taskin
8.82K subscribers
133 photos
92 videos
37 links
taskin izlaganlar uchun.
Download Telegram
kamalakni koʻrmaganimga ming yillar boʻlgandi...

@taskin
1154
194
«yaxshiyam borsan...»


beqarorligim tutib hamma joyni ostin-ustun qilganimda meni tark etmaganing uchun...

borar manzilim qolmaganda men uchun boshpana boʻla olganing uchun...

«endi hech kimga ishonmayman» qaroriga kelganimda menga yana ishona olish hissini qaytarganing uchun...

eng muhimi, meni hayotga qaytara olganing uchun...

MINNATDORMAN!

@taskin
465
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
736
nega bedorsiz?
122
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima

— seni sevaman.
— qayerda?
— nima?!
— koʻrsat menga.
— sevgi qayerda?
— men...
— men uni koʻra olmayapman.
— uni seza olmayapman.
— his qila olmayapman.
— men uni eshita olaman, xolos.
— bir qancha soʻzlarni eshita olaman.
— ammo oddiy soʻzlaring bilan hech narsa qila olmayman.

@taskin
158
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
aynan!

mening fikrimcha, baxtli odamlar oʻzining baxtli ekanini, farovon hayotini koʻz-koʻz qilishga ehtiyoj sezmaydi. asl baxtsizlar bunga muhtoj. ijtimoiy tarmoqlarda yangi olgan uy, mashina va shunga oʻxshash matohlarni baxt deb ommaga koʻz-koʻz qilayotganlardan baxtsizroq odam yoʻq, men uchun.

baxt — nisbiy tushuncha. uni qandaydir moddiyat bilan tenglashtirish, meningcha, ahmoqlikdan boshqa narsa emas.

baxtli inson oʻsha baxtli onlarida chinakam yashaydi. har lahzasidan bahra oladi.

badbaxtlar esa: «MEN BAXTLIMAN», — deb chinqirgani chinqirgan. goʻyo ularning baxtliligini (aslida, bu — baxtsizlik) hamma bilishi kerak...

aslini olganda, har doim baxtli boʻlish yaxshi emas. chunki baxt sizning koʻzingizni koʻr qilib qoʻyadi. dunyoga faqat «pushti koʻzoynak» bilan boqadigan boʻlib qolasiz.

odam baxtli boʻlgan paytlarida koʻp narsalarni unutadi. masʼuliyatlari, oldidagi burchlari, majburiyatlari va hokazo...

qaygʻu, dard, ketma-ket keladigan sinovlar esa sizni haqiqiy jangchiga aylantiradi. mana shular sizni asl inson qilib tarbiyalaydi.

baxtdan sarxushlar esa vaqtinchalik «kayf» bilan ovora boʻlib qolishadi...

xulosa oʻzingizdan...

Behzod yozdi

@taskin
153