hali tugʻilmagan farzandiga maktub yozadiganlar bor. shulardan biri — men.
oʻqishni istaysizmi?
oʻqishni istaysizmi?
❤51
taskin
hali tugʻilmagan farzandiga maktub yozadiganlar bor. shulardan biri — men. oʻqishni istaysizmi?
faqat bor diqqatingiz bilan oʻqing, xoʻpmi?
men bu maktublarni bor mehrim bilan yozganman.

❤40
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
qizimga maktub!
salom, qizim! bu biroz noodatiy maktub. negaligini hozir tushuntiraman. maktublar, odatda, aniq bir insonga atab yoziladi. tilda ayta olmaganlarini oʻsha maktubga jo qiladi. borini toʻkib-sochadi. eng latif soʻzlar shodasidan foydalandi. umrida hech ishlatmagan kalimalarni izlab topadi. muddao shuki, ichingdagi tugʻyonlar shu soʻzlar, shu jumlarga koʻchib oʻtsin va oʻquvchining qayeridir jizgʻanak boʻlsin.
qizim, maktubimning noodatiy ekanligi shundaki, sen hali tugʻilmagansan. hali seni oʻz koʻzlarim bilan koʻrmaganman. ammo shuni bilki, sening nurli siymong tasavvurimda muhrlangan. sening qoʻngʻiroq sochlaring, oppoq yuzlaring, mitti qoʻlchalaring xayollarimda namoyon.
bilasanmi, qizalogʻim, senga bir nechta ismlar tanlab qoʻyganman. lekin qay biri senga munosibligini bila olmayapman. qachondir onang ikkalamiz jismingga monand ajib ism tanlaymiz.
Anna, Emma, Melodiya, Emiliya, Samiya, Zahro, Aisha, Osiyo — shulardan qay biri senga maʼqul? agar sendan rozilik soʻrash imkoni boʻlganda edi, Anna ismini senga toʻgʻri kelishi yo kelmasligini oʻzingdan bilib olgan boʻlardim.
qizim, xavotir olma. senga qoʻymoqchi boʻlgan ismlarning maʼnolarini yaxshi bilaman. Anna — inoyat, marhamat degani. sen ham menga bir inoyatsan axir. bu ism menga juda yoqadi. onangga yoqadimi, yoʻqmi — buni bilmayman. chunki hali onang yoʻq.
qizim, senga munosib ona topmogʻim shart. chunki sening tarbiyang bilan mashgʻul insonning qadriyatlari sening ham qadriyatlaringga aylanadi bir kun. istasang-istamasang, undan namuna olasan. koʻrganlaringni takrorlaysan.
qizim, seni shunday tarbiya qilamanki, bor mehrimni beramanki, senda men his qilgan kemtiklar boʻlmasin. sendan koʻp narsalarni kutyapman halitdan. bular majburiy boʻlmaydi, qizalogʻim. sen erkin boʻlasan. oʻz shaxsiy qarorlaring, dunyoqarashing va yoʻling boʻladi. nima boʻlgan taqdirda ham, men orqangda turaman. seni qoʻllab-quvvatlayman. borimni fido qilaman.
senda menda yoʻq jasurlikni koʻrishni istayman. men bajara olmaganlarimni sen (oʻz ixtiyoring bilan) amalga oshirishingni xohlayman.
seni yaxshi koʻruvchi dadang.
20.11.2024
@taskin😀

@taskin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11❤119
eslab
@taskin
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim.
sog’indim ko’zlaringni,
nafasing sog’indi dil,
bahorni sog’inganday gullar.
tinglasam quvonchingni
uchardim fazolarga,
baxtning qanotlarida.
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim. (x2)
afsonalarni kezdim,
chiroyingga qul bo’ldim,
daryodek pok diling sog’indim.
o’lsam-da tirilardim,
bir bora ko’rmoq uchun
betakror go’zalliging.
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim. (x4)
(eslab kelsa… eslab kelsa…)
@taskin
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim.
sog’indim ko’zlaringni,
nafasing sog’indi dil,
bahorni sog’inganday gullar.
tinglasam quvonchingni
uchardim fazolarga,
baxtning qanotlarida.
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim. (x2)
afsonalarni kezdim,
chiroyingga qul bo’ldim,
daryodek pok diling sog’indim.
o’lsam-da tirilardim,
bir bora ko’rmoq uchun
betakror go’zalliging.
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim. (x4)
(eslab kelsa… eslab kelsa…)
@taskin
1❤21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
anov qaboqlaring uzra yoyilgan mujgonlar bor-ku, meni oʻshalar oshiq qildimikin? yoinki kulgichlaring tubidagi joʻshqinlikmi? yoki jingalak sochlaringmi? yoʻq, bularning hech biriga oshiq emasman. men sening qalbingga oshiqman. agar sening jisming boʻlmaganda ham seni butun umr sevgan boʻlardim. ha, qucha olmasam-da, bagʻrimga bosa olmasam-da, sevaverardim. tasavvur qila-a: faqat xayollardan iboratsan. undagina topisha olamiz. baʼzan tushlarimga kirasan. soatlab suhbat quramiz. keyin... birdan uygʻonib ketaman. sen esa olis manzillarga ravona boʻlasan. vaqt boʻldi deguncha yana xayolot ichra seni topaman. shularni yozishga yozdim-u, endi ichimni nimadir timdalayapti. nahot, shuni yoza olding? berahmsan!!!
Behzod yoz(gan)di
@taskin
Behzod yoz(gan)di
@taskin
1❤50
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
oh!
qara, malagim!
vaqtlar toʻxtadi.
osmonlar quladi,
uylar quladi,
men doim ishongan
nurlar quladi,
keyin
tepadagi xudo kuladi —
ikkingizdan boshqa
hamma nuradi...
Behzod yoz(gan)di
🌟 @taskin
qara, malagim!
vaqtlar toʻxtadi.
osmonlar quladi,
uylar quladi,
men doim ishongan
nurlar quladi,
keyin
tepadagi xudo kuladi —
ikkingizdan boshqa
hamma nuradi...
Behzod yoz(gan)di
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤56
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
sochingdagi bitta tolangga zarar kelishini istamayman.
shunday insoningiz boʻlsin. kiprigingiz uchiga qadar oshiq biri. u siz suyana oladigan yelka; istalgan paytda yelkasiga bosh qoʻyib hoʻngrab yigʻlagancha sizni bezovta qilayotgan dard-alamlar, qandaydir noxushlikliklarni toʻkib-sochganingizda sizni jon qulogʻi bilan, butun diqqat-eʼtibori ila tinglay oladigan quloq; tabassumlaringiz ortidagi majolsiz ahvolingizni, nafaqat koʻzlardagi toʻkilay-toʻkilay deb turgan koʻzyoshlar ovozini, balki ichingizdagi hatto oʻzingiz ham tuzuk-quruq anglab yetmaganlaringizni soʻzsiz oʻqiy oladigan koʻz boʻlsin.
ha, shunday sevadiganlar bor: sevgilisiga aloqador nimaiki boʻlsin, ular uchun aziz va qimmatli. ular sevgilisining uzugini, suratini va yoki uning qoʻli tekkan qalamni oʻzlari bilan olib yurishadi. masofalar yuzlab kilometr uzoqlikda, bir bor bagʻirlariga bosa olmasalar hamki, bundan jazavaga tushishmaydi. qoʻllariga haligi suratni oladilar-da, piqillab yigʻlay boshlashadi. bu qandaydir nolish yoki hijron azobidan emas, shunchaki ichlari toʻlib ketsa kerak-da, hoynahoy...
xayolan siz-la suhbat quradi. beixtiyor siz tomonga uchadi uning xayollari. buni his qilganmisiz, aziz doʻstim?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤82
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
qizimga maktub (2)
salom, qizalogʻim. senga yana maktub yoʻllamoqdaman. ilk maktubim oʻzingga bordimi? adashib bir yoqlarga ketib qolmabdimi? maktubimni oʻqigan boʻlsang, bundan bagʻoyatda xursandman. bugun sen bilan yana dillashgim keldi.
sening tugʻilishing haqida oʻylashning oʻzi qalbimda hali his qilib ulgurmagan tuygʻularnimni uygʻotib yuboradi. ehhe, tugʻilsang, osmonlarga uchib ketsam kerak, hoynahoy. etimga sigʻmay bu dunyo odami boʻlmay qolaman oʻshanda. yuragim dukuri tezlashib, uni aniq-ravshan eshitsam kerak. duk-duk, duk-duk, duk-duk...
qizim, bilasanmi, baʼzan rosa baqirgim, ovozimning boricha dodlagim keladi. tomogʻim boʻgʻilib qolguncha baqiraman bir kun, deyman oʻzimga oʻzim har gal. ammo nimadir toʻxtatadi meni. mayli, deyman. ichimga yutaman bu safar ham. yana toʻplayveraman ichimda ularni. ammo qachondir kutilmaganda yorilib ketishidan qoʻrqaman ularning.
hozir bir qarorga keldim: tugʻilganingda rosa baqiraman. «ODAMLAR, MEN QIZLI BOʻLDIM! ENDI MENING HAM DUNYOLARGA ALMASHMAYDIGAN NURLI QIZIM BOR», — deb rosa baqiraman. mayli, meni ahmoq desinlar. mayli, telbaga chiqarishsin. hamma-hammasiga roziman. axir bu, haqiqatan, aqldan ozishga arziydigan bir holat-ku! men yillar mobaynida kutganim, koʻrmasdan sogʻinadiganim dunyoga keladi-yu, menda aql qoladimi? menda hush qoladimi? yoʻq! menga aqlning ham keragi boʻlmay qoladi oʻshanda!
birinchi qizim sen boʻlasan. isming Anna boʻladi — menga berilgan inoyat. seni erkalab Annochka deb chaqiraman.
qizim, iforing qanaqa boʻlarkin? hoynahoy, eng anvoyi gullarning iforidan-da muattar boʻlsa kerak. oʻylagan sarim ichimda allanechuk hayajon bolalayapti. ha-ya, tiling nima deb chiqarkan? DADAMI yoki AYA? DADA deb chiqsa, onang seni mendan rosa qizgʻansa kerak-a? yoki mening quvonchimga sherik boʻlarmikan? nima deysan, qizim? mayli, AYA deb chiqa qolsin. men har ikki holatda ham aqldan ozar darajada shodlanaman. axir sen soʻzlading! soʻz otliq moʻjizaviy dunyo tomon odimlading. ilk soʻzni maʼnosini bilmagan holda talaffuz etding. bu — moʻjizaning oʻzginasi.
senga bir gap aytsam, baʼzan soʻzlarning maʼnolarini bilmaganing ham durust, Annochka. chunki soʻzlar quvonch, shodlik, ishonch tuhfa etgani barobarida bizning ichimizni sugʻirib oladi, qalblarimizni shavqatsizlarcha jarohatlaydi va umidlarni poymol qiladi. shu uchun soʻzlar baʼzan eng qoʻrqinchli qurol vazifasini oʻtaydi. seni bu olam bilan shaxsan oʻzim ehtiyotkorlik tanishtiraman, qizalogʻim. qoʻrqmagin, xoʻpmi?
qizim, xatim oxirlab qoldi. seni, haqiqatan, sogʻindim. kelsang, sochlaringni shaxsan oʻzim tarab, soʻng turmaklab qoʻyaman.
seni yaxshi koʻruvchi dadang va onang
🌟 𝓣𝓪𝓼𝓴𝓲𝓷

2❤89