taskin
8.74K subscribers
133 photos
93 videos
37 links
taskin izlaganlar uchun.
Download Telegram
sen mening eng toʻgʻri qarorimsan...

@taskin
2107
yaqinlaring boʻlar goho yot...

@taskin
144
opa-singillar
@taskin
#nostalgia

bir-biriga ulashsa shodlik
aka-uka, opa-singillar...

@taskin
137
dinozavr bolasi osmonda suzib yuribdi. 🫠
1174
orzu
@taskin
#orzu 🩹

agar men koʻzlarimni yumsam,
orzular qoʻlimdan ushlab olib ketsa.
boshqa bir osmonga uchib chiqsam,
dardlarni unutsak.

agar xayolimda safar qilsam,
tunlarning saroylarini barpo qilsak.
u yerda muhabbat va orzularim oʻsib,
azoblarni yoʻq qilsak.

bu dunyoda odamlarning qiyofasini koʻrasiz,
zulm, qashshoqlik va ezilish kamon kabi
biz qurgan har narsani yovvoyi voqelik vayron qiladi.
bu dunyoda zulm devorlari baland boʻlgan,
orzularimiz poymol qilingan,
qorongʻulik va xudbinlik qalblarni egallab olgan.

agar men koʻzlarimni yumsam,
orzular qoʻlimdan ushlab olib ketsa
boshqa bir osmonga uchib chiqsam,
dardlarni unutsak.

agar xayolimda safar qilsam,
tunlarning saroylarini barpo qilsak.
u yerda muhabbat va orzularim oʻsib,
azoblarni yoʻq qilsak...

@taskin ❤️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
974
sizga hozir nima yetishmayapti?

faqat bir soʻz bilan ifodalang:
34
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
dunyo tashvishlari tugamaydi. umr gʻanimat. oʻzingizni — ichingizdagi kichik odamchani tinglang. unga erkinlik bering. odamlar nima deydi, deb oʻzingizni cheklab qoʻymang. ular har qachon gapirgan. bundan keyin ham, shubhasiz, shunday boʻladi.

ehtimol, bir telbalik qilishni istarsiz;
ehtimol, baland bir binoga chiqib ovozingizning boricha baqirishni istarsiz;
ehtimol, uzoqlarga ketishni xohlarsiz;
ehtimol, yomgʻirda shalabbo boʻlib, yerda yotishni xohlarsiz.

istaklaringizning yashashiga imkon bering...

@taskin
271
amor fati
@taskin
amor fati...

@taskin
42
yomgʻirni yaxshi koʻraman.
62
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
47
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
kimingizdir topgan kishi bilan oʻylamay-netmay turmush qurmang. turmush, oila oʻyinchoq emas, maʼlum vaqt oʻynab tashlab yuboriladigan.

mayli, yillab izlang uni. mayli, siz tengi tanishlaringiz turmush quraversin, bola-chaqali boʻlsin.

siz izlashda davom eting. majburan turmush qurmang. siz qandaydir buyum emassiz.

kun kelib uni topasiz. fiklari fikrlaringizga oʻxshash, didi, kiyinish uslubi, oʻzini tutishi, xarakteri siznikiga yaqin...

u eng toʻgʻri qarorlaringizdan biri boʻladi.

@taskin
59
xastaliklar sevgisizlikdan, shifo esa...

@taskin
136
«sohibjamol va maxluq» multfilmini koʻrishni istab qoldi bu koʻngil.
52
nima tinglayapsiz?
47
hali tugʻilmagan farzandiga maktub yozadiganlar bor. shulardan biri — men.

oʻqishni istaysizmi?
51
taskin
hali tugʻilmagan farzandiga maktub yozadiganlar bor. shulardan biri — men. oʻqishni istaysizmi?
faqat bor diqqatingiz bilan oʻqing, xoʻpmi?

men bu maktublarni bor mehrim bilan yozganman.
40
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
qizimga maktub!

salom, qizim! bu biroz noodatiy maktub. negaligini hozir tushuntiraman. maktublar, odatda, aniq bir insonga atab yoziladi. tilda ayta olmaganlarini oʻsha maktubga jo qiladi. borini toʻkib-sochadi. eng latif soʻzlar shodasidan foydalandi. umrida hech ishlatmagan kalimalarni izlab topadi. muddao shuki, ichingdagi tugʻyonlar shu soʻzlar, shu jumlarga koʻchib oʻtsin va oʻquvchining qayeridir jizgʻanak boʻlsin.

qizim, maktubimning noodatiy ekanligi shundaki, sen hali tugʻilmagansan. hali seni oʻz koʻzlarim bilan koʻrmaganman. ammo shuni bilki, sening nurli siymong tasavvurimda muhrlangan. sening qoʻngʻiroq sochlaring, oppoq yuzlaring, mitti qoʻlchalaring xayollarimda namoyon.

bilasanmi, qizalogʻim, senga bir nechta ismlar tanlab qoʻyganman. lekin qay biri senga munosibligini bila olmayapman. qachondir onang ikkalamiz jismingga monand ajib ism tanlaymiz.

Anna, Emma, Melodiya, Emiliya, Samiya, Zahro, Aisha, Osiyo — shulardan qay biri senga maʼqul? agar sendan rozilik soʻrash imkoni boʻlganda edi, Anna ismini senga toʻgʻri kelishi yo kelmasligini oʻzingdan bilib olgan boʻlardim.

qizim, xavotir olma. senga qoʻymoqchi boʻlgan ismlarning maʼnolarini yaxshi bilaman. Anna — inoyat, marhamat degani. sen ham menga bir inoyatsan axir. bu ism menga juda yoqadi. onangga yoqadimi, yoʻqmi — buni bilmayman. chunki hali onang yoʻq.

qizim, senga munosib ona topmogʻim shart. chunki sening tarbiyang bilan mashgʻul insonning qadriyatlari sening ham qadriyatlaringga aylanadi bir kun. istasang-istamasang, undan namuna olasan. koʻrganlaringni takrorlaysan.

qizim, seni shunday tarbiya qilamanki, bor mehrimni beramanki, senda men his qilgan kemtiklar boʻlmasin. sendan koʻp narsalarni kutyapman halitdan. bular majburiy boʻlmaydi, qizalogʻim. sen erkin boʻlasan. oʻz shaxsiy qarorlaring, dunyoqarashing va yoʻling boʻladi. nima boʻlgan taqdirda ham, men orqangda turaman. seni qoʻllab-quvvatlayman. borimni fido qilaman.

senda menda yoʻq jasurlikni koʻrishni istayman. men bajara olmaganlarimni sen (oʻz ixtiyoring bilan) amalga oshirishingni xohlayman.

seni yaxshi koʻruvchi dadang.

20.11.2024

@taskin 😀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11119