orzu
@taskin
#orzu 🩹
agar men koʻzlarimni yumsam,
orzular qoʻlimdan ushlab olib ketsa.
boshqa bir osmonga uchib chiqsam,
dardlarni unutsak.
agar xayolimda safar qilsam,
tunlarning saroylarini barpo qilsak.
u yerda muhabbat va orzularim oʻsib,
azoblarni yoʻq qilsak.
bu dunyoda odamlarning qiyofasini koʻrasiz,
zulm, qashshoqlik va ezilish kamon kabi
biz qurgan har narsani yovvoyi voqelik vayron qiladi.
bu dunyoda zulm devorlari baland boʻlgan,
orzularimiz poymol qilingan,
qorongʻulik va xudbinlik qalblarni egallab olgan.
agar men koʻzlarimni yumsam,
orzular qoʻlimdan ushlab olib ketsa
boshqa bir osmonga uchib chiqsam,
dardlarni unutsak.
agar xayolimda safar qilsam,
tunlarning saroylarini barpo qilsak.
u yerda muhabbat va orzularim oʻsib,
azoblarni yoʻq qilsak...
@taskin❤️

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤74
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
dunyo tashvishlari tugamaydi. umr gʻanimat. oʻzingizni — ichingizdagi kichik odamchani tinglang. unga erkinlik bering. odamlar nima deydi, deb oʻzingizni cheklab qoʻymang. ular har qachon gapirgan. bundan keyin ham, shubhasiz, shunday boʻladi.
ehtimol, bir telbalik qilishni istarsiz;
ehtimol, baland bir binoga chiqib ovozingizning boricha baqirishni istarsiz;
ehtimol, uzoqlarga ketishni xohlarsiz;
ehtimol, yomgʻirda shalabbo boʻlib, yerda yotishni xohlarsiz.
istaklaringizning yashashiga imkon bering...

2❤71
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
kimingizdir topgan kishi bilan oʻylamay-netmay turmush qurmang. turmush, oila oʻyinchoq emas, maʼlum vaqt oʻynab tashlab yuboriladigan.
mayli, yillab izlang uni. mayli, siz tengi tanishlaringiz turmush quraversin, bola-chaqali boʻlsin.
siz izlashda davom eting. majburan turmush qurmang. siz qandaydir buyum emassiz.
kun kelib uni topasiz. fiklari fikrlaringizga oʻxshash, didi, kiyinish uslubi, oʻzini tutishi, xarakteri siznikiga yaqin...
u eng toʻgʻri qarorlaringizdan biri boʻladi.

❤59
hali tugʻilmagan farzandiga maktub yozadiganlar bor. shulardan biri — men.
oʻqishni istaysizmi?
oʻqishni istaysizmi?
❤51
taskin
hali tugʻilmagan farzandiga maktub yozadiganlar bor. shulardan biri — men. oʻqishni istaysizmi?
faqat bor diqqatingiz bilan oʻqing, xoʻpmi?
men bu maktublarni bor mehrim bilan yozganman.
men bu maktublarni bor mehrim bilan yozganman.
❤40
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
qizimga maktub!
salom, qizim! bu biroz noodatiy maktub. negaligini hozir tushuntiraman. maktublar, odatda, aniq bir insonga atab yoziladi. tilda ayta olmaganlarini oʻsha maktubga jo qiladi. borini toʻkib-sochadi. eng latif soʻzlar shodasidan foydalandi. umrida hech ishlatmagan kalimalarni izlab topadi. muddao shuki, ichingdagi tugʻyonlar shu soʻzlar, shu jumlarga koʻchib oʻtsin va oʻquvchining qayeridir jizgʻanak boʻlsin.
qizim, maktubimning noodatiy ekanligi shundaki, sen hali tugʻilmagansan. hali seni oʻz koʻzlarim bilan koʻrmaganman. ammo shuni bilki, sening nurli siymong tasavvurimda muhrlangan. sening qoʻngʻiroq sochlaring, oppoq yuzlaring, mitti qoʻlchalaring xayollarimda namoyon.
bilasanmi, qizalogʻim, senga bir nechta ismlar tanlab qoʻyganman. lekin qay biri senga munosibligini bila olmayapman. qachondir onang ikkalamiz jismingga monand ajib ism tanlaymiz.
Anna, Emma, Melodiya, Emiliya, Samiya, Zahro, Aisha, Osiyo — shulardan qay biri senga maʼqul? agar sendan rozilik soʻrash imkoni boʻlganda edi, Anna ismini senga toʻgʻri kelishi yo kelmasligini oʻzingdan bilib olgan boʻlardim.
qizim, xavotir olma. senga qoʻymoqchi boʻlgan ismlarning maʼnolarini yaxshi bilaman. Anna — inoyat, marhamat degani. sen ham menga bir inoyatsan axir. bu ism menga juda yoqadi. onangga yoqadimi, yoʻqmi — buni bilmayman. chunki hali onang yoʻq.
qizim, senga munosib ona topmogʻim shart. chunki sening tarbiyang bilan mashgʻul insonning qadriyatlari sening ham qadriyatlaringga aylanadi bir kun. istasang-istamasang, undan namuna olasan. koʻrganlaringni takrorlaysan.
qizim, seni shunday tarbiya qilamanki, bor mehrimni beramanki, senda men his qilgan kemtiklar boʻlmasin. sendan koʻp narsalarni kutyapman halitdan. bular majburiy boʻlmaydi, qizalogʻim. sen erkin boʻlasan. oʻz shaxsiy qarorlaring, dunyoqarashing va yoʻling boʻladi. nima boʻlgan taqdirda ham, men orqangda turaman. seni qoʻllab-quvvatlayman. borimni fido qilaman.
senda menda yoʻq jasurlikni koʻrishni istayman. men bajara olmaganlarimni sen (oʻz ixtiyoring bilan) amalga oshirishingni xohlayman.
seni yaxshi koʻruvchi dadang.
20.11.2024
@taskin😀

11❤119
eslab
@taskin
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim.
sog’indim ko’zlaringni,
nafasing sog’indi dil,
bahorni sog’inganday gullar.
tinglasam quvonchingni
uchardim fazolarga,
baxtning qanotlarida.
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim. (x2)
afsonalarni kezdim,
chiroyingga qul bo’ldim,
daryodek pok diling sog’indim.
o’lsam-da tirilardim,
bir bora ko’rmoq uchun
betakror go’zalliging.
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim. (x4)
(eslab kelsa… eslab kelsa…)
@taskin
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim.
sog’indim ko’zlaringni,
nafasing sog’indi dil,
bahorni sog’inganday gullar.
tinglasam quvonchingni
uchardim fazolarga,
baxtning qanotlarida.
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim. (x2)
afsonalarni kezdim,
chiroyingga qul bo’ldim,
daryodek pok diling sog’indim.
o’lsam-da tirilardim,
bir bora ko’rmoq uchun
betakror go’zalliging.
eslab-eslab kelsa meni vafodorim,
eslab kelsa bu qalbi gulyorim,
vaslingga yetganida bu xayollarim
yuragingni yoritsa ohlarim. (x4)
(eslab kelsa… eslab kelsa…)
@taskin
1❤21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
anov qaboqlaring uzra yoyilgan mujgonlar bor-ku, meni oʻshalar oshiq qildimikin? yoinki kulgichlaring tubidagi joʻshqinlikmi? yoki jingalak sochlaringmi? yoʻq, bularning hech biriga oshiq emasman. men sening qalbingga oshiqman. agar sening jisming boʻlmaganda ham seni butun umr sevgan boʻlardim. ha, qucha olmasam-da, bagʻrimga bosa olmasam-da, sevaverardim. tasavvur qila-a: faqat xayollardan iboratsan. undagina topisha olamiz. baʼzan tushlarimga kirasan. soatlab suhbat quramiz. keyin... birdan uygʻonib ketaman. sen esa olis manzillarga ravona boʻlasan. vaqt boʻldi deguncha yana xayolot ichra seni topaman. shularni yozishga yozdim-u, endi ichimni nimadir timdalayapti. nahot, shuni yoza olding? berahmsan!!!
Behzod yoz(gan)di
@taskin
Behzod yoz(gan)di
@taskin
1❤50
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
oh!
qara, malagim!
vaqtlar toʻxtadi.
osmonlar quladi,
uylar quladi,
men doim ishongan
nurlar quladi,
keyin
tepadagi xudo kuladi —
ikkingizdan boshqa
hamma nuradi...
Behzod yoz(gan)di
🌟 @taskin
qara, malagim!
vaqtlar toʻxtadi.
osmonlar quladi,
uylar quladi,
men doim ishongan
nurlar quladi,
keyin
tepadagi xudo kuladi —
ikkingizdan boshqa
hamma nuradi...
Behzod yoz(gan)di
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3❤56