taskin
8.78K subscribers
133 photos
92 videos
37 links
taskin izlaganlar uchun.
Download Telegram
haliyam, tinish belgilari bor,
bo'lmasa, qandayin izohlar edim
sen uchun atalgan «ajratilgan bo'lak»ni...


xat-savodli bo'lish naqadar baxt ekanini bilsang edi. tinish belgilarni tushunadigan birini seving.

ko'p nuqta ortidagi kinoya, undov ortidagi his-hayajon va «undov»ni sezgan paytingiz, siz oddiy odamlar safidan chiqasiz.

adashtirib qo'llama, xo'pmi
vergul hamda nuqtaning o'rnin?
axir ular tamoman boshqa!
nuqta — tugallik, ya'ni tamom etadi
gap, matn, munosabatlarni...
vergul — davomiylik, ya'ni beradi umid...


rostdan ham, tinish belgilari va ularni yaxshi taniydigan odamlar haqida ko'p yozish mumkin!

ikki nuqta qo'yma agarda
izohsiz ham tushuna olsa...

qavsning ham keragi yo'q,
kiritma-yu kirish so'z bekor...


xullas, tilshunos — qalbshunos odamlarni seving!

umuman, o'z tilini yaxshi bilgan odamlarga ko'ngil qo'yish yoqimli. chunki ular sizga tanish so'zni boshqacharoq yetkaza oladi. ular buyruq gaplardan tamoman xoli. biladi qalbga nima yaqinligini. javobsiz so'roqlar etmaydi hadya...

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
159
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
kelsang... dunyoni qaytadan bunyod qilardik. men ortiq bu dunyoga sigʻmayman. dunyo judayam kichrayib ketdi. qisilib qoldim uning ichida. tizzalarimni mahkam quchoqlab olganman. erkin harakatlana olmayapman uning bagʻrida.

kelsang... boshqa sayyoralarga koʻchib ketardik. yerda meni tutib turuvchi hech narsa qolmagandek. hatto yerning tortishish kuchi ham meni olib qolishga zaiflik qilyapti.

kelsang... meni vayron et. asosi nuragan kulbaga oʻxshayman. kel, meni buz va qaytadan kashf et. ha, meni buzib tashla. achinma. koʻzlaringni chirt yumgin-da, meni qulat. taʼmir etmagin meni. taʼmirlanaverib, aslim qanaqaligini unutib qoʻydim. vayron etgach qulagan, hamma yerda sochilib yotgan qismlarim ustidan benzin quy va yoqib yubor. mendan hech narsa qolishini istamayman.

kelsang... meni oʻzing tugʻ va onam kabi voyaga yetkaz.

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
162
vaqti kelib hammamiz oʻlamiz.


🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
345
eng yoqtirgan 3 filmingiz?
34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— balki, maʼno umuman yoʻqdir.
— men uchun bor...🪶

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2103
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— bu uzun hikoya.
— vaqtim bor, bemalol gapiraver.

shunday biri boʻlsin: har qachon, har qanday vaziyatda sen uchun vaqt ajrata oladigan.

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2102
shunday joylarda tugʻilish — baxt.

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1137
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kechiring

yaxshi koʻrgan kishilaringizning qoʻlidan qattiq USHLANG..!
ularga ularni yaxshi koʻrishingizni BILDIRIB qoʻying...

qilgan xatolarini kechiring... chunki bir kun kelib siz ularni «TASHLAB» ketasiz yoki ular sizni tark etishadi... qalbda esa ularning YODI va sogʻinchigina qoladi...

jarohatning ichi tozalanmay turib uning ustini TIKIB qoʻymang..! yaqinlaringiz bilan (behudaga emas, haqni topish) uchun bahslashing, ularning gaplarini qabul qiling, (gapingiz ularga tushunarsiz boʻlsa) tushuntirib bering, (ular haq boʻlsalar) eʼtirof qiling, (kerak boʻlganda) ularga YON bering..!

hayot juda ham qisqadir..!
u odamlarning oʻzaro bir-birlarini YOMON koʻrishi, hasad qilishi, adovatlashishi, qarindoshchilik aloqalarini uzishiga ARZIMAYDI…!

ertaga… bizdan XOTIRAGINA qoladi…
oʻlim hech kimdan RUXSAT soʻrab kelmaydi…
sizga yomonlik qilganlarga ham tabassum qiling, ularning qilgan ishlarini KECHIRIB yuboring..!

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
262
aniq bilaman: biz yerga oid emasmiz. yerlik emasmiz, rosti. bilmayman qayerdan keldik. qayon ketmoqdamiz. lekin negadir yerliklarga begonaligimiz ayon. hislarimiz boʻlak ularnikidan. orzularimiz ham kattaroq. maqsadlarimiz esa tamoman boshqa.

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
193
😁😆😁 uni yomgʻirli ob-havoda ham seving.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1102
🌌 menimcha, osmon teshilib qolgan...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52
taskin
🌌 menimcha, osmon teshilib qolgan...
yoki bizdan qattiq xafa boʻlgan...
47