Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19
yur, qochib ketamiz bu dunyosidan. uzoq-uzoqlarga. hech kim topa olmaydigan joylarga. oʻzimiz boshqa olam quramiz. unda hammasi oʻzgacha boʻladi. ha, OʻZ-GA-CHA!
@taskin toping🧸
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤35
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
baʼzan oʻzimizni keraksiz his qilamiz. shuning sababidanmi, pana-panalarga yashirinib olamiz koʻpincha. aytishimiz kerak boʻlganlarni jimgina ichga yutamiz. bir qabr qazamiz-da, umidlarni, orzularni — hamma-hammasini unga koʻmamiz. ichimiz esa kun sayin yiringlab boradi. qayerimizdir nuraydi. xuddi erta-indin qulab tushadigandek.
ammo...
oʻsha lahzada biri keladi. keladi-yu, zim-ziyo osmoning munavvar boʻladi. yiringlagan joylaringni mehri ila davolaydi, tuzatadi. nurashingga yoʻl qoʻymaydi. tirgak boʻladi.
keyin...
qaytadan tugʻilasan. yashaging keladi. yashaging kelaveradi...
@taskin toping🧸
ammo...
oʻsha lahzada biri keladi. keladi-yu, zim-ziyo osmoning munavvar boʻladi. yiringlagan joylaringni mehri ila davolaydi, tuzatadi. nurashingga yoʻl qoʻymaydi. tirgak boʻladi.
keyin...
qaytadan tugʻilasan. yashaging keladi. yashaging kelaveradi...
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
sen bilan bilan ajib bogʻ va gulzor barpo etamiz, malagim. odam baribir tabiatga talpinadi. bu virtual olamdan ketamiz. umuman yerdan koʻchamiz. boshqa olam quramiz. shunday olamki, sehrli va moʻjizakor.
oddiy, ammo shinam uyimiz boʻladi. gullarni parvarish qilib, hamma ishlarni tugatgach kamen oldida qaynoq qahva ustida koʻp-koʻp suhbat quramiz. oʻqigan kitoblarimiz, anglaganlarimiz va eng muhimi Anna haqida. )
ketamiz-a?!
@taskin toping🧸
oddiy, ammo shinam uyimiz boʻladi. gullarni parvarish qilib, hamma ishlarni tugatgach kamen oldida qaynoq qahva ustida koʻp-koʻp suhbat quramiz. oʻqigan kitoblarimiz, anglaganlarimiz va eng muhimi Anna haqida. )
ketamiz-a?!
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
sevgi siz bilan yashaydigan birini topish emas, u oʻsha birisiz yashay olmaydiganni topishingizdir. sen men uchun oʻsha «birisan».
@taskin toping🧸
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤23
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤19
men sizni tark etmadim, hech boʻlmaganda, bu ahamiyatli boʻlgan maʼnoda emas. koʻzingizni yuming va meni topasiz — yuragingiz mening yuragimni tanigani kabi. bizni “biz” qilgan narsalarning har birida. men uzoqqa ketganim yoʻq. men faqat koʻrib boʻlmaydigan pardadan naridaman. va yoʻqligim aslida yoʻqlikmi yoki koʻz aldamchiligimi? meni endi yetib boʻlmaydigan joyda topa olmaysiz, lekin men xotirangizda yashayman. qaygʻu mening ismimni ogʻir bir yukka aylantirishiga yoʻl qoʻymang. men haqimda oʻylab, koʻksingizda yoʻqotish ogʻrigʻini his etishga majbur boʻlmang. mening ismimni yengil, odatiy qilib tilga oling. xuddi avvalgidek, qulaylik va yaqinlik bilan. siz mendan oʻtib ketishingiz shart emas, men bilan oldinga yurishingiz kifoya. aytmoqchimanki, men shu yerdaman, xuddi yoningizda oʻtirgandek. meni qaygʻu qutilariga joylamang, hech boʻlmaganda, hali bunday qilmang. meni tark etmagan, tark eta olmaydigan insonga oʻxshatib gapiring. mening ismimni siz kulganingizda, sevgingiz qaytib kelgan lahzalarda yashatib turing. siz meni qoʻyib yuborishingiz shart emas; meni boshqa yoʻl bilan olib yuring. yengil, muloyim. qoʻlimni tutgan oʻsha mehr bilan. agar sogʻinish hissi chidab boʻlmas tuyulsa va men endi boʻshatgan joylarni toʻldirishni istasangiz, mana buni eslang: men ketganim yoʻq. hali shu yerdaman, lekin avvalgidek emas. )
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤24
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
senga oid nimaiki boʻlsin, ularni sevdim. qusurlaring-u kamchiliklaring ila sevdim. aslida, ular kamchilik ham emas. shunchaki, bu olamdagilar ularni shunday atashadi. seni bu chirkin dunyoga ravo koʻrmayman. oʻz osmonimga olib ketaman bir kun. ha, shunday. ketamiz yerliklarni tashlab. bizsiz kengaysa kengaysin, toraysa toraysin — farqi yoʻq. boshimizni tik koʻtaramiz-da, orqamizga qaramay ketamiz!
«xush qoling, yerliklar!» — deymiz soʻnggida!
@taskin toping🧸
«xush qoling, yerliklar!» — deymiz soʻnggida!
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤30
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
inson senga nima bera olishi muhim emas, muhim boʻlgani — u sen uchun nimadan voz kechishidir.
🦋 @taskin 🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤45
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
bir kun,
boshqacha boʻlar hammasi,
boshqacha aylanar dunyolar, rostim,
ungacha kulmayman,
bu kunlarimga
ravo ko'rmagayman kulgu ovozin...
bir kuni chinorlar gullaydi vaqtli,
ko'kka singib ketar adoqsiz tuman.
bugunga aylangan ertalar haqqi,
men unda yig'lashni bilmayman.
xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
meni kuzakda ham topa olmaysan,
sendan yuz buraman, azizim g'ussa.
Aziz Nur
@taskin toping🧸
boshqacha boʻlar hammasi,
boshqacha aylanar dunyolar, rostim,
ungacha kulmayman,
bu kunlarimga
ravo ko'rmagayman kulgu ovozin...
bir kuni chinorlar gullaydi vaqtli,
ko'kka singib ketar adoqsiz tuman.
bugunga aylangan ertalar haqqi,
men unda yig'lashni bilmayman.
xudo yorlaqagan yo'llarim bordir,
bir kun parvoz qilar qanotsiz jussam.
meni kuzakda ham topa olmaysan,
sendan yuz buraman, azizim g'ussa.
Aziz Nur
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤48
bilasizmi, baʼzan shu qadar xotirjamlikka toʻyinamizki, ich-ichimizdan entikaveramiz beixtiyor. koʻz oldimizdan oʻsha zimiston tunlarda his qilganimiz ogʻriqlar bir-bir oʻta boshlaydi. soʻng qoʻlimizni kemdir qattiq siqadi. va: «oʻtdi», — deydi koʻzlaringizga tik boqib. ana shu lahzada umrbod yashaging kelib ketadi. soʻng takroran: «oʻtdi», — deysan sen ham.
soʻng oʻrtaga sukunat choʻkadi. soʻzlarsiz suhbat qura boshlaysan. suhbatki, soʻzlarga ehtiyoj yoʻq. izohlar, uzun tasvirlar ham kerak emas.
keyin birdan choʻkib ketasan. nogoh shaffof qorachiqda oʻz aksingni koʻrasan-u, gʻolibona kulasan. chin dildan, soxta tabassumlarni chilparchin qilar darajada kulasan.
@taskin toping🧸
soʻng oʻrtaga sukunat choʻkadi. soʻzlarsiz suhbat qura boshlaysan. suhbatki, soʻzlarga ehtiyoj yoʻq. izohlar, uzun tasvirlar ham kerak emas.
keyin birdan choʻkib ketasan. nogoh shaffof qorachiqda oʻz aksingni koʻrasan-u, gʻolibona kulasan. chin dildan, soxta tabassumlarni chilparchin qilar darajada kulasan.
@taskin toping
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤26
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
muttasil ravishda behalovat yashashga oʻrganib qolganlar zulmatli kunlarni ortda qoldirib, nurafshon kunlarga yetganlarida oʻzlarini oʻngʻaysiz va koʻpincha oldingidek (oʻsha damlarda qanday boʻlsa, oʻshanday) tutadilar. qarzlar, muammolar, ishlarning yurishmasligi, munosabatlardagi nosamimiylik — hammasi bir boʻlib kishini anchagina toliqtiradi, oromini oʻgʻirlaydi.
nimadir yeysan-u, uning taʼmini bilmaysan. yarim tunda maqsadsiz koʻchalarni sangʻiysan. uyga borging ham kelmaydi oʻshanday paytlarda. odamlardan berkinasan. (ehtimol, qarzing borligidan, ehtimol, hozir senga hech kim yordam bera olmasligini his qilganingdan.)
hammasiga qoʻl siltab bir yoqlarga ketib yuborging keladi-yu, allaqanday chalkash oʻy-xayollar aniq bir qarorga kelishingga yoʻl qoʻymaydi. yechim qidiraverasan, qidiraverasan. hamma narsani sinab koʻrasan. befoyda ekanligi kundek ravshan boʻlsa ham, urinaverasan, urinaverasan. tinmaysan. olayotganing nafasni-da his qilmaysan. doim allaqayerga shoshasan. yelasan, yugurasan.
soʻng, nogoh quyosh chiqadi. bu quyosh oldinlari ham chiqardi. endi aynan sen uchun nur sochayotgandek. zulmatga burkangan xonadan birdan tashqariga chiqsang, koʻzing qamashadi-ku, senda ham shunday boʻladi. bir muddat oʻrgana olmaysan.
bilasizmi, kishi oʻsha zulmatli kunlarda, oʻsha eng ogʻir — yiqilaman-yiqilaman deb turgan paytlarida eng koʻp oʻsgan, eng koʻp rivojlangan boʻladi. butun umrga arzigulik xulosalarni oladi. kimning qanaqa ekanligini — kim haqiqiy doʻst, kim niqobda — hammasini anglaydi.
yuqoridagilarning hammasini his qilganman. uchinchi shaxs tilidan oʻzim haqimda hikoya qildim, ochigʻi.
bularning barchasi uchun rahmat, hayot!

❤53
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤92
yuqoridagi parcha shu filmdan edi. oʻzim ham bir necha marotaba koʻrganman. sizlarga ham ilindim. albatta, koʻring.
@taskin — halovat maskani
@taskin — halovat maskani
❤51