This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— bu uzun hikoya.
— vaqtim bor, bemalol gapiraver.
shunday biri boʻlsin: har qachon, har qanday vaziyatda sen uchun vaqt ajrata oladigan.
🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
— vaqtim bor, bemalol gapiraver.
shunday biri boʻlsin: har qachon, har qanday vaziyatda sen uchun vaqt ajrata oladigan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤102
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤137
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kechiring
yaxshi koʻrgan kishilaringizning qoʻlidan qattiq USHLANG..!
ularga ularni yaxshi koʻrishingizni BILDIRIB qoʻying...
qilgan xatolarini kechiring... chunki bir kun kelib siz ularni «TASHLAB» ketasiz yoki ular sizni tark etishadi... qalbda esa ularning YODI va sogʻinchigina qoladi...
jarohatning ichi tozalanmay turib uning ustini TIKIB qoʻymang..! yaqinlaringiz bilan (behudaga emas, haqni topish) uchun bahslashing, ularning gaplarini qabul qiling, (gapingiz ularga tushunarsiz boʻlsa) tushuntirib bering, (ular haq boʻlsalar) eʼtirof qiling, (kerak boʻlganda) ularga YON bering..!
hayot juda ham qisqadir..!
u odamlarning oʻzaro bir-birlarini YOMON koʻrishi, hasad qilishi, adovatlashishi, qarindoshchilik aloqalarini uzishiga ARZIMAYDI…!
ertaga… bizdan XOTIRAGINA qoladi…
oʻlim hech kimdan RUXSAT soʻrab kelmaydi…
sizga yomonlik qilganlarga ham tabassum qiling, ularning qilgan ishlarini KECHIRIB yuboring..!

2❤62
aniq bilaman: biz yerga oid emasmiz. yerlik emasmiz, rosti. bilmayman qayerdan keldik. qayon ketmoqdamiz. lekin negadir yerliklarga begonaligimiz ayon. hislarimiz boʻlak ularnikidan. orzularimiz ham kattaroq. maqsadlarimiz esa tamoman boshqa.
🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤93
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤102
qizimga maktub (3)
salom, ona qizim. mendan rosa xafa boʻlgandirsan-a? axir senga koʻpdan beri maktub yoza olmayapman. har gal kundalik rejalarimda senga maktub yozish — «qizimga maktub yozish»ni qayd etyapman-u, amalda bajara olmayapman, onajon. kechasi uygʻotgichni 4.00 ga toʻgʻrilagandim. lekin bir necha marta alahsirab uygʻonib ketdim. bildimki, endi uxlay olmayman. xayolimga yalt etib senga maktub yozish keldi.
qizim, senga har gal maktub yozganimda yigʻlayman. hozir ham dadangning koʻzlari namlandi. bilasanmi, kirlangan qalbim sen haqingda oʻy surishim hamano musaffo bir holga keladi. chirkinliklar oʻrnini allanechuk begʻuborlik egallaydi. sening tugʻilishing moʻjizaning oʻzginasi boʻladi. chunki oʻsha kuni men ham qaytadan dunyoga kelaman. senga loyiq ota boʻlib hayotga qaytaman.
onajon, men oʻquvchilarimni ham «qizim» deb chaqiraman. ularni biram yaxshi koʻramanki, buni soʻzlar bilan ifodalay olmayman. har birining oʻzgacha dunyosi bor. masalan, 4-y sinfidagi Ziyodani olaylik. kamgap, oʻzimga oʻxshagan ogʻir-bosiq. ammo u rosayam tirishqoq. va u judayam his-tuygʻularga beriluvchan. baʼzan dars qilmagan oʻquvchilarga umumiy qilib dashnom beraman. koʻpchilik oʻziga olmaydi, ammo Ziyoda bildirmaygina yigʻlab oladi. buni sezaman, his qilaman.
4-g sinfida toʻrtta qizni alohida yaxshi koʻraman. ular: Mubashshira, Shodiyona, Muslima va Muhabbat. aslida, hammalarini yaxshi koʻraman, ammo u toʻrtalasi allanechuk boshqacha. ajralib turadi yoki men «ajratib» olganman. ayniqsa, Mubashshiraning ustoz soʻzini choʻzib, erkalanib «ustooooz» deyishi menga juda yoqadi. (shu oʻrinda yuzimga tabassum yugurdi). uning ovozi ham bochqacha-da, qizim. oʻzing bir eshitsang eding. biror kun oʻziga sezdirmaygina yozib olaman ovozini. sen tugʻilsang, birga eshitamiz. umuman olganda, bolalardagi begʻuborlik meni-da begʻubor qilib qoʻyadi, meni-da bolaga aylantiradi ular.
shu desang, payshanba kuni 4-sinflarga takrorlash darsini oʻtdim. undagi mashqlarning birida partadoshlar oʻzaro bir oʻyinni oʻynashi kerak edi. qarasam, Muslimaning sherigi yoʻq. shunda nima qildim, bilasanmi? uning yoniga oʻtirdim-da, u bilan birga oʻynadim. bolaga aylandim. (yana bir tabassum)
qizim, sen bilan ham koʻp oʻynaymiz, birga dars tayyorlaymiz. yana ertalablari yugurishga chiqamiz. onang bir qoʻlingdan, men bir qoʻlingdan ushlaymiz, soʻng birgalikda yuguramiz. bu shunchaki qoʻlingni tutish emas, onajon. bu — sening qanotlaring boʻlishimiz ramzi. ha, ona qizim. biz — sening qanotlaringmiz. koʻklarni parvoz qilishingga bor kuchimizni sarf etamiz. qachonlardir bu qanotlar yoʻqlik qaʼriga singib ketadi. ammo uning oʻrni qalbingda yashaydi. uni asraysan-a, onajon?
onajon, yigʻlayapman. seni rostdan sogʻindim. katta-katta koʻzlaringni, qoʻngʻiroq sochlaringni, muattar iforingni... hammasini. bir safar senga yozgan maktublarimdan birini kursdoshlarimga oʻqib bergandim. ustoz ham jon-qulogʻi bilan eshitgandi. tugatganimda hamma qarsak chalgandi. keyin Aziza degan kursdoshim: «bu maktublarni unga qachon berasan?» (Aziza bilan hazillashib senlashamiz), — degandi. «esini taniganida», — degandim. Shunda u: «oʻlganingdan keyin kimdir unga maktublaringni berib tursa, yanayam taʼsirli boʻladi», — degandi.
bu taʼsirli boʻlishi mumkin, ammo men uchun qoʻrqinchli. samimiyatga yoʻgʻrilgan maktublarim sening qoʻlingga yetib bormasa-chi? allaqayerlarda qolib ketsa-chi?! yoʻq, qizim. bu boʻlmaydigan ish. chunki oʻzim uchun qadrli bu maktublar sen uchun ham qimmatli boʻlishiga ishonaman. bu maktublarni shaxsan oʻzim qoʻllaringga tutqazaman. mabodo, bu hayotdan koʻz yumsam, onangga tayinlayman. u senga beradi.
ona qizim, seni judayam yaxshi koʻraman.
21.12.2024, 02.55
@taskin
2❤90
bilasizmi, baʼzan shu qadar xotirjamlikka toʻyinamizki, ich-ichimizdan entikaveramiz beixtiyor. koʻz oldimizdan oʻsha zimiston tunlarda his qilganimiz ogʻriqlar bir-bir oʻta boshlaydi. soʻng qoʻlimizni kimdir qattiq siqadi. va: «oʻtdi», — deydi koʻzlaringizga tik boqib. ana shu lahzada umrbod yashaging kelib ketadi. soʻng takroran: «oʻtdi», — deysan sen ham.
soʻng oʻrtaga sukunat choʻkadi. soʻzlarsiz suhbat qura boshlaysan. suhbatki, soʻzlarga ehtiyoj yoʻq. izohlar, uzun tasvirlar ham kerak emas.
keyin birdan choʻkib ketasan. nogoh shaffof qorachiqda oʻz aksingni koʻrasan-u, gʻolibona kulasan. chin dildan, soxta tabassumlarni chilparchin qilar darajada kulasan.
𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷

2❤85