bilasizmi, baʼzan shu qadar xotirjamlikka toʻyinamizki, ich-ichimizdan entikaveramiz beixtiyor. koʻz oldimizdan oʻsha zimiston tunlarda his qilganimiz ogʻriqlar bir-bir oʻta boshlaydi. soʻng qoʻlimizni kimdir qattiq siqadi. va: «oʻtdi», — deydi koʻzlaringizga tik boqib. ana shu lahzada umrbod yashaging kelib ketadi. soʻng takroran: «oʻtdi», — deysan sen ham.
soʻng oʻrtaga sukunat choʻkadi. soʻzlarsiz suhbat qura boshlaysan. suhbatki, soʻzlarga ehtiyoj yoʻq. izohlar, uzun tasvirlar ham kerak emas.
keyin birdan choʻkib ketasan. nogoh shaffof qorachiqda oʻz aksingni koʻrasan-u, gʻolibona kulasan. chin dildan, soxta tabassumlarni chilparchin qilar darajada kulasan.
𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷

2❤85
one day
@taskin
1❤62
doim ham tishingizning oqini koʻrsatib, tirjayib yashashingiz shart emas! xafa boʻling, qiynaling, dardlarni hujayra-hujayrangizgacha his qiling. kerak boʻlsa, yigʻlang. hoʻngrab-hoʻngrab yigʻlashingiz mumkin. muhimi olayotgan nafasingiz, hislaringiz, bosgan izlaringiz oʻzingizniki boʻlsin!
vaqti kelganda jangchi sifatida maydonda paydo boʻling. kurashing. sizning gʻoyalar, sizga tegishli boʻlganlarni himoya qiling. fikran kurashing. halol kurashing. shaxsiyatga loy chaplayman deb, qoʻlingizni iflos qilmang.
sof insoniy gʻoyalarni ilgari suring. qoʻrqmang. hayotga bir marotaba kelamiz. shunday ekan, yo nimadir qilishga ulgurib qolamiz, yo koʻpchilik kabi sharafsizlarcha oʻlib ketamiz.
baʼzan, shunchaki, jim boʻling. indamang. yonib ketsin. kuyib ketsin. eʼtiboringizni arzimas narsalarga, insonlarga qaratmang.
– istamaysizmi?
– «yoʻq!», – deng.
– koʻnglingiz jiz etdimi?
– xayrixohlik bildiring.
baʼzan koʻrinmay keting. oʻzingizni pana-panalarga oling. zero, topa olishmasin. va zimdan kuzating. shunda, qadringizni va haqiqiy hamrohlaringiz kimlar ekanini bilib olasiz.
– nimani xohlayapsiz?
– oʻshani qiling.
hech boʻlmaganda, katta-katta orzular qiling. ularda yashang. birozgina, bir muddat baxtni tuying. har doim baxtdan sarxush boʻling, – demayman. shunchaki, kezi kelganda uni his qila oling.
oʻzgalarning hayotida yashamang. juda taqlidchi ham boʻlmang. chunki bora-bora oʻsha taqlid qilganingizning ayni oʻzi boʻlib qolishingiz mumkin. va yana kimlardir xususida hissiyotlarga berilib fikr bildirmang. ularning hayotiga burun suqmang.
xullas, oʻzingizdek yashang! menga ham ishonmang. yozgan safsatalarimga ham. shunchaki, oʻzingizga keraklisini oling.
🦋 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷 🌟

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤99
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«seni uchratgan kunim oʻzligimni angladim».
shunday insonlar borki, senga vijdoning borligini eslatib turishadi. bu eslatma allaqanday jimjimador, faylasufona soʻzlar qorishmasi emas. bu shunchaki senga qaratilgan samimiy nigoh boʻlishi mumkin, bu shunchaki savol bergan paytingda saqlangan sukut boʻlishi mumkin va yoki jilmayish boʻlishi mumkin. bilmadim. qanday tushuntirsam ekan? qanday ifoda etsam ekan ichimdagilarni? baʼzan soʻzlarning quvvati boʻlmaydi. samimiy aytilmagani uchundir, balki. yoki yurakdan chiqmagan u soʻzlar. shunchaki, tilda paydo boʻlib, quloqqacha yetib bora olgan ular. tilda paydo boʻlgan soʻzlarning qismati shu: faqat quloqqagina eshitiladi.
dilda tugʻilgan, dildan tugʻilgan soʻzlargina boshqa dilga yetib boradi. ularning qiymati, qadri ham boshqacha. bilasizmi, nega kimnidir tabriklaganimda odamlar kabi tayyor, uzundan uzoq tabriknomalar yubormayman?! chunki his qila olmaganimni boshqalarga-da ravo koʻrmayman. qisqagina boʻlsa ham oʻzim yozaman. imkon qadar samimiy yozishga harakat qilaman. faqat qulogʻigagina yetib borishini istamayman.
qarang, qalb bir maskanki, unga yetish uchun uch zinapoyadan yuqoriga koʻtarilasiz. unga (qalbga) yetishni istagan kimki boʻlsin oʻsha zinapoyalardan oʻtmogʻi shart. bundan bosh tortsangiz, yarim yoʻlda qolib ketasiz. yeta olmaysiz unga. bu zinapoyalar ushbudir: tinglash, tushunish, his qilish.
tinglash eng quyi zinapoyadir. lekin koʻpchiligimiz shunga-da chiqa olmaymiz. yaʼni tinglay olmaymiz. eshitamiz, ammo tinglamaymiz. qarang, shu yerda ham kattagina farq bor. eshitish quloqqa kirayotgan nimadirlarni anglatadi. tinglash esa boshqacha tushuncha. tinglash uchun diqqat qaratiladi. boshqa narsalarni bir zum unutamiz-da bor diqqatimiz ila tinglaymiz.
soʻng tushunish zinapoyasi tomon odimlaymiz. oʻzimizni tinglayotgan insonning oʻrniga qoʻyib koʻramiz. «bu vaziyatda men boʻlganimda nima qilardim?», — deya ich-etimizni yeymiz.
soʻng... oxirgi zinapoyaga chiqish qoladi. «his qilish». chiqish biroz mushkul, ammo eplasa boʻladi. deyarli koʻpchiligimiz «tushunish» zinapoyasidan yerga yuztuban boʻlib yiqilamiz. «his qilish»gacha yeta olmaymiz. shu uchun bu zinapoya eng yuqorida joylashgan. qalb maskaniga ilk qadamlarni, ilk odimlarni eltuvchi ham udir. bungacha odam koʻp mehnat qiladi: dastavval tinglaydi, soʻng tushunadi va oxirida his qiladi.
shunday, yaxshim: siz bir deganda qalbga, qalb uyiga yeta olmaysiz. mehnat qilmas ekansiz, ter toʻkmas ekansiz, u yerlarni orzu qilmang. yerda qoling. agarki qaroringiz qatʼiy boʻlsa, yuqoriga chiqing. qalb sizniki boʻladi oʻshanda!
𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
2❤62
baʼzan oʻzginamga kelar havasim,
baʼzan toʻlib-toshar ichda hayajon...
osmonga benarvon chiqaman, shaksiz,
«sizga ishonaman» desang, yorijon.
sening haqda yozgim kelar-u,
qizgʻanaman betuz soʻzlardan...
sening haqda aytgim kelar-u,
qizgʻanaman yomon koʻzlardan.
sen — mening sirimsan,
yakka-yolgʻizim,
bu sirni (seni) asrayman
hatto oʻzimdan...
20.04.2026 | 01:01
𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
baʼzan toʻlib-toshar ichda hayajon...
osmonga benarvon chiqaman, shaksiz,
«sizga ishonaman» desang, yorijon.
sening haqda yozgim kelar-u,
qizgʻanaman betuz soʻzlardan...
sening haqda aytgim kelar-u,
qizgʻanaman yomon koʻzlardan.
sen — mening sirimsan,
yakka-yolgʻizim,
bu sirni (seni) asrayman
hatto oʻzimdan...
20.04.2026 | 01:01
𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
2❤94
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
gʻalati boshlandi bizning hikoya,
men kitobchi edim, sen-chi xaridor.
gʻalati tugadi bizning nihoya,
sen bir kitob boʻlding
menmi?
xaridor.
Behzod yozdi
@taskin
men kitobchi edim, sen-chi xaridor.
gʻalati tugadi bizning nihoya,
sen bir kitob boʻlding
menmi?
xaridor.
Behzod yozdi
@taskin
1❤76
taskin
absurd (maʼnisizlik) nimadan kelib chiqadi?
mana qarang: deylik, siz shokoladni yoqtirmaysiz. lekin har kuni borib uni xarid qilasiz, boshqalarga maqtaysiz. bunga nima sabab boʻlishi mumkin?
❤15