taskin
8.77K subscribers
133 photos
92 videos
37 links
taskin izlaganlar uchun.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
qizimga maktub (2)

salom, qizalogʻim. senga yana maktub yoʻllamoqdaman. ilk maktubim oʻzingga bordimi? adashib bir yoqlarga ketib qolmabdimi? maktubimni oʻqigan boʻlsang, bundan bagʻoyatda xursandman. bugun sen bilan yana dillashgim keldi.

sening tugʻilishing haqida oʻylashning oʻzi qalbimda hali his qilib ulgurmagan tuygʻularnimni uygʻotib yuboradi. ehhe, tugʻilsang, osmonlarga uchib ketsam kerak, hoynahoy. etimga sigʻmay bu dunyo odami boʻlmay qolaman oʻshanda. yuragim dukuri tezlashib, uni aniq-ravshan eshitsam kerak. duk-duk, duk-duk, duk-duk...

qizim, bilasanmi, baʼzan rosa baqirgim, ovozimning boricha dodlagim keladi. tomogʻim boʻgʻilib qolguncha baqiraman bir kun, deyman oʻzimga oʻzim har gal. ammo nimadir toʻxtatadi meni. mayli, deyman. ichimga yutaman bu safar ham. yana toʻplayveraman ichimda ularni. ammo qachondir kutilmaganda yorilib ketishidan qoʻrqaman ularning.

hozir bir qarorga keldim: tugʻilganingda rosa baqiraman. «ODAMLAR, MEN QIZLI BOʻLDIM! ENDI MENING HAM DUNYOLARGA ALMASHMAYDIGAN NURLI QIZIM BOR», — deb rosa baqiraman. mayli, meni ahmoq desinlar. mayli, telbaga chiqarishsin. hamma-hammasiga roziman. axir bu, haqiqatan, aqldan ozishga arziydigan bir holat-ku! men yillar mobaynida kutganim, koʻrmasdan sogʻinadiganim dunyoga keladi-yu, menda aql qoladimi? menda hush qoladimi? yoʻq! menga aqlning ham keragi boʻlmay qoladi oʻshanda!

birinchi qizim sen boʻlasan. isming Anna boʻladi — menga berilgan inoyat. seni erkalab Annochka deb chaqiraman.

qizim, iforing qanaqa boʻlarkin? hoynahoy, eng anvoyi gullarning iforidan-da muattar boʻlsa kerak. oʻylagan sarim ichimda allanechuk hayajon bolalayapti. ha-ya, tiling nima deb chiqarkan? DADAMI yoki AYA? DADA deb chiqsa, onang seni mendan rosa qizgʻansa kerak-a? yoki mening quvonchimga sherik boʻlarmikan? nima deysan, qizim? mayli, AYA deb chiqa qolsin. men har ikki holatda ham aqldan ozar darajada shodlanaman. axir sen soʻzlading! soʻz otliq moʻjizaviy dunyo tomon odimlading. ilk soʻzni maʼnosini bilmagan holda talaffuz etding. bu — moʻjizaning oʻzginasi.

senga bir gap aytsam, baʼzan soʻzlarning maʼnolarini bilmaganing ham durust, Annochka. chunki soʻzlar quvonch, shodlik, ishonch tuhfa etgani barobarida bizning ichimizni sugʻirib oladi, qalblarimizni shavqatsizlarcha jarohatlaydi va umidlarni poymol qiladi. shu uchun soʻzlar baʼzan eng qoʻrqinchli qurol vazifasini oʻtaydi. seni bu olam bilan shaxsan oʻzim ehtiyotkorlik tanishtiraman, qizalogʻim. qoʻrqmagin, xoʻpmi?

qizim, xatim oxirlab qoldi. seni, haqiqatan, sogʻindim. kelsang, sochlaringni shaxsan oʻzim tarab, soʻng turmaklab qoʻyaman.

seni yaxshi koʻruvchi dadang va onang

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
289
nega bedorsiz?
137
izohda hamma sertifikat olmoqchi boʻlganlar ekan.

A darajali sertifikatim borligini aytsam, maqtanish boʻlib qoladimikin?
248
haliyam, tinish belgilari bor,
bo'lmasa, qandayin izohlar edim
sen uchun atalgan «ajratilgan bo'lak»ni...


xat-savodli bo'lish naqadar baxt ekanini bilsang edi. tinish belgilarni tushunadigan birini seving.

ko'p nuqta ortidagi kinoya, undov ortidagi his-hayajon va «undov»ni sezgan paytingiz, siz oddiy odamlar safidan chiqasiz.

adashtirib qo'llama, xo'pmi
vergul hamda nuqtaning o'rnin?
axir ular tamoman boshqa!
nuqta — tugallik, ya'ni tamom etadi
gap, matn, munosabatlarni...
vergul — davomiylik, ya'ni beradi umid...


rostdan ham, tinish belgilari va ularni yaxshi taniydigan odamlar haqida ko'p yozish mumkin!

ikki nuqta qo'yma agarda
izohsiz ham tushuna olsa...

qavsning ham keragi yo'q,
kiritma-yu kirish so'z bekor...


xullas, tilshunos — qalbshunos odamlarni seving!

umuman, o'z tilini yaxshi bilgan odamlarga ko'ngil qo'yish yoqimli. chunki ular sizga tanish so'zni boshqacharoq yetkaza oladi. ular buyruq gaplardan tamoman xoli. biladi qalbga nima yaqinligini. javobsiz so'roqlar etmaydi hadya...

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
159
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
kelsang... dunyoni qaytadan bunyod qilardik. men ortiq bu dunyoga sigʻmayman. dunyo judayam kichrayib ketdi. qisilib qoldim uning ichida. tizzalarimni mahkam quchoqlab olganman. erkin harakatlana olmayapman uning bagʻrida.

kelsang... boshqa sayyoralarga koʻchib ketardik. yerda meni tutib turuvchi hech narsa qolmagandek. hatto yerning tortishish kuchi ham meni olib qolishga zaiflik qilyapti.

kelsang... meni vayron et. asosi nuragan kulbaga oʻxshayman. kel, meni buz va qaytadan kashf et. ha, meni buzib tashla. achinma. koʻzlaringni chirt yumgin-da, meni qulat. taʼmir etmagin meni. taʼmirlanaverib, aslim qanaqaligini unutib qoʻydim. vayron etgach qulagan, hamma yerda sochilib yotgan qismlarim ustidan benzin quy va yoqib yubor. mendan hech narsa qolishini istamayman.

kelsang... meni oʻzing tugʻ va onam kabi voyaga yetkaz.

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
162
vaqti kelib hammamiz oʻlamiz.


🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
345
eng yoqtirgan 3 filmingiz?
34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— balki, maʼno umuman yoʻqdir.
— men uchun bor...🪶

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2103
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— bu uzun hikoya.
— vaqtim bor, bemalol gapiraver.

shunday biri boʻlsin: har qachon, har qanday vaziyatda sen uchun vaqt ajrata oladigan.

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2102
shunday joylarda tugʻilish — baxt.

🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1137