taskin
8.81K subscribers
133 photos
92 videos
37 links
taskin izlaganlar uchun.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«seni uchratgan kunim oʻzligimni angladim».


shunday insonlar borki, senga vijdoning borligini eslatib turishadi. bu eslatma allaqanday jimjimador, faylasufona soʻzlar qorishmasi emas. bu shunchaki senga qaratilgan samimiy nigoh boʻlishi mumkin, bu shunchaki savol bergan paytingda saqlangan sukut boʻlishi mumkin va yoki jilmayish boʻlishi mumkin. bilmadim. qanday tushuntirsam ekan? qanday ifoda etsam ekan ichimdagilarni? baʼzan soʻzlarning quvvati boʻlmaydi. samimiy aytilmagani uchundir, balki. yoki yurakdan chiqmagan u soʻzlar. shunchaki, tilda paydo boʻlib, quloqqacha yetib bora olgan ular. tilda paydo boʻlgan soʻzlarning qismati shu: faqat quloqqagina eshitiladi.

dilda tugʻilgan, dildan tugʻilgan soʻzlargina boshqa dilga yetib boradi. ularning qiymati, qadri ham boshqacha. bilasizmi, nega kimnidir tabriklaganimda odamlar kabi tayyor, uzundan uzoq tabriknomalar yubormayman?! chunki his qila olmaganimni boshqalarga-da ravo koʻrmayman. qisqagina boʻlsa ham oʻzim yozaman. imkon qadar samimiy yozishga harakat qilaman. faqat qulogʻigagina yetib borishini istamayman.

qarang, qalb bir maskanki, unga yetish uchun uch zinapoyadan yuqoriga koʻtarilasiz. unga (qalbga) yetishni istagan kimki boʻlsin oʻsha zinapoyalardan oʻtmogʻi shart. bundan bosh tortsangiz, yarim yoʻlda qolib ketasiz. yeta olmaysiz unga. bu zinapoyalar ushbudir: tinglash, tushunish, his qilish.

tinglash eng quyi zinapoyadir. lekin koʻpchiligimiz shunga-da chiqa olmaymiz. yaʼni tinglay olmaymiz. eshitamiz, ammo tinglamaymiz. qarang, shu yerda ham kattagina farq bor. eshitish quloqqa kirayotgan nimadirlarni anglatadi. tinglash esa boshqacha tushuncha. tinglash uchun diqqat qaratiladi. boshqa narsalarni bir zum unutamiz-da bor diqqatimiz ila tinglaymiz.

soʻng tushunish zinapoyasi tomon odimlaymiz. oʻzimizni tinglayotgan insonning oʻrniga qoʻyib koʻramiz. «bu vaziyatda men boʻlganimda nima qilardim?», — deya ich-etimizni yeymiz.

soʻng... oxirgi zinapoyaga chiqish qoladi. «his qilish». chiqish biroz mushkul, ammo eplasa boʻladi. deyarli koʻpchiligimiz «tushunish» zinapoyasidan yerga yuztuban boʻlib yiqilamiz. «his qilish»gacha yeta olmaymiz. shu uchun bu zinapoya eng yuqorida joylashgan. qalb maskaniga ilk qadamlarni, ilk odimlarni eltuvchi ham udir. bungacha odam koʻp mehnat qiladi: dastavval tinglaydi, soʻng tushunadi va oxirida his qiladi.

shunday, yaxshim: siz bir deganda qalbga, qalb uyiga yeta olmaysiz. mehnat qilmas ekansiz, ter toʻkmas ekansiz, u yerlarni orzu qilmang. yerda qoling. agarki qaroringiz qatʼiy boʻlsa, yuqoriga chiqing. qalb sizniki boʻladi oʻshanda!

𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
262
sizni yoʻqotgan...
@taskin
sizni yoʻqotganman topgan mahalim...


𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
131
baʼzan oʻzginamga kelar havasim,
baʼzan toʻlib-toshar ichda hayajon...
osmonga benarvon chiqaman, shaksiz,
«sizga ishonaman» desang, yorijon.

sening haqda yozgim kelar-u,
qizgʻanaman betuz soʻzlardan...
sening haqda aytgim kelar-u,
qizgʻanaman yomon koʻzlardan.

sen — mening sirimsan,
yakka-yolgʻizim,
bu sirni (seni) asrayman
hatto oʻzimdan...

20.04.2026 | 01:01

𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
294
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
gʻalati boshlandi bizning hikoya,
men kitobchi edim, sen-chi xaridor.
gʻalati tugadi bizning nihoya,
sen bir kitob boʻlding
menmi?
xaridor.

Behzod yozdi

@taskin
176
yoʻqolib qolsangiz, sizni necha kishi izlarkin?
26
nimani kechira olmaysiz?
18
yashashning mohiyati nimada?
16
biror oʻtkirroq asar tavsiya qiling.
18
oxirgi marta qachon nega yashayapman, deb oʻzingizga savol berdingiz?
20
absurd (maʼnisizlik) nimadan kelib chiqadi?
12
taskin
absurd (maʼnisizlik) nimadan kelib chiqadi?
mana qarang: deylik, siz shokoladni yoqtirmaysiz. lekin har kuni borib uni xarid qilasiz, boshqalarga maqtaysiz. bunga nima sabab boʻlishi mumkin?
15
savollar miyangizni ozroq tirnagan boʻlsa, boshim koʻkka yetdi.

taʼzim. ❤️
41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
men bilan jimgina kulib vidolash.

Behzod oʻqi(gan)di

@taskin
153
sen bahorni sogʻinmadingmi?!

@taskin
153
taskin
Voice message
sensiz men ham,
bahor ham gʻarib...
464
orzuying bormi?

@taskin
560
taskin
Voice message
bugun shunaqa ob-havo boʻlyapti-ya?
128