmasdik, firoq ko‘yida.
Biz uzoq joylarga yo‘qoldik izsiz,
Sen qirda, men esa daryo bo‘yida.
Endi sening hayot tajribang ko‘proq,
Mening hayotga ham hafsalam yo‘qroq.
She’rlar o‘qir edik, yozardik g‘aliz,
So‘z bilan chizardik dunyo suratin.
Xudo tinglar edi osmonda yolg‘iz,
Ikkita bo‘lajak shoir suhbatin.
Endi sening go‘zal she’rlaring ko‘proq,
Mening o‘qimoqqa hafsalam yo‘qroq.
Bek ALI
@taskin
Men mag‘rur boshimni oyoqlaringga.
Sen mening yuragim urishin tuyding,
Men to‘yib tikildim qaroqlaringga.
Endi sening boshing toshdan qattiqroq,
Mening uchrashishga hafsalam yo‘qroq.
Sen yomg‘irli yo‘lda pinjimga kirding,
Men sening belingdan quchardim mahkam.
Bo‘sa olganimda kelardi kulging,
Qo‘shilib kulardim o‘shanda men ham.
Endi sening g‘amgin paytlaring ko‘proq,
Mening jilmayishga hafsalam yo‘qroq.
Sen tunda sim qoqib sirlashar eding,
Men noma yozardim samimiy, dalli.
Muhabbat tilida tillashar edik,
Beg‘ubor so‘zlaring eslayman hali...
Endi sening tiling ancha achchiqroq,
Mening so‘zlashishga hafsalam yo‘qroq.
O, mahzun oqshomlar, sokin xiyobon,
Ko‘cha chirog‘iyu kuyli favvora...
Sen o‘sha ko‘chadan o‘tarsan mudom,
Men ham o‘tayapman bir necha bora.
Sen menga qayrilib boqmaysan biroq,
Mening chorlamoqqa hafsalam yo‘qroq.
Biz aniq bilardik bir-birimizsiz
Uzoq yasholmasdik, firoq ko‘yida.
Biz uzoq joylarga yo‘qoldik izsiz,
Sen qirda, men esa daryo bo‘yida.
Endi sening hayot tajribang ko‘proq,
Mening hayotga ham hafsalam yo‘qroq.
She’rlar o‘qir edik, yozardik g‘aliz,
So‘z bilan chizardik dunyo suratin.
Xudo tinglar edi osmonda yolg‘iz,
Ikkita bo‘lajak shoir suhbatin.
Endi sening go‘zal she’rlaring ko‘proq,
Mening o‘qimoqqa hafsalam yo‘qroq.
Bek ALI
@taskin
1❤59
sochlaring jingalak,
sochlaring chalkash,
betartib umrimning ko‘chalariday.
anov ikki ko‘zing buncha jafokash,
qop-qora zulmning kechalariday.
izingda gul unar, poyingga yulduz
o‘zini otashga otgandek tashlar.
bo‘g‘zimda jon taslim qilayotgan so‘z
jonim tarashlar.
endi bu yerlardan o‘tmagin qaytib,
sarmast ko‘chamizning ko‘zlari giryon.
u kutar baribir ismingni aytib,
sog‘inchi bir yonu... sog‘inchi bir yon.
qol desam ne bo‘lar, qolasanmi yo?
baxshida et desam kecha-kunduzing.
ostin-ustin bo‘lib yotibdi dunyo,
tartibga keltirib bersang-chi o‘zing.
tovonim – shu jonim, ista, oʻtda yoq!
bir boshga og‘irlik qilar bojlaring.
hajring dorga boshlar, qarshimda sirtmoq –
jingalak sochlaring, chalkash sochlaring.
muallif: Islomjon Qoʻchqorov
oʻqidi: Behzod Sherzod oʻgʻli

1❤54
O, ota makonim,
Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga.
Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.
Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar,
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.
Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men, yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin
Bitta tandiringga alishmasman men.
Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat —
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.
Bildimki, baridan ulug‘i o‘zing,
Bildimki, yaqini shu tuproq menga.
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.
Sen bilan o‘tgan har kun bayramdir, bazm,
Sensiz bir on qolsam, vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

Muhammad Yusuf
@taskin
1❤86